Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68844 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:30:00

93-FATVO
Chuqur yerto‘la, baland tog‘ va qirlarda ham Ka’ba tomonga yuzlanib o‘qish joiz. Zero, Ka’baning qibla hisoblanish hududi Yerning yettinchi qavatidan osmonning yettinchi qavatigachadir. Shuning uchun Ka’ba tomida o‘qilgan namoz ham joiz, deyilgan.
«Olamgiriya», «Musharot»

94-FATVO
Begona joydagi masjidga kirib, mehrobi bo‘lmagani uchun qiblani aniqlay olmasdan bir tomonni qibla deb qasd qilib o‘qigandan keyin qiblada adashgani ma’lum bo‘lsa, so‘ramagani uchun namozni qayta o‘qiydi. Adashmagan bo‘lsa, namozi durust.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:30:32

95-FATVO
Bir kishi sahroda qiblani bir tomonga qasd qilib namoz o‘qib turganida boshqa bir odam kelib qiblani qasd qilmay shak bilan unga iqtido qilib namoz o‘qidi. Keyin qiblaga to‘g‘ri yuzlanganlari ma’lum bo‘lsa ikkisining namozi ham durust. Ammo qibla xato chiqsa, imomning namozi durust, qasdsiz iqtido qilgan kishining namozi nodurust.
«Olamgiriya», «Xulosa»

96-FATVO
Qaysi namozni o‘qishga kirishayotganini dilida niyat bilan idrok etib turishi shart. Masalan, birov bexos «Qaysi namozni o‘qiyapsan» — deb so‘rab qolsa, hech o‘ylanib o‘tirmasdan to‘g‘ri javob qila olsa, qilgan niyati hisobga o‘tadi. Necha rak’atligini ham niyat qilishi yaxshi, lekin shart emas. Farzdan boshqa namozlarda faqat namoz o‘qishni niyat qilishning o‘zi kifoyadir.
«Olamgiriya», «Sharhi Viqoya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:31:05

97-FATVO
Imom mabodo boshqa namozxonlarga imomlik qilishni emas, yakka namoz o‘qishni niyat qilsa ham unga iqtido qilganlarning namozi durust bo‘laveradi. Ayollarga imomlik qilganda esa, niyat shart.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

98-FATVO
Imomga iqtido qilish niyat qilinadi. Imom «takbiri tahrima»ni aytmay turib iqtidoni niyat qilsa ham joiz deyilgan. Lekin imom «Allohu akbar» degandan so‘ng iqtidoni niyat qilish afzaldir.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:31:37

99-FATVO
Agar «shu turgan Abdulloh ismli imomga iqtido qildim», — deb niyat qilib namoz o‘qigandan keyin imom Abdulloh emas, Nasrulloh ekani ma’lum bo‘lib qolsa zarari yo‘q.
«Olamgiriya», «Tabyin»

100-FATVO
Namozni farz deb o‘qiyotgan bo‘lsa-yu, «Farz» so‘zining ma’nosini bilmasa yoki namozning farz ekanini bilmay o‘qib yurgan bo‘lsa o‘qigan namozi durust bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Kunya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:32:01

101-FATVO
Namoz boshlanganda kelgan namozxon imomning farz yoki taroveh o‘qiyotganini bilmagani uchun «Agar xufton namozi bo‘lsa iqtido qildim. Taroveh namozi bo‘lsa iqtido qilmadim», — desa, namozi durust bo‘lmaydi, garchi xufton o‘qilayotgan bo‘lsa ham.
«Olamgiriya», «Xulosa»

102-FATVO
Abu Hanifa (rh.) so‘ziga ko‘ra, asr namozining qazosini peshin namozining qazosi deb niyat qilish durust emas. Shuningdek, zimmamdagi to‘rt rak’at qazosini o‘qiyman, deb niyat qilishi ham durust emas. Yana bir kecha-kunduz ichida bir vaqt namozni o‘qiyolmagan bo‘lsa, uning aniq qaysi namoz ekanini tayin qilib ksyin qazosini o‘qishi kerak. Agar eslay olmasa besh vaqt namozning hammasini qaytadan o‘qishi kerak.
«Qozixon», «al-Muntaqo»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:32:29

103-FATVO
Namozni boshida farz deb boshlab, keyin namoz davomida nafl o‘qiyapman, degan niyat bilan o‘qib tamomlasa yoki boshida nafl deb niyat qilib, namoz davomida farz o‘qiyapman, degan niyat bilan o‘qib tamomlasa namoz boshidagi niyati e’tiborga olinadi.
«Qozixon»

104-FATVO
Peshin vaqti chiqqanidan bexabar peshin namozini niyat qilib o‘qisa - namozi durustdir. Zero, vaqt chiqishi bilan psshin namozining qazosi zimmasiga tushadi. Qazo namozni ado namoz niyati bilan o‘qish esa joizdir.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:32:52

105-FATVO
Agar namozxon «takbiri tahrima»ni imomdan oldin aytib qo‘ysa, imomga iqtido qilgan bo‘lsa, namozi durust emas. Iqtido qilmagan bo‘lsa yakka o‘quvchi sifatida namozni boshlagan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit»

106-FATVO
Namoz qiyomida uzrsiz bir oyoqda turib o‘qish makruhdir. Agar uzri bo‘lsa zarari yo‘q.
«Olamgiriya», «Javhara», «Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:33:11

107-FATVO
Namozda avrat hisoblanadigan a’zolarni o‘zgalardan berkitish farz. Ammo namozxonning o‘zidan berkitishi shart emas. Masalan, lozimsiz uzun kuylak kiyib o‘qiyotgan kishi engashib ruku’ qilganda yoqadan avratiga ko‘zi tushsa namozi buzilmaydi.
«Olamgiriya»

108-FATVO
Farz namozlarini zaruratsiz buzish joiz emas. Zarurat deganda biror kishi suvga g‘arq bo‘layotgan, yirtqich hayvon hamla qilayotgan, yordam so‘rab chaqirayotgani kabi holatlar nazarda tutilgan. Nafl namozlarda namozda ekanini bilmagan odam chaqirsagina namozni buzib javob qilinadi. Namoz o‘qiyotganini bilib turib ota-onasidan biri chaqirsa ham javob bermasligi mumkin.
«al-Fath ar-Rahmoniy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:33:36

109-FATVO
Namozda avrati ochilib ketsa, darhol yopib olsa zarari yo‘q. Ammo bir rukn miqdorida ochiq qoldirsa namozi buziladi.
«Olamgiriya»

110-FATVO
Erkak kishi ko‘ylak, lozim, salla bilan namoz o‘qishi mustahab hisoblanadi. Ammo faqat bir uzun ko‘ylak bilan o‘qisa ham makruh emas. Lekin bir lozimning o‘zi bilan o‘qishi makruhdir.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:33:57

111-FATVO
Namoz uchun kiyim, badan, joynamoz pok bo‘lishi shart. Ularda bir dirham miqdorida najosat bo‘lsa namoz buziladi. Kiyimida bir dirham miqdoridan ortiq g‘aliz najosat borligini ko‘rib qoldi. Lekin qachondan beri shunday ekanini bilmaydi. Shu kiyim bilan o‘qigan biror namozini qaytadan o‘qimaydi.
«Olamgiriya»

112-FATVO
Kiyimdagi najosat bilan joynamozdagi najosatni qo‘shganda dirham miqdoricha bo‘ladigan bo‘lsa namozni buzmaydi.   
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan