Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73063 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:37:58

523-FATVO
Ro‘zaning farz bo‘lish shartlari — islom dinida bo‘lish, aql, balog‘at, sog‘liq, o‘z yurtida bo‘lib, safarga chiqmagan bo‘lish, niyat, hayz va nifosdan pok bo‘lishdir. Niyat aslida dil bilan bo‘ladi. Lekin til bilan ham aytish sunnatdir.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Nihoya», «an-Nahr al-foiq»

524-FATVO
Ramazon kechasida turib, saharlik qilishning o‘zi ro‘za niyati o‘rniga o‘tadi. Zero, diliga ro‘za tutishni keltirish niyatga o‘tar edi. Saharlik qilgan odamning diliga o‘z-o‘zidan ro‘za tutish niyati keladi. Bizning mazhabimizda Ramazon tutaguncha har kuni niyat yangilab turiladi. Niyatning vaqti quyosh botgan vaqtdan boshlab, to ertasi kuni qiyom vaqtigachadir.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon»

Izoh:
Shuning uchun iftorlik duosini o‘qiyotganda ertangi ro‘za niyatini ham qilib qo‘yish ayni ehtiyotkorlikdir. Zero, saharlikka tura olmasa, o‘sha niyati kifoya qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:38:15

525-FATVO
Ramazon ro‘zasini nafl niyati yoki umuman ro‘za niyati bilan tutish ham mumkin. Muayyan nazr, nafl ro‘za niyatining hukmi ham xuddi shunday. Lekin safarda va bemorlikda tutilgan ro‘za uchun qaysi ro‘zaga niyat qilayotganini aniqlab, tayin qilib qo‘yishi shart.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «al-Jome as-sag‘ir»

526-FATVO
Qazo ro‘zasi, kafforat uchun tutiladigan ro‘za, tayin etilmagan nazr ro‘zasi uchun tong otmasdan ollin tunda niyat qilish shart.
«Muxtasar», «Niqoya», «as-Siroj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:39:08

527-FATVO
Ramazon oyi hilolini (birinchi kuni chiqqan yangi oyni) yakka o‘zi kurgan odam, garchi boshqalar buni inkor etsalar ham ertasi kundan ro‘za tutishi vojib. Agar tutmasa, bir kun qazosini tutib beradi. Hayit hilolini yakka ko‘rgan kishi ham, guvohligi o‘tmagani uchun ertasi kuni ham ro‘za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutib beradi.
«Muxtasar», «Qozixon», «Ixtiyor»

Izoh:
Ro‘za hiloli uchun ham, hayit-hiloli uchun ham kamida ikki erkak yoki bir erkak bilan ikki ayol kishining guvohligi zarur. Bizning asrimizda hilolni ko‘rib, ro‘za tutish va hilolni ko‘rib, hayitni belgilash masalasida butun islom olamining ulamolari ittifoqda emaslar. Zero, keyingi vaqtlarda paydo bo‘lgan zamonaviy astronomik jihozlar, quyosh, oy hisoblarini taqvimlar bilan yuritishning keng joriy bo‘lgani ko‘pchilik ulamolarda zamonaviy taqvimlarga moyillik paydo qilgan. Masalan, Saudiya mamlakatida «ru’yati hilol»ga oid hadisi sharifga qattiq amal qilinishi natijasida har yili Ramazon oyining birinchi kuni, taqvimda qanday yozilganidan qat’i nazar, yangi oy hilolini ko‘rgan guvohlar so‘ziga binoan e’lon qilinadi. Natijada bizning mintaqamizga o‘xshagan ko‘plab taqvimga binoan oyni belgilovchi musulmonlar diyorlarida ba’zan Saudiya bilan bir xil emas, balki boshqa-boshqa kunlarda ro‘zani boshlash yoki hayitni e’lon qilish hollari davom etmoqda. Vaholanki, har bir mamlakat o‘zining iqlimiga qarabhilol ko‘rinishini belgilab, o‘zining hisob-kitobi bo‘yicha ro‘za va hayit kunlarini belgilashi joiz ekani «Badoe as-sanoe» kitobida keltirilgan.

