Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68827 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:06:58

233-FATVO
Dinimizning fuqaho va mashoyixlari aytibdurlarki, odamlarga doimiy ravishda fatvolar tayyorlab, savollariga javob berish bilan mashg‘ul bo‘lgan olim kishi bomdod namozining sunnatidan boshqa sunnat namozlarni o‘qimasligi joiz.
«Olamgiriya», «Nihoya»

234-FATVO
Peshinning 4 rak’at sunnatini o‘qishga ulgurmay imomga iqtido qilgan kishi farzdan keyin o‘qib oladi. Lekin 2 rak’at sunnatdan oldinmi yoki keyinmi ekanida ikki xil rivoyat bor: Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida 2 rak’at sunnatdan keyin, Imom Muhammad (rh.) nazdida esa, undan oldin o‘qiladi. Fatvo shunisiga berilgan.
«Olamgiriya», «Muhit», «Haqoiq», «as-Siroj al-vahhoj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:07:31

235-FATVO
Sunnat namozlarini haq deb e’tiqod qilgan holda o‘qimasa gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu, ularni haq deb bilmay, inkor etgan holda tark etsa, kofir bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit»

236-FATVO
Asrdan oldin hamda xufton namozining farzidan oldin va keyin 4 rak’atdan nafl namozlari mavjuddir.
«Muxtasar», «Kanz», «Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:08:59

237-FATVO
Yana shunday namozlar borki, ularni o‘qish farz ham, vojib ham, sunnat ham emas, balki mazhab shiz bo‘yicha ixtiyoriy nafl namozlaridir. Ularni vaqti bemalol kishilar o‘qisa savob, o‘qimasa gunohi yo‘q. Ular asosan quyadagi namozlardir:
1. "Choshgoh namozi". Uning eng kami 2 rak’at, ko‘pi 12 rak’at bo‘lib, vaqti Quyosh chiqib, biroz qo‘tarilgan paytidan to peshin vaqti kirgunga qadar davom etadi.
2. "Tahiyyai masjid". U 2 yoki 4 rak’atli namoz bo‘lib, biror masjidga kirganda masjid hurmati uchun o‘qiladigan salomlashish namozidir. Bomdod va asr namozlaridan keyin masjidga kirgan kishi uni o‘qimaydi, balki tasbeh, tahlil va salavot o‘qisa ham masjid haqqini ado etgan bo‘laveradi. Shuningdek, masjidga farz namozini o‘qish niyatida kirgan kishi ham "tahiyya" o‘qimaydi. Yana, bir kunda bir masjidga ko‘p marta kirsa ham bir marta "tahiyya" o‘qisa kifoyadir.
3. "Shukri vuzu". U tahorat qilgandan keyin o‘qiladigan shukrona namozidir.
4. "Istixora namozi". U biror muhim ishni qilish yoki qilmasliqda ikkilanib qolgan kishi o‘qiydigan namozdir. Buning uchun xuftan namozidan keyin uxlashdan oldin ikki rak’at istixora namfini niyat qilib o‘qiydi. Tushida Allohning izni bilan qaysi yo‘l uning uchun foydali ekani ayon bo‘ladi.
5. "Hojat namozi". U ham 2 rak’at bo‘lib, biror hojatni ravo qilishiki Allohdan umid qilgan holda o‘qiladi.
6. "Tahajjud", ya’ni tungi namoz. U tunda uyqudan bedor bo‘lgan holda o‘qiladigan namoz bo‘lib, eng kami 2, ko‘pi 8 rak’atdir.
7.   "Tasbeh namozi". U 4 rak’at bo‘lib, birinchi rak’atda "Subhonakallohumma..."dan keyin "Subhonallohi valhamdu lillohi valo iloha
illallohu vallohu akbar" jumlalarini 15 marta o‘qiydi. So‘ngra "Auzu..."dan keyin "Fotiha" surasi bilan "Takosur" surasini o‘qiydi. So‘ngra ruku’da mazkur jumlalarni 10 marta o‘qiydi. Qiyomga turganda ham ularni 10 marta, har sajdada 10 marta, ikki sajda orasida ham 10 marta o‘qiydi. Keyingi 3 rak’atni ham xuddi shu tariqa o‘qiydi. Faqat bu rak’atlarda "Asr", "Kofirun" va "Ixlos" suralarini "Fotiha"dan keyin zamsura sifatvda o‘qiydi. "Tasbeh namozi"ning vaqti peshindan oldindir.
8. "Tatavvu’ namozlari". Ular kecha va kunduzning xohlagan soatida xohlagan miqdorida bo‘sh vaqtlarda o‘qilishi mumkin bo‘lgan namozlardir.
«Olamgiriya», «Fathul Qadir», «al-Bahr ar-roiq»,
«Muhit», «Mujarot», «Muxtasar», «Jomeur-rumuz»,
«Temirtoshiy», «al-Fath ar-Rahmoniy»


238-FATVO
Nafl namozlarni imkoni boricha jamoat joylarida va masjidlarda o‘qimaslik, balki o‘z uyida yoki xilvat joylarda o‘qishga harakat qilish, riyokorlik aralashib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi. Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa, farz o‘qilgan masjidda o‘qilishi kerak. Lekin sunnat namozlar farz o‘qilgan joydan bir qadam bo‘lsa ham boshqa joyga o‘tib o‘qilishi lozim. Bu imomga ham tegishlidir. Nafl namozini safda turib o‘qish o‘ta makruh ishlardan sanaladi.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Nihaya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:10:45

239-FATVO
Bomdodning 2 rak’at sunnati va peshindan oldingi 4 rak’at sunnatni o‘qigandan keyin savdo-sotiq, yeyish-ichish kabi ishlarni qilsa, o‘qigan sunnat namozlari kuyib ketadi. Ularni qayta o‘qishi kerak bo‘ladi. Bir luqma ovqat yoki bir qultum suv iste’mol qilish afv etiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

240-FATVO
Farz namozidan keyingi sunnatni o‘qimay turib gapirib qo‘ysa, ayrim fuqaholar nazdida sunnat namozi soqit bo‘ladi. Ya’ni, o‘qigani bilan farzdan keyin o‘qilgan sunnat o‘rniga o‘tmaydi. O’tgan taqdirda ham o‘rtada gapirib qo‘ygani uchun savobi kamayadi.
«Olamgiriya», «Nihoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:11:08

241-FATVO
Nafl namozlarida tik turishga qodir bo‘la turib, o‘tirib o‘qishlikning karohiyati yo‘q. Shuningdek, namozni tik turgan holda boshlab, so‘ngra beuzr o‘tirib olsa ham Abu Hanifa (rh.) nazdida zarari yo‘q. Yana, naflni o‘tirgan holda boshlab, so‘ngra tik turib olsa ham karohiyati yo‘q.
«Olamgiriya», «Majmaul-bahrayn», «Muhit»

242-FATVO
Nafl namozini tik turib o‘qishga charchaydigan bo‘lsa, hassaga yoki devorga suyanib o‘qisa ham zarari yo‘q. Nafl namozlarini uzrsiz imo-ishora bilan o‘qishga ruxsat yo‘q.
«Olamgiriya», Hussomiyning «al-Jome as-sag‘ir»i, «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:11:55

243-FATVO
Nafl yoki farz namozida uzr sababli o‘tirib o‘qimoqchi bo‘lsa, qiroat paytida ikki tizzasini tikkalab, qo‘llari bilan oyoqlarini quchoqlab olgan holda yoki chordana qurib o‘tirgan holda o‘tirishi mumkin. Lekin imkoni boricha "tashahhud" o‘qiyotgan holatidek (cho‘kka tushib) o‘tirgani yaxshidir.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Hidoya»

244-FATVO
"Tatavvu’" namozini o‘tirgan holda boshlagach, qiroatdan so‘ng o‘rnidan turib qiyomdan ruku’ qilmoqchi bo‘lsa, qiyomda o‘qish uchun qiroatdan gogina qoldiradi. Lekin bunday qilishi shart emas. Utirib o‘quvchi odam qiyom savobiga qisman bo‘lsa-da eg‘a bo‘lishi uchun turganda qomatini rost tutishi shart.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:12:20

245-FATVO
Bir masjidda ikki marta taroveh namozining o‘qilishi makruh hisoblanadi. Agar ikkinchi marta o‘qishni xohlasalar, jamoat holatida emas, balki yakka-yakka o‘qiladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Tatarxoniya»

246-FATVO
Bir kishining ikki masjidda taroveh namoziga to‘liq holda imomlik qilishi joiz emas. Ammo oddiy namozxon ikki masjidga qatnab, tarovehni ikki joydagi imomlarga iqtido qilib o‘qishi mumkin. Bunda vitr namozini birida o‘qigan bo‘lsa, ikkinchisida o‘qimaydi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:12:43

247-FATVO
Agar uyida xufton, taroveh va vitr namozlarini o‘kib olib, boshqa joydagi jamoatga imomlik niyati bilan taroveh o‘qib bersa, bu imom uchun makruh, qavm uchun makruh emas.
«Olamgiriya»

248-FATVO
Taroveh namoziga imomlik qilish ikki kishiga to‘g‘ri kelib qolsa, ikki rak’at salomidan keyin emas, balki 4 rak’at salomidan keyin o‘rin almashish mustahabdir,
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:15:28

249-FATVO
Tarovehga kech kelgan kkshi qolgan tarovehining qazosini o‘qib olay desa, vitrga iqtido qilishdan ham qoladi. Bunday holatda oddin vitrni, so‘ngra ulgurmagan taroveh rak’atlarini o‘qiydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

250-FATVO
Xuftandak keyingi 2 rak’at sunnatni o‘qimay kelib, taroveh imomiga o‘sha sunnat niyati bilan iqtido qilsa, joiz hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:15:45

251-FATVO
Tarovehning birinchi rak’ati oldidan qilgan niyati 20 rak’atning oxirigacha kifoya qiladi; har 2 rak’at uchun niyatni yangilash shart emas.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Sirojiya»

252-FATVO
Tarovehda "Attahiyyot"dan keyingi salavotlar ham o‘qiladi. Mabodo imom salavotdan keyingi duoni o‘qish qavmga malol kelayotganini sezsa, uni tark etishi mumkin.
«Olamgiriya», «Nihoya»

Qayd etilgan