Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68831 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:24:37

73-FATVO
Ro‘zador kishi tahoratda og‘zini g‘arg‘ara qilmay chayadi. Suv tomoqqa ketib qolish xavfi bo‘lgani uchun g‘arg‘ara qilish makruh hisoblanadi.
«Naf’ul-muftiy», «Hoshiyatul Viqoya»

74-FATVO
Qalin soqolli odam tahoratda soqoli ostiga suv yetkazishi shart emas, balki ustki qismini yuvib qo‘yaveradi. Ammo soqoli siyrak kishi soqol ostiga suv yetkazishi farz amallardan hisoblanadi. Lekin g‘uslda qalin soqol ostiga suv yetkazish shart. Matnlarda kelgan soqolning to‘rtdan biriga mash tortish masalasidan yuvish farzligiga o‘tilgan.
«Naf’ul-muftiy», «Sharh Niqoya», «Vadoe»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:25:08

75-FATVO
Insonning badanidan chiqqan ter shar’an toza hisoblanadi. Ammo muttasil araq ichishga mubtalo bo‘lgan kishining teri najas hisoblanadi.
«Sirojiya», «Zaxoir»

76-FATVO
Og‘iz to‘lib qayt qilish tahoratni sindiradi. Ammo ovqat oshqozonga yetib bormay turib qayt qilsa tahorat sinmaydi.
«Sirojiya», «Xazonatur-rivoyot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:25:29

77-FATVO
Baliqning ichidan chiqadigan qonga o‘xshash narsa qon hisoblanmaydi. U tozadir. Zero, qon oftobga tutilsa qorayishi kerak. Baliqdan chiqqan narsa oftobda oqaradi.
«Naf’ul-muftiy»

78-FATVO
It suvga belanib silkinganida sachragan suv kiyimga tegsa qaraladi — agar suv it yungining ostigacha ivitgan bo‘lsa, kiyimga teyukan nopok suv miqdori bir dirham miqdoricha bo‘lsa kiyim nopok bo‘ladi. Bordi-yu, it yungining ustki qismigina ivigan bo‘lsa, sachragan suv kiyimni nopok qilmaydi.
«Naf’ul -mufshiy», «Jomeul -muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:25:54

79-FATVO
Kiyimning najosat tekkan joyi unutilib, uni topishning imkoni bo‘lmasa, kiyimning bir joyini qasd qilib yuvib qo‘yilaveradi. Shuningdek, donni yanchiyotgan eshaklar tezagini ajratib olib tashlash qiyin bo‘lgani tufayli bir qism donni olib yuvilsa yoki yuvmay ehson qilib yuborilsa yanchilgan doining hammasi poklangan bo‘ladi.
«Muxtasar», «Naf’ul-muftiy», «Xulosa»

80-FATVO
Gilam, palos kabi suvini siqib chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarga najas tekkan bo‘lsa, ularni bir kecha oqin suvga tashlab qo‘yish bilan poklanadi.
«Naf’ul-muftiy», «Fathul-Qadir», «Muxtasar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:26:24

81-FATVO
Asalga najas tushsa, uni poklash uchun asalga suv qo‘shib qaynatiladi. Suv bug‘lanib tamom bo‘lishi bilan yana suv quyib, ushbu jarayon uch marta takrorlanadi. Suvning miqdori o‘nga ikki, ya’ni asalning beshdan biricha suv qo‘shiladi.
«Naf’ul-muftiy», «Kunya»

