Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73065 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:12:44

543-FATVO
Og‘zini suv bilan chaygandan keyin qolgan suv yuqini og‘iz so‘lagiga-qo‘shib yutib yuborsa, shuningdek, dimog‘iga kelgan burun suyukligini tomog‘iga tortib yuborsa, ro‘zasi ochilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

544-FATVO
Qonni yutib yuborsa, kafforatsiz qazoning o‘zini tutadi. Tishlarning milkidan chiqqan qonni so‘lak bilan qo‘shib yutib yuborsa, qon bilan so‘lakdan qaysi biri ortiqyoki kam miqdorda bo‘lishiga qaraladi. Agar qon ortiq bo‘lsa yoki so‘lak bilan barobar bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Bordi-yu, so‘lak ortiqbo‘lsa, ochilmaydi.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:13:20

545-FATVO
Gazlama to‘quvchisi ish jarayonida bo‘yalgan ip tolalarini og‘ziga solganida ko‘kmi, qizilmi, sariqmi, boshqa rangmi og‘ziga yuqib, so‘laklariga aralashib tomog‘idan o‘tib ketsa, ro‘zasi ochiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

546-FATVO
Tomog‘iga chang, tutun, pashsha, chivin kabi narsalar kirsa ro‘zasi ochilmaydi. Shuningdek, ehtilom bilan ham ro‘za ochilmaydi.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «Izoh al-Kirmoniy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:13:57

547-FATVO
Bir-ikki tomchi ko‘z yoshi yoki yuzidan oqqan ter og‘ziga kirib, tomog‘idan o‘tib ketsa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo bu mikdordan ziyod bo‘lib, og‘zida ko‘pgina sho‘rlikni sezsa ro‘zasi ochiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

548-FATVO
Badanning tabiiy teshikchalaridan (ikki maxrajdan boshqa kirgan moy, suv kabi narsalar bilan ro‘za ochilmaydi. Ko‘zigadori tomizganda garchi tomog‘ida uning mazasi bilinsa ham ro‘za ochilmaydi.
«Olamgiriya», «an-Nahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:20:28

549-FATVO
Og‘zi to‘la qussa, kafforatsiz qazoning o‘zini tutib beradi. Bordi-yu, uni qaytarishga kuchi yetmaydigan darajada kuch bilan kelsa, ro‘za ochilmaydi.
«Muxtasar», «an-Nahr»

550-FATVO
Huqna qildirish, burun bilan dorini dimoqqa tortib yutish, quloqqa yog‘tomizish kabilar bilan ro‘za ochiladi va kafforatsiz qazo vojib bo‘ladi. Agar qulog‘iga suv kirib ketsa, ro‘zasi ochilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:22:05

551-FATVO
Go‘shtni ipga bog‘lab turib yutib, darhol qaytarib tortib olsa, ro‘za ochilmaydi. Bir cho‘pning uchini tomog‘idan o‘tkazsa-yu, ikkinchi uchini qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa, so‘ng qayta tortib chiqarsa, ro‘za ochilmaydi. Ammo cho‘p tomoqdan o‘tib, ichida qolib ketsa ro‘za ochiladi.
«Olamgiriya», «Badoe», «Xulosa»

552-FATVO
Suv bilan istinjo qilayotganida ehtiyotkorlik lozim bo‘ladi. Aks holda ostidan suv kirib, ro‘zasining ochilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:23:19

553-FATVO
Oq saqichni chaynab, so‘lagini yutsa ham ro‘zasi ochilmaydi, lekin makruh sanaladi. Qora saqichni chaynab, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochiladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

Izoh:
Oldingi vaqtlarda oq saqich tarkibiga hech qanday shirinlik mahsulotlari qo‘shilmas edi. Shuning uchun uni chaynaganda hech narsa ajralib chiqmas edi. Hozirgi oq saqichlar (jvachkalar) tarkibida turli xil shirinlik moddalari mavjud. Shuning uchun hozirgi saqichlarni chaynab, tupugini yutsa, ro‘zasi ochiladi. Bemaza qora saqichlar hozirda chaynalmaydi.

