Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68829 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:36:45

193-FATVO
Namozning bir ruknida uch marta qo‘lini ko‘tarib yuzi, bo‘yni kabi joylarni qashisa namozi buziladi. Ammo qo‘lini bir ko‘targanicha uch marta qashisa namozi buzilmaydi. Lekin namozda beuzr qashinish makruhdir.
«Olamgiriya», «Xulosa»

194-FATVO
Namozda imomning oyoqlaridan ko‘ra muqtadiyning oyoqlari oldinga o‘tib ketsa, muqtadiyning namozi buziladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:36:54

195-FATVO
Ayol kishi namozda bolasini emizsa, namozi buziladi. Agar bola o‘zi kelib, uch marta emsa, sut chiqsa yoki chiqmasa ham namoz buziladi. Bir-ikki marta emganida sut chiqmasa namoz buzilmaydi.
«Qozixon»

196-FATVO
Namozxondan tashqaridagi odam biror narsa so‘rasa yoki unga savol bersa, u boshi bilan «ha» yoki «yo‘q» ishorasini qilsa namozi buzilmaydi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:40:26

197-FATVO
Namozda turib, chiroqning piligini ko‘tarsa (hozirgi paytda lampa o‘chirgichini bossa) namozi buzilmaydi.
«Qozixon»

198-FATVO
Namozda ayol kishining boshidagi sochidan to‘rtdan bir qismining ochilib qolishi bilan namoz buziyaadi. Lekin bu miqdor uning quloqlari ustidagi qismidan hisoblanadi. Quloqlaridan pastga osilib turgan qismining ochilib qolishi namozni buzmaydi. Ammo erkaklar nazari tushishining taqiqlanishida quloq ustidagi bilan ostidagi sochlar barobardir.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:40:44

199-FATVO
Imom Abu Yusuf (rh.) so‘ziga binoan ayol kishining oyoq boldirlari namozda avrat hisoblanmaydi. Bilaklari esa, qorni bilan barobardir. Abu Yusuf bilan Abu Hanifa (rh.)lardan yana shunday rivoyat borki, namozda ayol kishining bilaklari ham avrat sanalmaydi. Ya’ni, ikki bilaklari ochiq holda o‘qigan namozi durust hisoblanadi.
«Qozixon»

200-FATVO
Namoz ichida tahorati sinib qolgan kishi tahoratini yangilab kelib, namozining qolgan qismini davom ettirib o‘qishi mumkin. Lekin tahoratga doir ishlardan boshqa ish qilib qo‘ysa yoki istinjo qilayotganda avrati ochilib qolsa namozi buziladi. Shuning uchun namoz ichida tahorati singan kishi boshidan qayta o‘qigani afzaldir.
«Muxtasar», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:42:07

201-FATVO
Qabristonda Qur’on tilovat qilish xususida mujtaxidlar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa (rh.) buni makruh ish deb sanaganlar. Imom Muhammad (rh.) esa, makruh emas, deganlar. Mashoyixlarimiz Imom Muhammad (rh.)ning so‘zlarini olganlar va qabristonga qori o‘tqizib, Qur’oni karimdan ma’lum oyat va suralarni o‘qitab, buning mayyitlarga manfaati bor, deb umid qilganlar.
«Qozixon»

202-FATVO
Piyoda yurib ketayotib yoki biror kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan holatda Qur’oni karimni tilovat qilish joiz. Lekin yurish va ish tilovat qilishga xalal bermasligi shart. Aks holda makruh bo‘ladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:42:18

203-FATVO
Fiqh ilmi bilan shug‘ullanib, biror narsa yozib turgan kishiga eshittirib qiroat qilgan qori gunohkor bo‘ladi. Zero, odamlar ish bilan mashgul bo‘lib turgan joyda qiroat qilish joiz emas. Qiroatni tinglash uchun ishini to‘xtatmagan mazkur kotib gunohkor bo‘lmaydi.
«Qozixon»

204-FATVO
G’ayridinlar Qur’on oyatlaridan saboq berishni yoki shariat ahkomlaridan o‘rgatishni talab qilsa, o‘rgatilaveradi. Lekin unga Qur’on kitobni ushlash mumkin emas. Agar g‘usl qilib ushlamoqchi bo‘lsa ruxsat beriladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:42:50

205-FATVO
Namozda kiyimi, soqoli yoki badanining biror joyini o‘ynash yoxud sajda qilayotab kiyimining old tomonini orqaga yoki orqa tomonini oldiga tortish makruhdir. Ruku’ qilayotganda badaniga yopishib qolmasligi uchun kiyimini qoqsa zarari yo‘q.
«Olamgiriya», «Me’roj»

Izoh:
Bundan hozirgi davrimizda ba’zi tor shim kiyuvchilar ruku’dan sajdaga ketayotganida oyoqlariga yopishib qolib, qiyinlik tug‘dirmasligi uchun shimni ikki qo‘li bilan ushlab, tortib qo‘yishlariga ruxsat bordek ko‘rinadi.

206-FATVO
Namoz ichida peshonasiga yopishgan tuproq yoki xas-cho‘plarni beuzr qo‘li bilan silab tozalash makruhdir. Ammo namozga zarar beradigan darajada xalaqit beradigan bo‘lsa, tozalashi mumkin. Tashahhud va salomdan oldin tozalashi ham makruh emas. Shuningdek, peshonasidagi terni qo‘li bilan artishi ham makruh emas. Lekin namoz ichida bu kabi ishlarni ham qilmaslik avlodir.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhiyt»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:45:05

207-FATVO
Namoz ichida burni oqsa, uni yerga tushirgandan ko‘ra artgani avlodir.
«Olamgiriya», «Qunya»

208-FATVO
Farz namozlarda oyat va tasbehlarni qo‘l bilan sanab turish makruhdir. Ammo nafl namozlarda qo‘l bilan sanash ijmoan makruh emas. Faqat «Tabyin» kitobida bunga xilof gap bor. Zarurat holati bundan mustasno.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Nihoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:45:30

209-FATVO
Namozda qo‘l barmoqlarini bir-biriga kirishtirish, barmoqlarini qirsillatish makruh ishlardandir. Ba’zi ulamolar barmoqlarni qirsillatish namozdan tashqarida ham (odamlar orasida bo‘lsa) makruhdir, deganlar.
«Qozixon», «Zohidiy»

210-FATVO
Namoz ichida u yoq-bu yoqqa yuzini burib qarash makruhdir. Yuzini burmasdan ko‘zining qiri bilan qarasa zarari yo‘q. Osmonga qarash ham makruhdir.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:47:13

211-FATVO
Salla bo‘la turib, uni kiyishga erinib, boshyalang namoz o‘qish makruhdir. Ammo kamtarlik yuzasidan boshyalang o‘qisa makruh emas, hatto avlodir.
«Olamgiriya», «Zaxira»

212-FATVO
Boshga salla o‘raganida boshining o‘rtasini ochiq qoldirish namozda ham, namozdan tashqarida ham makruhdir.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan