Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68886 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:22:43

33-FATVO
Tahorat qilganda tangadek joy yuvilmay qolgan bo‘lsa, to o‘sha joy yuvilmaguncha oyoq kiyimini kiyib, mash tortishi joiz emas.
«Olamgiriya», «Tabyin»

34-FATVO
Yara ustidagi matohga (bintga) mash tortish uning ostini yuvish bilan barobardir. Shunga ko‘ra, bir oyog‘iga mash tortib, ikkinchi sog‘ oyog‘ini yuvgan odam har ikki oyog‘ini yuvgan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:23:02

35-FATVO
Bir oyog‘idagi jarohat ustiga mash tortgach, ikkinchi oyog‘ini yuvib, shu sog‘ oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, keyingi tahorat qilganda mash tortishi joiz emas. Ammo ikkala oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, mash tortaveradi.
«Qozixon», «Olamgiriya», «Muhit»

36-FATVO
Oyoq kiyimlariga mash tortib qo‘yishni boshqa kishiga buyursa ham joizdir.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:24:12

37-FATVO
Tug‘ilgan ikki chaqaloq egizak hisoblanishi uchun ikkinchi chaqaloq ikki oydan kam muddatda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Agar ikkisining oralig‘idagi muddat olti oy yoki undan ko‘p bo‘lsa, ular ikki homila va ikki "nifos" bolalari hisoblanadi.
«Olamgiriya», "Tabyin"

38-FATVO
Hayzdagi ayol, shuningdek, junub kishiga Qur’on oyatlaridan o‘qish taqiqlanadi. Lekin turli xil duolar, azon javobi, "qunut duosi" kabilarni o‘qish mumkin.
«Olamgiriya», "Zahiriya", «Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:24:42

39-FATVO
Junub kishilar hayz va nifosdagi ayollar o‘qimasdan Qur’on oyatlariga qarashlari mumkin. Ularga oyatlarni yozish ham joiz emas.
«Olamgiriya», «Javhara», «Zaxir»

40-FATVO
Burnidan yoki yarasidan tinmay qon oqayotgag kishi namozni oxirgi vaqtigacha kutadi. Qon to‘xtas; xo‘b, yo‘qsa, vaqt chiqib ketmasidan oldin tahora qilib namozni o‘qiyveradi.
«Olamgiriya», «Zaxira»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:25:41

41-FATVO
Idishdagi moyga sichqon tushgan bo‘lsa, qaraladi - agar quyuq, qotgan moy bo‘lsa, atrofidagi tegib turgan moylari bilan qo‘shib sichqonni olib tashlansa, qolgan moy toza hisoblanadi. Bordi-yu, moy suyuq bo‘lsa, u nopok bo‘ladi va uni ovqatdan boshqa yeyilmaydigan narsalarga ishlatiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

42-FATVO
Hojatxonadagi pashshalar kiyimga qo‘nsa, zarari yo‘q. Ammo ular ko‘p bo‘lsa kiyimni nopok qiladi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:29:20

43-FATVO
Nopok tuproqni suvga yoki nopok suvni tuproqqa aralashtirib loy qilinsa, u najas hukmidadir. Lekin shu loydan yasalgan idishlarda pishirilgan ovqat toza hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

44-FATVO
Sut sog‘ib turganda hayvonning qumalog‘i sutga tushsa, darhol olib tashlansa sut nopok bo‘lmaydi. Ammo u titilib ketsa idishdagi bor sut nopok bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 03:45:32

45-FATVO
Istinjoda adad belgilanmagan, balki bir martada toza bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya. Ammo uch martada ham toza bo‘lmasa, istinjo chala qilingan bo‘ladi.
«Sirojiya», «Olamgiriya», «Muzmarot»

46-FATVO
Istinjoda faqat chap qo‘lidan foydalanadi. Uzrli holatlardagina o‘ng qo‘l ishlatiladi. Olatdan siydik chiqmay qolgunga qadar chap qo‘lda kesak kabi namlikni o‘ziga tortadigan narsani tutish vojibdir. Bu «istibro» deyiladi.
«Olamgiriya», «Zohidiy», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:15:34

47-FATVO
Har kim istibroni ko‘ngli qaror topgunga qadar davom ettiradi. So‘ngra shaytonning vasvasasiga parvo qilmaslikka harakat qiladi. Masalan, tahorat qilib namoz o‘qib turganida soniga sovuq narsa tekkandek bo‘ladi. Ko‘pincha bu siydik tomchisi bo‘lmay, shaytonning chalg‘itish uchun qilgan ishi bo‘ladi. Shuning uchun suv bilan istinjo qilgan paytda olati va sonlariga suv sepib qo‘yish tavsiya etiladi. Shunday qilganda shayton vasvasa qila olmay qoladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muzmarot», «Zahiriya»

48-FATVO
O’zi tahorat qilishga qodir bo‘lmagan bemorga o‘g‘li yoki birodari tahorat qildirib qo‘yadi. Lekin xotini bo‘lmasa, istinjo qildirilmaydi. Bu uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Bemor ayol hukmi ham xuddi shunday. Unga qizi yoki opa-singlisi tahorat qildiradi. Lekin istinjo soqit bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:16:26

49-FATVO
Hojatxonaga chap oyoq bilan kirib o‘ng oyoq bilan chiqiladi. U yerda gapirilmaydi, salomga alik olinmaydi, azonga, aksirgan kishiga javob aytilmaydi, o‘zi aksirsa dilida «alhamdu lilloh» deydi, tilini qimirlatmaydi, avratiga, axlatiga qaramaydi, tupurmay, burnini qoqmay, yo‘talmay, ko‘zini osmonga qaratmay o‘tiradi. Hojatxonada iloji boricha uzoq o‘tirmaslikka harakat qiladi.
«Olamgiriya», «as-Siroj al-vahhoj»

50-FATVO
Quduqdan sichqon yoki qush o‘ligi topilsa, qaraladi — agar go‘shti aynib, hidlangan bo‘lsa, shu quduq suvi bilan tahorat qilib o‘qilgan uch kunlik namoz qayta o‘qiladi. Bordi-yu, aynimagan bo‘lsa, Abu Hanifa (rh.) so‘ziga ko‘ra, bir kecha kunduzgi namoz qayta o‘qiladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:17:22

51-FATVO
Tovuqning yangi tuqqan tuxumi suvga tushsa, suvni nopok qilmaydi.
«Qozixon»
Izoh:
Bu fatvoning ahamiyati shundaki, hech kim odatda tuxum tushgan suvni iste’mol qilmaydi. Lekin ayrim savodxonlar qozonga yoki idishga xom tuxumni chaqib oqizsa, u haromga aylanadi, chunki tuxum po‘chog‘ining ustki qismi nopok. Unga tegib tushgan suyuqlik ham nopok bo‘ladi, deb odamlarni shubhaga solayotganliklari ma’lum bo‘lgani uchun mazkur fatvoni topib yozishga to‘g‘ri keldi. Demak, tuxum po‘chog‘ining ustki qismi shar’an toza hisoblanar ekan.

52-FATVO
Daraxt tanasidan chiqqan va turli mevalardan siqib olingan suvlar bilan tahorat qilish mumkin emas.
«Qozixon»

Qayd etilgan