Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97447 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:34:49

Direktor o'quv programmasini maktabda emas, balki Maorif ministrligida tuzilishini, shuning uchun bu masala bevosita ministrlikka taalluqli ekanini aytib, uni tinchitmoqchi bo'ldi. Lekin juvon ham bo'sh kelmadi.
—   Bir narsa bo'lsa, nuqul hukumatni ro'kach qilamiz. Odamzod sut emizuvchilarga kirmaydi, deb aytib qo'yish na hukumatning va na ministrlikning ishi bo'lmasa kerak, albatta.
Hammalari bir-birini kuldirish uchun ataylab maynavozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin vajohatlari g'oyat jiddiy edi. Sinfimizda Murod degan bir bola bor. Mabodo o'qituvchi uni chaqirib qolsa:
—   Kimga aytyapsiz? — deb bo'zrayadi.
—   Kimga bo'lardi, senga-da!
—   Mengami, afandim?
—   Ha, senga aytyapman.
—   Rostdan mengami, afandim?
O'qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki sinfda ikkovidan boshqa odam bo’lmasayam Murod nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko'rib o'qituvchi jig'ibiyron bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:35:05

—   Ro'paramda turgan senmisan axir? Senga bo’lmay, kimga aytyapman, Murod!
Murod shunda ham orqa-oldiga qarab alanglaydi. Bir kuni orqasiga o'girilib, qup-quruq devorga qarab shunaqayam tikildiki... O'ziyam rosa kulishdik.
Bir kishi o'rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murodning otasi ekan.
—   Ruxsat etsangiz, men ham ikki og'iz gapirsam.
—   Marhamat, afandim, eshitamiz, — dedi raislik qilayotgan xonim.
—   Menga aytyapsizmi? — hayron bo'lib so'radi Murodning otasi.
—   Ha, sizga. Gapiraman deyapsiz-ku.
—   Kim? Menmi?
—   Ha, siz.
—   Men-a?
—   Shundoq, afandim. Marhamat, so'z sizga. Murodga o'xshab u kishiyam qo'lini ko'ksiga qo'ydi:
—   Men gapiraymi?
Zaldan turib allakim: «Yo'q, siz emas, men!» deb luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko'tarildi.
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U maktabda bolalarga koptok o'ynatmaslik kerak, o'g'lim koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi.
—   O'g'lingiz qaysi sinfda o'qiydi? — luqma tashladi direktor.
—   Kim, mening o'g'limmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:35:12

—   Ha, sizning o'g'lingiz. Murodning otasi picha o'ylanib turgach:
—   Shu maktabda o'qiydi, — deb javob berdi.
—   Xo'sh, sinfi bormi? Nechanchi?
—   Nima nechanchi?
—   Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so'rayaptilar. Razmerini ayting!» deb qichqirgan edi, zal sharaqlab kulib yubordi.
Boyoqish o'g'li nechanchi sinfda o'qishiniyam bil-mas ekan. Murodning ism-familiyasini aytgandan keyingina ma'lum bo'ldi.
Yana bir notiq so'zga chiqib, bir quloch va'zxonlik qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkanki, o'tirganlarning toza ensasi qotdi.
—   Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin, janoblar, — deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan ota-onalar majlisi o'rtasida qanday aloqa bo’lishi mumkinligini tushunolmaganimiz tufayli kulgidan o'zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko'p kitob o'qib chiqqanini aytib, asalari qanday bo'lishini tushuntirib berdi:
—   Asalari, odatda, kichkina bo'ladi. Qanotlari ham bor. Doim uchib yuradi. O'zi asal qiladi. Kishi organizmiga asalning foydasi katta. G'oyat foydali narsa. Asalni nonushtada yoki ovqatdan keyin iste'mol qilish mumkin. Murabbosi ham lazzatli bo'ladi. Aslida asal ikki xil bo'ladi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:35:18

Notiq og'zidan bol tomib, asalarichilik xususida rosa ma'ruza qilib bo’lgach, bevosita arilarga o'tdi.
—   Men sizga aytsam, arilar ikki xil bo'ladi — qovoqari va asalari.
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktorning sabri tugadi.
—   Xo'sh, asalarining kimga keragi bor?
—   Asalarimi? Axir undan asal olinadi.
—   Yaxshi, asalning nima keragi bor?
—   Nega keragi bo'lmasin? Asa] hamma narsaga kerak.
—   Xo'p, maktabga asalning nima aloqasi bor?
—   Ruxsat etsinlar, buyog'ini endi aytaman. Hozir bir janob farzandlarimizning olgan bilimidan biror naf bo lsin, turmushda foydasi tegsin, deb gapirdi. Juda to'g'ri taklif. Men o'g'limdan qiyos qilaman. O'giim uch burchak burchaklarining yig'indisi bir yuz sakson gradus bo'lishini biladi-yu, lekin asalari haqida mutlaqo tasavvuri yo'q. Xo'sh, o'sha burchaklar yig'indisi yuz sakson gradus bo'ladimi yoki besh mingmi — buning kimga keragi bor? Qancha bo'lsa bo'laversin. Mana, o'zlaringiz ayting-chi, shuncha yil yashab, qaysi birimizga kerak bo'lib qoldi bu narsa? Birov bizdan uch burchakni so'radimi? Aslo yo'q. Shundoq ekan, har xil bema'ni narsalar bilan o'g'il-qizlarimizning miyasini achitishmasin. Ularga foydali narsalarni, masalan, aytaylik, asalarichilikni o'qitishsin. Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin. Zotan, asalari qo'y bilan sigirdan farq qiladi. Sigir sut beradi-ku, lekin unga yem-xashak kerak. Asalari bo'lsa sizdan hech nimani talab qilmagan holda mo'l-ko’l bol beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:35:25

—   Taklifingiz juda to'g'ri, janob, — dedi bir kishi o'rnidan turib. — Ammo shahar sharoitida asalarichi¬likni rivojlantirib bo’lmaydi. Nega desangiz, shaharning havosi yomon, chang-to'zon, tutun serob. Asalari bunga qandoq chidaydi? Qolaversa, asalaridan sharoitga qarab asal olish mumkin. Shahar ichida u asal emas, qatron berishi mumkin. Shundoq, afandim. Endi mening boshqa bir taklifim bor. Asalarichilik bilan boshni qotirgandan ko'ra, tovuqlarga e'tibor bergan ma'qul. Tovuq yaxshi narsa. Farzandlarimiz tovuq boqish hunarini yaxshilab egallab olishsa bormi...
Direktor uning gapini bo'ldi.
—   Men yana qaytarib aytaman, afandim. Maktabda asalarichilikni yoiga qo'yish, tovuq yoki sigir-
buzoq boqish bizga bog'liq emas. Dars programmalari Maorif ministrligida tasdiqlanadi. Qolaversa, bu yer qishloq xo'jalik maktabi emas.
—   Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko'rinamiz,— dedi po'rim bir ayol o'rnidan turib.— «Maktab va oila ittifoqi»ning a'zosi sifatida mening bir taklifim bor. Maktabda qashshoq bolalar ham o'qiydi. Shularga yordam berish kerak. Xo'sh, nima qilamiz? Lotereya o'ynab pul to'playmizmi yoki o'tgan yildagidek ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo'qsil bolalarga bir kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu yerning o'zidayoq ota-onalardan xayr-ehson puli yig'ib olindi.
Majlis tugab, hamma o'qituvchilarni o'rab oldi. Har kim o'qituvchidan o'z farzandini surishtira ketdi. Biz, navbatchilar zalga kirib, mehmonlarning oldiga choy, limonad, pecheniy qo'yib chiqdik.
Ochig'ini aytsam, shu kuni rosa xumordan chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar tez-tez bo’lib tursa. Sizlarda ham majlis bo'lib qolsa, bir ilojini qilib albatta kir. Gaplarni eshit.
Majlisga oyim borgan edi. Uyga qaytgach, oyimdan: «Siz ham nimaga so'zga chiqmadingiz?» — deb so'radim.
—   Navbat tegdimi o'zi menga? Hammasi og'ziga kelganini vaysaydi.
—   Aytadigan gapingiz bormidi?
—   Nega bo'lmas ekan? Nima, menda lab-dahan yo'qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal berishmasa nima qilay?
Mana, Ahmad, xatim yana cho'zilib ketdi. Seniki holva ekan.
Minega aytib qo'y, haligacha undan javob olganim yo'q. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:35:56

Zukkolar musobaqasi

Istanbul, 30-yanvar, 1964-yil.

