Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68805 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 16 B


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:50:48

MING BIR FATVO

1-qism

Musanniflar:
Shamsiddinxon BOBOXON
Shayx Abdulaziz MANSUR


«O’zbekiston milliy endiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent - 2005

Bizga va minglab shogirdlariga fiqh va fatvo ilmidan saboq bergan ustozlarimiz muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlarining ruhi poklari va porloq xotiralariga bag‘ishlanadi.
Musanniflar

MUNDARIJA

Muqaddima
Tahoratga doir fatvolar
Namozga doir fatvolar
Ayrim so‘zlar izohi

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:51:09

MUQADDIMA

Alloh taologa beadad hamdu sano va benihoya shukrlar aytamizki, yurtimiz musulmonlari muqaddas islom dini ta’limoti bilan mukammal tanisha borish baxtiga musharraf bo‘ldilar. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, hadisi shariflarning bir necha xil to‘plamlari, fiqhiy kitoblar, axloq-odobga doir asarlar, tasavvuf va uning tariqatlariga bag‘ishlangan buyuk ajdodlarimizning adabiy meroslari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ixlosmand xalqimiz ulardan to‘la bahramand bo‘lib kelmoqda.
Lekin ularning ko‘pchiligi, ayniqsa ibodat va musulmonchilik talablarini bajarishga kechroq kirishgan kishilar tahorat, namoz, ro‘za, zakot, nikoh, taloq, tijorat, foiz, halol-harom, gunoh-savobga o‘xshash ko‘pgina shar’iy masalalar bo‘yicha hamon mukammal ma’lumotga ega emasliklarini bildirishda davom etmoqdalar. Ular qaerda ozmi-ko‘pmi, diniy ma’lumotga ega bo‘lgan zotlarni uchratsalar, albatta, ulardan mazkur mavzularga doir biror savol so‘ramasdan qo‘ymaydilar. Masala so‘ralgan zot ishonish, puxta javob bergan bo‘lsa-ku, yaxshi. Ammo ko‘p hollarda asossiz, noto‘g‘ri javob berishlar natijasida shariat ko‘rsatmalar xalqimiz tomonidan xato va nuqson bilan bajarishi, o‘rtalarida ixtilof va nizolar paydo bo‘lishi ham kuzatilmoqda.
Shularni nazarda tutib, eng so‘nggi ustozim — doktor Shamsiddinxon ibn Ziyovuddinxon hazratlari bilan birgalikda ushbu fatvolar to‘plamini tasnif etishga kirishgan edik. Lekin ming taassufki, to‘plamni yozishga qattiq kirishib, ijod qilayotgan qizg‘in bir pallada ustoz nogoh boqiy dunyoga rihlat qildilar (Alloh joylarini jannotun-naimdan qilsin!) Motamsaro kayfiyat ishning ancha to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Kutilmagan judolik ustozning barcha yaqinlari va qarindoshlarini karaxt holatga solgan edi. Lekin taqdiri azal va qazoyu qadarga taslim qilishdan o‘zga choramiz yo‘q. Bu foniy dunyoga hammamiz ham omonat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:51:20

Binobarin, yaxshi niyatlar bilan boshlagan xayrli ishimizni oxiriga yetkazishga kamina azmu qaror qildim. Shoyad, bundan ustoz ruhi ham shod bo‘lsa. Bu xususda ustozning ma’rifatparvar osha a’zolari menga yaqindan yordam berishdi va berishmoqda. Ustozning boy kutubxonasidagi diniy asarlardan o‘zlari bilan birgalikda oldin qanday foydalanib kelgan bo‘lsak, oila a’zolarining kaminaga nisbatan ishonch va ehtiromlari tufayli hozir ham kerakli manbalardan keragicha foydalanib kelmoqdaman. Buning uchun ularga behad minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu fatvolar to‘plamidan to‘g‘ri foydalanish uchun ba’zi zarur ma’lumotlarni bilib qo‘yish foydadan xoli emas. Masalan "fatvo" so‘zining o‘zi nima? Tarixi qanday?
"Fatvo" arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi — shar’iy savolga berilgan javobdir. Demak, olim kishidan biror masala so‘ralganida, uning bergan javobi "fatvo"dir. Bunga misol qilib marhum muftiylar — Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon hamda Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlarining 1943 yildan to 1982 yilgacha eng og‘ir sharoitlarda xapqimizga og‘zaki va yozma ravishda bergan ko‘p sonli fatvolarni keltirish mumkin.
Fatvo so‘rash va fatvo berish Janob Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan boshlab joriy bo‘lgan. Keyinchalik bu ibora Qur’on, hadis va fiqhiy matnlarda uchramaydigan yoki kam uchraydigan shar’iy masalalarning javobi sifatida ishlatila boshlangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:51:39

Abu Hanifa (Imom A’zam), Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan, Abu Hafsi Kabir, Imom Halvoniy, Abul Lays Samarqandiy, Imom Saraxsiy, Abu Mansur Moturidiy, Imom Pazdaviy, Imom Nasafiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Zahiriddin Marg‘inoniy, Sirojiddin O’shiy-Farg‘oniy, Alouddin Samarqandiy, Abu Bakr Kosoniy, Abdulhay Laknaviy kabi fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan ko‘plab hanafiy mazhabining mujtahid va fuqaholari o‘zlaridan keyin fiqh va fatvoga doir asarlarni meros qoldirganlar.
Biz ushbu majmuani tasnif etishda ularning va boshqa mashhur ulamolarning fatvo kitoblaridan foydalandik.
Majmuaning birinchi qismida quyida nomlari keltirilgan kitoblardagi fatvolar arabchadan tarjima qilib keltirildi:
"Al-Hidoya", "Sharhul-Viqoya", "Muxtasarul-Viqoya", "Muhit", "Fatovoi Qozixon", "Fatovoi Olamgiriya", "Xulosatul-fatovo", "Zaxiratul-fatovo", "Fatovoi Zahiriya", "Mabsut", "Fatovoi Bazzoziya", "Fatovoi Zohidiy", "Tatarxoniya", "Sirojiya", "Tabyin", "Badoeus-sanoe", "Al-Javharatun-nayyira", "Muzmarot", "As-Sirojul-vahhoj", "Naf’ul-muftiy", "Az-Zaxoirul-ashrafiya", "Munyatul-musalliy", "Kunya", "Raddul-muhtor", "Al-Muntaqo", "Vajizi Kardariy", "Al-Kofiy", "Al-Bahrur-roiq", "Navodir", "Navozil", "Al-Fathur-Rahmoniy".
Keyingi qismlarda manbalar adadi yanada ortishi mumkin, Oxirgi qismda bu foydalanilgan asarlarning mualliflari to‘g‘risida ham kerakli ma’lumotlar ilova qilinadi, inshoallohu taolo.

Abdulaziz MANSUR

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:52:26

TAHORATGA DOIR FATVOLAR

1-FATVO
Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv yetmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv yetkazish shart emas.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit»

2-FATVO
Taxrrat va g‘uslda osg‘i shol odam garchi kesganda ham sezmaydigan bo‘lsa-da, yuvishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Yatima»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:53:10

3-FATVO
Oyoqlarini yog‘lagandan so‘ng yuvsa, yog‘ suvni ostiga o‘tishga to‘sqinlik qilsa ham tahorati durust hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Zaxira»

4-FATVO
Bir a’zodagi suvni ikkinchi a’zoga ko‘chirib yuvish tahoratda mumkin emas, g‘uslda mumkin. Lekin boshqa a’zoga olib o‘tilayotgan suv mo‘l bo‘lib, tomchilab turadigan bo‘lishi shartdir.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:54:57

5-FATVO
Yomg‘ir ostida qolgan yoki oqin ariqqa tushib ketgan kishining hamma a’zosiga suv yetgan bo‘lsa tahoratga ham, g‘uslga ham o‘tadi. Faqat og‘zi bilan burnini chayib olishi kerak bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Sirojiya»

6-FATVO
Boshiga mash tortish o‘rniga uni yuvsa ham mash o‘rniga o‘tadi, lekin bu ishi makruh sanaladi.
«Olamgiriya», «Muhish»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:55:10

7-FATVO
Suv bilan istinjo qilishdan oldin ham, undan keyin ham ikki qo‘lni uch marta yuvish kerak. «Bismilloh»ni avratni ochmay turib bir marta, istinjodan keyin avratni yopgandan keyin yana bir marta aytgani afzaldir.
«Olamgiriya», «Qozixon»

8-FATVO
Misvok ishlatish erkaklar uchun sunnat. Ayollarning saqich chaynashi misvok o‘rniga o‘tadi.
«Olamgiriya», «al-Bahrar-roiq»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:55:31

9-FATVO
Tahoratda har bir a’zoni uch martadan yuvish sunnat. Agar uch marta to‘liq yuvganiga shak-shubha qilsa yoki tahorat ustiga tahorat bo‘lsin deb niyat qilib uch martadan ko‘p yuvsa joizdir.
«Olamgiriya», «Nihoya», «as-Siroj al-vahhoj»

10-FATVO
Bo‘yinga mash tortish — mustahab. Lekin tomoqqa mash tortish — bid’at.
«Olamgiriya», «al-Bahr ar-roiq»

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 02:56:35

11-FATVO
Masjidda muayyan bir joyni o‘zi uchun xoslab olish makruh bo‘lganidek, tahorat qilish uchun o‘ziga xos idish tutish ham makruhdir.
«Olamgiriya», «al-Vajiz»

12-FATVO
Qulog‘idan yiring oqsa, qaraladi — agar og‘riq bilan oqsa tahorat sinadi. Og‘riq bo‘lmasa sinmaydi. Zero, og‘riq quloq ichidagi jarohatdan dalolatdir.
«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Sirojiya»

Qayd etilgan