528-FATVO
Ramazon hilolini ko‘rib, 29 kun ro‘za tutgan bir shahar ahliga bir guruh kishilar kelib, falon shaharning aholisi hilolni sizlardan bir kun oldin ko‘rishibdi, shunga ko‘ra, bugun ro‘zaning 30-kuni, deb aytsalar, ularning tapiga amal qilinmaydi. Zero, hilolni ularning o‘zlari ko‘rgan emas, balki, boshqalarning ko‘rganini naql qildilar.
«Qozixon», «Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:39:37

529-FATVO
Ramazon hilolini ko‘rmasdan ro‘zani boshlab, 28-kuni Shavvol hilolini ko‘rib qolgan kishilar, Sha’-bon oyi hilolini ko‘rib, 30 kun hisoblagan bo‘lsalar, bir kun qazo tutadilar. Bordi-yu, 29-kuni Shavvol hilolini ko‘rib qolsalar, qazo lozim emas. Ammo Sha’bon hilolini ko‘rmasdan, uni 30 kun hisoblab, ro‘zani boshlagan bo‘lsalar, ikki kun qazo tutadilar.
«Xulosa», «Olamgiriya»

530-FATVO
Hilolni ko‘rgan holda Ramazon oyidan 29 kun tutib, hayit e’lon qilgan shahar ahli ichida kasalligi tufayli ro‘za tutmagan kishi bo‘lsa, u ham 29 kun qazo tutadi. Bordi-yu, u shahar ahlining 29 kun ro‘za tutganidan bexabar bo‘lsa, 30 kun qazosini tutaveradi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Izoh:
Ramazon oyi taqvim bo‘yicha ZOkun bo‘lsa-da, Sha’bon oyi oxirida Ramazon ro‘zasi bir kun keyin boshlanadi. Shu sababli Ramazon ba’zan 29 kunga qisqaradi. Shunday uzr sababli tutilmagan bir kunning qazosi tutilmaydi. Shuningdek, Ramazonning oxirida Shavvol hiloli oldinroq ko‘rinib qolsa ham ro‘za to‘xtatiladi, tutilmay qolgan kun qazosi tutilmaydi. Shuning uchun ba’zi yillarda ro‘za 28 kun tutiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:43:40

531-FATVO
Ro‘zadorligi esida yo‘q kishi biror ovkat yeb kuysa yo ichimlik yoki dori ichib qo‘ysa yoxud jinsiy aloqa qilib qo‘ysa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo shu ishlardan birortasini qasddan qilsa, ro‘zasi ochiladi. Keyin u har bir kunning qazosi bilan birga kafforat sifatida muttasil ravishda 60 kun ro‘za tutib beradi yoki 60 ta och kishi (miskin) qornini to‘yg‘izadi. Ro‘zador ayolini jinsiy aloqaga majburlagan bo‘lsa, o‘zi 60 kun kafforat, ayoli bir kun qazo ro‘zasini tutadilar. Ayoli rozilik bergan bo‘lsa, u ham 60 kun kafforat ro‘zasini tutadi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

532-FATVO
G’izo uchun yeyiladigan yoki dori sifatida iste’mol qilinadigan narsalarni g‘izo va dori niyati bilan qasddan iste’mol qilsa, ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Ammo mazkur narsalarni boshqa niyat, boshqa maqsadda iste’mol qilsa, kuniga-kun qazo ro‘zasini tutadi. Lekin kafforat lozim emas. Hayvon go‘shti yoki yog‘ini xomicha yesa ham ro‘za ochiladi.
«Olamgiriya», «Xizonatul-muftin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:54:36

533-FATVO
Daraxt barglari ichida tok bargi kabi yangi unib chiqqan paytida yoki har doim yeyiladiganlari bor. O’shalardan yeb qo‘ysa, ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Agar odatda yeyilmaydigan daraxt yoki giyoh barglaridan yesa, ro‘zasi ochiladi. Lekin ro‘za qazosini tutadi, kafforat lozim emas.
«al-Bahr», «Olamgiriya», «Tabyin»

534-FATVO
Uzumningbir dona urug‘ini chaynab yutsa, ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Chaynamay yutsa, faqat qazo vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:55:27

535-FATVO
Tuz yesa, faqat qazo vojib bo‘ladi. Ammo tuz yeb yurish odati bor odam bo‘lsa, ham qazo, ham kafforat vojibdir. Lekin tuz yegan ro‘zadorga ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi, degan fatvolar ham bor. Binobarin, bunda ehtiyotkorlik lozim bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Xulosa», «Sharhi Niqoya»

536-FATVO
Ro‘zadorligi esida yo‘q ovqatlanayotgan kishini ko‘rib qolgan odam qaraydi - agar u kechgacha ro‘zasini bemalol yetkazadigan kishidek tuyulsa, ro‘zani eslatadi. Aks holda makruh ish qilgan bo‘ladi. Bordi-r, u keksa odam bo‘lib, chamasida kechgacha ro‘zasini yetkaza olmaydigan bo‘lsa, ro‘zani eslatmasligi joiz.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:01:37

537-FATVO
Birovning majbur qilishi sababli yoki ro‘zaligi esida bo‘la turib, ehtiyotsizlik bilan (xataan) ro‘zasini ochib qo‘ysa, qazoning o‘zi vojib, kafforat lozim emas.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muxtasar»

Izoh:
Ehtiyotsizlik, deganda, masalan, tahorat yoki g‘usl qilayotganda tomog‘idan suv o‘tib ketishi kabilar tushuniladi. Agar ro‘zadorligi esida yo‘q bo‘lsa, ro‘zasi ochilmaydi.

538-FATVO
Kunduzi uxlayotgan ro‘zador uyqusirab, suv ichib qo‘ysa, ro‘zasi ochiladi. Kafforatsiz, faqat qazosini tutibberadi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:02:28

539-FATVO
Odatda yeyilmaydigan - tosh, tuproq, danak, paxta, hashak, qog‘oz kabi narsalarni yutib yuborsa, ro‘zasi ochiladi. Lekin kafforatsiz, faqat qazosini tutib beradi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Xulosa»

540-FATVO
Tishlari orasida qolgan taom qoldiqlarini yutsa, ular no‘xotdan katta bo‘lmasa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo opidan tashqariga chiqarib, so‘ngra qayta og‘ziga solib yutsa, no‘xotdan kichik bo‘lsa ham ro‘zasi ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilofli fatvolar mavjud. Vojib bo‘lmasligiga Abul-lays Samarqandiy (rh.)dan rivoyat bor.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:12:00

541-FATVO
Tish orasidagi bir dona kunjutni yutib yuborsa, kichik bo‘lgani uchun ro‘zasi ochilmaydi. Ammo uni og‘zidan chiqarib, so‘ngra yana qayta og‘ziga solib yutsa, ro‘za ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilof bor. Agar tish orasidagi bir dona kunjutni chaynasa, ro‘zasi ochilmaydi. Lekin chaynab yutganida tomog‘ida uning mazasini sezsa, ro‘zasi ochiladi. Boshqa har qanday taom, don yoki boshqa chaynalgan kichik narsalar shu qoidaga qiyos qilinaveradi.
«Olamgiriya», «Muxtasar», «Qozixon», «Fathul-Qadir»

542-FATVO
Og‘iz so‘lagini tashqariga chiqarmay yutsa ro‘zasi ochilmaydi. Tashqariga chiqarib olib, so‘ngra qayta og‘ziga solib yutsa, ro‘zasi ochiladi.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan