Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97453 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:08

Chindan ham opam ovozni yaxshi ajratolmaydi. Oshxonada stakan sinsa, birov keldimi, deb eshikka yuguradi. Maktabda o'qib yurganidayoq muallimi unga:
—   Hamma ashula aytayotganida sen tek tur, qizim. Boshqalarni ham yanglishtirib yuboryapsan, — deb aytgan ekan.
Shundan keyin opamni rassomlikka o'qitmoqchi bo'lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. Endi navbat raqsga keldi. Ammo raqs darslarining opamga foydasi katta bo'ldi. U ilgarilari uyda har narsaga qoqilib yurar, og'ir chamadon ko'targan odamday nuqul o'zini stol-stullarga urib olardi. Raqs mashg'ulotlaridan keyin u gavdasini ko'tarib, orqa-o'ngiga qarab yuradigan bo'lib qoldi.
Oyim bilan dadam nechog'liq harakat qilishmasin, opamdagi yashirin iste'dodini hecham yuzaga chiqarib bo'lmadi.
—   Ha, mayli, qizimizning iste'dodi bir kunmas-bir kun o'zi lop etib chiqib qolar. Oldin o'qishini bitirsin-chi, — deyishdi ular oxiri kutaverishdan charchab.
Opam bir sinfda ikki yil o'qishni o'ziga odat qilib olgan edi, negadir litseyga borganda shuniyam eplolmadi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil o'tirib qoldi. Darhol kovushini to'g'rilab qo'yishdi.
—   Qizimning o'qishga havasi yo'q, xuddi ro'zg'or ishlariga tug'ilganga o'xshaydi, — dedi shunda oyim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:15

Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini sinab ko'rishmagan edi. Ammo sinov muddati ko'pga cho'zilmadi — opam oshxonadan ham quvildi. Sababi — opam oshxonaga birrov kirib chiqquday bo'lsa, hammayoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketardi. Biror narsani qo'ygan joydan topib bo'lmay qoldi. Hatto qozon-kastryullar ham g'oyib bo'lib qolar, ikki-uch kundan keyin esa kutilmagan joydan chiqardi.
Opamni vrachga ko'rsatishdi.
—   Boladan iste'dod izlab, enka-tenkasini chiqarib qo'yibsizlar. Ovsar bo'lib qolibdi. Endi uni tinch qo'yinglar, o'ziga kelsin, — deb maslahat beribdi.
Ana shundan keyin opamni o'z holiga tashlab qo'yishdi. Boyoqish ancha o'ziga kelib qoldi.
Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qoldik. Dadam bilan oyim opam bilan ko'p ovora bo'lib charchashgan ekan, bizga sira e'tibor bermay qo'yish¬di. Men-ku, mayli-ya, ammo Metinga jabr bo'ldi. Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. Uyda nima bo'lsa hammasiga uning qo'li tekkan. Radiopriyomnik, kir yuvish mashinasi, dadamning soqol oladigan asbobi, xolodilnik, pilesos, gaz plitasi va hokazolar Metinni ko'rsa qaltirab turadi, deyman. Ukam soatning biror murvatini olib kastryulga o'rnatadi yoki tikuv mashinasining ichidagi lash-lushini radiopriyomnikka joylaydi. Shu vajdan dadam uni ustabuzarmon deb chaqiradi. Aslida esa Metinning qo'li qichib turishiga sabab uning texnikaga bo'lgan zo'r ishtiyoqidir...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:21