Zaynab!
Xatingni oldim. Sen hikoya qilib bergan majlis xuddi kinolentaga o'xshab ko'z o'ngimda jonlanib ketdi. Dadam ota-onalar majlisiga hecham bormaydi. Ba'zi kunlari ishi ko'payib ketsa, yarim kechada qaytadi. Dadam faqat yakshanba kuni biz bilan birga bo'ladi. Butun ro'zg'or tashvishi onamning yelkasida. Majlisga borishga, ochig'i, qoii tegmaydi.
Senga aytadigan bir xushxabarim bor — zukkolar musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi.
Gapimga tushunmagan bo'lsang kerak. Donish¬mand kim, bilasanmi? Singlim Fato'sh. O'tgan yak¬shanba kuni oltita zukko bola o'zaro musobaqa o'tkazishdi. To'g'rirog'i, ularni bir-biriga kattalar cho'qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o'rinni o'zimizning Fato'sh oldi. Haloli ham shu.
Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir o'g'il-u bir qiz, kichigi esa bir o'g'il ko'rgan. O'sha yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan biznikiga kelishdi. Dadam bir injener o'rtog'ini ham chaqirgan ekan. Keyin qo'shnimiz chiqdi. Bular ham arzandalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimizda olti bola jam bo'ldi.
Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni ko'rsa, shunga o'g'il-qizini maqtaydi, juda miyasi o'tkir, balo bola bo'lishgan, deb keriladi. Har gal ularning yangi-yangi qilmishlarini gapirib beradi.
— Tunov kuni kichigi nima hunar ko'rsatdi deng? Og'zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi, birov eshitsa ishonmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:36:03

Katta amakim nuqul gapni shundan boshlaydi. Kenjatoyning qilgan ishi shu bo'ptiki, amakim kechqurun uyga kelishi bilan yugurib borib shippagini olib kelibdi.
—   Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hayronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan o'rgilay-ey... G'uj-g'uj miya ekan buning boshi.
Shippakka farosati yetgan bu zukko bola necha voshda, bilasanmi?
Ho'kizday bo'lib qolgan, Fato'shdan bir yosh katta.
Injener gapni ilib ketdi.
—   Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketgan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga to'lgani yo'g'u fransuzchani bidirlab gapiradi.
—   Yopiray! Alomat-ku!
—   Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib tashlaydi.
Katta amakim gap oqimini yana o'g'liga burdi:
—   Kenjamiz juda o'tkir bo’lgan-da, ko'z tegmasin. Opasini bosib tushadi. Opasiyam lekin chakki emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga kechroq qaytgan edim, oyisi o'g'ilchadan nolib gapirdi. Hech so'zimga kirmayapti, katta bo'lib kuchim yetmay qoldi, ko'chadan beri kelmaydi, o'zing chaqirib kelmasang bo'lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko'cha changitib koptok o'ynayotgan ekan. Terlab ketib-di, hammayog'i chang-to'zon. Uyga kir, desam unamaydi. Zo'rlab olib ketmoqchi bo'ldim. Yaqinroq borgan edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib yetolmadim. Bir qarich bolaning shunchalik tez chopishini ko'rib hayron qoldim. Toza antiqa chiqdida bu o'g'il.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:36:10

—   Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam aqlli bo'lganki...
Qo'shnimiz endi qizini ta'riflamoqchi bo'lib turgan edi, katta amakim fursatni qo'ldan chiqargisi kelmadi.
—   Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, bo'lmasa kaltak yeysan», deb oxiri dag'dag'a qilishga majbur bo'ldim. «Nima, siz oyimmisiz, meni tuqqanmisiz? Ishingiz bo'lmasin», desa bo'ladimi! Bu xumparning gapidagi mantiqqa qarang! O'zi zo'r-da, zo'r... Katta odamning aqliga kelmaydi bu gap...
Amakim gap orasida o'qtin-o'qtin o'g'ilchasiga qarab, mamnun jilmayib qo'yadi. Buni ko'rib, boshqa mehmonlar ham noiloj kulgan bo'ladi.
—   Umri bilan bergan bo'lsin. Qoyil, o'g'ilchangiz juda aqlli bola ekan, — dedi injener.
Buni eshitib amakim yana erib ketdi.
—   Nimasini aytasiz, afandim. Shaytonga dars beradi bu xumpar. Hatto uyda kim qaysi ishga qodir ekanini ham biladi...
Bu bola menga qarindosh. O'zi mendan bir yarim yosh kichik. Durust bola. Ammo uning dadasiga ma'qul tushgan qiliqlari o'taketgan tarbiyasizlikning o'zi. Men shundoq deb o'ylayman.
Gapi chala qolgan qo'shnimiz kelgan joyidan boshlab yubordi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:36:16

