Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338494 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:58:33

GALA BO’LIB HARAKATLANADIGAN ChIGIRTKALAR

Ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida, go‘yo to‘zigan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib kelurlar. («Qamar» surasi, 7-oyat)

Bu oyat Oxiratda barcha odamlarning holatini yopirilib kelayotgan chigirtkalarga o‘xshatib tasvirlaydi. Bunday qiyoslash zamirida buyuk hikmat yotadi.
XX asrda mikrokameralardan foydalanib o‘tkazilgan keng qamrovli izlanishlar orqali chigirtkalar haqida juda ko‘p ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘lindi. Chigirtka galalari bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladigan ulkan sonli alohida chigirtkalardan tashkil topadi. Kilometrlab uzunlik va kengliqda g‘uj-g‘uj bo‘lib birlashganda, ular xuddi qora bulutga o‘xshab ketadi. Aniqlanishicha, sahro chigirtkalarining bitta galasi 1200 kvadrat kilometr (460 kvadrat milya) maydonni egallaydi hamda har bir kvadrat kilometrda 40-80 milliongacha chigirtkalarni o‘z ichiga oladi.170
 

Bundan tashqari, ular qumloq tuproqlarda xuddi urug‘ qadagandek tuxum qo‘yib ketadilar va lichinkalar yer ostida uzoq muddat qolgandan so‘ng, ularning barchasi birgalikda paydo bo‘ladi. Yer ostida 10-15 sm (4-6 dyuym) uzunlikdagi tunnel kovlagandan so‘ng, urg‘ochi chigirtka bir paytning o‘zida 95-158 tagacha urug‘ qo‘yadi: urg‘ochi chigirtka o‘z hayot davrida kamida uch marta urug‘ qo‘yadi. Lichinkalar havo temperaturasiga qarab 10-65 kundan so‘ng yetilgach, ular katta guruh bo‘lib yer yuziga chiqadilar. Bir kvadrat metrda 1000 tagacha tuxum po‘choqlari topilgan. Har bir kvadrat kilometrda 40-80 milliontagacha voyaga yetgan chigirtkalarni o‘z ichiga olgan galalar bir necha yuz kvadrat kilometr maydonni qoplab olishga qodir.171 Ularning uzoq muddat davomida yer ostida yashashi va bir paytning o‘zida juda ko‘p miqdorda yer yuziga chiqishi Hukm o‘qiladigan Kunda insonlarning qayta tirilishiga o‘xshatilishi tabiiy. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Bugungi kunda, masofadan turib tasvirga olish tizimiga ega maxsus jihozlar orqali chigirtkalarning harakati o‘rganilmoqda. Hattoki NASA sun’iy yo‘ldoshi uzatgan ma’lumotlardan Afrika sahrolaridagi chigirtka galalari rivojlanadigan hududlarni aniqlash uchun foydalanilmoqda. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordami bilan 18 million kvadrat kilometrdan ko‘proq maydondagi yer va havoda keng qamrovli tadqiqotlar olib borilishi mumkin.
Guvohi bo‘lib turganimizdek, mazkur texnologiyalar mavjud bo‘lmagan davrda Qur’onda zikr etilgan bunday qiyoslanish Qur’on hamma narsani bilguvchi Allohning vahiysi ekanligini yana bir bor isbotlovchi dalildir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:00:36

CHUMOLILAR ALOQA TIZIMI

Alloh Qur’onda Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini ta’riflab berar ekan, chumolilarning aloqa tizimiga ega ekanligiga ishora qiladi:
To ular chumolilar vodiysiga yegganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat)
Chumolilar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot bu kichik mavjudotlar juda uyushgan ijtimoiy hayot kechirishini va bu uyushma ehtiyojidan kelib chiqib, ular juda murakkab aloqa tarmog‘iga ham ega ekanligini aniqladi. Masalan, National Geographic nashri shunday ma’lumot beradi:
Katta yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilar (ularning barchasi urg‘ochilar) dan iborat to‘dalarga muhim bo‘lgan kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko‘p qirrali sezgi a’zolari mavjud. Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan; ko‘zlari aralashma; antennalari burun va barmoquchlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Og‘iz pastidagi bo‘rtmalar ta’mni sezadi; tuklari tekkan narsaga reaktsiya ko‘rsatadi.172
 

Biz bexabar bo‘lsak-da, chumolilar o‘zlarining juda sezgir a’zolari tufayli aloqa o‘rnatish uchun turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular bu a’zolarni o‘lja topishdan tortib bir-birining ketidan borishgacha va o‘z uyalarini qurishdan tortib jang olib borishgacha har doim ishlatadilar. Ularning 2-3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa tizimlariga egadirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:01:04

