Bizning fotogallereya  ( 1088003 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 ... 292 B


Abdulhafiz  14 Yanvar 2010, 07:23:43


Qayd etilgan


Nurzoda  15 Yanvar 2010, 12:17:37

Jiydani fotosini ko'rib biram jiyda yegim keldi bizagayam daraxtdan terib yeyish nasib qisin  :)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  15 Yanvar 2010, 17:14:18

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

   Ey, bag'ri keng insonlar , baraka topgurlar hech bo'lmasa bir satr izoh qoldirib ketinglar iltimos! Yuqorida Kamalak opamizdan o'rnak olingizlar!
   Siz qo'yayotgan rasmlar betakror, buning ustiga o'z qo'llaringiz bilan tushurilgani undanda ajoyib. Qo'llaringiz dard ko'rmasin, Ilohim!

Siz qo'yayotgan rasmlarni ko'rib ko'z quvnaydi, lekin izohsizligi dilni xira qiladi. Toshkentdagi olcha Samarqandda ham bor, Toshkentdagi quyosh Xorazmda bor. Ammo quyoshning Xorazmdan chiqayotganini his qilish yoki aksinchasi naqadar zavqli, shunday emasmi?
Registonni ko'rib, ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Internetda rasmlari ko'p, shunday bo'lsa ham yuqorida opamiz olgan rasmlari baribir boshqacha. O'sha joyda ko'pincha o'y surib o'tirshni juda yaxshi ko'rar edim. Bu joyda mening izlarim bor ... , Havasingiz kelayaptimi? ( Oxirgi gapim hazil )

PS: Bu xatim faqat bir iltimosnoma. Mobodo bekorga joy egallab turibdi desangiz, tez kunlarda uchirib tashlayman.

Shu tashabbusni ilgari surgan va loyihada faol qatnashib kelayotgan forumdoshlarga Ollohning marhamati yog'ilsin!
InshoOlloh, Mehmon bo'ling shahri azim - Samarqandda!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Akbarjоn  15 Yanvar 2010, 17:35:25

Iqtibos
Jiydani fotosini ko'rib biram jiyda yegim keldi bizagayam daraxtdan terib yeyish nasib qisin

Jiyda pishgan vaqtda aytsamgiz daraxtdan terib possilka qilibyuboramiz :)  yaqin oradagi eng yaxshi jiyda,
bir sirni xam aytib qo'yay shu jiyda daraxtini o'zim ekkanman :)



Iqtibos
Ey, bag'ri keng insonlar , baraka topgurlar hech bo'lmasa bir satr izoh qoldirib ketinglar iltimos! Yuqorida Kamalak opamizdan o'rnak olingizlar!
Mavzuning birlamchi shartlarini o'qiganimda rasmga izoh yozish shart ekan deb o'ylagandim, ne mashaqatlar bilan o'sha rasmdagi  izohlarni yozgandik :D

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:12:29



Turkiyaning Qora Dengiz qismida joylashgan mo'jazgina shaharchasi Amasya.
Shaharning qoq o'rtasidan "Yashil irmoq" oqib o'tadi, atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Shaharni boshdan-oyoq 45 minutda aylanib chiqishingiz mumkin:)

Yuqorda ko'rganlaringiz esa "Qirol mozorlari"dir. Juda eski tarixlarga oid yodroglik bo'lib, Amasyaga kelgan turistlar ham asosan bu yerni ko'rish uchun kelishadi.
Amasya juda tarixiy shahar. Usmonli Davlati paytida shaxzodalarni tahtga tayyorlash uchun asosan bu shaharga Valiy qilib jo'natishgan ekan. Sababi esa tog' bilan o'ralgani uchun muhofazasi osonligi ekan.

Amasyaning olmasi mashhur.

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:14:12



İrmoqni suvi rostdan ham yashil rangda. Men borgan yili irmoq ancha yuksalib, u yerda yashaganlarni ancha qo'rqitgandi.

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:17:02



Birinchi marta borganimda meni "Amasya Davlat Muzeyiga" olib borishdi. Asosan tarixiy topilmalar bor edi. Bir xonaga kiraverishda esa: "Mumiya odası" deb yozilgandi. Tushunmay kirib ketaverdim, qarasam Mo'miyo surtilgan inson jasadlari bor ekan. Yomon qo'rqqanman:) Umrida o'lik ko'rmagan odam bo'lganim uchun damim ichimga tushib ketgan:)

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:19:49




"Mumiya odası" Mo'miyo xonasida 8 ta mo'miyolangan jasad bor bo'lib, jasadlar Jengizxonning nevarasi Hulagu tarafidan qurilgan İlxonli Sultonligiga oid bir oilaga tegishli ekan.

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:40:21



"Qirol mozorlari" tog' tepasida joylashgani uchun o'zi shundayam chiqish qiyin, u yerga chiqqandan keyin ham yurish oson hisoblanmaydi. Ayniqsa rasmda ko'rganingizday marmardan yo'l bo'lsa va bu yol siyqanchiq bo'lsa. Shuning uchun qor va yomg'ir yoqqanida tepaga chiqish tavsiya etilmaydi.

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:42:55




Rasmda yana Qirol mozorlarini va Amasyada Valilik qilgan Usmonli Shaxzodalaridan birining byustini ko'rishingiz mumkin.

Qayd etilgan