Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338675 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:08:12

Qur’on haqida bildirilgan boshqa fikrlardan namunalar

Har bir narsajuda ko‘p ma’noni anglatar edi. Bu Qur’onning go‘zalligi; u sizdan chuqur mulohaza qilish va aql yuritishni talab etadi... Men Qur’onni yana va yana o‘qishni davom ettirganimda, u duo, yaxshilik va ehson haqida so‘zladi. Men musulmon emas edim, ammo men o‘zim uchun yagona javob Qur’on ekanligini va Alloh uni men uchun ham jo‘natganligini ang-ladim.298 (Yusuf Islom (Ket Stivens), sobiq ingliz pop musiqa yulduzi.)

«Allohga taslim bo‘lgan kishi» sifatida «musulmon» V ekanligimdan umidvor bo‘lsam-da, men odatdagi ma’noda musulmon emasman, ammo ishonchim komilki, Qur’on va boshqa Islomiy tushunchalar qayd etilgan manbalar ilohiy haqiqat joy olgan yirik zaxiradir, undan men va boshqa g‘arbliklar hali ko‘p narsalarni o‘rganishlari darkor va «Islom shubhasiz kelajakdagi yagona dinning tamal toshini qo‘yuvchi eng quvvatli nomzoddir.»299 (Islam and Christianity today (Bugungi kunda islom va nasroniylik) nomli kitobdan.)

Islom dinini qabul qilishimda muhim va aniq ahamiyat kasb etgan manba Qur’on edi. Men Islom dinini qabul qilishimdan oldin g‘arbcha tanqidiy fikr yuritish ruhi bilan Qur’onni o‘rgana boshladim... O’n uchdan ortiqasr ilgari vahiy qilingan bu kitobda (Qur’onda) ma’lum oyatlar mavjud bo‘lib, ular eng zamonaviy ilmiy tadqiqotchilar o‘rgatgani kabi aynan bir xil tushunchalardan saboq beradi. Bu shubhasiz, o‘z dinimni o‘zgartirishimga sabab bo‘ldi.300 (Ali Selman Benuast, Frantsiya, tibbiyot fanlari doktori.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:08:26

Men har bir dinning muqaddas kitoblarini o‘qib chiqdim. Islomda duch kelganim - mukammallikni hech qaerdan topa olmadim. Muqaddas Qur’on men o‘qigan boshqa har qanday kitoblar bilan taqqoslanganda, xuddi gugurtga taqqoslangan Quyosh kabidir. Men qattiq ishonamanki, haqiqatga tamomila «yopilmagan» aql bilan Allohning so‘zlarini o‘qigan har qanday kishi musulmon bo‘lg‘usidir.301 (Sayfuddin Dirk Uolter Mosig.)

Qur’onni kuchli qilgan xususiyatlardan biri shundaki, musulmon yoki har qanday inson Qur’onni qo‘liga olib, har qanday bir sahifani ochib o‘qiganida, hayotning mazmuniga oid bo‘lgan biror xabarni olur.302 (Mashhur dinshunos Jon Espozito.)

Dunyodagi butun olimlar va ma’lumotli kishilarni birlashtirib, yagona, to‘g‘ri va insonlarni saodatga eltuvchi Qur’onning printsiplariga asoslangan bir tuzum qurajagimga oz fursat qoldi, deb umid qilaman.303 (Frantsuz imperatori Napoleon Bonapart.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:09:08

