Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68825 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:47:52

213-FATVO
Namozda esnashlik makruhdir. Agar uni qaytara olmasa, og‘zini qo‘li bilan to‘sadi. Ya’ni qiyomda bo‘lsa o‘ng qo‘lining, boshqa holatlarda chap qo‘li panjasining orqa tomoni bilan to‘sadi.
«Olamgiriya», «Zohidiy»

214-FATVO
Namozda kerishish, ko‘zlarini yumib olish, katta-kichik tahorati, yel qistab turganda namoz o‘qish makruhdir. Shunday holatlarda boshlagan namozini to‘xtatishi lozim. Agar to‘xtatmay namozni tugatsa, namozi hisobga o‘tsa-da, o‘zi gunohkor bo‘ladi. Lekin namozning vaqti ziq bo‘lsa, qazo qilgandan ko‘ra makruhlik bilan bo‘lsa-da, o‘qiyvergani afzaldir.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:48:02

215-FATVO
Yakka namoz o‘qimoqchi bo‘lgan odam jamoat bilan o‘qiyotganlar safida turib o‘qishi makruxdir. Zero, bunda namozxonlarning turib o‘tirishidagi mutanosiblikka futur yetkazadi.
«Olamgiriya»

216-FATVO
Safning ortida yakka qolgan kishi o‘ziga saf orasidan joy topishi mumkin bo‘la turib, yakka turishi makruhdir. Agar safda joy bo‘lmasa, Abu Hanifa (rh.) dan qilingan rivoyatga binoan karohiyati yo‘q. Ammo saf ortida yakka turgandan ko‘ra oldindagi safdan bir kishini yoniga tortib olsa yanada yaxshi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:49:15

217-FATVO
Sajdaga borishda ikki tizzadan oldin yerga ikki qo‘lni qo‘yish va sajdadan turishda ikki qo‘ldan oldin ikki tizzani ko‘tarish uzrsiz bo‘lsa makruhdir.
«Olamgiriya», «Munya»

218-FATVO
Ruku’ va sajdaga engashishda va boshni ko‘tarishda imomdan oldin harakat qilib, undan ilgarilab ketish makruhdir.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:49:49

219-FATVO
Imomning qavmdan bir gaz va undan yuqori balandlikda yakka turib imomlikka o‘tishi makruhdir. Ammo yonida qavmning bir qismi bo‘lsa karohiyati ketadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

220-FATVO
Ichida olov yonib turgan tandir yoki o‘choqqa yuzlangan holda namoz o‘qish makruhdir. Qandil yoki chiroqqa yuzlanib o‘qishning zarari yo‘q.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:51:23

221-FATVO
Namozga kech kelib iqtido qilayotgan odamni sezib, uning ulgurishiga yordam bo‘lishi uchun imom namozni biroz cho‘zmoqchi bo‘lsa, qaraladi — agar kelgan odamni imom tanib cho‘zgan bo‘lsa makruh, tanimagan bo‘lsa zarari yo‘q. Cho‘zganda ham bir ikki tasbeh miqdorida cho‘zishga ruxsat etiladi.
«Olamgiriya», «Muxtorul-fatovo»

222-FATVO
Masjid binosini turli naqshlar va tillo suvi ishlatib bezash mumkin. Lekin naqsh va bezash ishlariga masjidning vaqf pulidan ishlatilmaydi, balki biror homiyning xususiy mulkidan sarf qilinadi. Masjidning vaqf mulkidan unyng qurilish ishlariga ishlatish mumkin. Agar mutavalli undan bezak ishlariga ishlatib qo‘ysa, puliga zomin bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:51:44

223-FATVO
Masjidni qurib, Allohning yo‘liga atagan kishi shu masjidning barcha obodonchilik, ta’mir ishlari, palosni qanday solishdan tortib qandillarni qaerga qanday ilish ishlarigacha bosh-qosh bo‘lishga o‘zgalardan ko‘ra haqliroqdir.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

