Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338667 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:22:29

"¢   Boshqa tomondan, homiladorlik davrida paydo bo‘ladigan uzoq muddatli ko‘ngil aynish va jismonan holsizlanishlar kaliyning yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladi. Shu bois, uning organizmdagi miqdori me’yorida bo‘lishi kerak bo‘ladi. Xurmoda kaliy miq-dorining ko‘pligi bunday vaziyatlarda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, u tanadagi suv muvozanatini nazorat qilishda ham juda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, kaliy kislorodning miyaga yetib borishiga va shu tarzda kishining tiniqroq fikrlay olishiga yordam beradi. Shu bilan birga, u tana suyuqliklari uchun mos alkaloid xususiyatlarni ta’minlaydi hamda buyraklarga tanadagi zaharli chiqitlarni haydashda yordam beradi. U yuqori qon bosimini tushirish hamda sog‘lom terining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.118
"¢   Xurmodagi temir moddasi qizil qon tanachalarida gemoglobinning sintezini nazorat qiladi va qondagi qizil tanachalarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu homiladorlik davrida kamqonlikning oldini olish hamda bolaning rivoj-lanishida juda muhim o‘rin tutadi. Qizil qon tanachalari qonda kislorod va karbonat angidridni tashish orqali hujayralarni tirik saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xurmoda temir miq-dorining ko‘pligi sababli, inson kuniga 15 dona xurmo yeyish bilan o‘zining temirga bo‘lgan talabini qondirishi va shu tarzda temir tanqisligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklardan himoyalanishi mumkin.
"¢   Xurmo tarkibidagi kaltsiy va fosfat skeletning o‘sishi va tananing suyak strukturasini muvozanatda saqlab turish uchun muhim bo‘lgan elementlardir. Xurmoda ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan fosfor va kaltsiy tanani suyak zaifligidan himoya qiladi va bunday kasalliklarni kamaytirishda yordam beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:22:55

"¢   Olimlar xurmo stress va taranglikni ham kamaytiradi deb urg‘u berishadi. Berkeley universitetining ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xurmoda nervlarni mustahkamlaydigan B6 vitamini ko‘p miqdorda uchrashi va buyraklar uchun juda muhim bo‘lgan magniyning mavjudligini aniqladi. Inson o‘zining magniyga bo‘lgan talabini kuniga 2-3 dona xurmo iste’mol qilishi bilan qondirishi mumkin.119
"¢   Xurmodagi V1 vitamini asab sistemasining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi, tanadagi uglevodning energiyaga aylanishiga va oqsil hamda yog‘larning tana ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilishiga ko‘maklashadi. V2 vitamini tana energiyasi va hujayraning yangilanishini ta’minlash uchun oqsil, uglevod va yog‘larning parchalanishida yordam beradi.
"¢   Homiladorlik davrida tananing A vitaminga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Xurmo tarkibida A vitamini bo‘lganligi tufayli, u ko‘rish qobiliyatini va tananing chidamliligini yaxshilaydi hamda tishlar va suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmo, ayniqsa, beta-karotinga juda boy.120 Betakarotin hujayralarga xavf soluvchi molekulalarni nazorat qilish orqali saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.
"¢   Bundan tashqari, boshqa mevalar xurmochalik oqsilga deyarli boy emas.121 Mana shu xususiyati bilan, xurmo tanaga kasalliklar va infektsiyalardan o‘zini himoya qilish, hujayralarni yangilash, suyuqlik muvozanatini ta’minlashda yordam beradi. Go‘sht ham foydali ovqat, lekin u endigina uzilgan xurmochalik foydali bo‘lmasligi mumkin. Darhaqiqat, homiladorlik davrida ortiqcha go‘sht iste’mol qilish, aslida tanada zaharlanishga olib kelishi mumkin. Homilador ayollar yengil va oson hazm qilinadigan meva va sabzavotlarni iste’mol qilishlari maqsadga muvofiq.
Bu dalillarning barchasi Allohning cheksiz bilimi va Uning insonlarga bo‘lgan muruvvatini namoyon qiladi. Ko‘rib turganimizdek, xurmoning, ayniqsa, homiladorlik davridagi va faqat yaqindagina zamonaviy tibbiyot fani orqali aniqlangan foydalari 1400 yil avval Qur’onda ta’kidlab o‘tilgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:26:07