XOTIMA

QUR’ON ALLOHNING VAHIYSIDIR

Bu kitobda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bizga bitta ochiq haqiqatni namoyon qiladi: Qur’on, payg‘ambarlarning oxirgisi Muhammad (s.a.v.) ga vahiy qilingan bu g‘ayrioddiy kitob ilhombaxsh va haqiqiy bilimlar manbaidir. Har bir tarixiy, ilmiy yoki arxeologik ma’lumot kashf qilinar ekan, Islomning kitobi (u qaysi fanni nazarda tutishidan qat’i nazar) Allohning so‘zi ekanligi o‘z isbotini topmoqda. Ilmiy mavzular bo‘yicha dalillar va o‘tmish hamda kelajak haqida bizga yetkazilgan yangiliklar, Qur’on nozil etilgan paytda hech kim bila olmagan faktlar uning oyatlarida bildirilgan. Yettinchi asr Arabistonida mavjud bo‘lgan texnologiya va bilim saviyasi bilan biz bu kitobda batafsil muhokama qilgan ma’lumotlarni, misollarni bilib olish umuman mumkin emas edi. Ushbularni yodda tutgan holda, keling, quyidagi savollarni o‘zimizga berib ko‘raylik:
Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi atmosferamizning yetti qatlamdan iborat ekanligini bilishi mumkin edimi?
Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi embrion o‘sib, chaqaloqqa aylanadigan turli rivojlanish bosqichlarini va so‘ngra uning ona qornidan dunyoga kelishini batafsil bilishi mumkin edimi?
Hozirgi zamon olimlari faqatgina so‘nggi o‘n yilliklar ichida «Halokatli siqilish» g‘oyasini olg‘a surgan ekan, yetginchi asr Ara-bistonida yashagan biror kishi, Qur’onda ta’kidlanganidek, koi-notning «muntazam kengayib borayotgan»ligini bilishi mumkin edimi? Har bir shaxsning barmoq izlari betakror, mutlaqo yagona ekanligini zamonaviy texnologiya va zamonaviy ilmiy uskunalardan foydalanib, faqat yaqindagina kashf qilgan ekanmiz, yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi bu haqiqatni bilishi mumkin edimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:09:51

Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi embrion o‘sib, chaqaloqqa aylanadigan turli rivojlanish bosqichlarini va so‘ngra uning ona qornidan dunyoga kelishini batafsil bilishi mumkin edimi?
Hozirgi zamon olimlari faqatgina so‘nggi o‘n yilliklar ichida «Halokatli siqilish» g‘oyasini olg‘a surgan ekan, yetginchi asr Ara-bistonida yashagan biror kishi, Qur’onda ta’kidlanganidek, koi-notning «muntazam kengayib borayotgan»ligini bilishi mumkin edimi? Har bir shaxsning barmoq izlari betakror, mutlaqo yagona ekanligini zamonaviy texnologiya va zamonaviy ilmiy uskunalardan foydalanib, faqat yaqindagina kashf qilgan ekanmiz, yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi bu haqiqatni bilishi mumkin edimi?
Ieroglif yozuvlarni tarjima kilish tafsilotlari (va usullari) faqatgina bundan ikki asr ilgari kashf qilingan ekan, yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi Fir’avnning eng tanikli yordamchilaridan biri Homonning roli haqida bilishi mumkin edimi?
Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi «Fir’avn» so‘zining Tavrotda ta’kidlanganidek, miloddan avvalgi 14-asrdan oldin emas, balki faqatgina shu davrdan boshlab ishlatilganligini bilishi mumkin edimi? Yettinchi asr Arabistonida yashagan biror kishi so‘nggi o‘n yilliklar ichida NASA sun’iy yo‘ldoshi fotosuratlaridan foydalanish orqali kashf qilingan Ubar va Iramning ustunlari haqida bilishi mumkin edimi?
Bu savollarga berilishi mumkin bo‘lgan yagona javob shunday: Qur’on Qodir Alloh, barcha narsalarning Yaratuvchisi va hamma narsani O’zining cheksiz bilimiga jamlagan Zot, Parvardigorimizning so‘zidir. Oyatlarning birida Alloh «Agar (u) Allohdan o‘zganing huzuridan (kelgan) bo‘lsa edi, unda ko‘pgina qarama-qarshi gaplarni topgan bo‘lur edilar» («Niso» surasi, 82-oyat), deb aytadi. Qur’ondan joy olgan har bir ma’lumot bu ilohiy kitobning sirli mo‘‘jizalarini oshkor qiladi.
Inson zoti Alloh tomonidan nozil qilingan bu Ilohiy kitobga ishonishni davom ettirishi, uni qalbi ochiqlik bilan, o‘zining hayotidagi bitta va yagona yo‘riqnoma sifatida qabul etishi nazarda tutilgan. Alloh Qur’onda bizga quyidagicha xabar beradi:
Ushbu Qur’on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki u (butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o‘zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir. Yoki: «Uni (Muhammad) to‘qigan», - deydilarmi?! Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangiz, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa kimga imkoningiz bo‘lsa o‘shalarni (yordamga) chorlangiz!» («Yunus» surasi, 37-38-oyatlar)
Mana bu Biz nozil qilgan muborak Kitob (Qur’on)dir, unga ergashingiz va taqvoli bo‘lingiz, toki rahm qilingaysiz. («An’om» surasi, 155-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:10:28

ILOVA

EVOLYUSIYA NAZARIYASINING YANGLISH EKANLIGI

Darvinizm, ya’ni evolyutsiya nazariyasi olamning yaratilishi to‘g‘risidagi haqiqatni inkor etish maqsadida olg‘a surilgan edi, biroq u aslida samarasiz, ilmiy asoslanmagan bir safsatadan boshqa hech narsa emas. Hayot jonsiz materiyadan tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan, degan da’vo bilan maydonga chiqqan bu nazariya koinotdagi va tirik jonzotlardagi aniq bir ilohiy yaratilganlikning ilmiy dalillari orqali chippakka chiqdi. Shu taxlitda, Allohning koinotni va undagi tirik jonzotlarni yaratganligi haqidagi haqiqatni fan tasdiqladi. Evolyutsiya nazariyasini saqlab qolish uchun bugungi kunda amalga oshirilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari faqatgina ilmiy dalillarni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri talqin etish va aldov hamda fan niqobi ostidagi yolg‘onlarga asoslangan.
Ammo bu targ‘ibotlar haqiqatni yashira olmaydi. Evolyutsiya nazariyasining ilm-fan tarixidagi eng buyuk yolg‘on ekanligi so‘nggi 20-30 yillardan buyon ilm-fan dunyosida juda ko‘p tilga olinmoqda. 1980 yillardan so‘ng amalga oshirilgan tadqiqotlar, xususan, darvinizmning da’volari butunlay yanglish ekanligini oshkor qildi va bu haqiqat ko‘p sonli olimlar tarafidan e’tirof etildi. Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida biologiya, biokimyo va paleontologiya kabi turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘plab olimlar darvinizmning asossizligini rasmiy tan oldilar va hayotning kelib chiqishini tasvirlash uchun aqliy dizayn tushun-chasidan foydalandilar. «Aqliy dizayn» deganda Allohning barcha tirik jonzotlarni yaratganligi tushuniladi.
Evolyutsiya nazariyasining barbod bo‘lishi va olam yaratilishining dalillarini ko‘plab asarlarimizda ilmiy nuqtai nazardan batafsil o‘rganib chiqdik va hamon shu taxlitda davom ettirmoqdamiz. Ushbu mavzuga jiddiy ahamiyat berilar ekan, bu yerda uni umumlashtirish katta manfaat keltiradi, degan fikrdamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:11:00

Darvinizmning ilmiy inqirozi

Bu ta’limot tarixi qadimgi Gretsiyaga borib taqalsa-da, evolyutsiya nazariyasi o‘n to‘qkizinchi asrga kelib keng rivojlantirildi. Uni dunyo ilmining eng qizg‘in mavzusiga aylantirgan eng muhim manba 1859 yilda nashr qilingan Charlz Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobi edi. Bu kitobda u Allohning Yer yuzidagi turli tirik jonzotlarni alohida-alohida qilib yaratganligini inkor etdi. Darvinning fikriga ko‘ra, barcha tirik jonzotlarning umumiy bir ajdodi bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan kichik o‘zgarishlar natijasida ular turli-tuman shakllarga kirgan. Darvinning nazariyasi aniq bir ilmiy topilmaga asoslanmagan edi; uning o‘zi tan olganidek, u bor-yo‘g‘i bir «faraz» edi, xolos. Bundan tashqari, Darvin o‘zining «Nazariyadagi murakkabliklar» nomli kitobidagi katta bir bobda nazariya ko‘plab keskin savollar qarshisida muvaffakiyatsizlikka uchraganini e’tirof etadi.
Darvin bor e’tiborini yangi ilmiy kashfiyotlarga qaratdi va bu kashfiyotlar mazkur murakkabliklarni hal qilishga yordam beradi, deb umid qildi. Ammo uning umidlariga qarshi o‘laroq, ilmiy topilmalar bu murakkabliklarning ko‘lamini kengaytirib yubordi. Darvinizmning ilm-fan qarshisidagi mag‘lubiyati uchta asosiy mavzu ostida izohlanishi mumkin:
1. Bu nazariya Yerda hayot qanday paydo bo‘lganligini tushuntirib
beraolmaydi.
2.   Ilmiy topilmalar shu narsani ko‘rsatadiki, nazariya tomonidan olg‘a surilgan «evolyutsion mexanizmlar» hech qanday evolyutsion kuchga ega emas.
3.   Qazilma hayvon qoldiqlari evolyutsiya nazariyasi o‘rtaga tashlagan g‘oyaning butunlay aksi bo‘lib chiqdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:11:53

Birinchi mushkul bosqich: hayotning paydo bo‘lishi

Evolyutsiya nazariyasi bundan taxminan 3,8 milliard yil ilgari Yer yuzida paydo bo‘lgan yolg‘iz bitta jonli hujayradan barcha jonli turlarning kelib chiqqanligini faraz etadi. Yolg‘iz bir hujayra qanday qilib millionlab murakkab jonli turlarni keltirib chiqarishi mumkinligi, agar shunday evolyutsiya yuz bergan bo‘lsa, nima uchun uning izlari qazilma hayvon qoldiqlarida kuzatilmaganligi kabi ayrim savollarga ushbu nazariya javob bera olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, eng avvalo, bizning quyidagicha savol so‘rashimiz o‘rinlidir: O’sha «birinchi hujayra»ning o‘zi qanday vujudga kelgan?
Evolyutsiya nazariyasi yaratilganlikni va har qanday g‘ayritabiiy mudoxalani rad etishi bois, u «birinchi hujayra» hech qanday tartib, reja yoki dasturlarsiz tabiat qonunlari asosida, tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, jonsiz materiya tasodiflar natijasida jonli hujayrani paydo qilgan bo‘lishi kerak. Biroq bunday da’vo, biologiyaning eng inkor etib bo‘lmas qonunlariga muvofiq kelmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:12:06

«Hayot hayotdan kelib chiqadi»