Ularning aloqalaridagi reaktsiyalar trevoga, biror ishga jalb qilish, ma’lum bir faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish, og‘iz va anal suyuqliklarini almashish, guruh bo‘lib ta’sir o‘tkazish, tanish, tabaqani aniqlash ... kabi bir necha o‘ziga xos turkumlarga bo‘linadi.173 Bu reaktsiyalar vositasida tartibli, uyushgan jamoani tashkil etadigan chumolilar o‘zaro ma’lumot almashishga asoslangan hayot kechiradilar. Bunday ma’lumot almashishni amalga oshirish uchun ular ba’zida birga harakat qilish, baham ko‘rish, tozalash va mudofaa kabi sohalarda insonlar nutq orqali ifoda eta olmaydigan mukammal bir aloqa o‘rnatadilar.
Chumolilar, asosan, kimyoviy yo‘llar bilan aloqa qilishadi. Feromon (jinsiy attraktant)lar deb ataladigan bu yarimkimyoviy moddalar hid orqali idrok etiladigan kimyoviy birikmalar bo‘lib, ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadi. Bundan tashqari, ular chumolilar jamoalarini tashkil etishda eng muhim rol o‘ynaydi. Biror chumoli feromon chiqarsa, boshqa chumolilar hid, ta’m vositasida uni qabul qiladi hamda tegishli tarzda javob qaytaradi. Chumoli feromonlari ustida olib borilgan tadqiqotlar shu narsani aniqladiki, barcha signallar to‘daning ehtiyojlariga qarab chiqarilar ekan. Shuningdek, chiqarilgan feromonning shiddati ham yuzaga kelgan vaziyatning qanchalik shoshilinch ekanligiga ko‘ra o‘zga-rib turar ekan.174
Guvohi bo‘lganimizdek, chumolilarda o‘zlari mashg‘ul bo‘ladigan yumushlarni bajarish uchun chuqur kimyoviy bilim talab etiladi. 1400 yil ilgari, chumolilar haqida bunday bilim bo‘lmagan bir paytda, Qur’onning bu haqiqatga urg‘u berganligi uning boshqa bir ilmiy mo‘‘jizasidan dalolatdir. (Qarang: Horun Chumolilar mo‘‘jizasi). Goodword Books, Yangi Dehli, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:03:32

OZIQ-OVQAT SIKLI

Alloh don va urug‘larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O’likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o‘likni chiqaruvchidir. Ana o‘sha Allohdir. Bas, qayoqqa og‘ib ketayapsiz? («An’om» surasi, 95-oyat)

Yuqoridagi oyatda bizning e’tiborimiz Qur’on nozil qilingan paytda odamlar hali hech qanday bilimga ega bo‘lmagan oziq-ovqat tsikliga jalb qilinadi.
Biror tirik jon o‘lgach, mikroorganizmlar uni tezda parchalab tashlaydi. O’lik tana shu tarzda tuproq bilan aralashib ketadigan va o‘simliklar, hayvonlar va nihoyat insoniyat uchun asosiy ozuqa manbaini shakllantiradigan organik molekulalarga bo‘linib ketadi. Agarda mana shu ozuqaviy tsikl bo‘lmaganda edi, hayotning mavjud bo‘lishi dargumon edi.
Bakteriyalar barcha jonzotlarning mineral va ozuqaga bo‘lgan talablarini qondirish uchun mas’uldirlar. Butun qish davomida deyarli o‘lik (qishki uyquga ketish) holatida bo‘ladigan o‘simliklar va ba’zi hayvonlar yozda qayta jonlanadilar hamda bakteriyalarning qish davomida qilgan mehnati orqali o‘zlarining mineral va ozuqaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradilar. Butun qish davomida bakteriyalar organik chiqitlarni, ya’ni o‘lik o‘simliklar va hayvonlarni parchalaydi va ularni minerallarga aylantiradi.175 Shunday qilib, jonzotlar bahorda qayta uyg‘onganda, ozuqa ular uchun tayyor hamda ularni kutib turgan bo‘ladi. Bakteriyalar tufayli, atrof-muhitda «bahorgi poklanish» sodir bo‘ladi va tabiat bahorda hayotga qaytar ekan, kerakli miqdordagi ozuqa u uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek, o‘lgan jonzotlar yangi jonzotlarning dunyoga kelishi uchun muhim rol o‘ynaydi. Qur’onda «(U) o‘likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o‘likni chiqaruvchidir», deb ta’riflangan bu o‘tish davri eng mukammal tarzda amalga oshiriladi. Bu Qur’on Allohning kalomi ekanligini isbotlovchi yana bir dalildir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:05:00

UYQU PAYTIDA QULOQLAR FAOL

Bas, (o‘sha) g‘orda bir necha yil ularning quloqlarini muhrlab» qo‘ydik. («Kahf», 11-oyat)

Qur’ondagi «Biz ularning quloqlarini muhrlab qo‘ydik» degan jumlaning arab tilidagi asli «zoroba» fe’lidir. Bu «Biz ularni uxlatib qo‘ydik» degan majoziy ma’noga ega. Quloqlarni nazarda tutib ishlatilgan zoroba «quloqlarning eshitishiga to‘sqinlik qilmoq» degan ma’noni anglatadi. Bu yerda faqatgina eshitish qobiliyatining qayd etilganligi juda ahamiyatlidir.
Kishi uxlayotganda ishlab turadigan yagona sezgi organi bu quloq ekanligi olimlar tomonidan kashf etilgan. Shuning uchun ham uyg‘onishimiz uchun biz soatdan foydalanamiz.176 «Biz ularning quloqlarini muhrlab qo‘ydik» jumlasidagi donolik shundaki, Alloh mazkur yosh yigitlarning eshitishini bekitib qo‘ygan va shu sababdan ham ular ko‘p yillar uyqu og‘ushida qolgan bo‘lsa ajab emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:05:21

UYQU PAYTIDA HARAKATLANISHNING MUHIMLIGI

Uxloq bo‘lsalar-da, ularni uyg‘oq, deb o‘ylarding. Biz ularni o‘ng tomon, so‘l tomonga aylantirib turardik. Ularning iti esa, ostonada ikki old oyoqlarini uzatib yotardi. Agar ularni ko‘rib qolsangiz, dahshatga tushib, ulardan yuz o‘girib qochib ketgan bo‘lur edingiz. («Kahf» surasi, 18-oyat)

Yuqoridagi oyat uch yuz yillab uyquda yotgan g‘ordagi hamrohlarni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari, Alloh ularning tanalarini chap va o‘ng tomonga o‘girib turganini ham vahiy qiladi. Buning zamirvda yotgan buyuk donolik faqat yaqin yillar ichidagina kashf qilindi.
Uzoq vaqt bir xil holatda yotadigan odamlar, ular yotadigan tomon yuzasiga tegib turgan tana qismlarida qon aylanishi qiyinchiligi, jarohatlar va qonning quyulib qolishi kabi jiddiy muammolarga duch kelishadi.177
Yuzaga keladigan jarohatlar «yotoq jarohatlari» yoki «bosim jarohatlari» sifatida ma’lum. Biror kishi uzoq vaqt qo‘zg‘almasdan yotsa, tananing o‘sha qismvdagi doimiy bosim tufayli qon tomirlari siqilib qoladi va ular umuman yopilib qolishi mumkin. Natijada, qon orqali tashiladigan kislorod va boshqa oziqlar teriga yetib bormaydi, natijada teri nobud bo‘la boshlaydi. Bu tanada jarohatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu jarohatlar davolanmasa, yog‘ va mushaklar ham nobud bo‘la boshlaydi.178
Teri yoki to‘qima ostida shakllanadigan bunday jarohatlar davolanmasa, ular kattalashishi, agar ularga infektsiya tushgudek bo‘lsa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu bosimni kamaytirish maqsadida bemorning yotgan holatini har 15 daqiqada o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. O’zlarini qo‘zg‘ata olmaydigan bemorlarga esa maxsus qarov kerak. Ular har 2 soatda boshqa odamlar tomonidan qo‘zg‘atib turilishi lozim.179 Faqatgina so‘nggi asrda kashf qilingan bu tibbiy dalillarning Qur’onda nazarda tutilganligi undagi mo‘‘jizalardan yana biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:06:46

TUNDAGI KAM HARAKATLILIK

U tong shafag‘i bilan (osmonni) bulguvchidir va tunni orom olish vaqti, Quyosh va Oyni esa vaqt hisobini yuritish vositasi qilib belgilovchidir ... («An’om» surasi, 96-oyat)

Yuqoridagi oyatning aslida uchraydigan arabcha «sakan» so‘zi «tinim, orom, dam olish vaqti, tanaffus uchun payt» kabi ma’nolarni anglatadi. Alloh tomonidan qayd etilganidek, tun insonlar dam oladigan paytdir. Tunda tanada ishlab chiqiladigan melatonin gormoni odamlarning jismoniy harakatlarini susaytirish, ularni mudroq va charchoq bostirish hamda ularning miyalarini tinchlantiruvchi tabiiy vosita vazifasini bajarish orqali tanani uyquga tayyorlaydi.180 Uyqu mobaynida yurak urishi va nafas olish ritmi sekinlashadi hamda qon bosimi pasayadi. Ertalab gormonlarning ishlab chiqilishi to‘xtaydi va tana uyg‘onishga kirishadi.181
Shuningdek, uyqu tananing mushak va to‘qimalariga tiklanib olishga hamda tanaga eski yoki o‘lgan hujayralarni yangilashga imkon beradi. Uyqu davrida energiya sarfi kamayadi va tana tun bo‘yi energiya to‘playdi. Immun sistemasi uchun muhim bo‘lgan qator kimyoviy moddalar va o‘stiruvchi gormonlar ham uyqu paytida ajralib chiqadi.182
Agar odamlar yetarli darajada uxlamasalar, bu immun siste-masiga birdaniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va tana kasallikka ko‘proq moyil bo‘lib qoladi. Agar odamlar ikki kecha uxlay olmasalar, ular fikrni bir joyga jamlashda qiynaladilar hamda ular ko‘proq xato qila boshlaydilar. Agarda uch kecha uyqudan mahrum bo‘lsalar, ular alahsiray boshlaydilar va mantiqan fikrlay olmaydilar.183
Tun nafaqat insonlar uchun, balki boshqa tirik jonzotlar uchun ham orom olish paytidir. Alloh tomonidan oyatda «tunni orom olish vaqti,» deb ta’riflangan bu holat ko‘z bilan kuzatib bo‘lmas haqiqatni nazarda tutadi: kunduzgi payt sodir etiladigan ko‘plab faoliyatlar susayadi va tun mobaynida dam oladi. O’simliklarda, misol uchun, barglardagi terlash va fotosintez Quyosh chiqishi bilan ko‘paya boshlaydi. Tushdan so‘ng esa vaziyat aksincha tus oladi. Boshqacha qilib aytganda, fotosintez susayadi va temperatura ko‘tarilgan sari terlash tezlashishi tufayli nafas olish ko‘payadi. Tungi paytda temperatura pasayishi sababli, terlash ham susayadi va o‘simlik dam oladi. Agarda bir kechalik tun bo‘lmay qolganida edi, ko‘pchilik o‘simliklar nobud bo‘lgan bo‘lar edi. Mana shu nuqtai nazardan, tun o‘simliklar uchun, xuddi insonlar uchun bo‘lgani kabi, dam va I I qayta tetiklanishni anglatadi.184
Tunda molekulyar darajadagi harakatlar ham susayadi. Kun davomida Quyosh tomonidan chiqariladigan radiatsiya Yer atmos-ferasidagi atom va molekulalarni faollashtiradi va ular ko‘proq energiya miqdoriga ega bo‘ladi. Qorong‘ilik tushgach esa, atom va molekulalar kam energiya qabul qiladi va ular radiatsiya tarqata
«An’om» surasining 96-oyatida aytilgan bu dalillar Qur’onning sanoqsiz mo‘‘jizalaridan birini « oshkor qilgan bo‘lsa ajab emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 08:07:07

YUQORIGA KO’TARILGAN SARI NAFASNING SIQILISHI

Insonlar yashash uchun kislorod va havo bosimiga muhtojdirlar. Atmosferadagi kislorod o‘pkamizdagi havo qopchiqlariga yetib borishi bilan nafas olish sodir bo‘lishi mumkin. Biroq yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosfera yupqaroq bo‘la borishi tufayli, uning bosimi pasayadi. Shuning uchun qon oqimiga kiradigan kislorod miqdori kamayadi va nafas olish qiyinlashadi. Havo qopchiqlari torayishi va siqilishi sababli, biz o‘zimizni xuddi nafas ola olmayotgandek his qilamiz.
Agarda qondagi kislorod miqdori tananing ehtiyojidan kamroq bo‘lsa, o‘ta horg‘inlik, bosh og‘riqlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynish va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatining yo‘qolishi kabi bir qator alomatlar yuzaga keladi. Ma’lum bir balandlikka yetilganda, inson uchun nafas olish umuman mumkin bo‘lmay qoladi.186
Shu sababdan bunday balandliklarda tirik qolish uchun bizga kislorod solingan idishlar va maxsus kiyimlar kerak bo‘ladi.
Dengiz sathidan 5000-7500 metr (16500-24500 fut) balandlikda nafas olishning qiyinligi tufayli, kish] hushidan ketishi va koma holatiga kirishi mumkin. Bu samolyotlarda nima uchun kislorod idishlarining mavjud bo‘lishini tushuntirib beradi. Samolyotlar dengiz sathidan] 9000-10000 metr (29500-33000 fut) balandlikda uchganda havo bosimini nazorat qilib turadigan maxsus tizimlar ham bor.
Kislorod to‘qimalarga yetib bormaganda anoksiya (qonda kislorodning yetishmasligi) yuz beradi. Bunday kislorod yetishmasligi 3000-4500 metr (10000-15000 fut) balandliklarda sodir bo‘ladi. Ba’zi odamlar bunday balandliklarda hushini yo‘qotishi mumkin. Lekin ular darhol kislorod bilan ta’minlansa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin.
Kuyidagi oyatda qiyoslab keltirilgan bu jismoniy haqiqat yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘krak qafasida yuz beradigan o‘zgarishlarni shunday ta’riflaydi:
Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo‘yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko‘ksini go‘yo osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo‘yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko‘rgay. («An’om» surasi, 125-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:06:59

IKKINCHI KITOB

QUR’ONDAGI BASHORATLAR

KIRISH

Qur’onning mo‘‘jizaviy fazilatlaridan biri undagi kelajak voqea-hodisalari haqidagi bashoratlar bo‘lib, ularning ba’zilari shu paytgacha sodir bo‘lib keldi. Bu Qur’on Allohning so‘zi ekanligini tasdiqlovchi dalillardan biridir. Keyingi sahifalarda bunday hodisalarning ba’zilari ustida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
G’ayb (yashirin ish va narsalar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o‘zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa’ri)dagi urug‘ bo‘lmasin, ho‘lu quruq bo‘lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-mahfuz)da (yozilgan)dir. («An’om» surasi, 59-oyat)
(Ey, Muhammad!) Bular Sizga vahiy qilayotgan Bizdagi g‘ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir. («Hud» surasi, 49-oyat)
Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas.» («Naml» surasi, 65-oyat)
U shunday Allohdirki, Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. U mehribon va rahmlidir. («Hashr» surasi, 22-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:08:53

VIZANTIYA IMPERIYASINING G’ALABASI

Hayratlanarli bir bashorat «Rum» surasining dastlabki oyatlarida vahiy qilingan bo‘lib, unda keyingi Rim imperiyasining sharqiy qismi, ya’ni katta mag‘lubiyatga uchragan Vizantiya imperiyasining tez orada g‘alaba qozonishi haqida so‘z yuritiladi.
Alif, Lom, Mim. Rum (qo‘shini Fors qo‘shinidan) mag‘lub bo‘ldi eng past yerda. (Lekin) ular (ya’ni rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng, (forslar ustidan) albatta, g‘alaba qilurlar uch-to‘qqiz yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O’sha kunda mo‘minlar shodlanurlar. («Rum» surasi, 1-4-oyatlar)
Mazkur oyatlar taxminan 620-yilda, butparast forsiylar 613-614-yillarda nasroniy Vizantiyasini qattiq mag‘lubiyatga uchratgandan deyarli 7 yildan so‘ng nozil qilingan edi.
Darhaqiqat, Vizantiya shunchalik katta zarar ko‘rgan ediki, uning yolg‘iz o‘zi yana g‘olib bo‘lishi u yoqda tursin, hatto omon qolishi mumkin emas edi. 613-yilda Antiohda vizantiyaliklarni mag‘lub qilgach, forsiylar Damashq, Kilikiya, Tarsus, Armaniston va Quddusni ham istilo qildilar. 614-yilda Kuddusning qo‘ldan boy berilishi vizantiyaliklar uchun ayniqsa og‘ir judolik bo‘ldi, chunki Baytul Maqdis ibodatxonasi vayron qilingan va forsiylar nasroniylikning ramzi bo‘lgan «Haqiqiy Xoch»ni qo‘lga kiritgan edilar.187
Bundan tashqari, avarlar, slavyanlar va lombardlar ham Vizantiya imperiyasiga jiddiy tahdid solib turgan edi. Avarlar Konstantinopol devorlarigacha yetib kelgan edilar. Imperator Irakliy armiya xarajatlarini qoplash uchun ibodatxonalardagi oltin va kumushlarni eritib, pul yasashga farmon bergan edi. Bu ham kifoya qilmay, ko‘proq pul yasash maqsadida, bronza haykallari eritilib, quyula boshlandi. Ko‘plab hukmdorlar Irakliyga qarshi bosh ko‘targan va Vizantiya imperiyasi qulash arafasida edi.188 Avvallari Vizantiyaga qarashli bo‘lgan Mesopotamiya, Kilikiya, Falastin, Misr va Armaniston butparast forsiylar tomonidan bosib olingan edi.189


Qayd etilgan