Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97122 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 21 B


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:31:43

G'aroyib bolalar (roman)



Muallif: Aziz Nesin
Hajmi: 405 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Mart 2010, 09:21:29


Aziz Nesin

G'AROYIB BOLALAR

Roman


«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasl
bosh tahririyati
Toshkent - 2006

Turk tilidan Miad Hakimov tarjimasi

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Mart 2010, 22:40:17

G'AROYIB BOLALAR

Birinchi xat

Anqara, 12-noyabr, 1963-yil.

Do'stim Ahmad!
Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan chiqarib yuborasan, degan eding.
Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman.
Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta bo’ldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq xat yozishning iloji bo’lmadi.
Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman.
To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga hecham ko'nglim bo’lmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo’lsam hammasiga darrov ko'nikib ketdim.
Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi maktab, yangi o'rtoqlar — bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar yo'q.
Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda ko'rishamiz endi?
Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning ham¬masiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman.
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Mart 2010, 22:41:22

Amerikani qurgan me'mor

Istanbul, 15-noyabr, 1963-yil.

Qadrdon do'stim Zaynab!
Xatingni olib, juda xursand bo'ldim. Yashavor. Ochig'ini aytsam, Anqaraga borgandan keyin bizni esdan chiqarib yuborasan, deb o'ylagandim. Xatingni sinfdagi hamma bolalarga o'qib berdim. Toza xursand bo'lishdi. Hammalari senga salom aytishdi.
Men ham so'zimning ustidan chiqaman. Bu yerda yuz beradigan muhim voqealar haqida senga albatta yozib turaman.
Sen Anqaraga ko'chib ketganingdan keyin men qiziq bir hodisaning guvohi bo'ldim. Hozir senga shuni hikoya qilib beraman.
O'qituvchimiz bir kuni ertalab sinfga hovliqib kirib keldi-da, bizni tekshirgani inspektor kelayotganmish, dedi. O'qituvchining rang-ro'yini ko'rib bizni battar qaltiroq bosdi.
O'sha kuni eshitsak, inspektor qo'shni maktablarda ham bo'lgan ekan. U yerda nima ishlar qilganini darrov tanish bolalardan surishtirib, bilib oldik. Ma'lum bo'lishicha, u to'g'ri sinfga kirib borarkan-da, o'qituvchiga doskaga biror masala yozib, o'quvchilarga yechtirishni buyurarkan. Shundan keyin o'qi¬tuvchiga aytib, bolalardan diktant oldirarkan. Dik-tantlarni yig'ishtirib, shaxsan o'zi tekshirib chiqarkan. Oxiri u savol-javobga o'tarkan. Nima savol berishini ham bilib oldik. So'raydigan narsalari shu ekan: «Amerika qachon kashf etilgan?», «Eng sevgan odaming kim?», «Istanbulni kirn zabt qilgan?», «Sulaymoniya machitini kim qurgan?».
O'qituvchimiz bizga yangi daftar tutishni buyurdi. Shundan keyin u doskga qiyin bir masalani yozib, shu yerning o'zidayoq uni o'zi yechdi-da:
—   Mana endi buni yaxshilab ko'chirib olinglar, — dedi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Mart 2010, 22:42:25

Masalani yechimi bilan boplab ko'chirib oldik. O'qituvchimiz uni o'chirib, o'rniga she'r yozdi.
—   Buniyam aynan ko'chirib olinglar!
Yana aytganini qildik. Shundan keyin u hammaning daftarini ko'rib berdi. Xatolari bo'lsa, tuzatib chiqdi.
—   Bolalar, janob inspektor sinfimizga kirsa, men sizlarga mana shu masalani berib, shu she'rni diktantga yozdiraman, — dedi u oxiri.
Buyog'idan ko'ngli xotirjam bo'lgach, o'qituvchi¬miz masalaning ikkinchi tomoniga o'tdi.
—   Endi ba'zi savollarga beriladigan javoblar bilan tanishib chiqamiz. Inspektor janoblari nimani so'rab qolsa, shuni sharillatib javob berishingiz kerak.
Biz savol-javoblarni yodlashga o'tdik.
—   Amerika qachon kashf etilgan? Butun sinf baravariga guvillaydi:
—   1492 yilda.
—   Sen uchun eng aziz odam kim?
Bu savolga har kim har xil javob bergani uchun sinfda qiy-chuv ko'tarildi. Ba'zilar Otaturkning nomini aytishsa, qolganlari oyisi bilan dadasini tilga oladi.
O'qituvchimiz keyingi savolga o'tadi:
—   Istanbulni kim zabt qilgan? Darhol javobni yopishtiramiz:
—   Sulton Mehmed Fotih!
—   Sulaymoniya machitini kim qurgan?

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Mart 2010, 22:43:22

Hali u so'rab ulgurmasdanoq, sharillatib javob beramiz:
—   Me'mor Sinon.
Savol-javoblarni yodlashga ikki kun vaqtimiz ketdi. O'qituvchimiz har ikki gapning birida: «Javoblarga ehtiyot boiinglar, tag'in adashib-netib o'tirmanglar», deb ogohlantirib qo'yardi.
Hammasini qoyillatib yodlab oldim. Javoblarni bir safga tizib, o'zimcha qaytaraman: «1942. Dadam. Sulton Mehmed Fotih. Me'mor Sinon. 1492. Dadam. Sulton Mehmed Fotih. Me'mor sinon. 1492. Da¬dam...»
Azbaroyi bular miyamga qattiq o'rnashib qol-ganidan yurgan yo'limda pichirlab gapiradigan odat chiqaribman.
—   Ha, o'g'lim, tobing yo'qmi? — so'rab qoldi oyim bir kuni ertalab.
—   Yo'q, tuzukman.
—   Hayronman. Tuni bilan «1942, dadam, sulton Mehmed Fotih, me'mor Sinon...» deb alahlab chiqding.
Biz kutgan inspektor o'sha kuni erta bilan sinfga kirib keldi. O'zing bilasan-ku, menda hovliqish odati yo'q. Lekin o'sha kuni nimagadir ichimdan titroq kelib, yuragim hapriqib ketaverdi. Balki o'qituvchimizning ahvolini ko'rib, shunday bo'lgandirman. Boyoqishni qaltiroq bosib, qo'li titrayotganini birinchi marta o'shanda ko'rdim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 00:45:50

—   Qani, o'quvchilarga diktant yozdiring-chi! — dedi inspektor.
O'qituvchimiz bizga ma'lum bo'lgan she'rni dik¬tant qila boshladi. Bolalar uning aytganini yozayotgandek bo'lib, ruchkalarini jo'rttaga qitirlatib qo'yishardi. Vaholanki, bu diktant daftarimizga allaqachon bexato ko'chirib qo'yilgan edi.
Diktant tugagach, inspektor daftarlarimizni birma-bir tekshirib chiqdi. Birortamizdan ham zarracha xato topolmadi.
—   O'quvchilarga yaxshi saboq beribsiz, tashakkur!— dedi u boshi osmonga yetib.
Inspektor chap qatorda o'tirgan Chingizning daftarini ko'rishni unutganmi, bir payt: «Qani, senikiniyam bir ko'raychi!» deb qoldi. Chingiz unga daftarini uzatdi.
—   Bu nimasi? — tutaqib ketdi inspektor.
—   Diktant, afandim.
—   Qanaqa diktant bu?
Inspektorning fig'oni falakka chiqdi. Chingiz o'tir¬gan tomonga sekin o'girilib qaragan edim, voqea ma'lum bo'ldi: bola bechora qo'rqib ketganidan daftarining tayyor masala yozilgan betini ochib yuboribdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 00:58:32

—   Hozir yozgan diktanting qani?
Chingiz sal bo'lmasa diktantni ochib ko'rsatay devdi, yaxshiyamki, o'qituvchimiz inspektorning orqasida turgan ekan. Chingizga har xil imo-ishoralar qilib, zinhor diktantni ko'rsatmaslik kerakligini tushuntirdi.
—   Diktantni yozolmadim, afandim.
Inspektor Chingizga sirli ishoralar qilayotgan o'qi-tuvchiga o'girildi:
—   Doskaga masala yozing, yechib berishsin.
O'qituvchimiz lavlagidek qizarib ketdi.
Aslida biz inspektor oldin masala berib, keyin dik¬tant o'tkazadi, deb o'ylagan edik. Qo'shni maktab bolalari shundoq deyishgandi. Chingizning esankirab qolishiga sabab ham shu tartibning o'zgarishi bo'ldi.
Chingizning daftari hamon inspektorda edi, shunga ko'ra o'qituvchi doskaga boshqa bir masalani yozishga majbur bo'ldi. O'zing yaxshi bilasan, arifmetikadan nuqul a'lo olaman. Lekin hamma qatori men ham rosa esankirab qolgan ekanman, masalani sirayam yecholmadim. Daftarlarimizni ko'rib, inspektorning qovog'i uyuldi. O'qituvchimiz qanchalik xijolat bo'lganini aytmaysanmi?! «Inspektor mendan so'raydiganini so'rasinu o'qituvchimizning yuzini yorug' qilay», deyman o'zimga-o'zim. Keyin asta pichirlayman: «1492. Dadam. Sulton Mehmed Fotih, Me'mor Sinon. 1492...»

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 00:59:21

Inspektor mening holatimni sezgan ekanmi, to'satdan:
—   Qani, o'rningdan turchi, — deb qoldi.
   Xursand bo'lib ketdim. Darrov dik etib o'rnimdan turdim. Nima bo'lganini bolalar keyin gapirib berishdi. Inspektor oldiniga:
—   Yoshing nachada? — deb so'rabdi.
Azbaroyi yuragim tipirchilab turganidan savoli qulog'imga boshqacha eshitilibdi. Mendan Amerika qachon kashf etilganini so'rayapti, deb o'yladim.
—   1492, afandim, — dedim ovozni baralla qo'yib. Inspektorning ko'zi ola-kula bo'lib ketdi.
—   Nima-a-a? Necha yoshdasan?
Nazarimda, javobni do'ndirib qo'yganman. Shuning uchun yana tomoqqa kuch berdim:
—   1492, afandim.
—   Istanbulni fath etgan kim?
Beriladigan javoblarni tartib bilan yodlab olgan-man. Shunga ko'ra navbatdagi javobni aytdim:
—   Dadam.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 00:59:50

Inspektor nimani oldin, nimani keyin so'rashi ma'lum edi. Endi bizga qolganda bu tartibni buzishini men qayoqdan bilay?!
Mehmon polni gursillatib bir tepdi:
—   Sendan Istanbulni kim fath etgan, deb so'rayapman.
—   Dadam-da, afandim.
—   Dadang kim o'zi?
—   Me'mor Sinon.
—   Nima deb valdirayapsan, o'g'lim? Dadangni so'rasam, me'mor Sinon deysan.
Ish pachava bo'lganini shundagina tushundim. Ammo rosa esankirab qolgan ekanman, buning ustiga inspektor bo'kirib turibdi, es-hushimni yig'ib ololmadim.
—   Xo'sh, me'mor Sinon nima qilgan?
Kutilmagan savol meni battar chalg'itib yubordi.
—   Istanbulni fath etgan, afandim, — dedim jonholatda.
—   Kim fath etgan?
—   Kim bo'lardi, me'mor Sulaymon-da, — dedim hozirgina yo'l qo'ygan xatoyimni tuzatmoqchi bo'lib.
—   Undoq bo'lsa Sulaymoniya machitini kim qur-gan?
—   Sulton Sinon Fotih.

Qayd etilgan