Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97424 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 21 B


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:18:48

Anatomiya darsida o'tirgan edik, direktor bir odamni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, inspektor ekan. Inspektor o'qituvchimiz bilan allanimalarni gaplashib olgach, O'g'iz degan bolani o'rnidan turg'azdi. O'g'izni sen tanimaysan. Sendan keyin kelgan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili Istanbulga ko'chib kelishbdi. Maktabga birinchi kelgan kuniyoq bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga qoyil qoldik, bilasanmi? Oigudek chaqqon bola ekan. Xuddi may-munning o'zi-ya... Bechoraning zaif tomoni ham bor ekan. Nuqul duduqlanib gapirarkan. Oldiniga bolalar dudug'ini yuziga solib, kalaka qilib yurishdi. O'g'iz zarracha parvo qilmadi. Bunaqa gaplarni eshitaverib, ko'nikib ketganga o'xshaydi. Bolalar qarashsaki, uning jig'iga tegib bo'lmaydi, foydasi yo'q. Shuning uchun masxara qilmay qo'yishdi. Keyin bilsak, O'g'iz o'ziga ishonib yurarkan, shu vajdan mayda-chuyda gaplarga e'tibor bermas ekan.
Qaysi kuni tanaffusda hovlida o'ynab yurgan edik. O'g'iz dabdurustdan: «Daraxtga kim oldin chiqishdan o'ynaymiz, zo'ri bormi?» deb chiranib qoldi. Shu gapniyam ming marta tutilib aytdi. Hamma meni ko'rsatdi. Duduq bola bilan musobaqa qilishni o'zimga ep ko'rmay, rozi bo'lmadim. Keyin ma'lum bo'lishicha, juda to'g'ri ish qilgan ekanman.
—   Sen duduqlanib bir marta daraxtga chiqquncha men o'n marta qaytib tushaman, — dedi Chingiz o'rtaga chiqib. Shu bema'ni hazilgayam kulganlar bo'ldi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:18:59

Hovlidagi kashtan daraxti esingda bo'lsa kerak. Shuning tagiga mix bilan uzun chiziq tortdik. O'g'iz bilan Chingiz ikkovi yugurib borib kashtanga yopishdi. Chingiz oyog'ini ko'taraman deb lapanglab turgan edi. O'g'iz bir zumda ko'rinmay qoldi. Bir payt daraxtning tepasi shitirladi. Bundoq qarasak, O'g'iz allaqachon kashtanning eng baland shoxiga chiqib olibdi. Duduqlanib allanimalar deyapti. Oldin tushun-madik. Keyin bilsak, u:
—   Ha, Chingiz, kashtan yoqib qoldimi deyman, quchoqlab qo'yib yuborging kelmayapti! — deb mayna qilayotgan ekan.
Chingiz bir amallab yuqoriga chiqib oldi. Chi-qishga chiqdi-yu, lekin yarmiga borganida yana yuqoriga ko'tarilishga yuragi betlamadi. Buni ko'rib, O'g'iz tepa shoxdan pastga abjirlik bilan sirg'alib tushdi. Chirgizning oldida bir zum to'xtalib, osongina yana yerga tushdi.
—   Qani, yana zo'ri bormi? Kim garov o'ynaydi men bilan? — dedi u bizga bir-bir qarab. Hech kim indamadi. Shu-shu oramizda O'g'izning obro'si oshib ketdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:19:30

Mine O'g'izning shundoqqina orqasida o'tiradi. Bunday chaqqon va epchil bola bilan oldinma-keyin o'tirganidan Minening og'zi qulog'ida.
O'g'iz ikki kun o'qishga kelmadi. Og'rib qolibdi. Darsga kelmagan kunining ertasiga Mine:
—   O'g'iz nimaga duduqlanib gapiradi, bilasizlarmi? — deb qoldi.
Biz qiziqib buning sababini so'radik.
—   Menga o'zi gapirib berdi, — dedi Mine bu sirni faqat o'zi bilganidan kerilib. — Bolaligida otasi uni
ko'p kaltaklarkan. Qo'rqqanidan duduq bo'lib qolibdi. O'zi shundoq dedi. Endi daraxtga chiqishga nega usta bo'lib qolganining sirini ham aytib beraymi?
—   Qani, qani, eshitaylik.
—   Otasining jahli qo'zib qolganida u shartta qochib ketarkan. Keyin otasi tayoq bilan uni quvlarkan. O'g'iz qo'lga tushmaslik uchun daraxtga chiqib olarkan. Katta odamni ko'tarmaydigan ingichka shoxlar uni kaltakdan saqlab qolarkan. Shu tariqa u daraxtga chiqishni o'rganib olgan ekan.
Mana, hozir inspektorning oldida tik turgan O'g'iz shu. Devorda uchta diagramma osib qo'yilgan.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:19:58