ANJIR: MUKAMMALLIGI YAQINDAGINA KASHF QILINGAN MEVA

Qasamyod eturman anjir va zaytun bilan. («Tin» surasi, 1-oyat)
«Tin» surasining birinchi oyatida anjirning qayd etilishi bu meva keltiradigan foydalar nuqtai nazaridan donolikning eng yorqin timsolidir.

Anjirning inson uchun foydalari
Anjir boshqa har qanday meva yoki sabzovotga nisbatan ko‘proq tolaga (tomirga) ega. Bir dona quritilgan anjirda ikki gramm (0,07 untsiya) tola mavjud: bu tavsiya etiladigan kunlik iste’molning 20% ini tashkil etadi. So‘nggi o‘n besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar o‘simlik mevalaridagi tolalar hazm qilish sistemasining muntazam ishlashi uchun juda muhim ekanligini aniqladi. Ma’lumki, oziq-ovqatlardagi tolalar hazm qilish sistemasiga yordam beradi hamda ular saraton kasalligining ayrim shakllari xavfini ham kamaytiradi. Parhezshunoslar tolaga boy bo‘lgan anjir yeyishni ko‘proq tola iste’mol qilishning ideal usulidirdebhisoblashadi.
Tolali oziq-ovqatlar ikki turga bo‘linadi: eriydigan va erimaydigan. Erimaydigan tolaga boy oziq-ovqatlar ichak orqali tanadan haydaladigan moddalarning (ularga suv qo‘shib) yuri-shishini osonlashtiradi. Ular shu tarzda hazm qilish sistemasini tezlashtiradi va uning muntazam ishlashiga imkon yaratadi. Yana shu narsa aniqlandiki, erimaydigan tolalarni o‘z ichiga oluvchi oziq-ovqatlar yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi himoya ta’siriga ega. Eriydigan tolaga boy oziq-ovqatlar esa, ikkinchi tomondan, qondagi xolesterin miqdorini 20% dan ko‘proq kamaytirishi isbotlangan. Bular shuning uchun ham yurak xuruji xavfini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Qondagi ortiqcha xolesterin miqdori arteriyalarda to‘planib qoladi va ularni qattiqlashtirib, toraytiradi. Xolesterin qaysi organning qon tomirlariga to‘planib qolishiga qarab, shu organ bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga keltiradi. Misol uchun, agar xolesterin yurakni oziqlantiruvchi arteriyalarda to‘planib qolsa, demak u yurak xuruji kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Xolesterinning buyrak venalarida to‘planib qolishi esa yuqori qon bosimi va buyrak nuqsonlarini paydo qiladi. Bundan tashqari, eriydigan tolalarni iste’mol qilish, ularning qondagi qand miqdorini oshqozonni bo‘shatish orqali nazorat qilishi nuqtai nazaridan muhimdir, chunki qondagi qand miqdorining kutilmagan o‘zgarishlari hayotni xavf ostiga qo‘yadigan kasalliklarga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, tolaga boy taomlar bilan oziqlanadigan odamlarda saraton va yurak xastaligi kabi kasalliklarning kam uchrashi kuzatilgan.122

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:27:44

Eriydigan va erimaydigan tolalarning bir paytning o‘zida bitta narsada mavjud bo‘lishi sog‘likka katta foyda keltiradi. Agar tolalarning bu ikkala shakli (ular alohida-alohida bo‘lgandan ko‘ra) birgalikda mavjud bo‘lsa, ular saraton kasalligining oldini olishda juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Anjirda tolalarning har ikkala, eriydigan va erimaydigan shakllarining mavjudligi uning eng ahamiyatli mahsulot ekanligidan dalolat beradi.123
Jorj Vashington universiteti Tibbiy markazi qoshidagi Kasallikning oldini olish instituti direktori Doktor Oliver Alabaster anjirga quyidagicha izoh beradi:
... ovqatlanishingizga haqiqiy sog‘lom va tolaga boy taom qo‘shish imkoniyati tug‘ildi. Anjirni yoki boshqa tolaga boy oziq-ovqatlarni juda tez-tez tanlab turishingiz, siz zararli oziq-ovqatlarni tabiiy ravishda juda kam tanlaysiz degan ma’noni anglatadi va bu sizning umrbod sog‘ligingiz uchun koni foydadir.124
Kaliforniya Anjir maslahat Kengashining fikriga ko‘ra, meva va sabzavotlardagi antioksidlovchilar qator kasalliklardan himoya qilar ekan. Antioksidlovchilar tanada sodir bo‘ladigan kimyoviy reaktsiyalar natijasida yuzaga keladigan yoki tashqaridan ortti-rilgan zararli moddalar (erkin radikallar) ta’sirini yo‘qotadi va shu tariqa hujayralar buzilishining oldini oladi. Skarnton universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan bir izlanishda shu narsa aniqlandiki, boshqa mevalarga qaraganda antioksid-lovchilarga boy bo‘lgan quritilgan anjirda fenolli tarkibning miqdori ancha ko‘p uchraydi. Fenol zararli mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun antiseptika sifatida ishlatiladi. Anjir tarkibida fenol miqdori boshqa meva va sabzavotlardagiga qaraganda ancha yuqori.125
Nyu Jersi shtatining Rutgers universiteti olimlari tomo-nidan amalga oshirilgan boshqa bir izlanish quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 va fitosterol kabi muhim yog‘ kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligini aniqladi.126 Ma’lumki, omega-3 va omega-6 tanada ishlab chiqil-maydi, ular oziq-ovqatlardan so‘rilishi mumkin. Bundan tashqari, bu yog‘ kislotalar yurak, miya va asab sistemasining yaxshi faoliyat ko‘rsatishi uchun juda zarur. Fitosterol hayvon mahsulotlaridagi xolesterinni (bu yurak arteriyalarini qattiqlashtiruvchi ta’sirga ega) qon oqimiga kirgizmasdan tanadan haydalishiga hissa qo‘shadi.
Insonga ma’lum eng qadimiy mevalardan biri bo‘lgan anjir (Kaliforniya Anjir maslahat Kengashi uni «Tabiatning deyarli eng mukammal mevasi» deb ta’riflagan127) oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta kashf qilindi. Bu mevaning ozuqaviy qimmati va uning sog‘likka nisbatan foydalari uning butunlay yangi ahamiyat kasb etishiga olib keldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:28:56


Anjir har qanday maxsus parhez taomining bir chekkasidan joy olishi mumkin. Anjir tarkibida tabiatan yog‘, natriy yoki xolesterin bo‘lmasligi, lekin ko‘p miqdorda tola bo‘lishi tufayli, u ozishga harakat qilayotganlar uchun ideal taomdir. Shu bilan bir vaqtda, anjir boshqa har qanday mevaga nisbatan ko‘proq mineral tarkibga ega. Qirq gramm (1,4 untsiya) anjir tarkibida 244 mg (0,008 untsiya) kaliy (kunlik talabning 7% i), 53 mg (0,002 untsiya) kaltsiy (kunlik talabning 6% i) va 1,2 mg (0,00004 untsiya) temir bo‘ladi.128 Anjirda kaltsiy miqdori juda baland: kaltsiy miqdori bo‘yicha anjir apelsindan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Bir yashik quritilgan anjir bir bidon sutda mavjud kaltsiy miqdoriga ega.
Anjir uzoq vaqt kasal bo‘lgan va tuzalishni istovchi bemorlarga kuch va quvvat beruvchi dori hisoblanadi. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf qiladi. Anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qand bo‘lib, u barcha mevalarning 51-74% initashkil etadi. Anjir qand miqdori eng ko‘p mevalardan biridir. Anjir astma, yo‘tal va shamollashni davolashda ham tavsiya etiladi.
Anjirning adog‘i yo‘q shifobaxshligi Allohning insonlarga ko‘rsatgan marhamatidan dalolatdir. Parvardigorimiz inson tanasi talab etadigan moddalarni tanavvuli yoqimli bo‘lgan bu mevada bir butun qilib, inson sog‘ligi uchun naf keltiradigan darajada hozir etgan. Alloh in’om etgan bu ne’matning Qur’onda qayd etilishi uning inson uchun muhimligini ta’kidlayotgan bo‘lishi tabiiy. (Allohhammadan ko‘p bilguvchidir.) Inson sog‘ligi nuqtai nazaridan anjirning ozuqaviy qimmati tibbiyot va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlar natijasida aniqlandi. Bu Qur’on hamma narsani bilguvchi Qodir Allohning kalomi ekanligining so‘zsiz isbotidir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:30:08

BALIQ: OZUQANING BEBAHO MANBAI

O’zingiz va sayyoh (o‘tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi ... («Moida» surasi, 96-oyat)

Yurak xastaligi tufayli bu dunyoni tark etayotgan odamlarning o‘rtacha yoshi tobora kamayib borayotganligi yurak tomirlarining sog‘ligi bilan bog‘liq masalalarga e’tiborni keskin oshirdi. Yurak xastaligini davolashda juda ko‘p yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, bu soha mutaxassislari, asosan, bunday kasalliklar paydo bo‘lishidan oldin ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligini tavsiya etishadi. Mutaxassislar, shuningdek, yurakning sog‘lom ishlashi va kasallikning oldini olish uchun bir muhim oziq-ovqatni ham tavsiya etishadi. Bu hammamizga yaxshi tanish bo‘lgan baliqdir.
Baliqning nima uchun bunday ozuqaviy manba ekanligiga sabab, unda inson tanasi uchun zarur bo‘lgan moddalarning mavjudligi va uning turli kasalliklar xavfini kamaytirishidadir. Baliqning tarkibida omega-3 kislotasi bo‘lganligi tufayli u sog‘likka qalqon vazifasini o‘taydi. Agar baliq muntazam tartibda iste’mol qilinsa, yurak xastaligi xavfining kamayishi va immun sistemasining kuchayishi aniqlangan.
Baliqning sog‘likka nisbatan foydalari faqat yaqindagina ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, uning muhim ozuqaviy manba ekanligi Qur’onda vahiy qilingan. Qodir Alloh dengiz mahsulotlariga Qur’onda quyidagicha ishora qiladi: «U yangi go‘sht (baliq go‘shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir ...» («Nahl» surasi, 14-oyat), «O’zingiz va sayyoh (o‘tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi ...» («Nahl» surasi, 96-oyat.) Bundan tashqari, «Kahf» surasida baliqqa alohida e’tibor qaratilgan, unda Payg‘ambar Muso (a.s.) o‘zining xizmatkori bilan uzoq safarga chiqqani va yo‘lda yeyish uchun o‘zlari bilan baliq olib olgani haqida so‘z yuritiladi:
Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo‘shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa’riga yo‘l oldi. Bas, qachonki (u yerdan) o‘tishgach, (Muso) yigitiga: «Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik» - dedi. U (Yuvsha’) aytdi: «Buni quring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni unutibman ...» («Kahf» surasi, 61-63-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:30:30

