Bizning fotogallereya  ( 1088376 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 244 245 246 247 248 249 250 251 252 253 254 ... 292 B


AbdulAziz  30 May 2011, 16:19:51

Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo‘yuvchi urg‘ochisi bilan ishchi chumolilar o‘rtasida kimyoviy sezgi orqali bog‘lanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o‘zlari oziqlanadigan joylari bo‘ladi. Bir qancha chumoli turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o‘zaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda o‘zlariga tegishli hududni qo‘riqlashadi.



Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga uya quradi. Ba’zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, ko‘p kamerali in quradi. («O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»dan)




Chumoli ini

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2011, 16:24:29

Kuni kecha tomorqada kartoshka ekilgan maydonchaga oralagan begona o'tlarni yulish bahonasida yana ishchi-chumolilarning mehnat-karvoniga ko'zim tushdi. Yomg'ir yog'ayotgan bo'lishiga qaramasdan bu safar ham ular to'kilgan urug'larni o'z inlariga tashish bilan ovora edilar.




Gul urug'ini maydalab, tashish uchun tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2011, 16:28:22

"Dunyoda eng ko‘p sonli bo‘lishiga qaramasdan, chumolilar texnologiya, jamoaviy mehnat, harbiy strategiya, ilg‘or aloqa tarmog‘i, ierarxik tartib, intizom va shaharni benuqson rejalashtirish kabi ko‘plab sohalarda ham insonlarga namuna sifatida xizmat kilishi mumkin bo‘lgan bir tartibni namoyish qiladi. Chumolilar to‘da deb ataladigan jamoalarda shunday bir o‘zaro tartib bilan kun kechiradilarki, ularning insonlarnikiga o‘xshash sivilizatsiyasi bor deb o‘ylash mumkin.



Chumolilar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni g‘amlab qo‘yish bilan bir qatorda yosh chumolilarga qarash, to‘dani mudofaa qilish va g‘animlarga qarshi jang olib borish kabi vazifalarni ham uddalaydilar. Yana shunday to‘dalar ham borki, ular «tikish-bichish», «qishloq xo‘jaligi» va «hayvonlar boqish» kabi yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bu hayvonlar orasida juda kuchli aloqa tarmog‘i mavjud. Ularning ijtimoiy uyushqoqligi va omilkorligi har qanday jonzotlarnikidan ham ustundir". (Horun Yahyo. «Chumolilar mo‘jizasi»)


O'zidan bir necha marta katta yukni ortmoqlab borayotgan chumoli

Alloh Qur’oni karimda Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini ta’riflab berar ekan, chumolilarning aloqa tizimiga ega ekanligiga ishora qiladi:
To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat)

Chumolilar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot bu kichik mavjudotlar juda uyushgan ijtimoiy hayot kechirishini va bu uyushma ehtiyojidan kelib chiqib, ular juda murakkab aloqa tarmog‘iga ham ega ekanligini aniqladi. Masalan, National Geographic nashri shunday ma’lumot beradi:

Katta yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilar (ularning barchasi urg‘ochilar) dan iborat to‘dalarga muhim bo‘lgan kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko‘p qirrali sezgi a’zolari mavjud. Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan; ko‘zlari aralashma; antennalari burun va barmoquchlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Og‘iz pastidagi bo‘rtmalar ta’mni sezadi; tuklari tekkan narsaga reaktsiya ko‘rsatadi.



Biz bexabar bo‘lsak-da, chumolilar o‘zlarining juda sezgir a’zolari tufayli aloqa o‘rnatish uchun turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular bu a’zolarni o‘lja topishdan tortib bir-birining ketidan borishgacha va o‘z uyalarini qurishdan tortib jang olib borishgacha har doim ishlatadilar. Ularning 2-3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa tizimlariga egadirlar. (Horun Yahyo. «Chumolilar mo‘jizasi»)

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2011, 16:39:52

Ilmiy adabiyotlarda yozilishicha, aynan chumolilarning hayotini o'rganiosh oqibatida bir necha kashfiyotlar yuzaga kelgan ekan. Chumolilar mudofaa tizimi ham juda puxta ishlangan ekan. Men ham amalda sinab ko'rdim. Ishchi-chumolilar yo'liga qo'lim bilan tog'anoq bo'lgandim, 20 sekundga qolmay, chumolilar qo'limga ilashib, chaqa boshlashdi. Arinikidan kuchsiz, chivinnikidan kuchli bo'lgan bu chaqish 10-12 joydan takrorlangach, astagina chekinishga majbur bo'ldim :)





Allohning yaratgan har bir maxluqi ustida soatlar tafakkur qilinsa arziydi. Ana o'shanda inson o'zining qanday haqir ekanligini anglay boshlaydi...

Qayd etilgan


registan  30 May 2011, 17:04:55

Chumolilar ham rosa maza qilib rasmga tushishibdiku-a? ;D

Qayd etilgan


akula  30 May 2011, 17:12:07

bu rasmlani kim olgan Abdulaziz aka uziz oldizmi ?

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2011, 17:15:46

bu rasmlani kim olgan Abdulaziz aka uziz oldizmi ?

Rasm osti yozuvlariga ko'ra, yarmini AbdulAziz, yarmini Davronbek Tojialiyev olgan :)

Chumolilar ham rosa maza qilib rasmga tushishibdiku-a? ;D

Qayoqda! Bir soat ustilarida tursam ham parvo qilishmadi. Juda tez ishlasharkan, shovvozlar. Personal rasmga tushirishga ulguirmadim. Oxiri qo'limda asir bo'lgan bittasini zo'rg'a olishga muvaffaq bo'ldim.

Qayd etilgan


BelleQizcha  30 May 2011, 17:24:03

Juda chiroyli rasimga tushibdi munisaxon, qomatini-qarang-qomatini...
(chumollilar suhbatidan)

Qayd etilgan


Музаффар  31 May 2011, 01:44:24

Ман каби шоколад шинавандалари борми? Иштахангиз карнай бслсин...!


Qayd etilgan


Ansora  31 May 2011, 17:33:36



Domimizdagi atirgullar ochilganiga ancha bo'ldi. İlgari ham aytganimday Marg'ilon bilan Ankara orasida 2 haftacha farq bor ekan. O'g'lim kasal bo'lgani uchun ko'zim hech narsani ko'rmadi, u tuzalgandan keyingina bir qolimda Ensar, bir qo'limda fotoapparat biln hovliga tushdim. Avvalo domimiz hovlisiga nazar tasladim, keyin yon hovliga qarasam xolajonlar har doimgiday suhbatlashib o'tirishibdi, "kel dedim bir salom berib, atirgullarini rasmga olib kelay" dedim. Ko'chib kelganimizdan beri tayinli hech kim ko'rgani ham yo'q meni:)
Salom berib, gullarni rasmga olsam bo'ladimi, deb so'radim. Qachon qarasam bir narsa to'qib o'tirgan xola: "Nima deyabdi", deb so'radi:) Kuldim. Uzmayman, dedim, faqat rasmga olaman:) -Ha,bu gullarni oti nima bilasanmi? -Yo'q:)
Hazrati Ibrohim, oti, voy Yaratganga qurbon bo'lay....
Kulib kulib Ensar bilan uyga qaytdik:) yani bu sariq gullarni nomi xolajonni aytishlariga qaraganda "Hazrari Ibrohim (a.s) ekan...



Bu qizil atirgullar esa bizni domni hovlisidan. Nimagadir g'unchalarni ko'proq rasmga olibman...

Qayd etilgan