Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97431 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 21 B


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:21:52

Hammamiz toza zerikdik. Bolalarning qiy-chuvi joniga tegdi shekilli, mehmon ayollardan biri:
—   Bola-chaqa bilan bir joyga hecham borish kerak emas... Quloqni qoqib, qo'lga berishadi, — dedi yonidagi juvonga engashib.
Dadam:
—   Ketaylik endi, bas, — deb shipshigan edi, oyim ko'nmadi.
—   Birpas o'tiraylik... Darrov ketsak ayb bo'ladi.
—   Kaminangiz yo'qsil bolalarga qo'ldan kelgancha yordam berib keladi. — dedi u dadamga qarab. — Har bayramda qumq qo'ymayman... Buni qarang, shuni ham yozib chiqishibdi-ya...
Yosh bolalarni bir joyga to'plashdi. Atamanga taqdim etilgan sovg'a-salomalarni stolga terib qo'yishdi. Xona dimiqib ketgan ekan, derazani ochib yuborishdi. Metin ikkimiz rosa terlagan ekanmiz, derazaga yaqinroq kelib turdik. Birpasda tumov bo’ldik. Zotiljam shu yerdan boshlandi.
Dadam mezbonlardan ketishga ruxsat so'ragan edi, Atamanning otasi javob bermadi.
—   Bu qanaqasi? Ovqat pishsin, bir-ikki qadahdan otaylik, keyin ketarsizlar.
Dadam zarur ishi borligini aytib, uzr so'radi. Ko'chaga chiqdik.
—   Ayb menda, kechirasan,— dedi oyim dadamning xunobi oshganini ko'rib.— Bunaqa bo'lishini bilmovdim. Oyisi hadeb chaqiraverganidan keyin va'da berib qo'ygan edim. Nima qilay gapini qaytarolmadim...
Ertasi kuni isitmam o'ttiz to'qqizga chiqdi.
Xatingda Hikmatning holi keyin nima kechdi, deb so'ragan ekansan. Hikmat bir haftadan beri maktabda ko'rinmaydi. Bechoraga nima bo’ldiykin, bilmayman. Birortamiz ham uyini bilmas ekanmiz. Uning boshiga tushgan kulfat menga qattiq ta'sir qildi. Shunga ko'ra bu haqda xatning oxirida yozyapman.
Menga o'xshab sen ham kechikib javob yozmas-san, deb umid qilaman.
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:18:15

Donishmand
Zaynab!
Sengayam, ukanggayam salomatlik tilayman. Bundan keyin kasal bo'lmanglar. Oying meni eslabdilar. Rahmat. Juda xursand bo'ldim.
Atamanning tug'ilgan kuni qanday o'tganini juda chiroyli qilib ta'riflabsan.
Bilasanmi, men shu vaqtga qadar biror marta ham tug'ilgan kunimni nishonlagan emasman. Bizning uyimizda bunaqa odat yo'q, qolaversa, men ham boshqalarning tug'ilgan kuniga bormayman. Rostini aytsam. umrimda bir marta shunaqa marosimda bo'lganman. O'shanda oyim bilan qarindoshimiznikiga mehmonga borgan edik. Qarindoshimizning qizi meni bir dugonasining tug'ilgan kuniga olib bordi. Mehmonga borganimizda ikkita qiziq voqea ro'y berdi. Hali-hali buni eslab yuraman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:18:28