—   Qizchamiz hozirdanoq rassom bo'lib qolgan. Chizgan rasmlarini ko'rsangiz, havasingiz keladi. Juda antiqa.
—   Qizimning qo'li gul, ishqilib yomon ko'zdan asrasin, — qo'shib qo'ydi onasi.
Navbat kichik amakimga tegdi.
—   Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketyapti-da. Hammasi bir-biridan o'taman deydi. Shu bizning o'g'ilcha deng...
Bilsak, amakimning o'g'ilchasi juda xushovoz ekan.
—   Bizning Fato'shimiz raqqosa bo'ladiganga o'xshaydi, — dedi dadam ham gapga qo'shilib. — Tvist degan bir o'yin bor ekan. Shuni biram boplab tashlaydiki, asti qo'yaverasiz.
—   Qizimni yallachi qilmayman, keragi yo'q, — e'tiroz qildi oyim.
—   Xomlik qilma, xotin. Raqqosa boshqa, yallachi boshqa. Farqi bor. Qizimiz yallachi emas, raqqosa bo'ladi.
—   Baribir begonaning oldida yechinib o'ynaydi-da, xohlamayman buni!
Shu gaplarni eshitib o'tirib, miyamga g'alati bir fikr keldi. Aytaylik, o'tirganlardan biri yana o'g'ilcha-sini maqtab ketadi. «0'g'lim tushmagur endi yigirmaga chiqdi. Tunov kuni onasini emib o'tirganida menga qarab: «Dada, menga xotin olib bering!» deb qolsa bo'ladimi. Yo tavba! Shu yoshda bolaning tili chiq-qanini ko'rganmisiz?! Voy zamonangdan o'rgilay shunqorlar-ey!» Buni eshitib, hamma yoqa ushlaydi. Shu narsaning bo'lishi mumkinmi? Albatta mumkin. Boyagi gaplarni aytgan odamlarning shunga aqli yetmasmidi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:36:25

Qaysi bir kuni qo'shnimiz yangi gap topib keldi. Bir yarim yashar bolasi atak-chechak qilayotgan emish. Oyimga shuni quvona-quvona gapirdi. Men hayron bo'ldim. Nima, bir yarim yashar bola yurmasdan uchishi kerak ekanmi?
Yosh bola nima hunar ko'rsatsa, hammasiga ajablanaverishar ekan-da. Qiziq, go'dakning tili chiqqanigayam hayron bo'lishadi. Bola degan odamga o'xshab gapirmay, bo'riga o'xshab uvillashi kerak ekanmi?! Tavba.
Miyasi butun bolalar birpasda uyimizni boshga ko'tarib, to's-to'polonini chiqarib yuborishdi.
Boyagi injenerning Toriq degan o'g'li bor. Kap-katta bola, o'rta maktabning ikkinchi sinfida o'qiydi. Injener shu o'g'lidan gap ochdi.
—   Yoshligida Toriq juda ajoyib bola edi. Nimagadir keyin o'zgarib qoldi.
—   Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so'radi kichik amakim.
Injenerning o'g'li ham shu yerda. Otasi gapiryapti-yu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so'tak bir bola, xolos.
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to'rt marta ovozi eshitilgan bo'lsayam, Toriq miq etmay o'tiraverdi. Oxiri derazani ochib o'shqirdi:
—   Ha! Nima deysan?
Ota-onalar o'z farzandlari nimalarga qodir ekanini bir ko'rsatib qo'yishmoqchi edi. Hamma shu fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini imlab chaqirdi.

Qayd etilgan