Malayziya egizak binolari (
Kuala Lumpur Twin Towers). Ko'pchilik Petronas Twin Towers deb ataydi, chunki bitta bino Malayziyadagi yirik neft gaz kompaniyasi bulmish Petronas (Petrol Nasional - malay tilida) ga tegishli.
Bino dunyodagi eng balang egizak minoralardan biri hisoblanadi.
Balandligi 451 metr
Qurilgan yili 1992-1998 yillar
Qavatlar soni 88 ta
Liftlar soni 78 ta ( eng tez yurar liftlar ham bor, sekuniga 1 qavatga ko'tariladi
Ikki bino o'rtasidagi ko'prik eng baland osmon o'par ko'prik. 41 va 42 qavatlar o'rtasiga joylashtirilgan.
Turistlar uchunbino 24 soat ochiq, o'rtasida 5 qavatli juda katta savdo markazi bor. Istagan odam 41 qavatgacha, ya'ni ko'prikkacha chiqishi mumkin, tekinga. Faqat ertalab vaqtli borib navbatda turish kerak, chunki butun dunyodan odamlarni bu yerga keladi va tepaga chiqishni orzu qiladi. Kuniga 1600 tagacha odam ko'prikka chiqishi mumkin, undan ko'pi binoga ortiqcha yuk bo'lsa kerakda
Minoralar musulmonlarning ramziy sakkiz burchak shaklida qurilgan.
Hozirgi kunda, birinchi bino Petronas kompaniyasiga tegishli va ikkinchi biznes markaz. Turli korhonalar uchun ijaraga idora sifatida berilgan.
O'rtadagi ko'prikdan pastga qarab tushirilgan rasm