Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68910 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:16:15

253-FATVO
Taroveh va boshqa namozlarda imomning tez qiroat qilishi, arkonlarni shoshilinch bajarishi makruhdir. Qiroatni "tartil" bilan, ya’ni dona-dona qilib o‘qish tavsiya etiladi. Lekin qiroatni uzundan uzoq qilib, qavmni masjiddan bezdirib qo‘ymaslik kerak. Zero, uzun qiroatdan ko‘ra jamoatning ko‘p bo‘lgani afzaldir.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Muhit»

254-FATVO
Taroveh namozida Qur’oni karimni bir marta xatm qilish sunnatdir. Xatmni oyning 27-kechasida, ya’ni "Laylatul-qadr" kechasida tugatish lozim. 21-nchi yoki undan oldingi kechalarda tugatish makruhdir. Zero, mashoyixlarimiz Qur’oni karim oyatlarini 540 ruku’ga taqsimlab chiqqanlar va mushaf sahifalarining hoshiyalariga ruku’ga dalolat qiluvchi belgilarni yozib qo‘yishni joriy qilganlar. Har kecha 20 rak’atdan o‘qilganida 27-kechada 540 marta ruku’ qilingan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:16:40

255-FATVO
Qur’oni karim xatmi "Laylatul-qadr" kechasida yoki undan oldin tugatilgan bo‘lsa ham, qolgan kechalarda taroveh o‘qish to‘xtatilmasligi lozim. Aks holda makruh ish qilingan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «as-Sirojul-vahhoj»

256-FATVO
Bomdod yoki shom namozining farzini yakka holda o‘qiyotganida jamoat namozi barpo bo‘lib qolsa, qaraladi: agar endi bir rak’at o‘qigan bo‘lsa, darhol namozdan chiqib imomga iqtido qiladi. Bordi-yu, ikkinchi rak’atda bo‘lsa, qaraladi: agar sajda qilmagan bo‘lsa. namozini kesib, jamoatga qo‘shiladi. Bordi-yu, sajda qilgan bo‘lsa, namozini oxiriga yetkazaveradi. Lekin imomga nafl niyati bilan iqtido qilmaydi. Zero, bomdoddan keyin nafl o‘qish makruh bo‘lganidek, shomdan keyin ham uch rak’atli nafl o‘qish bid’at hisoblanadi. Mabodo iqtido qilsa, bir rak’at qo‘shib to‘rt rak’at qilib qo‘yadi. Zero, imomga muvofiq bo‘lishdan ko‘ra, sunnatga muvofiq ish qilish yaxshiroqdir.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:22:11

257-FATVO
Agar peshinning farzini yakka holda boshlaganda jamoat barpo bo‘lib qolsa, qaraladi: agar birinchi rak’atda bo‘lib, hali sajda qilmagan bo‘lsa, namozni kelgan joyidan to‘xtatib, imomga iqtido qiladi. Agar sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rak’at qo‘shib tugatib, so‘ngra jamoatga qo‘shiladi.
Shuni bilib qo‘yish kerakki, jamoatga takbir (iqomat) aytilgan paytda peshinning farzini endi boshlagan odam darrov namozini kesmasliga lozim. Balki, to imom kelib» tahrima takbirini aytgunga qadar ikki rak’atni tugatib qo‘yishi lozim.
«Olamgiriya», «Hidoya»

258-FATVO
Peshin farzidan uch rak’at yakka holda o‘qigandan keyin jamoat barpo bo‘lib qolsa, albatta, to‘rtinchi rak’atni ham o‘qib, so‘ngra imomga nafl niyati bilan iqtido qiladi. Faqat asr namozidan keyin bunday qilinmaydi. Ammo uchinchi rak’at sajdasini qilmagan bo‘lsa, xoh darhol o‘tirib salom berib tugatadi, xoh tik turgan joyida tahrima takbirini aytib, imomga iqtido qilaveradi. Tik turgan holda salom bermaydi. Lekin ba’zi fuqaholar bir tomoniga salom beradi, deb ta’kidlaganlari naql qilingan.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:22:43

259-FATVO
Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qimagan odam imomni farz namozida topsa, qaraydi: agar sunnatni o‘qisa, farzdan bir rak’atga ulguradigan bo‘lsa, safdan uzoqroq joyda sunnatni o‘qib olib, so‘ngra imomga iqtido qiladi. Chamasida bir rak’atga ham ulgurmaydigan bo‘lsa, sunnatni tark etib, farzni o‘qish bilan kifoyalanadi. Sunnatining qazosi o‘qilmaydi. Uning qazosi faqat farzi bilan birga tark etilgan taqdirdagina o‘qiladi. Bomdod sunnatidan boshqa sunnatlarning qazosi aslo o‘qilmaydi.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «Hidoya»

260-FATVO
Ulamolar ijmo’ qilganlarki, imomga kech kelib iqtido qilgan kishi tahrim takbirini aytib bo‘lgunicha imom ruku’ga ketsa, u imomdan keyinroq ruku’ qilsa ham shu rak’atni topgan bo‘ladi. Ammo imom ruku’dan boshini ko‘targan paytda ("qavma"da) iqtido qilgan bo‘lsa, shu rak’atni topmagan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:24:42

261-FATVO
O’qilmay tark etilgan farz namozlarining qazosi farz, vojib namozlarining qazosi vojib, sunnat namozlarining qazosi sunnatdir, garchi ular qasddan yoki sahvan yoxud uxlab qolib ado etilmagan bo‘lsa ham, shuningdek, ular oz yoki ko‘p miqdorda bo‘lsa ham. Illo, sunnat namozlarining qazosi o‘qilmasa ham kechirilishi umid qilinadi.
«Olamgiriya»

262-FATVO
Majnun bo‘lgan kishi zimmasiga sog‘aygach, majnunligidagi va undan oddingi sog‘ paytidagi tark etgan namozlarining qazosi lozim emas. Shuningdek, murtadlik paytida o‘qimagan namozlari, imon keltirgan, lekin namoz farzligini bilmay o‘gkazgan kunlaridagi namozlar qazosi ham o‘qilmaydi. Yana, behushliqdagi va bir kecha va kunduzdan ortiq imo-ishora bilan ham o‘qiyolmagan namozlarining qazosi ham o‘qilmaydi.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:24:54

263-FATVO
Safarda o‘qilmay qolgan namozlarning qazosi safardan keyin ham qasr, ya’ni ikki rak’at o‘qiladi, O’z vatanida o‘qilmay qolgan namozlarning qazosi safarda bo‘lsa ham qasrsiz to‘liq o‘qiladi.
«Olamgiriya»

264-FATVO
Qazo namozlarini uch vaqtdan tashqari barcha qulay bo‘lgan paytlarda o‘qish mumkin. Uch vaqt — bu Quyoshning chiqish, uning qiyom (tush)ga kelgan va botish payti. Bu paytlarda hech qanday namoz o‘qilishi mumkin emas.
«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:25:09

265-FATVO
Qazo namozi jamoat bilan o‘qilsa, uchta jahriya namozlarida (bomdod, shom, xuftanda) imom qiroatni jahriy o‘qiydi. Yakka o‘qigan kishining qiroati xususida uch xil fatvo bor: ixtiyori o‘zida, jahriy o‘qish, maxfiy o‘qish.
«Olamgiriya», «Zahiriya», «Muxtasar»

266-FATVO
Vaqtiya namozlari bilan qazo namozlari o‘rtasida tartib rioyasi shartdir. Ya’ni qazo namozi o‘qilmagunicha vaqtiya namoz o‘qilishi mumkin emas. Shuningdek, 5 vaqt farzi bilan vitr o‘rtasida ham tartib shart. Masalan, vitr namozini o‘qimagani esida turib, bomdod o‘qisa, durust bo‘lmaydi. Unutish uzr hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Viqoya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:25:31

267-FATVO
Peshin namozini esida yo‘q tahoratsiz o‘qigach, asr namozini tahorat qilib o‘qigandan keyin esiga tushsa, peshinni o‘zini qayta o‘qiydi. Zero, peshin unutish uzridan hisoblanib, tartib soqit bo‘ladi. Lekin Arafotda arafa kuni shunday holat yuz bersa, peshinga qo‘shib asrni ham qayta o‘qiydi. Zero u yerda o‘sha kuni asr peshinga tobedir.
«Olamgiriya», «Muhit»

268-FATVO
O’qilmay qolgan namozlar sonining ko‘pligi ularning o‘rtasidagi tartibni soqit qiladi. Masalan, "bir oylik namoz qazosini o‘qishda dastlab 30 ta bomdod, so‘ngra 30 ta peshin va hokazo boshqalarini ham shu kabi o‘qisa joizdir. Kazo namozlar o‘qilib, oxiri 6 tadan kam qolgan taqairda ham tartib tiklanmay turadi. Bu Abu Hafsi Kabir (rh.)ning fatvosidir.
«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:25:53

269-FATVO
Agar bir oylik namozlarni o‘qimagan bo‘lsa, so‘ngra ularning qazosini o‘qimasdan bir muddat vaqtiyya namozlarni o‘qib yuravergan bo‘lsa, ba’zi fuqaholar joiz emas, desalar, boshqalari joiz, deganlar. Fatvo joizligiga berilgan.
«Olamgiriya», «Kofiy»

270-FATVO
Asr namozini kech o‘qigan odamga Quyosh botgandan keyin biror kishi iqtido qilsa, qaraladi: agar imom muqim, muqtadiy musofir bo‘lmasa, iqtidosi durust bo‘ladi.
«Olamgiriya», "Yatima", «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:26:25

271-FATVO
Shofiiy mazhabiga mansub odam hanafiy mazhabiga o‘tgandan keyin qazosi o‘qilmagan oldingi namozlarini hanafiy mazhabiga muvofiq ravishda o‘qiydi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

272-FATVO
G’ayridin odam o‘z yurtida islomni qabul qilgan bo‘lsa-yu, lekin namoz, ro‘za kabi shariat ko‘rsatmalarini bilmagani uchun bajarmagan holda o‘lib ketsa yoki musulmonlar yashaydigan yurtga ko‘chib kelsa, uning zimmasiga mazkur ibodatlarning qazosi yuklatilmagan bo‘ladi.
Hasan ibn Ziyod (rh.)ning Abu Hanifa (rh.)dan qilgan rivoyatiga ko‘ra, islomni qabul etgan g‘ayridinga musulmonlardan ikki erkak yoki bir erkak bilan ikki ayol kishi shariat ko‘rsatmalaridan xabar bermagunicha uning zimmasiga hech narsa lozim bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

Qayd etilgan