Yolg‘izgina bir sura, ya’ni 7- sura «Alif, Lom, Mim, Sod» boshlovchi harflar bilan boshlanadi. Alif harfi bu surada 2529 marta, Lom harfi 1530 marta, Mim harfi 1164 marta va Sod harfi 97 marta ishlatilgan. Demak, bu to‘rt harf jami 2529 + 1530 + 1164 + 97 marta yoki 5320 (19 x 280) marta ishlatilgan.
Alif, Lom va Mim harflari arabchada eng ko‘p qo‘llaniladigan harflardir. Ular birgalikda olti suraning, ya’ni 2, 3, 29, 30, 31 va 32 raqamli suralarning boshidan joy olgan. Mazkur olti suraning har birida bu uch harfning jami ishlatilganlik soni 19 ning ko‘paytmasi bo‘lib keladi: 9899 (19 x 521), 5662 (19 x 298), 1672 (19 x 88), 1254 (19 x 66), 817 (19 x 43) va 570 (19 x 30). Bu uch harf ushbu 6 surada jami 19874 (19 x 1046) marta ishlatilgan.
Alif, Lom va Ro boshlovchi harflari 10, 11, 12, 14 va 15-suralarda ishlatilgan. Bu harflar mazkur suralarda jami 2489 (19 x 131), 2489 (19 x 131), 2375 (19 x 125), 1197 (19 x 63) va 912 (19 x 48) marta ishlatilgan.
Alif, Lom va Ro boshlovchi harflari jami 1482 (19 x 78) marta ishlatilgan. Alif harfi 605 marta, Lom harfi 480 marta, Mim harfi 260 marta va Ro harfi 137 marta uchraydi.