281-FATVO
"Attahiyyot"ni o‘qishni unugib, salom bergandan keyin esiga kelsa, darhol uni o‘qib, sajdai sahv qiladi. Bu Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)larning so‘zlaridir.
«Olamgiriya», «Muhit»
282-FATVO
Qiyomga turish kerak paytida o‘tirib olsa yoki aksincha, o‘tirish kerak paytida turib ketsa, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Bunda esiga tushgan paytda yerga yoki qiyomga yaqin ekani e’tiborga olinadi. Masalan, qa’daga o‘tirishni unutib, turib ketayotganda esiga tushsa, qaraydi: agar yerga yaqin bo‘lsa, o‘tirib oladi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bordi-yu, qiyomga yaqin bo‘lsa, turib ketib, bunda ham sajdai yeahv qiladi.
Yerga yaqin yoki uzoq bo‘lshyani insonning belidan pastki qismiga nisbatan belgilaganlar. Masalan, pastki qismi oyoqlari bilan tik holatda turgan bo‘lsa, qiemga, tik holatda bo‘lmasa yerga yaqin deb hisoblaganlar.
Bir rivoyatda aytilishicha, ikki tizzasi uzra turganda esiga kelsa, qaytib o‘tiradi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bunda har ikki qa’da barobardir. Abu Yusuf (rh.)dan qilingan rivoyatga ko‘ra, ikki tizza yerdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib olaveradi, sajdai sahv qilmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin», «Kofiy»