Tadqiqot natijasida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar yaxshilab o‘rganib chiqilsa, to‘fonning butun Mesopotamiya tekisligini qoplagani ma’lum bo‘ladi. To‘fonning izlarini o‘zida aks ettirgan Ur, Uruk, Shuruppak va Kish shaharlari ketma-ketligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning bir chiziqda yotishini ko‘ramiz. Bundan tashqari, miloddan avvalgi taxminan 3000 yillarda Mesopotamiya tekisligining geografik tuzilishi uning bugungi kundagi ko‘rinishidan keskin farq qilar edi. U davrlarda Furot daryosining o‘zani bugungi kundagiga qaraganda ancha sharq tomonda, uning yo‘li esa Ur, Uruk, Shuruppak va Kish orqali o‘tuvchi bir chiziqda yotar edi. Shuning uchun, Furot daryosi o‘z qirg‘oqlarini yorib o‘tib, bu to‘rt shaharni vayron qilgan, degan ma’no ang-lashiladi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Alloh Nuh to‘foni xabarlarini o‘sha zamonda yashagan odamlar uchun ibrat, undan keyin yashaganlarga esa qimmatli saboq bo‘lsin uchun yetkazdi. Payg‘ambar va kitoblar vositasida Alloh turli qavmlarga yo‘riqnoma yo‘lladi. Biroq Uning payg‘ambarlari tomonidan odamlarga yetkazilgan matnlarning asli har safar o‘zgartirilar edi. Odamlar to‘fonning haqiqiy tafsilotiga madaniy, mistik va mifologik unsurlarni qo‘shar edilar. Qur’on Allohdan ekanligi va U uni abadiy o‘z holicha saqlab qolishi tufayli, u o‘tmishning arxeologik topilmalariga to‘g‘ri keluvchi yagona manbadir. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)