Qo'shnilarimizdan binning Nurton degan qizi bor. Mana buni antiqa desa bo'ladi. Nurton bir o'tirishda besh kishining ovqatini pok-pokiza tushirib qo'yadi. Shundayam onasining ko'ngli to'lmaydi.
— Bolaginamga ko'z tegdi, ishtahasining mazasi yo'q, — deb zorlanadi. Keyin unga xilma-xil shar-bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq-baqaloq qiz bo'lgan. Otasiyam uning xuddi o'zi — xo'ppasemiz.
Odatda ular biror joyga borishadigan bo'lsa, Nurtonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham shunday. Dadam bilan oyim kinoga ketgan kuni ularnikiga chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib bo'lmaydi: binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki xolodilnik birpasda rasvoyi jahon bo'ladi. Men ham unga bas kelolmayman, ko'ngilbo'shlik qilib qo'yaman. Axir kastryulning qopqog'iga soat ulayman, necha minutda ovqat tayyor bo'larkin, ko'ramiz, deb tursa qandoq qilib yo'q deyman?! Mana shuning uchun ham uydagilar kinoga boradigan bo'lishsa Metin ikkovimiz Nurtonlarnikiga chiqamiz.
Tunov kuniyam Nurtonlarning uyida edik. Men Metin bilan Nurtonga ertak o'qib berayotgan edim. Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib ketdi. Darrov iziga qaytdi.
—   Oyim bilan dadam urishayotgan ekan. Yuringlar, tomosha qilamiz, — deb qoldi Nurton.
—   Qayerdan bilding?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:30

—   Ha, o'zim bilaman-da... Suv ichgani ketayotuvdim, oyim ko'rib qoldilar. Darrov dadamga qarab: «Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, asalim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib turishgan bo'lsa meni ko'rishlari bilan nuqul shunaqa deyishadi. Bir-birlariga shirin gap qilishmasa, mening tarbiyam buzilarkan. Boshqa paytlari bir-birlarining otini aytib chaqirishadi. Qani, yuringlar, tomosha qilamiz.
—   Biz endi uyga chiqaylik. Hademay kinodan qay¬tib qolishadi, — dedim bunga ko'nmay. Nurtonning ota-onasi bilan xayrlashgani qo'shni xonaga chiqdik. Ammo shu yerdayoq pushaymon bo'ldim. Bilganimda buyoqqa kirmasdim. Endi vaqt o'tdi, orqaga qaytib bo'lmaydi.
Dastlab poldagi ko'zaga ko'zim tushdi. Chil-chil sinib yotibdi. Nurtonning oyisi yoqavayron, sochlari to'zg'igan. Dadasining esa yuz-ko'zi tirnalgan.
—   Ko'zani supurib ol, azizim, — dedi Nurtonning dadasi muloyimlik bilan.
Oyisi orqasiga o'girilib qaragan edi, bizni ko'rdi. Keyin qiziga tanbeh berdi:
—   Eshikni taqillatib kirgin, deb aytaman-ku senga. Namuncha quloqsiz bo'lmasang. — So'ng eridan so'radi: — Qahva olib kelaymi, jonginam?
—   Mayli, azizim, mayli... Ammo juda shirin qilib yubormang, asalim.
Nurtonning dadasi o'tirgan joyda ayol kishining shippagi yotibdi.
—   Oyi, Zaynab opamlar ketishmoqchi, — dedi Nurton.
—   Yomon yiqilganga o'xshayman, haliyam og'riyapti, — dedi dadasi yuzini burishtirib.
Uyga chiqdik. Metin o'rniga kirib yotdi. Men xatga o'tirdim. Ana, dadamning yo'tali eshitildi. Kinodan qaytishibdi.
Xo'p, ko'rishguncha xayr. Sog' bo'l, Ahmad.
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:42

Mehmon kutdik

Istanbul, 10-fevral, 1964-yil.

Aziz do'stim Zaynab!
Xatingni oldim. Qo'shni kvartirada bo'lgan voqeani yozgan ekansan. Xatingni o'qiyotib, yaxshiyam bizning uyimiz kichkina, atigi uchta xonasi bor nima gap bo'lsa darrov bilamiz, deb suyundim'. Biznikida unaqa noma'qul ishlar bo'lmaydi. Ammo men senga aytsam, oilamizda ko'ngilsiz voqealar haliyam bo'lib turadi. O'tgan yakshanba kuni xuddi shunday bo'ldi.
Dadam bir kuni ishdan qaytgach, yakshanba kuni xo'jayin biznikiga mehmon keladi, deb qoldi. Oldiniga ishonmadim, hazil bo'lsa kerak, deb yuraverdim. Chunki dadam xo'jayinini juda yomon ko'radi, buni bilaman. Qayerda shu odamdan gap ochilib qolguday bo'lsa, dadamning qoni qaynab ketadi, go'riga g'isht qalab, rosa avra-astarini ag'darib so'kadi.
—   Bu odamning bizda nima ishi bor, nega kela¬ di? — hayron bo’lib oyimdan so'radim.
—   Bu nima deganing? Dadangning xo'jayini u axir.
—   Dadam uni yomon ko'radi-ku?!
—   Dadang yomon ko'rsa, dadangni u yaxshi ko'radi.
—   Nima uchun?
—   Chunki dadang hozir fabrikada obroii, kasaba soyuz vakili.
Fabrika ishchilari dadamni bundan bir oy oldin kasaba soyuz komitetiga o'zlaridan vakil qilib saylashganini eshitgan edim. Xo'jayin shuning uchun kelmoqchi bo'lgan ekan-da, deb qo'ydim ichimda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:51

Dadamning xo'jayinini ilgari hecham ko'rmaganman. Qanaqa odam ekan, deb ichimga g'ulg'ula tush¬di. Devday bahaybat bir odam bo'lsa kerak, degan xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari zo'rayib ketdi. Bir kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga tush¬di. Devorni oqlab turib ham xo'jayinini bo'ralatib so'kyapti.
—   Nega devorlarni oqlayapsiz, dada? Xo'jayinning kelishigami?
—   Xo'jayining nimasi?— Dadam qo'lidagi cho'tkani zarda bilan chelakka tiqdi.— Devorni uning uchun oqlayotganim yo'q. Ko'rmaysanmi, hammayoq kir bo'lib ketibdi.
Oyim qo'ni-qo'shnidan likopcha, stakan, dasturxon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan oshxonaga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo'ldi.
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam olish kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hayron bo'ldim.
—   Mehmon shunaqa erta keladimi, dada?
—   Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo'q, o'g'lim.
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga o'tirib oldi. Ikki ko'zi ko'chada. Dam-badam o'rnidan turib ketadi-da:
—   Bu xumpar qayoqda qoldiykin? — deb g'ijinib qo'yadi.
Oyim dasturxonni tuzab qo'ydi. Shundoq bo'lsayam oshxona bilan uyga zir yugurib, kam-ko'stini qidirdi. Dadam fig'oni oshib uyda gir aylanib yurgan edi, birdan ko'cha tomondan mashinaning signali eshitildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:38:58

—   Ana, keldi! Yuguringlar! Eshikni ochinglar! Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo'lsalaring-chi! — bo'kirib berdi dadam. O'zi esa boshini derazadan chiqarib, ko'chaga mo'raladi. Dadamning ovozidan qo'rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab yugurdi. Ochib qarasaki, hech kim yo'q.
Oyim ikki kundan beri Fato'shning qulog'iga gap quyadi. Mehmonning oldida uni qil-u buni qilma, degan mazmunda. Oyimning odob darslariyam nuqul men bor paytda o'tadi. Buning bir chekkasi menga ham tegishli bo'lsa kerak-da.
Mana, Fato'sh yasanib olgan. Oyim menga sekin ko'z qirini tashlab qo'ydi-da, yana nasihatga o'tdi.
— Mehmon borida odob saqlab o'tirgin, oppoq qizim. Birovning oldida og'izga qo'l tiqib bo'lmaydi. Innaykeyin, yerga tushgan narsani og'zingga solma. Ha, qulog'ingda bo'lsin. Yo'talmoqchi bo’lsang, og'zingga qo'lingni tut. Yana shuni bilib qo'yki, mehmonning oldida nonni butunlay ushlama, keragini ushatib ol. Xo'pmi, do'mbog'im? Yana men senga aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha» deb o'tirma-gin. Uyat bo'ladi. «Ha» degan so'zni zinhor og'zing¬ga olma.
—   Bo'lmasa nima deyishim kerak?
—   Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo'ladi. Labbay, deb javob berish kerak.
Oyim har zamon-har zamonda menga ko'z qirini tashlab qo'yadi. Bundan uncha ko'ngli to'lmadi shekilli, shart etib menga o'girildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:05

