Y_U_R_I_S_T, Farg'ona safari juda taassurotlarga boy bo'lgan shekilli-a? Rasmlar yaxshi chiqibdi.
Dilsora, jiyanlaringiz shekilli-a, bu asaltoy chaqaloqlar? Allohim ularni har ikki dunyoda mukarram aylasin!
Ana u bolalar ham forumda ishtirok etishadimi?
Ulugbek-Uz, Surxon tabiatining takrorlanmas tarovatidan bizni ham bahramand qilganingiz uchun tashakkur!
Javzo suvi judayam g'aroyib ekan. U tabiiy jihatdan qayerdan hosil bo'ladi? Qor-muzlarning erishi natijasimi desam, yuqorida suv tushadigan soylik ko'rinmayapti. Tog' ostida yig'ilgan suvlarmi desam, ular yilning har mavsumida chiqaveradi. Bu tahlitda sharsharadek otilib chiqishi haqiqatda ham g'aroyib ekan.
Anau turnaning oyog'iga nima bo'lgan?
Eng oxirgi rasm o'zingizning bog'laringizmi?