Yayasan Al-Bukhari masjidi - Kuala Lumpur, Malayziya
O'zbek ustalari o'zbekcha uslubda qurishgan, buni gumbazdan bilib olsa bo'ladi. Umuman olganda, Malayziya o'zbek uslubida qurilgan masjidlar talaygina va ajralib turadi.
O'zbekcha uslubda qurilganu, O'zbekistonda hali bunaqa masjidni ko'rmadim. Hammasi standart bizda, albatta chiroyli, lekin shu rasmdagidek masjid yoq bizda adashmasam
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Uzboy birodar yuklagan rasmlaringizni tariflashga til ojiz, juda ham chiroyli va maftunkor. Shunaqa joylarni ziyorat qilish biz mo'minlarga ham nasib qilsin,Ilohim. Amallaringizni Olloh mukofatlasin!
Mahdiyah singlimiz qoldirgan izohdan iqtibos olib shuni aytmoqchimanki, InshoOlloh bunaqa masjidlar bizlarda ham quruladi, faqat siz azizlarning - mo'minlarning duolari bilan, albatta. Mana shunaqa imoratlar qurulishi uchun faqat biz yoshlardan shijoyat talab qilinadi. Xudo hohlasa, Ollohim davlat bersa mana shunday xayrli ishlarga sarf qilish biz mo'minlarga nasibi ro'z aylasin! Shu jumladan menga ham. "Yaxshi niyat yarim mol" deyishadi dono halqimiz.
Olloh inoyati bilan, mana endi quramiz, InshoOlloh.
Ollohim oqibatingizni xayrli qilsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!