Odamning skeleti, bosh suyagi va oshqozon a'zolari tasvirlangan.
—   Buning nomi nima? — deb so'radi inspector skeletning bir joyini ko'rsatib.
O'g'iz javob bermadi.
—   Bu suyak nima deb ataladi?
O'g'iz yana churq etmay turaverdi.
—   O'mrov suyagi, —- shivirladi uning orqasida o'tirgan Mine.
—   O'm... o'm... o'mrov suyagi!
—   Hm... Unday bo'lsa bunisi nima? Inspektorning bu gapini eshitib, O'g'iz taraddudga tushdi. Yanglishgan ekanman, o'mrov suyagini endi so'rayapti, deb o'yladi shekilli, yana:
—   O'mrov suyagi, — deb javob berdi. Inspektor bu gal tizza kosasiga ishora qildi:
—   Xo'sh, bunga nima deyiladi? O'g'iz bechora butunlay gangib qoldi.
—   O'm... o'm... o'mrov suyagi!

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:20:12

—   Ha, bu-chi? — darg'azab bo'lib so'radi inspek¬ tor. Endi u narigi diagrammadagi bo'yin tomirlarini so'ragan edi.
—   O'mrov suyagi, afandim!
O'g'iz chalkashib ketdi. Oldinga aytganim xato bo'lsa kerak, o'mrov suyagini endi so'rayapti, degan xayolda hamma so'raganlariga bir xil javob beraverdi. Gap chiqishi ham nihoyatda qiyin, shuning uchun qora terga tushib ketdi. Endi inspektorning o'zi ham duduqlana boshladi.
—   Ju... ju.. juda soz. Buning nomi nima?
—   O'm... o'mrov suyagi. Inspektorning qoni qaynab ketdi.
—   He, bo'ldi, insof bilanda axir! Odamning tanasida o'mrov suyagidan boshqa narsa yo'qmi?! Bor, joyingga o'tir!
Keyingi kunlarda senga aytib berishga arziydigan voqea faqat shu.
Bundan oldingi xatimga sendan haligacha javob kelgani yo'q. Nima, chindan ham yotib qoldingmi? Javob kutaman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:20:33

Atamanning tug'ilgan kuni

Anqara, 25-dekabr, 1963-yiL

Ahmad!
14- va 22-dekabrda yozgan xatlaringni oldim. Katta rahmat. Yotib qolganim uchun xatlaringga vaqtida javob qaytarolmadim. Picha yotib oldim, shamollab qolibman. Baribir shundayam xat yozsam bo'lardi-yu, lekin uni qutiga kim tashlaydi? Oyim bilan opamga esa bergim kelmadi. Aksiga yurib Metin ham men bilan baravar og'rib qoldi. Kecha oyoqqa turdim, bugundan maktabga qatnayapman. O'qishdan keliboq javob yozishga o'tirgan edim, oyim sendan xat kelganini aytib qoldi. Konvertdagi adresni ilgariroq ko'rgan ekan, shuning uchun:
— Ahmaddan kelibdi. O'rtog'ing oqibatli ekan. Seni esdan chiqarmay kelyapti, — dedi.
Xatingni o'qib bo'lib, Metinning oldiga kirdim. Haliyam turgani yo'q. Termometrni qo'yib, isitmasini o'lchadim — 38,2.
Aslida ikkovimiz arzimagan narsa bilan shamollab qoldik. Sinfimizda Ataman degan bola bor, shuning tug'ilgan kuniga borgan edik. O'sha yerdan kasal bo'lib qaytdik. Bizdan tashqari yana uchta bola ham shamollab yotibdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:20:45

Ota-onalar majlisida oyim Atamanning onasi bilan tanishib qolgan ekan, u: «Yaqinda o'g'limizning tug'ilgan kuni bo'ladi, bolalarni olib albatta keling, kutamiz», deb aytibdi. Keyin uy adresimizni yozib olib, o'zimiz mashinada olib ketamiz, debdi.
Oyim Metin ikkovimizni yuborishga rozilik bergan ekan, u: «Xo'jayin bilan o'zingiz ham keling. Kelmasangiz xafa boiamiz», deb turib olibdi. Oyim noiloj va'da beribdi.
Buni eshitib, dadamning xunobi oshib ketdi. «Yosh bolaning tug'ilgan kunida bizga nima bor?» — deb g'ijinib turgan edi, oyim ularga boramiz deb va'da berib qo'yganini aytdi. Xullas, hammamiz boradigan bo'ldik. Atamanni tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun sovg'a-salom oldik. Men kitob, Metin esa avtoruchka taqdim qiladigan bo'ldi.
Peshindan keyin uyimizning oldida mashina to'xtadi. Bizni olib ketgani kelishibdi. Dadam Ataman¬ning otasi bilan mashinada tanishib oldi. Mashina o'zlariniki ekan.
Birovning g'iybatini qilyapti, deb mendan ranji-shing mumkin. Lekin men g'iybat qilayotganim yo'q. Ularning uyida nima ko'rgan bo’lsam, shuni yozaman.
Ular juda badavlat turisharkan. Shundoqqina sezi-lib turibdi. Bir payt oyim dadamga qarab: «Bularda pul ko'p-u did yo'q ekan. Manavi jihozlarni ko'r, sirayam bir-biriga mos emas-a!» deb pichirlaganini eshitib qoldim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:20:56

Atamanning dadasi har ikki gapning birida «kaminangiz» yoki «hazratlari» deb turishga odatlangan ekan.
Uy ichi kengu, ammo mehmon ham ko'p. Qola-versa, uzun-qisqa bo'lib kelayotganlarning hali keti ko'rinmaydi. O'n beshtaga yaqin bola yig'ildi, lekin kattalarning soni o'ttizdan oshib ketdi. Bizga o'xshab boshqa bolalar ham ota-onalari bilan kelishgan ekan.
—   Bu nima, oyi, bugun o'zi kimning tug'ilgan kuni — Atamannikimi yoki dadasinikimi? — hayron bo'lib so'radi Metin.
Biror joyda Metinning og'zidan nojo'ya gap chiqquday bo'lsa, oyim uni odatda sekingina chim-chilab qo'yardi. Bu gal ham birovga bildirmay asta o'ymalab olgan edi, Metin jimib qoldi.
—   Uyimiz torlik qilib qoldi, aylanay, — dedi Atamanning onasi oyimga zorlanib. — Xudoga shukur, obro'yimiz joyida, hamma yo'qlab kelaveradi. Chaqirmasak, keyin xafa bo'lishadi. Odamning yuzi issiq bo'larkan. Kelasi yil o'g'lonning tug'ilgan kunini biron kattaroq restoranda o'tkazmasak bo'lmaydi. Xo'jayinni ham ko'ndirib qo'ydim. Baraka topkur, bizning xo'jayin hecham so'zimni yerda qoldirmaydi, nima desam, shunga ko'nadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:21:15

Bu xotin erini xo'jayin, Atamanni esa o'g'lon deb chaqirarkan.
—   Bizning xo'jayin shunaqa, hecham gapimni ikkita qilmaydilar. Xo'sh, sizniki qanaqa, durustmi?
Oyimning bu andishasiz gapga jahli chiqqanini yuzidan sezdim.
—   Xo'jayin deganingiz kim u?
Atamanning onasi iljayib qo'ydi:
—   Xo'jayin deb erga aytiladi-da, ovsin. Xo'sh, u kishiyam gapga ko'nadigan xilidanmilar?
—   Uy ancha isib ketganga o'xshaydimi? — dedi oyim gapni boshqa yoqqa burib.
—   Ha, o'g'lonning tug'ilgan kuni sharafiga ko'-mirni ayamay yoqdik. Batareyalar qizib ketdi shekil-li... Xo'jayinning o'zlari yaxshi odamlar-u, ammo-lekin juda ko'ngillari bo'sh-da. O'g'lonimiz sharafiga batareyalar qizib tursin, deb tayinladilar. Ha, ayt-moqchi, idoralarida ikki-uch sekretar qiz ishlaydi. Hech keragi yo'q shuncha qizning. Erkak zoti shu¬naqa bo'larkan. Birini olib biriga ursin bularni.
—   Qani, dadangizdan bir xabar olinglar-chi, nima qilyapti ekan, — deb oyim men bilan Metinni chiqarib yubordi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:21:29

Erkaklar katta zalda o'tirishgan ekan. Stol toia har xil noz-nematlar. Atamanning otasi bilan gaplashib o'tirgan dadam bizni ko'riboq ensasi qotdi.
—   Oyingning bir o'zini tashlab kelibsanlar-da?! Metin o'ylab-netib o'tirmadi:
—   O'zlari shu yoqqa yubordilar-ku.
—   Bular hazratlariga tegishlimi? — deb so'radi Atamanning dadasi.
—   Ha, shundoq.
—   Umri bilan bergan bo'lsin... Ha, nima deyotgan edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni yomon ko'raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna bo'larkan... Masalan, bizning xotinni olib ko'raylik. Bozordan apelsin oladigan bo'lsa, ikki xilini tanlaydi. Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng pachoq, eng arzon apelsinni ataylab xizmatkorlarg oladi. Ularga shunisi ham bo'laverarmish. Ho'v xotin, bu bema'niligingni tashla, xizmatkor ham senga o'xshagan odam, das-turxon hammaga bitta bo'lishi kerak, deb kaminangiz toza nasihat qildi, bo'lmadi. Xotin kishiga gap uqtirib bo'lmas ekan. Bu ishing odamgarchilikdan emas, desam ham tushunmaydi. Ho'v xotin, sen apelsindan o'n qurush yulib qoladigan bo'lsang, ro'zg'orga ikki yuz liralik zarar keltirishing mumkin. Chunki shu ar-zimagan narsa bilan xizmatkorning nafsoniyati og'riy-di, oxiri u idish-tovoq yuvayotganida ikki yuz lira tu-radigan chinni laganni paq etib tashlab yuboradi-da, qo'limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming marta aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
—   Bor, oyingning oldiga jo'nalaring! — haydab berdi dadam bizni.

Qayd etilgan