Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68908 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:24:33

173-FATVO
Namozning ichida bir rak’at kam o‘qigandek tuyulib, shubha qilsa, ehtiyotan bir rak’at qo‘shib qo‘yadi. Ammo namozni o‘qib bo‘lganidan keyin biror rak’at kam o‘qidim deb shubha qilsa, namozni qayta o‘qimaydi.
«Qozixon»

174-FATVO
Imomga bir-ikki rak’at keyin kelib iqtido qilgan masbuq imom namozining oxirida salavot va duo o‘qib o‘tirishini kutsa, oldidan odamlar o‘tib gunohkor bo‘lishidan qo‘rqsa, «tashahhud»ni o‘qigach, kutmasdan qiyomga turib, qolgan joyini o‘qishi mumkin.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:25:10

175-FATVO
Namozda ovoz bilan yoki o‘zi eshitadigan darajada gapirib qo‘yish namozni buzadi. Bu xoh qasddan bo‘lsin, xoh unutish bilan, xoh xatolik yuzasidan bo‘lsin, xoh oz, xoh ko‘p so‘zlasin, baribir namoz buziladi. Ovozini chiqarmay, faqat tilini qimirlatib gapirsa namoz buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

176-FATVO
Namoz ichida uxlab qolgan paytida gapirsa ham namoz buziladi. Ba’zi ulamolar buning aksini aytgan bo‘lsalar-da, lekin namozning buzilishi amalga tatbiq uchun tanlangan.
«Olamgiriya», «Navozil»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:26:04

177-FATVO
Xufton namozining ikki rak’atini o‘qib bo‘lgach, bu taroveh namozi deb o‘ylab, salom berib qo‘ysa, shuningdek, peshinning ikki rak’atidan keyin bu jum’a deb o‘ylab, salom berib qo‘ysa yoki muqim to‘rt rak’atli namozning ikki rak’atidan keyin o‘zini safarda deb o‘ylab, salom berib qo‘ysa, namozini qaytadan o‘qiydi. Ammo mazkur holatlarda namozning oxiri deb o‘ylab salom berib qo‘ysa, namozi buzilmaydi, balki davomini o‘qib, oxirida «sajdai sahv» qiladi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

178-FATVO
Namoz o‘qiyottan kishiga namozdan tashqaridaga odam qiroatda yordam bersa, ya’ni esiga kelmay qolgan joyini esiga solsa yoki xato o‘kigan joyini tuzatib qo‘ysa va bu yordamni namozxon qabul qilsa, namozi buziladi.
«Olamgiriya», «Munyatul-musalliy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:26:39

179-FATVO
Imom qiroatda yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda muqtadiy darhol yordam berishga shoshilmasligi lozim, balki o‘ziga biroz qo‘yib berib, agar o‘zi uhdasidan chiqmasa yoki sukut saqlab qolsa, shundagina yordam berish lozim bo‘ladi. Lekin imom ham, agar namozga yarasha qiroat qilgan bo‘lsa, qavmni yordam berishga majbur qilmasligi, balki ruku’ga ketaverishi mumkin.
«Olamgiriya», «Muhit», «Kofiy»

180-FATVO
Namozda ingrasa, oh tortsa yoki ovoz bilan yig‘lasa, qaraladi — agar jannat, do‘zax kabi uxraviy narsalarni o‘ylab shunday qilgan bo‘lsa, namozn buzilmaydi. Bordi-yu, og‘riq, kasallik, biror musibat tufayli bo‘lsa namozi buziladi.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:29:11

181-FATVO
Sajdagohdagi chang yoki tuproqni namoz ichida puflab ketkazsa, qaraladi — agar ovozsiz va harflarsiz nafas chiqargan bo‘lsa namoz buzilmaydi. Aks holda namoz buziladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

182-FATVO
Namoz ichida it, mushuk, qo‘y, echki kabi hayvonlarni qo‘risa yoki o‘ziga chorlasa, qaraladi — agar harf hosil bo‘ladigan ovoz bilan bo‘lsa namoz buziladi, harfsiz bo‘lsa buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Zaxira»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:31:34

183-FATVO
Yo‘talish, ingrash, oh tortish kabilar uzr bilan beixtiyor bo‘lsa, aksirganda yoki kekirganda garchi harf chiqsa ham buzilmaganidek namoz buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

184-FATVO
Namozda qiroatga ovozini sozlash uchun yo‘talsa yoki imom qiroatda adashganda uni ogohlantirish uchun yoxud o‘zini namozda ekanini bildirish uchun yo‘talsa namozi buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:32:21

185-FATVO
Namozda qiroatni Qur’oni karim kitobidan o‘qib qilsa, Abu Hanifa (rh.) nazdida namoz buziladi. Zero, Kitobni ko‘tarib turish, uni varaqlash, unga ko‘z tashlash ko‘p harakatni talab qiladi. Ko‘p amal va harakat esa, namozni buzuvchi omillardan. Shunga ko‘ra, agar Kitobni biror narsa ustiga qo‘yilsa, varaqlamasa yoki mehrob devoriga yozilgan bitikdan o‘qib qiroat qilsa namoz buzilmaydi. Lekin Abu Hanifa (rh.)ning namoz buzilishiga yana boshqa dalili ham bor. U ham bo‘lsa Kitobdan o‘qish — bu ta’lim olish, o‘rganish demakdir. Bu esa, namozning amallaridan emas. Demak, Kitobni ko‘tarib o‘qiydimi yoki qo‘yilgan holda o‘qiydimi barobardir. Qaysi holatda bo‘lsa ham namoz buziladi. Shu javob sahih deb topilgai. Ammo Abu Yusuf va Muhammad (rh.)lar nazdida namozda Qur’on kitobidan o‘qib qiroat qilish jtjz. Yana Qur’onni yod biluvchi kishi Kitobdan o‘qib qiroat qilsa namozi buzilmaydi, debdurlar.
«Olamgiriya», «Kofiy»

186-FATVO
Mehrob devoriga fiqh kabi Qur’ondan boshqa narsalar yozilgan bo‘lib, namozxon uni ma’nosini tushinib yoki tushunmagan holda o‘qisa Imom Muhammad (rh.)dan boshqa mujtahidlar namoz buzilmaydi, deganlar.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Zaxira», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:33:13

187-FATVO
Namozda keraksiz ish va harakat (amali kasir) qilib qo‘ysa namoz buziladi. Uning miqdori to‘g‘risida uch xil ta’rif bor. Birinchisi — ikki qo‘l bilan qilinadigan ishlar. Masalan: salla o‘rash, ko‘ylak kiyish, ishton bog‘ini bog‘lash, kamondan o‘q otish. Ammo ko‘ylak yoki shalvarni yechish, do‘ppi kiyish yoki uni yechish kabi bir qo‘l bilan qilinadigan ishlarni ikki qo‘l bilan bajarsa ham namoz buzilmaydi. Ikkinchisi — namozxon o‘zini ko‘p ish qilib yuborgandek sezsa, shuning o‘zi «amali kasir»dir, degan rivoyat bor bo‘lib, u Abu Hanifa (rh.) ra’ylariga ham yaqindir. Uchinchisi — namozxonning harakatlarini uzoqdan ko‘rgan kishi u namozdan tashqarida deb bilsa. Ammo shak qilsa hisob emas. Bu ta’rif ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Qozixon», «Xulosa»

188-FATVO
Namoz ichida bir saf miqdorida yursa namozi buzilmaydi. Agar ikki saf oldinga yurmoqchi bo‘lsa, oldin birinchi safgacha yurib borib, biroz to‘xtab, so‘ngra ikkinchi safga yurib borishi kerak. Birdaniga ikki saf mikdorida yursa namozi buziladi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:33:58

189-FATVO
Namozda yuzning o‘zini u yoq-bu yoqqa bursa, garchi makruh bo‘lsa-da, namoz buzilmaydi. Ammo ko‘kragi bilan birga burilsa, namoz buziladi.
«Olamgiriya», «Zohidiy»

190-FATVO
Namoz ichida ilon va chayon o‘ldirsa namoz buzilmaydi. Ammo hech kimga ziyon yetkazmaslik ehtimoli bo‘lsa, ularni o‘ldirishga harakat qilish makruhdir. Kimgadir aziyat yetkazish xavfi bo‘lganda esa, ularni masjid ichida quvib yurib, hatto imomning oldidan o‘tib bo‘lsa ham o‘ldirish joiz.
«Olamgiriya», «Navozil», «Xulosa», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:35:31

191-FATVO
Agar namozda bir vaqtning o‘zida uch marta tosh otsa yoki bit, burga, chivin kabilarni o‘ldirsa yoxud soqoli yo sochining uch tolasini bittadan yulsa namozi buziladi. Agar toshni qulochini keng ochib, kuchining boricha otsa bir martada ham namoz buziladi.
«Olamgiriya», «Zahiriya», «Tasharxoniya»

192-FATVO
Namozda turib uchta so‘z yozsa namoz buziladi. Undan kam bo‘lsa buzilmaydi. Agar havoga yoki o‘z badaniga barmog‘i bilan yozsa uch so‘zdan ko‘p bo‘lsa ham namoz buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Sirojiya»

Qayd etilgan