Kelganlarning orasida bir shum bola bor ekan, o'sha ko'p mashmashalarga sababchi bo'ldi. Bu bola shunaqayam bezori ekanki, uyni birpasda ag'dar-to'ntar qilib tashladi. Shumligining cheki yo'q ekan. Hamma o'tirgan edi, bir payt hojatxonaning eshigi ichkaridan gumburlab qoldi. O'tirganlar yugurib bo-rishdi. Eshikni birov qulflab qo'yibdi. Qamalib qolgan ayol bir tomondan jonholatda eshikni gumbirlatib ursa, ikkinchi tomondan:
—   Kimdir ustimdan qulflab ketibdi! Oching tezroq, — deb dod solardi.
Uy egalari gir aylanib kalitni qidirishdi.
—   Mening o'g'lim qilgan bu ishni... O'g'ilchani topinglar, o'g'ilchani, — deydi zo'r berib baq-baqaloq pakana bir odam.
Hamma qidirish bilan ovora-yu, u bo'lsa og'zini ko'pirtirib arzandasini maqtaydi:
—   Zang'ar juda o'tkir bola chiqdi-da, turgan-bitgani o't-a, o't... Meni aytdi deysiz, xonim afandimni ustidan qulflab ketgan ham o'sha.
Juvon hojatxona eshigini teshib yuboray deyapti-yu, buning bo'lsa jag'i tinmaydi.
—   Ishqilib, ko'z tegmasin-u juda aqlli bola-da. Qo'liga kitob olganini bilmayman-u, ammo-lekin imtihondan o'tib ketaveradi. Kitobga bir qarasa bo'ldi, miyasiga yopishib qoladi. Yoshlik paytimda men ham shunaqa edim. Kitob o'qib o'tirmasdim. Otasiga tortgan bachchag'ar. O'rtoqlari kitobdan bosh ko'tarmaydi, nuqul o'qigani o'qigan. Bizning o'g'il kitob betini ko'rmaydi-yu, lekin sinfda ham qolmaydi. Aslida o'zim muk tushib dars qiladigan bolalarni yoqtirmayman...

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:18:37

Uydagilarning hammasi mana shu miyasi o'tkir bolani qidirish bilan ovora.
—   Karavotning tagini qarab ko'ringlar. Uyda hamisha karavotning tagiga bekinib olar edi, — deb qoldi bir payt baqaloq odam.
Uyning egasi uning aytganini qilib endi engashgan ham ediki, tepadan bir narsa taraq etib boshiga tushdi. Xayriyat, kalit ekan. Shu zahotiyoq shkaf tepasidan bir bola o'zini karavotga otdi.
—   Ana, aytmadimmi, bu o'shaning qilig'i deb. Aqli ko'p-da, nuqul sho'xlik qiladi.
Otasi suygan bezori o'sha kuni hammaning joniga tegdi...
Ikkinchi bir voqeaning qahramoni — donishmandlik maktabini o'tayotgan bola.
O'sha kuni memonda bir bola bilan tanishdim. Ko'zoynak taqib olgan chuvakkina ekan. Qo'l berib so'rashdik. Ismini so'rasam, g'ing demadi. Ham ko'zdan, ham quloqdan qolgan bo'lsa kerak, deb o'yladim. Balandroq ovoz bilan savolni qaytardim. Xuddi nozik masalani yechib berayotgan odamday o'ylanib qoldi, anchadan keyin zo'rg'a ismini aytdi. Men nechanchi sinfda o'qishini so'radim. Bu gal ham rosa o'ylab, keyin javob berdi. O'zicha biror gap aytmaydi-yu, lekin savol bersang, javob olguncha xunob bo'lib ketasan. Birpas gaplashib, yuragim siqilib ketdi, yonidan sekin jilvordim.
—   Bu bolang ovsarga o'xshaydi, — dedim meni bu yerga olib kelgan qarindoshimga.
Qarindoshim kulib yubordi.
—   Bu nima deganing. Axir otasi uni donishmand qilmoqchi-ku.
Gapga uning o'rtog'i aralashdi.
—   Maktabda hamma uni kichik donishmand deb chaqiradi.
—   Iya, ismini so'rasang, topolmay anqayib turadi-yu, bu qanaqa donishmand bo'ldi?
—   Hamma gap shunda emish. Donishmandlar sukut saqlab turishi kerak ekan. Otasi aytibdi. Birov isming nima deb so'rasayam darhol javob berma, picha o'ylab ol, donolar: «Oldin o'yla, keyin so'yla», deyishgan deb uqtiribdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:18:56