«Kahf» surasida uzoq va charchoqli safardan so‘ng baliqning dengiz mahsuloti sifatvda ataylab tanlanishi diqqatga sazovordir. Shuning uchun bu qissa zamirida yotgan donolik baliqning ozuqaviy foydalaridan xabar berayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Chindan ham baliqning ozuqaviy xususiyatlarini tekshirib ko‘radigan bo‘lsak, ba’zi juda ajablanarli dalillarga duch kelamiz. Parvardigorimiz bizga ne’mat sifatida in’om qilgan baliq mukammal bir taom bo‘lib, bu mukammallik uning tarkibvda oqsil, D vitamini va odam tanasi uchun muhim ayrim mikroelementlar borligida ko‘rinadi. Fosfor, oltingugurt va vanadiy kabi minerallar baliqning tarkibida bo‘lganligi tufayli u o‘sishga yordam beradi va to‘qimalarning tiklanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, baliq go‘shti yangi tishlar va milklar shakllanishiga, yuzning tiniqlashishiga foyda beradi, sochni sog‘lomlashtiradi va bakterial infektsiyalarga qarshi kurashishda hissa qo‘shadi. U qondagi xolesterin miqdorini nazorat qilishi tufayli, yurak xurujlarining oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi. U kraxmal va yog‘larni parchalash va singdirishda tanaga yordam beradi hamda unga ko‘proq kuch va harakatchanlik baxsh etadi. Boshqa tomondan, u aqliy faoliyatlarning ishlashiga ham ta’sir qiladi. Baliq tarkibvda bo‘lgan D vitamini va boshqa minerallar yetarli darajada iste’mol qilinmaganda raxit (suyak zaifligi), milk kasalligi, bo‘qoq va gipertireoz kabi kasalliklarning barchasi paydo bo‘lishi mumkin.129
Bundan tashqari, zamonaviy fan baliq tarkibvda bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi ham inson sog‘ligi uchun muhim ahamiyat kasb etishini kashf qildi. Bu yog‘lar hatto zaruriy yog‘ kislotalari sifatida ham ta’riflangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:31:05

Baliq yog‘idagi omega-3 ning foydalari

Baliq yog‘i tarkibvda sog‘ligimiz uchun, ayniqsa, muhim bo‘lgan ikki xil to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud: EPK (eykosapentenoik kislota) va DXK (dokosaxexenoik kislota). EPK va DXK poli to‘yinmagan yog‘lar hisoblanadi va ular omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi. Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari inson tanasida ishlab chiqilmasligi sababli ular tashqaridan olib kirilishi kerak  bo‘ladi.
Baliq yog‘ining inson sog‘ligiga foydalari haqida juda ko‘p dalillar mavjud bo‘lib, bular asosan, uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasiga borib taqaladi. O’simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalarining inson sog‘lig‘iga samarasi yetarli emas. Biroq dengiz planktoni omega-3 ni EPK va DXK ga aylantirishda juda asqotadi. Baliqlar planktonlarni yegach, ularning organizmi EPK va DXK bilan boyiydi. Bu, o‘z navbatida, baliqni o‘ta muhim yog‘ kislotalarning eng boy manbalaridan biriga aylantiradi.130

Baliqdagi yog‘ kislotalarining foydalari

Baliqdagi yog‘ kislotalarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning tanada energiya ishlab chiqilishida qo‘shadigan hissasidir. Bu yog‘ kislotalar tanadagi kislorod bilan birikib, elektron o‘tkazadi va uning ichida turli kimyoviy jarayonlar uchun energiya ishlab chiqilishiga imkon beradi. Shuning uchun baliq yog‘iga boy ovqat charchoqni yengishga yordam beradi va aqliy hamda jismoniy qobiliyatni oshiradi. Omega-3 kishiga energiya berish bilan bir qatorda fikrni jamlash quvvatini ham oshiradi. «Baliq miya uchun foydali» degan gap zamirida ilmiy asos yotadi: miya yog‘idagi eng asosiy tarkib DXK bo‘lib, u omega-3 yog‘ kislotalaridan iborat.131

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:31:48

Baliqning yurak va arteriyalar salomatligi uchun ahamiyati

Baliqdagi omega-3 yog‘ kislotasi qon bosimini tushirish va qondagi xolesterin hamda triglitseridni kamaytirish orqali yurak-qontomir kasalligidan himoya qilishi e’tirof etilgan.132 Triglitserid yog‘ning bir turi bo‘lib, zichligi kichik lipoprotein (yomon xolesterin)ga o‘xshaydi. Undagi yog‘ miqdori ko‘p, oqsil tar-kibi esa kam bo‘ladi. Triglitserid miqdorining ko‘payishi (ay-niqsa, baland xolesterin bilan birgalikda) yurak xastaligi xavfini oshiradi. Bundan tashqari, baliq yog‘i yurak xurujidan keyingi hayotga xavf soladigan nonormal yurak urishini kamaytiradi.
Amerika Tibbiy assotsiatsiyasining izlanishlaridan birida, bir haftada besh portsiya baliq yeydigan ayollarda yurak xuruji uchdan bir darajaga kamayganligi kuzatildi. Bu baliq yog‘idagi omega-3 yog‘ kislotasi qonning kamroq quyuklashuviga sabab bo‘lishidan kelib chiqadi, deb fikr yuritildi. Venalarimizda oquvchi qonning normal tezligi soatiga 60 km (soatiga 37,3 milya) ni tashkil etadi. Qonning yopishqoqligi o‘z me’yorida bo‘lishi va uning zichligi, miqdori hamda tezligi normal holatda bo‘lishi juda muhim. Bizning qonimiz uchun eng katta xavf (qon oqimining normal holatidan tashqari) uning quyuqlashib qolishi va yaxshi oqish qobiliyatini yo‘qotishidir.
Baliq yog‘lari qondagi trombotsitlar (qonni quyultiradigan qon plastinkalari) ning bir-biriga yopishib qolishiga to‘sqinlik qilishi orqali qonning quyulib qolishini kamaytirishda ham juda samaralidir. Aksincha, qonning quyuqlashishi arteriyalarning torayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, tanadagi yetarli darajada qon bilan ta’minlanmagan ko‘p organlar, ayniqsa, yurak, miya, ko‘zlar va buyraklar funktsiyasining susayishiga va keyinchalik bu funktsiyaning umuman to‘xtashiga olib keladi. Misol uchun, qonning quyuqlashishi natijasida arteriya batamom to‘silib qolgudek bo‘lsa, yurak xuruji, falaj yoki arteriyaning joylashishiga qarab boshqa kasalliklarning kelib chiqishi muqarrar.
Omega-3 yog‘ kislotalari qizil qon tanachalarida kislorod tashuvchi molekulalarning gemoglobin ishlab chiqishida va hujayra membranasi orqali o‘tayotgan oziqlarni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ular tana uchun zararli bo‘lgan yog‘larning ziyonli ta’sirlarining oldini ham oladi. Tadqiqotlarda baliqda uchraydigan omega-3 yog‘ kislotasi yurak xuruji xavfini kamaytirishi aniqlangan.133

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:32:08

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning rivojlanishi uchun ahamiyati

Miya va ko‘zning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ehtiyojlari bilan bog‘liq omega-3 yog‘ kislotalari so‘nggi 10 yil ichida tadqiqot mavzusiga aylandi. Ona bachadonidagi homila hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivoj-lanishi uchun omega-3 ning ahamiyatiga oid bir qancha dalillar mavjud. Butun homiladorlik va ilk chaqaloqlik davrlarida miya va nervlarning yaxshiroq rivojlanishi uchun omega-3 katta ahamiyat kasb etadi. Olimlar ona sutining ahamiyatiga, u tabiiy va omega-3 ning to‘liq ombori bo‘lganligi uchun katta urg‘u berishadi.134

Bo‘g‘imlarning salomatligi uchun foydalari

Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq og‘riqli bo‘g‘im holati)da eng katta xavf bo‘g‘imlarning toliqib qolishi bo‘lib, u tuzatib bo‘lmas xastalikni keltirib chiqaradi. Omega-3 yog‘ kislotalariga boy ovqatlar artritning oldini olishi va shishgan hamda nozik bo‘g‘imlardagi noqulayliklarni kamaytirishi isbotlangan.135

Qayd etilgan