554-FATVO
Uzrsiz taom tuzini totib ko‘rish, bozordan meva sotib olayotganda tanlash uchun totib ko‘rish makruh ishlardandir. Uzrli bo‘lsa, makruh emas. Masalan, erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko‘rishga majbur bo‘lsa, xo‘jayinning urushishidan qo‘rqib, bozor mevalarini totib ko‘rib xarid qilsa, makruh emas. Shuningdek, yosh bolaga ovqatni chaynab beradigan odam yo‘qligidan ro‘zador bo‘la turib, o‘zi chaynab berishi uzr hisoblangani uchun makruh sanalmaydi.
«Olamgiriya», «an-Nahr al-foiq»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:23:53

555-FATVO
Ro‘zador odamning kunduz kuni (beuzr) cho‘milishi, boshidan suv quyishi, suvga tushib o‘tirishi, xo‘l kiyimga o‘ralib olishi ayrim ulamolar nazdida makruh sanalgan. Abu Yusuf (rh.) esa, bu kabi ishlar makruh emas, deb fatvo bergan.
«Olamgiriya», «Muhit»

556-FATVO
Saharlik qilish mustahab amallardandir. Uning vaqtitunningoltinchi qismi hisoblanadi. Iftorlikni shom namozidan oldin, vaqt kirishi bilan qilish, saharlikni esa, oxirgi vaqtigacha davom ettirish mustahabdir. Iftorlikduosini o‘qib, ertasi kun ro‘zasi uchun ham niyat qilib qo‘yish sunnat amallardandir.
«Olamgiriya», «as-Siroj», «Me’roj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:26:41

557-FATVO
Ikki hayit kunlari, tashriq kunlari (qurbon hayiti arafasidan boshlab 5 kun davomida) nafl ro‘za tutish makruhdir. Ro‘za hayitidan keyin olti kun shavvol oyida ro‘za tutish mustahab amallardandir. Lekin paydar-pay emas, balki har haftada ikki kundan tutish lozim bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

558-FATVO
Bir yilning barcha kunlarida, hatto taqiqlangan kunlarida ham qoldirmay ro‘za tutish makruhdir. Ammo taqiqlangan kunlari tutmay, qolgan kunlari tutsa makruh emas. Shuningdek, iftorlik qilmasdan bir necha kun nafl ro‘za tutish ham makruhdir. Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:27:22

559-FATVO
Ataylab emas, balki, odatda tutib yurgan kunlari davomiga to‘g‘ri kelib qolsa, shanba, yakshanba, navro‘z, mehrjon kunlari nafl ro‘za tutishning karohati yo‘q.
«Olamgiriya», «Zahiriya», «Muhit»

560-FATVO
Nafl ro‘zani ayol kishi eridan beruxsat tutishi joiz emas. Mardikor ro‘za tutsa, ishga zarari tegadigan bo‘lsa, xo‘jayindan ruxsat olib tutishi lozim bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:28:33

561-FATVO
Musofir ramazon ro‘zasini tutmay, safardan qaytgach, kuniga-kun qazo tutib berishiga ruxsat etilgan. Lekin ro‘za tutsa qiynalmaydigan bo‘lsa, yana hamrohlari ham ro‘zador bo‘lishsa, u ham ro‘za tutgani afzal. Ammo ovqatlanish xarajatlari o‘rtada sheriklik bo‘lsa-yu, hamrohlari ro‘za tutmay, kunduzlari ovqatlanishadigan bo‘lsa, u ham ro‘za tutmagani afzal.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

562-FATVO
Musofir ro‘zador holida vataniga qaytib kelsa yoki boshqa shaharda 15 kundan ortiqturishni niyat qilsa, quyosh botgunga qadar ro‘zasini ochmay turadi. Agar ochib yuborsa, makruh va o‘sha kunning qazosi ham vojib bo‘ladi. Muqim kishi kunduzi safarga chiqadigan bo‘lsa, shu kuni ro‘za tutishi lozim. Agar ro‘zasini ochib yuborsa kafforatsiz qazo vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muxtasar», «Qozixon»

Qayd etilgan