Turadigan joyimizning shundoq pastida maktab bor.
Bugun ertalabdan bolajonlarning shodon qiyqirig'i diqqatimni tortdi.
Asta deraza yonidan ularni kuzata boshladim.

Ular, biz ham yoshligimizda maza qilib o'ynaydigan
"Oq terakmi, ko'k terak" o'yinini o'ynashyapti ekan. O'ng tomondagi guruh ko'proq o'g'il bolalardan iborat bo'lgani uchun ular qarshi tomonning a'zolarining aksariyatini o'zlariniki qilib olishga ulguribdilar.

- "Oq terakmi, ko'k terak"
- Zulfiya, Zulfiya, Zulfiya!
Mana, Zulfiyaxon yugurib ketayaptilar. U ham biladi, guruhning zaifroq tomoniga qarab yugurish kerak va o'z dugonasini qutqarishi lozim. Agar yigitlar tomonga yugursa, qo'llarni uzolmay, o'zi asir bo'lib qolishi mumkin.

Zulfiyaxon chaqqon chiqib qoldi va qarshi tomon qo'llarini uzib, o'z dugonasi Zarifani ozod qilib, o'z guruhiga olib qaytmoqda...
Ularni ancha paytgacha kuzatib turdim. Mening ham ular orasida bo'lib qolgim keldi.