O’zining kitobida Darvin hayotning paydo bo‘lishi masalasida to‘xtab o‘tmagan. Uning davridagi fanning ilk tushunchalari tirik jonzotlar juda sodda bir tuzilishga ega ekanligi to‘g‘risidagi farazga asoslangan edi. O’rta asrlarda keng tarqalgan «o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish» nomli nazariyaga ko‘ra voqealarning bir-biriga tasodifan to‘g‘ri kelib qolishi bilan birlashgan jonsiz orga-nizmlar tirik organizmni yuzaga keltirgan, deb hisoblanar edi. Hasharotlar ovqat qoldiqlaridan, sichqonlar esa bug‘doydan paydo bo‘lgan, degan faraz odatiy tus olgan edi. Bu nazariyani isbotlash uchun qiziq tajribalar o‘tkazildi. Iflos bir mato ustiga bir oz bug‘doy qo‘yildi va undan oz fursat o‘tgach sichqonlar paydo bo‘ladi, deb faraz qilindi.
Shunga o‘xshab, sasigan go‘shtda qurtlarning paydo bo‘lishi ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish hodisasidan bir dalil, deb taxmin qilinar edi. Ammo keyinroq qurtlar go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaganligi, balki ular pashshalar tarafidan ko‘zga ko‘rinmas lichinkalar shaklida tashib keltirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Darvin o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobini yozgan paytda, bakteriyaning jonsiz materiyadan vujudga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi aqida ilm-fan olamida keng miqyosda qabul qi-lingan edi.
Biroq Darvinning kitobi bosib chiqa-rilgandan so‘ng besh yil o‘tgach, Lui Paster uzoq izlanishlar va tajribalardan so‘ng, o‘z natijalarini e’lon qildi. Bu natijalar Darvin nazariyasining negizi bo‘lgan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish to‘g‘risidagi tasavvurning noto‘g‘riligini isbot qildi. 1864 yilda Sorbonnada qilgan muvaffaqiyatli ma’ruzasida Paster shunday degan edi: «O’z-o‘zidan paydo bo‘lganlik to‘g‘risidagi ta’limot bu oddiy tajribaning qaqshatqich zarbasidan hech qachon o‘zini o‘nglay olmaydi.» 304
Uzoq vaqtlargacha evolyutsiya nazariyasining xayrixohlari bu kutilmagan yangilikka qarshilik ko‘rsatib keldilar. Biroq ilm-fan olamidagi taraqqiyot tirik mavjudot hujayrasining murakkab tuzilishga ega ekanligiga oydinlik kiritgach, hayotning tasodifiy ravishda vujudga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oya hattoki undan-da battarroq ahvolga tushib qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:12:19

Yigirmanchi asrdagi asossiz urinishlar

Yigirmanchi asrda hayotning paydo bo‘lishi mavzusini davom ettirgan birinchi evolyutsio-nist, taniqli rus biologi Aleksandr Oparin bo‘ldi. 1930 yillarda olg‘a surgan turli tezislari bilan u jonli hujayraning tasodifiy ravishda paydo bo‘lishi mumkinligini isbotlashga harakat qildi. Ammo bu izlanishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Oparin quyidagicha e’tirof etishga majbur bo‘ldi:
Afsuski, hujayraning kelib chiqish muammosi ehtimol organizmlar evolyutsiyasi ustida olib borilgan butun izlanishdagi eng qorong‘i nuqtadir.305
Oparinning evolyutsionist izdopshari bu muammoni hal qilish uchun tajribalar o‘tkazishga urinib ko‘rdilar. Eng mashhur tajriba 1953 yilda amerikalik kimyogar Stenli Miller tomonidan amalga oshirildi. Miller ibtidoiy Yer atmosferasida mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagan gazlarni tajriba qurilmasida aralashtirib hamda aralashmaga energiya qo‘shib, oqsillar strukturasida mavjud bir necha organik molekulalar (aminokislotalar)ni sintezladi.
O’sha yillar evolyutsiya sha’niga qo‘yilgan muhim bir qadam sifatida tanishtirilgan bu tajriba bir necha yil o‘tmasdan asossiz deb topildi, chunki tajribada qo‘llanilgan atmosfera haqiqiy Yer sharoitidagidan juda katta farq qilar edi.306
Uzoq sukut saqlagandan so‘ng, Miller o‘zi qo‘llagan atmosfera muhiti noreal ekanligini e’tirof etdi.307
Butun yigirmanchi asr mobaynida hayotning kelib chiqishini tushuntirish uchun barcha evolyutsionistlarning qilgan urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. San-Diego Skripps instituti geokimyogari Jeffri Bada 1998 yilda Earth (Yer) nomli jurnalda chop etilgan maqolada bu haqiqatni shunday ta’kidlaydi:
Bugun yigirmanchi asrni ortda qoldirar ekanmiz, biz hanuz yigir-manchi asrga qadam qo‘yganimizda mavjud bo‘lgan eng katta hal qilinmagan muammo qarshisida turibmiz: Yerda hayot qanday paydo bo‘lgan?308

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:12:31

Hayotning murakkab tuzilishi

Hayotning paydo bo‘lishi xususidagi evolyutsiya nazariyasining bunday mushkul ahvolda yakun topishiga bosh sabab, hattoki eng sodda hisoblangan jonli organizmlar ham aql bovar qilmas darajada murakkab tuzilishga ega ekanligidadir. Tirik jonzotning hujayrasi inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday texnologik mahsulotdan ko‘ra murakkabroqtsir. Bugungi kunda, hatto dunyoning eng taraqqiy etgan laboratoriyalarida ham, organik kimyoviy moddalarni birlashtirish orqali biror tirik hujayrani yaratib bo‘lmaydi.
Bir hujayraning paydo bo‘lishi uchun talab etiladigan shartlarning miqdori shunchalik ko‘pki, unga shunchaki tasodiflar or-qali, deb tushuntirish berib ketish aslo mumkin emas. Hujayraning strukturaviy elementlari bo‘lgan oqsillarning tasodifiy ravishda sintezlanish ehtimoli 500 aminokislotalardan tashkil topgan o‘rtacha oqsil uchun 10950 da 1 dir. Matematikada 1050 da 1 dan kichik ehtimollik amaliy nuqtai nazardan «imkonsiz» hisoblanadi.
Hujayraning yadrosida joylashgan va barcha irsiy ma’lu-motlarni saqlaydigan DNK molekulasi aql bovar qilmas darajadagi ma’lumotlar bankidir. Agar DNKda kodlangan ma’lumotlar qog‘ozga tushirilgudek bo‘lsa, u har biri 500 varag‘dan iborat tax-minan 900 jildlik entsiklopediyani o‘z ichiga oladigan ulkan bir kutubxonani barpo qilgan bo‘lar edi.
Shu asnoda juda qiziq bir ikkilantiradigan holat yuzaga keladi: DNK o‘zining aynan nusxasini faqatgina ba’zi maxsus-lashtirilgan oqsillar (fermentlar) yordamida ishlab chiqishi mumkin. Ammo bu fermentlarning sintezi faqat DNKdagi kodlangan ma’lumotlar orqaligina amalga oshishi mumkin. Ularning ikkalasi ham bir-biriga bog‘liq bo‘lganligi bois, aynan nusxa ishlab chiqilishi uchun ular bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lipshari shart. Bu esa hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, degan farazni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi. Kaliforniyadagi San-Diego universitetida faoliyat yurituvchi e’tiborli evolyutsionist, professor Lesli Orgel bu haqiqatni Scientific American nomli Amerika ilmiy jurnalining 1994 yil sentyabr oyi sonida shunday e’tirof etadi:
Tuzilish jihatdan o‘ta murakkab bo‘lgan oqsillar va nuklein kislotalar (RNK va DNK)ning har ikkalasi bir vaqtning o‘zida va bitta joyda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligini aqlga sig‘dirish juda qiyin. Ammo bularning birisi boshqasisiz bo‘lishi ham mumkin emas. Shunday ekan, bir qarashda, hayot aslida hech qachon kimyoviy yo‘llar bilan paydo bo‘lmagan, degan xulosaga kelish mumkin.309
Shubhasiz, agar tabiiy sharoitlar ta’siri ostida hayotning paydo bo‘lishi mumkin bo‘lmasa, unda hayotning g‘ayritabiiy yo‘l bilan «yaratilgan»ligi tan olinmog‘i kerak. Bu haqiqat asosiy maqsadi yaratilganlikni rad etish bo‘lgan evolyutsiya nazariyasini oshkora chippakka chiqaradi.

Qayd etilgan