Qizlar bu kichkina donishmandni menga rosa ta'riflab berishdi. Aytishlaricha, uning otasi ancha bama'ni odam emish. Ko'p yil zahmat chekib dunyoda o'tgan jamiki dorishmandlarning tarjimayi holini o'rganib chiqibdi. Shundan keyin unda donishmand bolaning otasi bo’lish havasi uyg'onibdi. Uzoq yillik tadqiqot ishlaridan maium bo’lishicha, ko'p donish¬mandlar otalari qartayib qolganda dunyoga kelgan ekanlar. O'ylab qo'ygan niyatini amalga oshirish uchun u ham sochiga oq tushib, yoshi anchaga borib qolgandan keyin uylanibdi.
—   Bu gaplarni sizga kim aytdi? Donishmandning o'zimi? — hayron bo’lib so'radim.
Ma'lum bo’lishicha, bundan butun mahalla xabardor ekan. Buni qizlar kattalardan eshitishibdi.
Boig'usi donishmandning otasi uylanishga uylanibdi-yu, lekin ancha vaqt farzand ko'rolmay yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan ekanmi, xullas, farzand hasratida ko'p kuyunib yurib¬di. Oxiri, kunlardan birida xotini boshqorong'i bo’lganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola zaif tug'ilsin», deb iltijo qiladigan bo’libdi. Nega deganda, aksariyat donishmandlar nimjon chaqaloqlardan yetishib chiq-
qan ekan. Xotinning ko'zi yoribdi. Tilab olgan chaqalog'i shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik qolishiga hech kimning ko'zi yetmabdi. Haytovur, bola o'lmay qopti. Qadim zamonlarda bir donishmand shoir o'tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishicha, o'sha zukko shoir juda yoshligida ona sutidan mahrum bo'lgan ekan. Donishmand bolaning otasi shu kitobni topib o'qigach, bir oylik chaqaloqni ona ko'kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida belanchakdan yiqilib, ko'zi shikastlangan ekan, otasi bag'oyat xursand bo'libdi. Sababi — allaqaysi bir donishmand ham g'ilay o'tgan ekan. Endi uning yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o'g'limning bo'yi o'smasin, deb oh-voh chekib yurganmish. Zotan, uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past bo'yli bo'lar ekan.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:19:17

Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun o'zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob berishdan ko'ra, ko'proq otini eslashga harakat qiladiganga o'xshaydi.
Hikmat maktabga kelmay qo'yganini eshitib, qattiq xafa bo'ldim. Bechora qizning ahvoli nima kechdiykin?
Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni qutiga tashlab kelaman. Keyin arifmetikaga o'tiraman. O'qituvchimiz uyga ancha vazifa bergan edi. Chap qo'lim rosa og'riyapti. Hatto qimirlatolmayman.
Omon bo'l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:20:38

Toma-toma sel bo'lur
Qardoshim Ahmad!
Tunov kuni xatingni, undan bir kun oldin esa yangi yil tabrigingni oldim. Har ikkisi uchun ko'p rahmat. Yangi yildan bir kun oldin men ham senga tabrik xati yuborgan edim. Harholda borib yetgan bo'lsa kerak. Lekin sen tabrikni juda boplabsan. Rasmlaring biram chiroyli chiqibdiki. Mening esimga ham kel-movdi bu narsa. Kelganidayam baribir senchalik chizolmasdim. Rasmlaringni sinfdagi bolalarga ko'r-satdim. Hamma qoyil qoldi.
Yangi yilning birinchi kuni bizning uyda yangi yil kechasidan ham zavqli bo'ldi... Boshidan gapirib bersam ham arziydi.
Dadam bilan oyim reja bilan, tejab-tergab ro'zg'or qiladigan odamlar. Ammo bu ziqnalik emas. Lear¬ning maqsadi — ko'rpaga qarab oyoq uzatish. Shu¬ning uchun har narsani avaylash, ortiqcha chiqimga yo'l qo'ymaslik kerak, deb bizga nasihat qilishadi. Mabodo stolda avtoruchkam qolib ketguday bo'lsa, dadam:
—   Avtoruchkani ochiq tashlab ketma, siyohi qurib qoladi. Yerga tushsa, perosi sinadi. Keyin yangisini olishga to'g'ri keladi. Chiqim ko'payadi. Odam degan har narsada tejog'li bo'lishi kerak, — deb qulog'imga quyadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:22:05

Ukam daftarning bir tomoniga yozib, ikkinchisini bo'sh qoldirsa yoki bir-ikki betini tashlab ketsa, o'sha kuni oyimdan rosa gap eshitadi.
—   Bunaqa zararkunanda bo’lma, o'g'lim. Axir toma-toma ko'l boiur, degan gap bor. Har kuni bir betdan qoldirib ketaversang, bir yilda qalin bir daftar bo'ladi-ya. Shunday oppoq daftarni tashlagani qandoq ko'zing qiyadi?
Metin juda ko'p qalam yo'qotadi.
—   Qalam sotib olaverish jonimga tegdi, nuqul yo'qotganing yo'qotgan-a, — deb nolib qoladi oyim.
To'g'ri, tejogiiq ish — bejog'liq, degan gap bor. Ammo haddan oshib ketsa ham bo'lmas ekan. Ayniqsa buvimning gapi jonimdan o'tib ketadi. Ikki gapning birida u kishi:
—   Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik, deganlar, otin qizim. Toma-toma ko'l bo'lur, deyishadi axir, — deb nasihat o'qiydilar.
Bir kuni buvamiz ukam ikkovimizga pul yig'adigan quticha olib keldilar.
—   Shu narsa esingizda bo'lsinki, oz-ozdan ko'p bo'ladi. Ota-bobolarimiz toma-toma ko'l bo'lur, deb aytishgan. Qani, toma-toma nima bo'larkan?
Buvamning odati shu: nuqul bir nima desa, darrov qaytarib so'raydi.
—   Ko'l bo'larkan, buva.
—   Ha, barakalla, gap degan bundoq bo'pti.
Shu maqolni eshitsam ko'nglim ayniydigan bo'lib qoldi. Xudoning bergan kuni uni ming martalab takrorlashadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:22:23

Yangi yil kechasi dadam bilan oyim kazinoga boradigan bo'lishdi. Ilgarilari yangi yilni hammamiz uyda birga kutib olardik, bu yil sal boshqacharoq bo'ldi.
Dadamning o'rtoqlari kazinodan ilgariroq joy olib qo'yishgan ekan, kechga yaqin ketishdi. Lekin dadam an'anani buzmadi. Hammamiz bir dasturxonda o'tirib ovqat qildik, rosa o'ynab-kuldik. Ular anchadan keyin turishdi. Kazinoga opamni ham olib ketishdi. Biz buvamlar bilan qoldik. Bilgan o'yinlarimizni o'ynadik. Loto ham o'ynadik. Ammo buvam hecham yutolmadi. O'yin paytida mudrab o'tirgani unga xalal berdi chamamda.
Yarim kechaga yaqin o'ringa kirib yotdik.
Bir payt uyg'onib qarasam, uy jimjit. Tiq etgan ovoz yo'q. Haliyam kelishmapti-da, deb o'yladim. Anchagacha ko'zimni ochib yotdim. Qorong'ida Metinning sharpasi ko'rindi.
—   Bularga nima bo'lgan o'zi? — dedi u oldimga kelib.
—   Ha, nima qipti?
—   Buyoqqa yur, ko'rasan.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:24:04

O'rnimdan turib, narigi xonaga chiqdim. Buvam bilan buvim ketib qolishgan ekan. Bundoq qarasam, opam divanda ust kiyimi bilan cho'zilib yotibdi. Bo'ynida rang-barang qog'oz tasmalar. Yerdagi gilamda ag'anab yotgan dadam yuziga maska taqib olibdi. Qog'oz shapkani boshiga emas, oyog'iga kiyibdi. Faqatgina oyim joyiga borib yotgan ekan. Ammo kiyimlari sochilib yotibdi. Bir poy paypog'ini koridorda, ikkinchisini yonida ko'rdim.
Oyimning ustini yopib qo'ydim. Opamni arang turg'azib, joyiga yotqizdik. Lekin dadamni uyg'otib bo’lmadi.
Vaqt peshindan og'ib qolgan edi, ular sal g'imirlab qolishdi. Eng avval oyim o'ziga keldi. Keyin u da¬damni uyg'otdi. Oxiri opam o'rnidan turdi. Bo'ynidagi marjoni yo'qmish. Hech qayerdan topolmadi. Ke¬chasi biror yerda yo'qotganga o'xshaydi.
Gap-so'zdan bildimki, kazinoda oyim bilan dadam omadlarini sinab ko'rmoqchi bo'lishibdi. Talay pul yutqazishibdi.
—   Oyning oxirigacha nima yeymiz endi? — tashvishlanib so'radi oyim.
—   Idoradan qarz so'rayman, boshqa iloj yo'q, — javob berdi dadam.
Saldan keyin buvam bilan buvim kirib kelishdi.
—   Qalay, yangi yilni yaxshi kutib oldinglarmi? — ko'ngil so'radi buvim.
—   Ta'zirimni yedim, endi hecham unaqa joylarga bormayman.
Oyim gapini tugatib, Metin ikkovimizni bir chekkaga imlab chaqirdi.
—   Qancha pullaring bor, menga berib turinglar, ertaga qaytib beraman.
Yig'ib yurgan pulimizni keltirib berdik.

Qayd etilgan