82-FATVO
Badan, kiyim, idish va boshqa narsalarni poklash uchun ishlatiladigan vositalarning turlari ko‘pdir. Masalan:
1. Suv. Toza suv poklovchi vosita hisoblanadi. Binobarin, bir marta ishlatilgan suv «musta’mal» bo‘lib qolishi sababli uning poklash vositasi bo‘lish va bo‘lmasligida ixtilof qilingan. Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida «musta’mal» suv najas hisoblanib, boshqa narsani poklay olmaydi. Muhammad (rh.) nazdida esa, u toza hisoblangani sababli boshqa narsani ham poklashga yaraydi.
2. Suvdan boshqa sutoqlik turlari. Sirka, ishqor kabi suyuqliklarning suv o‘rniga o‘tish sharti - suyuq holatda bo‘lishi bilan birga najosatni ketkazuvchi, toza suyuqliklar sirasiga kiruvchi bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, yog‘, sut, qon, siydik kabi narsalar hech narsani poklay olmaydi. O’zi najosat, bo‘lgach, narsadagi najosatni ketkazgan taqdirda ham, baribir yuvilgan narsani nopok qilib qo‘yaveradi. Masalan, siydik bilan kiyimdagi qonni ketkazish mumkin. Lekin qon ketib, siydik asorati qolishi natijasida kiyim nopokligicha qolaveradi.
3. Yerga surtish. Oyoq kiyimlari ostiga najosat tegsa, Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida yerga ishqash bilan poklash mumkin. Imom Muhammad, Zufar, Shofiiy, Molik (rh.)lar nazdida faqat suv bilan yuvish bilan poklanadi. Qurigandan keyin belgisi qolmaydigan suyuq najosatlar faqat suv bilan yuvib poklanadi. Lekin qaysi vosita bilan bo‘lsa-da, najosatning hidi, rangi qolmaguncha tozalansa har qanday narsa toza bo‘laveradi, deb ittifoq etilgan.
4. Ishqalash. Kiyimda qurib qotib qolgan maniy ishqalab tashlash bilan ham pok bo‘ladi.
5. Tuproq. Shisha, pichoq va boshqa qattiq metatldan yasalgan silliq asboblar yerga, tuproqqa yoki boshqa matohlarta artish va ishqash bilan poklanadi.
6. Matoh bilan artish. Qon olingan a’zodagi qon yuqini latta, paxta, bint kabi narsalar bilan artib poklash mumkin.
7.    Olov. So‘yilgan hayvon katlasi qonga belangan bo‘lsa-da, olovda kuydirilsa u poklangan holda pishadi. Uning sho‘rvasi ham halol. Qizigan tandirga nopok suv sepib quritilgach, pishirilgan non toza hisoblanadi. Temirdan yasalgan asboblarga tekkan najosat ham olov bilan poklanadi.
8.   Bir jinsdan boshka jinsga aylanish. Aroq sirkaga aylantirilsa halol bo‘ladi. Tuz koniga singib ketgan eshak, cho‘chqa kabi hayvonlar bilan tuz nopok bo‘lib qolmaydi. Bu Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida shunday. Ammo Abu Yusuf (rh.) nazdida tuz nopok bo‘ladi. Fatvo oldingi hukmga berilgan.
9.   Kesish. Taxta, yog‘och kabi narsalarning najosat tekkan joyi kesib tashlansa qolgan qismi pok hisoblanadi.
10. Yerni haydash. Najosat tushgan yerni chopish, haydash, ag‘darish kabi ishlov bilan poklash mumkin.
11. O’yib olib tashlash. Masalan, qotib qolgan yog‘, moy, qaymoq kabi narsalarga sichqon yoki boshqa palid narsa tushsa, o‘sha narsani atrofi bilan o‘yib olib tashlansa, qolgani pok hisoblanadi.
12. Oqin xovuz. Kichik hajmdagi hovuzga suv bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan bo‘lsa, unga najas tushsa nopok qilmaydi.
13. Oshlash. O’limtik va to‘shti harom hayvonlarning terisi oshlash bilan toza bo‘ladi. O’limtikning yungi, suyagi, payi ham toza hisoblanadi. Terisi oshlashni qabul qilmaydigan hayvonlar terisi poklanmaydi. Masalan, ilon, sichqon kabilarning terisi oshlashni qabul qilmaydi. Itning o‘zi toza yoki najas ekanida ixtilof qilingan. Ko‘pchilik ulamolar toza deganlar. Shuningdek, uning terisi najas, yungi esa toza deyilgan.
14. «Bismilloh» bilan so‘yish. Go‘shti yeyilmaydigan (cho‘chqadan boshqa) hayvonlarni musulmon odam «Bismilloh» bilan so‘ysa terisi, go‘shti toza bo‘lib qoladi. Ammo yeyish uchun halol bo‘lmaydi.
15.   Yerning qurishi. Yerga najosat tushgan bo‘lsa, qurib asorati ketishi bilan yer toza bo‘ladi. Imom Zufar, Ahmad va Shofiiy (rh.)lar nazdida yuvilmaguncha toza bo‘lmaydi. Yerga yopishgan, masalan devor, daraxt, giyoh, qamishga o‘xshagan narsalar ham xuddi shunday. Shagal hukmi ham tuproq kabidir.
Agar daraxt yoki qamishdan kesib yoki sindirib olinsa va unga najas tegsa faqat yuvish yoki kesib tashlash bilan toza bo‘ladi. Yerga yotqizib terilgan g‘ishtlar ham yer hukmidadir.
16. Suvini chiqarish. Quduq suviga najas tushsa belgilangan miqdorda suv olib tashlash bilan quduqdagi qolgan suv pok hisoblanadi.
17. Taqsimlash. Donni yanchiyotgan hayvonlar siydigi aralashib ketgan don taqsimlab olinsa yoki bir qismini olib yuvilsa yoxud birovga berib yuborilsa, qolgan qismi halol hisoblanadi.
18. Bir qismini yuvish. Agar kiyimning bir joyiga najas tegsa, keyin uning qaysi joy ekani ma’lum bo‘lmasa, bir joyni qasd qilib yuvilsa, qolgan qismi ham toza hisoblanadi.
«Naf’ul-muftiy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:26:44

83-FATVO
Kiyimning yupqaligidan yirtilib ketmasin deb yuvganda siqmagan bo‘lsa ham zarurat yuzasidan joiz bo‘ladi.
«Naf’ul-muftiy», «ad-Durrul -muxtor»

84-FATVO
Zamzam suvi bilan g‘usl qilish joiz, lekin istinjo qilish makruhdir.
«Naf’ul -muftiy», «ad-Durrul -muxtor»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:27:27

85-FATVO
Dasht, sahro joylardagi toshlar ustiga siyish, ular bilan istinjo qilish joiz emas. Zero, toshli joylar jinlar maskani hisoblanadi. Shuningdek, suyak va tezaklar bilan ham istinjo qilinmaydi. Zero, suyaklar jinlar ozuqasi, tezaklar esa ulovlarining ozuqasidir.
«Naf’ul-muftiy»

86-FATVO
Qasddan betahorat namoz o‘qigan kishi kofir bo‘ladi. Imom Halvoniy so‘ziga ko‘ra, tahoratning farzligini bilib turib, betahorat namoz o‘qigan kishi zindiq bo‘ladi.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:27:57

87-FATVO
Hayz ko‘rgan ayol har bir namoz vaqti kirganda tahorat olib kelib har kuni o‘qiydigan joyiga o‘tirib, bir namoz o‘qiganchalik vaqt mobaynida tasbeh, tahlil o‘qib o‘tirishi mustahab amallardan hisoblanadi.
«Sirojiya»

88-FATVO
Yirtqich qushlarning og‘zidan qolgan suv yoki taom makruh. Lekin ular qafas yoki boshqa ihota qilingan joylarda toza yemish bilan boqilayotgan bo‘lsa, tumshuqlari nopok narsadan ifloslanmayotgan bo‘lsa, ularning og‘zidan qolgan yoki og‘zi tekkan narsa makruh emas. Bu Abu Yusuf (rh.)ning so‘zlari bo‘lib, shunday deb berilgan fatvoni mashoyixlar ma’qullaganlar.
«Zaxoir»

89-FATVO
Katta hovuz yoki oqin ariq suviga hayvon tezagi yoki boshqa najosat turlaridan biri tushgan bo‘lsa, uni biror idish bilan olib tashlaganda shu idish va uning ichidagi suv nopok bo‘ladi. Hovuz va ariq suvi esa pokligicha qolaveradi.
«Zaxoir»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:28:55

NAMOZGA DOIR FATVOLAR

90-FATVO
Namozning farzlaridan biri — bu qibla, ya’ni Makkai mukarrama shahridagi Ka’ba (Baytulloh) tomonga yuzlanish. Makka aholisi uchun qibla Ka’baning o‘ziga bevosita va bilvosita yuzlanish, deb ittifoq qilingan. Ammo Makkadan uzoqda yashovchi musulmonlar oldingi paytlarda yulduzlar va boshqa taxminlar asosida qiblani aniqlaganlar va masjidlar qiblasini ham shunga ko‘ra belgilaganlar. Masalan, bizning diyorimiz uchun Shayx Abu Mansur Moturidiy (q.s.)ning qibla to‘g‘risida bergan fatvosi asos qilib olingan. Ul zot shunday degan ekanlar: «Yozning eng uzun kunida Quyosh botgan joyni belgilab qo‘y! So‘ngra qishning eng qisqa kuni Quyosh botgan joyni ham aniqlab, belgilab qo‘y! Shu ikki alomat o‘rtasidagi oraliqni uchga bo‘lib, o‘ng tomoningga ikki hissasini, chap tomoningga bir qissasini taqsimlab, o‘rtasiga yuzlangsang, shu qibladir».
«Qozixon»
Izoh:
Hozirgi ilm-fan taraqqiy etgan davrda, falakiyot va jug‘rofiya ilmlari chuqur o‘rganilib kelinayotgan bizning asrimizda qadim zamondagi taxminiy ma’lumotlar bilan qanoatlanish ma’qul emasligini hisobga olib, hozirgi vaqtda faqat kompas va qiblanamo kabi asboblar yordamida qiblani aniqlash tavsiya etiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:29:44

91-FATVO
Dushman, yirtqich, o‘g‘ri kabilardan xavfi bor odam xohlagan tomoniga yuzlanib namoz o‘qishi mumkin. Ammo kemada xavfsiz paytda faqat Ka’ba tomonga yuzlaniladi.
«Olamgiriya»

92-FATVO
Begona joyda qiblani aniqlayolmay turganida ikki kishi qibla bu yoqda deb guvohlik bersa, qaraladi — agar u ikkisi shu joylik bo‘lsa, so‘zlariga amal qilish shart. Bordi-yu, ular bu yerlik bo‘lmasa, so‘zlariga parvo qilmay, o‘zining ijtihodi (qasdi) bilan bir tomonni qibla deb e’tiqod qilgan holda namozini o‘qiyveradi. Keyin qibla boshqa tarafda ekani ma’lum bo‘lsa ham, o‘qigan namozini qayta o‘qimaydi.
«Qozixon», «Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan