Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68936 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:17:38

153-FATVO
Namozni tik turib o‘qiydigan kishi uzr bilan o‘tirib o‘qiydigan kishiga iqtido qilishi joiz bo‘lganidek qomati rost kishi bukri kishiga iqtido qilishi joizdir.
«Qozixon»

154-FATVO
Imom qavmdan o‘rta bo‘yli odam barobarida baland joyda namoz o‘qishi makruhdir. Aksincha, imom pastlikda, qavm tepalikda o‘qisalar makruh emas. Bu Imom Karxiydan naql qilingan.
«Qozixon», «Navodir»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:17:59

155-FATVO
Imomning ikki oyog‘i mehrobdan tashqarida bo‘lishi kerak. Ammo namozxon ko‘pligidan izdihom hosil bo‘lgan bo‘lsa, imom mehrob ichiga kirib o‘qishi ham joiz.
«Qozixon»

156-FATVO
Muqtadiyning bo‘yi imomga qaraganda uzunroq bo‘lib sajdada imomdan oldinroq joyga sajda qilsa ham namozi durust. Zero, muqtadiyning oyoklari imom oyoqlaridan oldinga o‘tib ketmasligi shart. Ammo boshi sajdada o‘tib ketsa, zarari yo‘q.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:18:32

157-FATVO
Namozga kechroq kelgan kishi imomni ruku’da turganda topsa, tik turgan holda «takbiri tahrima»ni aytib, so‘ngra ruku’ga engashishi kerak. Bordi-yu, engashgan holdatakbir aytsa namozi durust bo‘lmaydi.
«Qozixon»

Izoh:
Zero, takbiri tahrima tik holda aytilishi shart. Engashgan holda aytilgan takbir na tahrima va na ruku’ uchun o‘tmaydi.

158-FATVO
Imom ruku’da turganida iqtido qilgan kishi tik holda ruku’ uchun takbir aytsa ham «takbiri tahrima» uchun aytgan hisobiga o‘tadi. Ammo «tahrima» uchun bir takbir, ruku’ uchun yana bir takbir aytsa yanada yaxshi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:19:00

159-FATVO
Birinchi «qa’da»da muqtadiy «Attahiyyot»ni o‘qib bo‘lmasdan imom uchinchi rak’atga turib ketsa, u bilan birga turib ketmasdan «abduhu va rasuluh»gacha o‘qib, so‘ngra turishi kerak. Ammo namoz oxirida «Attahiyyot»dan keyin salavot yoki duoni o‘qib bo‘lmasidan oldin imom salom berbib yuborsa, muqgadiy ham bilan birga salom beraveradi.
«Qozixon»

160-FATVO
Muqtadiy vitr namozida duoi qunutni o‘qib bo‘lmay turib imom ruku’ga ketsa, qunutni chala qoldirib, u bilan birga ruku’ qilaveradi. Bordi-yu, qunut duosini oxirigacha yetkazsa ruku’dan imom bosh ko‘tarib yuborish ehtimoli bo‘lmasa qunutni oxirigacha yeki ulgurgan joyigacha o‘qiydi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:19:46

161-FATVO
Imom ruku’dan turgan paytda unga iqtido qilgan kishi «takbiri tahrima»ni aytib, ruku’ qilgach, imom bilan birga ikki sajda qilsa ham shu rak’atni topmagan bo‘ladi. Lekin imom bilan o‘qigan boshqa rak’atlari durust bo‘lib, imomdan so‘ng o‘sha qolgan rak’atni o‘qiydi.
«Qozixon»

Izoh:
Jamoatga kech kelgan kishi imomni qaysi holatda topsa, «takbiri tahrima»ni aytib o‘sha joyidan boshlab imom bilan namozni davom ettirishi lozim. Arkonlari but ado etilgan rak’atlar hisobga o‘tadi. Boshqalarining qazosi o‘qiladi.

162-FATVO
Imom birinchi sajdadan boshini ko‘tarmay turib muqtadiy boshini ko‘tarib imom sajdada ekanini bilgach, boshini sajdaga qo‘ysa, bu yerda ikki mas’ala bor. Birinchidan, muqtadiy imom birinchi sajdada deb bilgan holda boshini qayta qo‘yishda bu birinchi sajda deb niyat qilgan bo‘lsa, namozi durust. Bordi-yu, imomdan oldin bosh ko‘targanda, imom ikkinchi sajdaga bosh qo‘ygan ekan, deb bilib qo‘ygan bo‘lsa, ya’ni ikkinchi sajdaga bosh qo‘ydim, deb niyat qilgan bo‘lsa, shu paytda imom boshini ko‘tarib, ikkinchi sajdani qilganini ham anglamagan bo‘lsa, muqtadiyning namozi buziladi. Ammo anglab, ikkinchi sajdani qo‘shsa namozi durust bo‘ladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:20:22

163-FATVO
Hayit namoziga kech kelib, imomni ruku’da topsa, «takbiri tahrima»ni aytib, sano aytmay ruku’ qiladi va ruku’dagi tasbehlar o‘rniga uch takbirni aytadi. Zero, tasbeh aytish — sunnat, hayit namozining oltita takbiri — vojib. Ikkisi bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolganda vojib ado etiladi.
«Qozixon»

164-FATVO
Imom jamoat namozi adosidan so‘ng sunnat yoki nafl namoz o‘qimoqchi bo‘lsa imomlik kilgan joyidan (mehrobdan) boshqa joyga o‘tib o‘qishi lozim. Agar jamoatga qarab o‘tirmoqchi bo‘lsa, qiblaning o‘ngi, o‘zining chapi bilan aylanishi mustahab amallardandir.
«Qozixon»

Izoh:
Muqtadiyga ishtiboh bo‘lmasligi uchun imom boshqa joyga o‘tib olishi yoki yoniga boshqa bir-ikki namozxonni chorlab olishi lozim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:22:18

165-FATVO
Namozga kech kelgan ikki masbuq imom salomidan keyin namozning qolgan qismini alohida mustaqil ravishda o‘qib olishlari kerak. Mabodo biri ikkinchisiga iqtido qilsa, iqtido qilganning namozi buziladi.
«Qozixon»

166-FATVO
Masbuq namoz oxirida imom bilan birga sahvan salom berib qo‘ysa, unga sajdai sahv lozim bo‘lmaydi. Bordi-yu, imomdan keyin salom bersa, sajdai sahv qiladi. Zero, imom salomidan keyin masbuq mustaqil namozxonga aylanadi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:23:00

167-FATVO
Imom peshin namozini to‘rt rak’at o‘qib o‘tirib, so‘ngra sahvan beshinchi rak’atga tursa va shu paytda bir kishi kelib unga iqtido qilsa, iqtidosi durust. Lekin imom beshinchi rdk’atga sajda qilib qo‘ysa, imomning farz namozi buzilmaydi, chunki u «qa’dai axir»ga o‘tirgan. Keyingi rak’atlari naflga o‘tadi. Ammo masbuqning namozi buziladi. Zero, nafl o‘qiguvchiga farz o‘qiguvchi iqtido qilishi joiz emas. Qa’daga o‘tirmagan bo‘lsa, hammasining namozi buziladi.
«Qozixon»

168-FATVO
Imom shom namozida uchinchi rak’at oxirida o‘tirish o‘rniga to‘rtinchi rak’atga turib ketsa, muqtadiy imom sajda qilmay turib, «tashahhud»ni o‘qib, salom bersa namozi buziladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:23:17

169-FATVO
Masbuq ulgurmay kech qolgan joyini birinchi navbatda o‘qib olib, so‘ngra imom bilan qolgai qismini o‘qisa namozi buzilmaydi. Lekin sunnatga xilof ish qilgani uchun makruh hisoblanadi.
«Qozixon»

170-FATVO
Zimmasida sajdai sahv bo‘lgan imom ham, yakka o‘quvchi ham sajdai sahvdan oldingi o‘qiydigan «tashahhud»dan keyin salavot va duoni o‘qimaydi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:24:15

171-FATVO
Imom ruku’da turganida safga bir noma’lum kishi kelib qo‘shilayotganini sezib, ruku’ga ulgursin deb, bir-ikki tasbeh qo‘shib o‘qisa zarari yo‘q. Ammo unga tanish odam uchun ruku’ yoki qiroatni cho‘zish mumkin emas.
«Qozixon»

172-FATVO
Jum’a kuni imom xutba o‘qib turganida bir namozxonning yodiga bomdod namozini o‘qimagani tushsa, darhol turib ikki rak’at bomdod farzini o‘qib oladi. Bunday paytda xutbani tinglash vojibligi soqit bo‘ladi. Zero, xutbadan keyin o‘qib ulgurmaydi.
«Qozixon»

Qayd etilgan