Bizning davrimizda kasallik deb hisoblanadigan stress va ruhiy siqilish insonlarga nafaqat ruhiy shikast yetkazadi, balki bu kasallik o‘zini turli jismoniy nuqsonlarda ham ko‘rsatadi. Odat tusiga kirgan stress va ruhiy siqilishga oid muammolar aqliy xastaliklar, kashandalik, uyqusizlik, teri, oshqozon va qon bosimi buzilishlari, shamollash, migren, suyak kasalliklari, buyrak nomutanosibliklari, nafas siqishi, allergiyalar, yurak xurujlari va miya shishlari kabi kasalliklarning shakllaridir.
Albatta, bu kasalliklarga yagona sabab stress va ruhiy siqilish emas, balki bunday muammolarning kelib chiqishi odatda ruhiy holat ekanligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
Shunchalik ko‘p ozor beradigan stress ruhiy bezovtalik, haya-jonli holat bo‘lib, u tananing muvozanatiga shikast yetkazadigan qo‘rquv, ishonchsizlik, o‘ta hayajonlanish, xavotirlik va boshqa bosimlar sababli kelib chiqadi. Odamlar stressning qurboni bo‘lishganda ularning tanalari ta’sirlanadi va bezovtalanadi. Tanada turli biokimyoviy reaktsiyalar boshlanadi: qon oqimidagi adrenalin darajasi oshadi; energiya iste’moli va tana reaktsiyalari maksimum darajaga yetadi; qand, xolesterin va yog‘ kislotalar qon oqimiga quyiladi; qon bosimi oshadi va tomir urishi tezlashadi. Glyukoza miyaga yuborilganda xolesterin miqdori ko‘tariladi va bu tanada muammo paydo bo‘lganligidan darak beradi.
Surunkali stress, ayniqsa, tananing normal funktsiyasini o‘zgartirishi tufayli, u jiddiy ziyon keltirishi mumkin. Stress tufayli tanadagi adrenalin va kortizol miqdori me’yordan ortib ketadi. Kortizol miqdorining uzoq muddatli o‘sishi diabet, yurak xastaligi, yuqori qon bosimi, saraton, yaralar, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ekzema va psoriaz kabi kasalliklarning ertaroq paydo bo‘lishiga olib keladi. Yuqori kortizol darajalarining ta’siri hatto miya hujayralarining nobud bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Stress keltirib chiqaradigan kasalliklar bir manbada quyidagicha ifodalangan:
Stress, asabiy taranglik va u qo‘zg‘atadigan dard o‘rtasida muhim bir bog‘liqlik mavjud. Stressdan kelib chiqadigan asabiy taranglik arteriyalarning torayishiga, boshning ma’lum hududlarida qon oqimining buzilishi va bu hududlarda qon oqimi miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi. Agarda to‘qimaga qon yetib bormasa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘riqni keltirib chiqaradi, chunki tarang to‘qima bir tomondan ehtimol ko‘p miqdordagi qon talab qilar, boshqa tomondan esa allaqachon yetarli qon ta’minlanmaganidan maxsus og‘riq retseptorlarini kuchaytiradi. Shu paytda, stress davomida asab tizimiga ta’sir qiladigan adrenalin va norepinefrin kabi modtsalar ajralib chiqadi. Bular bevosita yoki bilvosita mushaklardagi taranglikni kuchaytiradi hamda tezlatadi. Shu tariqa og‘riq asabiy taranglikni, asabiy taranglik bezovtalikni va bezovtalik og‘riqni kuchaytiradi.85