Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:33:45

ATOM ENERGIYASI VA PARCHALANISH

Alloh don va urug‘larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O’likdan tirikni chiqaradi va (U) tiriqdan o‘likni chiqaruvchidir. Ana o‘sha Allohdir. Bas, qayoqqa og‘ib ketayapsiz? («An’om» surasi, 95-oyat)

Yuqoridagi oyatda keltirilgan «don» (al-habb) va «urug‘» (an-navaa) so‘zlari atomning bo‘linishini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, «an-navaa» «yadro, markaz, atom yadrosi» degan lug‘aviy ma’nolorga ega. Binobarin, o‘likdan tirikni chiqarishning tasvirlanishi Alloh o‘lik energiyadan materiyani yaratadi deb ham tushunilishi mumkin. Tirikdan o‘likni chiqarish esa materiya (tirik)dan energiya (o‘lik)ning yuzaga kelishini anglatishi mumkin, chunki atom doimiy harakatda bo‘ladi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.) Buvday fikrning tug‘ilishiga sabab «al-hayy» so‘zi «tirik» ma’nosidan tashqari «faol, serharakat, g‘ayratli» degan ma’nolarni ham anglatishidir. Oyatda «o‘lik» deb tarjima qilingan «al-mayyit» so‘zi «tirik emaslik, jonsiz» degan ma’noni anglatishi bilan energiyani nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Olimlar energiyani ish bajarish qobiliyati, deb ta’riflaydilar. Yer yuzi va koinotdagi barcha narsalarni tashkil etuvchi ashyo materiya bo‘lib, u mikroskop ostiga olib qaralganda harakatlanayotganligini ko‘rish mumkin bo‘lgan atomlar va molekulalardan iborat. XX asrning boshlarida Albert Eynshteyn (1955 yilda vafot etgan) materiyani energiyaga aylantirish mumkinligini va bu ikkisi atom darajasvda o‘zaro ichki bog‘langanligini nazariy jihatdan isbotladi.213 Bu yuqoridagi oyatda qayd etilganidek, ehtimol tirikdan o‘likni chiqarish yoki boshqacha qilib aytganda, atom darajasvda harakatda bo‘lgan materiyadan energiya olish demakdir. Jumladan, «chiqaradi» deb tarjima qilingan «yuxriju» so‘zi «dunyoga keltirmoq, taratmoq, tarqatmoq, chiqarmoq» degan (elektr to‘lqinli holatdagi kabi) ma’nolarga ham ega. Demak, bu oyatdagi jumlalar atomdan olinadigan energiya shaklini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.)
Olimlar hozirgi kunda atomni, uning yadrosini parchalash orqali bo‘la oladilar. Eynshteynning nazariyalaridan boshlanish nuqtasi sifatvda foydalanib, ular 1940 yilda yadrolarni parchalash (atom yadrosini bo‘lish jarayoni) orqali materiyadan energiya olishga muvaffaq bo‘ldilar. «An’om» surasining 95-oyatvda «yormoq» deb tarjima qilingan «faaliqu» so‘zi parchalashning lug‘aviy ma’no-sini - (atom yadrosini) bo‘lish jarayoniga ishora bo‘lishi mumkin. Bu jarayon sodir bo‘lganda juda katta miqdordagi energiya chiqa-riladi.
«An’om» surasining 95-oyatidagi so‘zlar ma’nolari jihatidan juda salmoqlidir. Bu oyatda ta’riflangan hodisalar bilan atom energiyasini olish uchun atomning yadrosini bo‘lish o‘rtasida juda yaqin o‘xshashlik mavjud. Shundan kelib chiqib, bu oyat faqatgina XX asr texnologiyasi yordamida amalga oshirish imkoni bo‘lgan yadro parchalanishini nazarda tutadi, deyish mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:34:36

UCHINCHI KITOB

QUR’ONDA QAYD ETILGAN TARIXIY DALILLAR

«HOMON» VA QADIMGI MISR YODGORLIKLARI

Qur’on Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini juda aniq qilib yoritadi. Qur’on Fir’avn va uning Isroil farzandlariga bo‘lgan munosabatini so‘zlab berish bilan bir qatorda, Qadimgi Misr haqida juda boy ma’lumotlarni oshkor qiladi. Bu tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati yaqindagina dunyoning bilimdon kishilari e’tiboriga tushdi. Agar bu ma’lumotlar ustida bir oz mulohaza yuritilsa, shu kunlarda kashf qilinayotgan barcha muhim ilmiy, tarixiy va arxeologik topilmalar bilan bevosita aloqador bo‘lganligi bois, Qur’on va undagi ma’lumotlar hamma narsani bilguvchi zot Dono va Qodir Alloh tomonidan vahiy qilinganligini tezda fahmlash mumkin.
Bu donolikka Fir’avn bilan bir qatorda ismi Qur’onda qayd etilgan shaxs - Homonga Qur’onda e’tibor berilganligini misol qilish mumkin. Uning ismi Qur’onning olti joyida tilga olingan bo‘lib, u Fir’avnning eng yaqin tarafdorlaridan biri bo‘lgan-ligini bizga ma’lum qiladi.
Ajablanarli tomoni shundaki, Tavrotning Muso Payg‘ambar (a.s.) hayotiga aloqador bo‘lgan bo‘limlarida Homon degan ism umuman qayd etilmagan. Biroq Tavrotning oxirgi qismlarida Homon Muso Payg‘ambar (a.s.)dan taxminan 1100 yil so‘ng isroilliklarga ko‘p shafqatsizliklar keltirgan Bobil qirolining yordamchisi sifatida tilga olinadi. Qur’on esa yaqinda ochilgan arxeologik kashfiyotlar bilan hamohang ravishda, Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hayoti bilan bog‘liq «Homon» degan so‘zni o‘z ichiga olgan.
Misrcha ieroglif yozuvini o‘qiy olish imkoniyati bundan taxminan 200 yil avval kashf qilingandan va Homon degan ism qadimgi yozuvlarda topilgandan so‘ng ayrim musulmon bo‘lmagan shaxslar tomonidan Islom kitobiga qarab otilgan tanqidiy fikrlar o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ldi. XX asrgacha Qadimgi Misr yozuvlari va shartli belgilariga tushunib bo‘lmas edi. Qadimgi Misr tili so‘zlar emas, balki shartli belgilar, ierogliflardan tashkil topgan. Xuddi zamonaviy so‘zlar kabi muhim voqealarni hikoya qiluvchi va qayd etuvchi bu rasmlar qoya va toshlarga o‘yib solingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asrlar osha hanuz mavjud bo‘lib kelmoqda. II va III asrlarda nasroniylik va boshqa madaniy ta’sirlar natijasida Misr bugungi kunda o‘lik deb hisoblanadigan ieroglif yozuvi bilan bir qatorda, o‘zining qadimiy mafkuralaridan umrbod voz kechdi. Ierogliflardan foydalanib yozilgan eng oxirgi namuna 394- yilga borib taqaladigan yozuvdir. Rasmlar va shartli belgilar unutilgan edi va ularni o‘qib tushunadigan biror kishi qolmagan edi. Tabiiyki, bu tarixiy va arxeologik dalillarni o‘rganish imko-niyatini cheklar edi. Bu holat bundan II asr burungi davrgacha davom etib keldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:35:04

1799 yilda, «Rosetta Stone» deb ataladigan yozuvli doska kashf qilinishi bilan Qadimgi Misr ierogliflarining siri oshkor bo‘ldi. Bu ajoyib topilma miloddan avvalgi 196- yilga borib taqalar edi. Bu yozuvning ahamiyatli tomoni shunda ediki, u uchta turli ierogliflar, avomga xos (Qadimgi Misr ieratik yozuvining soddalashtirilgan shakli) va yunon yozuv turlarida yozilgan edi. Grek yozuvi yordamida Qadimgi Misr yozuvlari biz tushunadigan tilga o‘girildi. Bu yozuvlar Jan-Fransua Shampollion ismli frantsuz arxeologi tomonidan tarjima qilindi. Shu tariqa unutilgan til va voqealarga aniqlik kiritildi va Qadimgi Misrning tsivi-lizatsiyasi, dini va ijtimoiy hayoti to‘g‘risidagi juda ko‘p ma’lumotlar insoniyat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan holatga keltirildi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyat tarixidagi muhim bir era haqidagi bilimga keng yo‘l ochib berdi.
Ierogliflarni tushunarli tilga o‘girish orqali juda muhim bir ma’lumot oshkor bo‘ldi: Homon degan ism haqiqatdan Misr yozuvlarida qayd etilgan edi. Bu ism Venadagi Hof muzeyida saqlanayotgan yodgorlikda ham mavjud bo‘lib, Homon va Fir’avn o‘rtasidagi yaqin aloqani nazarda tutar edi.214
Barcha yozuvlar to‘plamiga asoslanib tayyorlangan People in The New Kingdom (Yangi Qirolliqdagi odamlar) lug‘atida Homon «tosh qazuvchi ishchilarning boshlig‘i» deb tilga olinadi.215
Natijada juda muhim haqiqatga aniqlik kiritildi: Homon Muso Payg‘ambar (a.s.) davrida Misrda yashagan shaxs bo‘lib chiqdi. U Fir’avnning yaqin kishisi bo‘lib, xuddi Qur’onda ta’kidlangani kabi, qurilish ishlarida ishtirok etgan edi.
Fir’avn: «Ey, odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon! Loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil! Shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini qo‘rsam. Men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman», - dedi. («Qasas» surasi, 38-oyat)
Fir’avnning Homonga minora qurishni amr etishining Qur’on oyatida tasvirlanishi bu arxeologik topilma bilan to‘liq mos keladi. Mana shu ajoyib kashfiyot natijasida Qur’onga muxolif bo‘lganlarning bema’ni da’volari yanglish va fikran ahamiyatsiz ekanligi isbotlandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:35:56

Qur’on mo‘‘jizakorona, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida ma’lum bo‘lmagan yoki tushunilmagan tarixiy ma’lumotlarni bizga yetkazdi. Ierogliflarni 1700 yilning oxirlarigacha tushunishning imkoni bo‘lmadi, shuning uchun Misr manbalaridan ma’lumotlarni aniqlab bo‘lmas edi. Homon degan ismning qadimiy yozuvlarda topilishi Allohning so‘zi ishonchli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
 

Homon degan ism Misr ierogliflari XIX asrda tushunarli tilga o‘girilmaguncha noma’lum bo‘lib keldi. Ierogliflar tushunarli tilga o‘girilganda Homon Fir’avnning yaqin yordamchisi va «tosh qazuvchilarning boshlig‘i» bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. (Quyida Qadimgi Misr quruvchi ishchilarining tasviri tushirilgan.) Bu yerda ahamiyatga molik ma’lumot shundaki, Homon Fir’avnning amriga binoan qurilish ishlarini yuritgan shaxs sifatida Qur’onda qayd etilgan. Bu o‘sha paytda biror kishining bilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumot Qur’onda berilgan, degan ma’noni hamda uning diqqatga sazovor ekanligini anglatadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:38:07

MUSO PAYG’AMBAR (A.S.) VA DENGIZNING IKKIGA BO’LINISHI

Misrning Fir’avnlar nomi bilan ma’lum hukmdorlari o‘zlarini iloh, deb hisoblar edilar. Misr xalqi xurofiy aqidalarga asoslangan tizimni ilohiy mafkura tizimidan ustun qo‘ygan bir paytda, Isroil farzandlari qullikka, asoratga solingan bir davrda, Alloh Muso Payg‘ambar (a.s.)ni Misr qavmiga elchi qilib jo‘natdi.
Biroq Fir’avn va uning hay’ati, umuman olganda, Misr xalqini Muso Payg‘ambar (a.s.) ilohiy dinga va Allohning Yagonaligiga da’vat etganda, ular o‘z butparast aqidalaridan voz kechishni deyarli butunlay rad etishdi. Muso (a.s.) Fir’avn va uning hay’atidagilarni Allohning qahridan ogoh qilib, yolg‘on ibodat, sig‘inishga berilmaslikka chaqirdi. Bunga javoban ular Muso (a.s.)ga tuhmat, bo‘hton toshlarini otdilar. Ular uni aqldan ozganlikda, jodugarlikda va yolg‘onchilikda aybladilar. Fir’avn va uning maslakdoshlari hatto o‘zlarining ustlariga ko‘plab baxtsizliklar yog‘dirilgan bo‘lishiga qaramay, Muso Payg‘ambar (a.s.)ga yon berishdan bosh tortdilar. Ular hatto Muso (a.s.)ni o‘z boshlariga tushgan kulfatlarga sababchi, deb bildilar va uni Misrdan quvg‘in qilish yo‘llarini axtardilar. Alloh Qur’onda Muso (a.s.) va unga ergashgan mo‘minlarga quyidagicha e’tibor qaratadi:
Biz Musoga: «Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yulga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur», - deb vahiy yubordik. Bas, Fir’avn barcha shaharlarga (askar) yig‘uvchilarni junatdi (va dedi): «Aniqki, ular ozgina kishilardir. Darhaqiqat, ular (chiqib ketishlari bilan) bizlarni g‘azablantiruvchidirlar! Bizlar ehtiyotkor jamoadirmiz.» Bas, ularni (Fir’avn va unga ergashganlarni) bog‘lar va buloqlardan ayirdik. Xazinalar va shinam maskandan ham. Yana ularga (xazina va maskanlarga) Isroil avlodini voris qildik. Bas, (Fir’avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar.(«Shuaro» surasi, 52-60-oyatlar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:39:36

Qur’onda nozil etilganidek, mazkur ta’qibdan so‘ng bu ikki jamoa dengiz qirg‘og‘ida yuzma-yuz keladilar. Shunda Alloh dengizni qoq ikkiga bo‘ladi hamda Muso (a.s.) va unga ergashgan mo‘minlarni qutqarib, Fir’avn va uning odamlarini o‘limga mahkum qiladi. Allohning bu madadi quyidagicha vahiy qilinadi:
Bas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengazni urgan!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak (suv balandga ko‘tarilib) ulkan tog‘ kabi buldi. Boshqalarni (Fir’avn va uning lashkarini ham) o‘sha (yo‘l)ga yaqinlashtirdik. Muso va u bilan birga bo‘lganlarning barchalarini (Fir’avn ta’qibidan) kutqardik. So‘ngra boshqalarni (dengazga) g‘arq qilib yubordik. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari imon keltiruvchi bo‘lmadilar. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. («Shuaro» surasi, 63-68-oyatlar)
Yaqinda mana shu voqeaga bog‘liq, Fir’avn davrida papiruslarda yozib qoldirilgan quyidagi tafsilot topildi:
Saroy oq xonasining kitoblarni ko‘riklaydigan boshlig‘i Amenamonidan nusxa ko‘chiruvchi kotib Penterhorga:
Ushbu maktub sizning ko‘lingizga yetganda va siz uni bitta-bittalab o‘kiganingizda, girdobga g‘arq bo‘layotganlar boshiga tushgan qayg‘uli musibatdan xabar topganingizda, yuragingizni bo‘ron ichra qolgan bargdek, eng qattiq iztirobga ixtiyor eting...
U kutilmagan va qutulib bo‘lmas ofatga giriftor bo‘ldi. Sardorimiz, qavmlar panohgardoni, mag‘rib va mashriq hukmdorining halokatini tasvir aylang. Suvlardagi uyqu buyuk bir narsadan yordamga muhtoj boshqa bir narsani joyladi. Qandayin yangilik men sizga yo‘llagan yangilikka qiyos bo‘lsin?216

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:41:05

Qur’onda vahiy qilingan o‘tmish voqealari bugungi kunda o‘z isbotini topayotganligi, shubhasiz, Qur’onning muhim mo‘‘jizalaridandir. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-ha Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002; The Prophet Musa (a.s.), Millat Book Center, Hindiston, 2001)
Qizil dengizni kesib o‘tish paytida Muso (a.s.) va Isroil farzandlari guvoh bo‘lgan bu mo‘‘jiza ko‘plab tadqiqotlarning mavzuiga aylandi. Arxeologik qidiruvlar Misrni tark etgach, ularning nafaqat Qizil dengizga tomon olgan yo‘llarini, balki Fir’avn va Muso (a.s.) hamda uning qavmi uchrashgan joy tog‘lar bilan o‘ralganligini ham aniqlab berdi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
 

Bu xarita Muso (a.s.)ning Misrni tark etgandan sung yurgan yulini va dengiz bo‘lingan joyning taxminiy o‘rnini ko‘rsatadi.
 

Buni boshlanish nuqtasi tarzida qabul qilib, olib borilgan ko‘plab tadqiqot va izlanishlar natijasida olimlar dengiz qanday qilib ikkiga bo‘linganligiga doir hayratlanarli xulosalarga keldilar. Bu xulosalar Qur’onda nozil qilinganlar bilan to‘liq mosdir. Qur’onda tasvirlangan tarixiy voqealarning bugungi kunda tarixiy qaydlar orqali oydinlashtirilayotganligi, shubhasiz, Islom kitobining muhim mo‘‘jizalaridandir.
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:43:56

Ikki rus matematigi Naum Volzinger va Aleksey Androsov Muso Payg‘ambar (a.s.) chindan ham dengizni ikkiga ajrata olganini isbotladilar. Bunday mo‘‘jizaning sodir bo‘lishiga shubha bilan qaragan olimlarga qarshi, rus matematiklari mo‘‘jizaning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoitlarni tadqiq qildilar. O’z navbatida bu mo‘‘jizaning sodir bo‘lganligini tasdiqlashga olib keldi.
 

Jabal al-Muso nomi bilan ma’lum bo‘lgan tog‘ odatda Sinay yarim orolida joylashgan, deb taxmin qilinar edi. Biroq yaqinda qilingan kashfiyotlar uning aslida Qizil dengizning Arabiston sohilida ekanligini ko‘rsatdi.


Muso (a.s.) va isroilliklar bosib o‘tgan uzoq va mashaqqatli safardan so‘ng tog‘lar orasidan tashqariga chiqadigan yo‘lak ko‘ringan.


Sinay yarim orolining bo‘g‘ozga olib chiqadigan o‘sha qismi.


Fir’avnning shohona ikki oyoqli aravasi Misr muzeyida ko‘rgazma uchun qo‘yilgan. Shungao‘xshash namuna dengiz bo‘lingan joyda olib borilganqazishmalar davomida topilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:44:57

Rossiya Fanlar akademiyasining byulletenida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘sha paytda Qizil dengiz yuzasiga yaqin rif mavjud bo‘lgan. O’sha yerdan turib olimlar suv sathining ko‘tarilishi past bo‘lganda rifni ochiq va quruq holatda qoldirish uchun kerak bo‘ladigan shamol tezligi va to‘fon kuchini aniqlashga kirishdilar. Natijada shu narsa ma’lum bo‘ldiki, har soniyada 30 metr (98,5 fut) tezlikda esadigan shamol dengizning chekinishiga sabab bo‘lib, rifni ochiq qoldirgan. Rossiya Fanlar akademiyasining Okeanografiya institutida faoliyat ko‘rsatuvchi Naum Volzingerning ma’lum qilishicha, «agarda (sharqiy) shamol tun bo‘yi soniyasiga 30 metr esganda, rif quruq bo‘lardi.» U yana, «bir qirg‘oqdan ikkinchi qirg‘oqqa borib taqaladigan 7 kilometr uzunlikdagi rifni bosib o‘tish uchun yahudiylarning (ular 600 000 ta edilar) to‘rt soat vaqti ketgan bo‘lar edi... so‘ngra yarim soat ichida suvlar orqaga qaytgan bo‘lar edi», deb izoh beradi.217 Jumladan, Volzingerning aytishicha, u va uning hamkasbi bu masalani Isaak Nyutonning nuqtai nazaridan turib o‘rganib chiqishgan. U «Ishonchim komilki, Xudo Yerni fizika qonunlari orqali boshqaradi», deb ta’kidlaydi.218
Shu narsani yodda tutish lozimki, bu tabiiy hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli har doim ham mavjud. Agar Alloh iroda etsa, bu mo‘‘jiza yana, shamol tezligi, zamon va makon kabi hamma zaruriy sharoitlar yuzaga kelganda sodir bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerdagi haqiqiy mo‘‘jizaviy jihat shundaki, bu voqealar aynan Muso (a.s.) va uning qavmi deyarli g‘alaba qozongan paytda sodir bo‘ldi. Muso (a.s.) va unga ergashgan jamoa suvni kesib o‘taman, deb turgan paytda suvning orqaga chekinishi (suvlar Fir’avn va uning lashkari uni kesib o‘tayotgan paytda orqaga qaytishini eslatmasa ham bo‘ladi) Allohning taqvodorlarga beradigan madadiga bir aniq misoldir. Darhaqiqat, Muso (a.s.)ning Allohga tayanishi va ishonishi eng quvonarli axloqiy qadriyatlar namunasidir:
 

Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini (uzoqdan) ko‘rgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik», - dedilar. (Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorimbor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar.» («Shuaro» surasi, 61-62-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:46:07

FIR’AVN VA UNING ATROFIDAGILARI BOSHIGA TUSHGAN KULFATLAR

Fir’avn va uning odamlari o‘zlarining ko‘pxudolilik tizimiga shunchalik sodiq edilarki, hatto Muso Payg‘ambar (a.s.)ningdonolik va maftunkor mo‘‘jizalar bilan qurollangan xabarlari ham ularning tosh qotgan yuraklarini yumshatolmas hamda ularni asossiz xurofot, bid’atlardan yuz o‘girtira olmas edi. Ular bu haqiqatni ochiqchasiga tan oladilar:
(Ular Musoga) aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz.» («A’rof» surasi, 132-oyat)
Alloh ularning bunday munosabatlariga javoban, dimog‘dor-liklariga jazo sifatida xuddi oyatlarning birida «aniq mo‘‘jizalar» («A’rof» surasi, 133-oyat), deb tasvirlanganidek, ularning boshiga baxtsizlik va kulfatlar yog‘dirdi. Bu kulfatlardan biri qurg‘oqchilik edi. Buning natijasida mahsuldorlik kamayib ketdi. Qur’onning bunga bog‘liq oyatida shunday xabar qilinadi:
Fir’avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarningtaqchilligigaduchor etdik. («A’rof» surasi, 130-oyat)
Misrliklarning qishloq xo‘jalik tizimi Nil daryosi bilan bog‘liq edi va shuning uchun ham tabiiy sharoitlardagi o‘zgarishlar ularga o‘z ta’sirini o‘tkazmas edi. Biroq Fir’avn va uning atrofidagilar o‘z mag‘rurliklari va Allohning elchisini e’tirof etishdan bosh tortganliklari bois ko‘plab azob-uqubatlarga duchor bo‘ldilar. Ular Muso (a.s.)ning ogohlantirishlariga quloq solish o‘rniga, uni va Isroil qavmini o‘zlarining boshlariga tushgan omadsizliklarga balogardon qildilar. Shundan so‘ng Alloh bir necha ofatlarni ularga ravo ko‘rdi. Bu haqda bizga Qur’onda shunday xabar beriladi:
Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo‘‘jizalar sifatida yubordik. (Lekin) ular kibr-havo qildilar va jinoyatchi qavm - osiy bo‘ldilar. («A’rof» surasi, 133-oyat)

Qayd etilgan