Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog'i shishib keldi. Yig'laganini birovga sezdirmaslik uchun jimgina joyiga borib o'tirdi, hech kim bilan gaplash-madi ham. Shu orada qo'ng'iroq chalinib, dars bosh-lanib ketdi.
Til darsi edi. O'qituvchi otlarning kelishiklarda turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yodlab ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o'rinpat va chiqish kelishiklari.
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, o'qi¬tuvchi Damirni turg'izib, «Oltin derazali uy» hikoyasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o'zing ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. Bir o'rmon bo'larkan. Shu o'rmon ichidagi kichkinagina kulbada chol-kampir turisharkan. Ularning bitta qizi bo'larkan. Juda kambag'al bo'lib, qo'l uchida kun ko'risharkan. Har kuni qizcha kechki payt ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko'rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda chiroyli ko'rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo'lsayam uni bir ko'rmoqchi bo'libdi. Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o'sha tomonga qarab yuraveribdi. Yo'l yuribdi, yoi yursayam mo'l yuribdi, oxiri o'sha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to'satdan atrofga qorong'i tushibdi. Qizcha o'rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg'onib qarasa, o'zi kelgan tomonda yana bir uy charaqlab yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga o'xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha oldiniga hayron bo'libdi, ke-yin bu uy o'zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini tushu-nibdi.
Damir hikoyani o'qib bo'ldi:
— Qani, qissadan hissa nima? — so'radi o'qituv¬chi. Bizni kutmay, o'zi javob berdi: — Har kim o'z turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga o'xshab, biz ham ko'pincha o'zimiz yashab turgan hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan taqdirdagina o'zimiz qanchalik baxtli, turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim qanday uyda yashayotgana bo'lsa, uning uchun eng soz uy o'sha.