—   Mehmonga bir nima demoqchi bo'lsang, oldin «afandim» degin, o'g'lim. Gaping tugagandan keyin ham «afandim» deb qo'shib qo'y. Xo'pmi?
Derazaning tagida xo'jayinini oq qilib o'tirgan dadam birdanga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha eshikka otildi. Oynadan mo'ralab qaragan edim, eshigimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga ko'zim tushdi. Usti qizil rangga bo'yalgan ekan.
Sal o'tmay dadamning:
—   Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir qildingiz-da, taqsir... Qani, qani, ichkariga marhamat qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, — degan ovozi keldi.
Koridorga chiqdim. Dadam mehmonni yechin-tirib, palto bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo'ydi. Bundoq qarasam, dadamning xo'jayini sirayam men o'ylagan devga o'xshamas ekan. Kichkinagina, xush-tabiat odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay yurganiga, hozir bo’lsa atrofida bunchalik aylanib-o'rgilishiga tushunolmay hayron bo’ldim.
Fato'sh mehmonning qo'lidan o'pib salomlashdi. Men u bilan qo'l berib so'rashgan edim, dadam:
—   Amakingning qo'lini o'pmaysanmi, o'g'lim, — deb qoldi. Noiloj o'pishga majbur bo'ldim.
Dadam xo'jayini bilan gapga tushib ketishdi. Saldan keyin oyim ularni dasturxonga taklif qildi.
—   Yo'q, ovora bo'lmang, ovqatga turmayman, — deb mehmon uzr so'radi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:12

Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri tipirchilab yurgan bo’lsa-yu, bu kishi ketaman deb turib olsa! Lekin dadam bo'sh kelmadi — xo'jayinini bilagidan tortib, zo'rg'a dasturxonga o'tqazdi.
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men ham o'zimni yo'qotib qo'ydim. Yuragim po'killab ura boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlarga suv quyib uzat, deb buyurgan edi, qo'limdagi grafinni das¬turxonga to'kib yubordim. Dadam:
—   Kap-katta yigit bo'lib qolgan bo'lsang ham, haligacha suv quyishni bilmaysan-a, — deb koyib berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo’lib, o'ziyam salat to'la laganchani ag'darib yubordi.
—   Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? — mehmondan so'radi oyim shoshma-pisha uning oldiga kelib.
Tarki odat — amrimahol, degandek Fato'sh yana sho'rvasini to'kib yubordi. Oyim uni urishib bergan edi, bechora:
—   Axir, o'zingiz turtib yubordingiz-ku, — deb uvvos tortdi.
—   Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber, deb aytdim-ku senga, — jerkib tashladi dadam.
—   Yum og'zingni, mehmonning oidida yigiasa ayb bo'ladi.
Oyim buni sekin gapirgan bo'lsayam, hammamiz eshitdik. Fato'sh mehmon oidida yig'lab bo'lmasligini tushunib, darrov jim bo'ldi-yu, ammo anchagacha o'pkasini bosolmay hiqillab o'tirdi.
Oyim hammaning tarelkasiga go'sht solib bermoqchi bo’ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo o'zi dadamga o'girilib, nimanidir tushuntirayotgan edi. Oyim katta qoshiqdagi bir bo'lak go'shtni endi solaman deganida u tarelkani toprib oldi. Go'sht shalop etib stoldagi murabboga tushdi.
—   Voy sho'rim, nima qilib qo'ydim! — chinqirib yubordi oyim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:18

Hammamiz esankirab qolganimizdan stol ayqash-uyqash bo'lib ketdi.
Dadam boyadan beri tuzning o'rniga ovqatiga qalampir sepib o'tirgan ekan, birdan buni payqab qolib, fig'oni oshdi:
—   Tuzliq qani? Qirg'in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning o'rniga dadamga gorchitsaning uzatib yubordi. Darhol stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib qattiq silkitib yuborgan edi, qopqog'i bilan ichidagi hamma tuzi oshga tushdi.
Bora-bora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir payt u hech narsadan hech narsa yo'q, mehmonga qarab:
—   Qalay yuribsiz, afandim?— deb qolsa bo'ladimi!
—   Labbay, xonim? — hayron bo'ldi mehmon. Oyim sal o'ziga keldi.
—   Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga?
—   Qoiingiz dard ko'rmasin, juda shirin bo'pti. To'satdan Fato'sh:
—   Oyi, tomog'imga bir nima tiqilib qoldi, — deb yubordi.
Oyim bir qoii bilan uni orqasiga urib, ikkinchisida suv uzatdi.

Qayd etilgan