224-FATVO
Vitr namozi xususida Abu Hanifa (Imom A’zam rh.)dan uch xil rivoyat naql qilingan. Birinchisi — uning farzligi. Ikkinchisi — uning sunnati muakkadaligi. Uchinchisi — uning vojib ibodat ekani. Shu uchinchi vojib ekani to‘g‘risidagi rivoyat ul zotning oxirgi so‘zlaridir.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:52:45

225-FATVO
Vitr namozi qasddan yoki unitilgan hodda tark etilgan bo‘lsa, oradan qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham qazosi o‘qilishi kerak. Qazoda "Qunut duosi" ham o‘qiladi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Kifoya»

226-FATVO
Vitr namozidagi "Qunut duosi"ni o‘qishga tili yaxshi kelmaydigan yoki yod ololmayligan odam "Rabbano otino fiddunyo hasanatan va fil oxirati hasanatan vaqino azoban nor" oyatini bir marta yoki "Allohummag‘fir lano" jumlasini uch marta o‘qiydi. Bu Abul-Lays Samarqandiy (rh.) fatvosidir.
«Olamgiriya», «Muhit», «Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:54:17

227-FATVO
"Qunut duosi"ni o‘qimagani ruku’ga borganida esiga tushsa, uni ruku’da o‘qimaydi, qiyomga qaytib ham o‘qimaydi. Bordi-yu, qiyomga qaytib o‘qisa va ruku’ni ikkinchi marta qilmasa namozi buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «al-Bahr ar-roiq»

228-FATVO
Vitr namozining uchinchi rak’atida zamsura qilmasdan ruku’ga ketgan bo‘lsa, qiyomga qaytib zamsura bilan birga "Qunut duosi"ni ham qayta o‘qiydi va namoz oxirida "Sahv sajdasi"ni qiladi. "Fotiha" surasini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa ham xuddi shunday qiladi. Ruku’ni qayta qilsa ham, qilmasa ham bo‘laveradi.
«Olamgiriya», «as-Siroj al-vahhoj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:56:31

229-FATVO
Vitr namozini Ramazon oyida imomga iqtido qilib o‘qiyotgan odam "Qunut duosi"da ham unga ergashadi. Ya’ni duoni o‘qib ulgurmay turib imom ruku’ga ketsa, u ham duoni kelgan joyida to‘xtatib, imom ortidan ruku’ga ketaveradi Agar imom "Qunut"ni o‘qimay ruku’ga ketsa, qaraydi: agar imom ruku’dan bosh ko‘targunicha o‘qib ulgursa, "Qunut"ni o‘qib, so‘ngra ruku’ qiladi. Ammo ulgurmaydigan bo‘lsa, duoni o‘qimasdan ruku’ga ketaveradi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

230-FATVO
Masbuq, ya’ni bir ikki rak’at kech kelib imomga iqtido qilgan kishi imom bilan birga "Qunut"ni o‘qiyveradi. Uchinchi rak’atda o‘qimaydi.
«Olamgiriya», «Munya», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:05:30

231-FATVO
Masbuq imomni vitr namozining uchinchi rak’atida topib iqtido qilsa-yu, "Qunut"ni o‘qiyolmagan bo‘lsa, keyin ham o‘qimaydi.
«Olamgiriya», «Muhiyt»

232-FATVO
Fiqhga doir kitoblarning matnlarida yozilishiga ko‘ra, sunnat sanaluvchi namozlar quyidagilardir:
Bomdod farzidan oddin 2 rak’at.
Peshin farzidan oddin 4, farzdan keyin 2 rak’at.
Shom farzidan keyin 2 rak’at.
Xufton farzidan keyin 2 rak’at.
Jum’a namozidan oldin 4, keyin yana 4 rak’at.
Eng kuchli sunnat namozi bomdodning 2 rak’at sunnati. Undan keyin shomning 2 rak’ati, so‘ngra peshindan keyingi 2 rak’at, so‘ngra xuftonning 2 rak’at sunnati, so‘ngra peshinning 4 rak’at sunnati.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan