Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73062 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:32:46

399-FATVO
Mayyit yuvilgandan keyin uni kafanlash farzi kifoya amallardandir. Erkak kishiga sunnat bo‘yicha uch qavat kafan bichiladi:
1.   Izor (ishton). Uning uzunligi boshining tepa qismidan oyoqlarining ostigacha.
2.   Qamis (ko‘ylak). Bo‘ynidan oyoqlarigacha.
3.   Lifofa (choyshab). Uning uzunligi ham izorning uzunligichadir.
Ba’zi fuqaholar marhum olim kishilardan bo‘lsa, unga salla ham kiydirib qo‘yilgani yaxshi, ya’ni, mustahab debdilar. Bunda sallaning pechi yuztomoniga tushirib kiydiriladi.
Izor bilan lifofaning o‘zi ham kafanlikka kifoya qiladi. Ayol kishiga ham sunnat bo‘yicha uch qavat (izor, qamis, lifofa) kafan bichiladi. Faqat unga ximor (ro‘mol) va ko‘kragidan sonlarigacha yetadigan xirqa (qiyiq) qo‘shiladi. Ael kishiga izor, lifofa, ximorning o‘zi ham kifoya qiladi. Faqat zarurat holatlardagina erkakka bir qavat, ayolga ikki qavat kafan bichish mumkin.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «Hidoya», «Javhara»

400-FATVO
Qabristonga dafn uchun borganlar to tobut yelkalardan yerga qo‘yilmaguncha o‘tirib olishlari makruhdir. Agar tuproq tortilguncha o‘tirmay, tik tursalar, yanada yaxshiroq bo‘ladi.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:33:06

401-FATVO
Mayyitga janoza namozini o‘qish farzi kifoyadir. Bir kishi — xoh u erkak bo‘lsin, xoh ayol — janozasini o‘qisa, qolgan musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘ladi. Hech kim o‘qimasa, hamma gunohkor bo‘ladi. Jum’a, hayit namozlarida adad xususida shart qilingan jamoat janoza namozida shart emas. Lekin jamoat qancha ko‘p yig‘ilsa, shuncha yaxshi.
«Olamgiriya», «Nihoya», «Tatarxoniya»

402-FATVO
O’zini o‘zi o‘ldirgan odam juda katta gunoh qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, mo‘‘min-musulmonligining e’tibori bilan Abu Hanifa, Imom Muhammad va Imom Halvonâ„–Y (rh.)lar nazdida ung‘a janoza o‘qilaveradi. Ammo ota-onasidan birini qasddan o‘ldirgan odam o‘lsa, unga janoza o‘qilmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Nihoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:33:37

403-FATVO
Mayyit o‘limi oldidan janozamni falon kishi o‘qisin, deb vasiyat qilgan bo‘lsa, bu vasiyati shar’iy hisoblanmagani uchun uni ijro etish lozim bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

Izoh:
Lekin mayyitning egalari o‘sha vasiyat etilgan odamning imomlik qilishiga rozi bo‘lishsa va boshqa tomondan ham qarshilik bo‘lmasa janozaga o‘tishi mumkin.

404-FATVO
Shom namozi paytida janoza hozir bo‘lib qolsa, shomningfarzidan keyin janoza o‘qiladi. Undan so‘ng shomningsunnati o‘qiladi.
«Olamgiriya», «Kunya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:34:13

405-FATVO
Janoza namozining niyatini dilga keltirib, yana til bilan ham aytsa, boshqa namozlardagi kabi yaxshi. Ammo shoshilinch paytida imomning janoza to‘g‘risida o‘ylab qo‘yishi va iqtido qiluvchilarning «imomga iqtido qildim», deb qo‘yishining o‘zi kifoya qiladi.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

406-FATVO
Bizning hanafiy mazhabimizga ko‘ra, janoza namozida «Fotiha» surasi o‘qilmaydi. Mabodo o‘qilganda ham qiroat niyati bilan emas, sano niyati bilan o‘qiladi. Yana janoza namozining to‘rt takbirininghammasida qo‘l ko‘tarmaymiz. Balki faqat birinchi takbirda qo‘l ko‘taramiz.
«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Kanz»

Izoh:
Takbirlarni aytayotgan paytda ayrim kishilarning boshini osmonga bir bor ko‘tarib qo‘yishlari bid’at ishlardandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:34:46

407-FATVO
Mayyitlar ko‘p bo‘lsa, imom ixtiyorlidir -xohlasa har biriga alohida janoza o‘qiydi, xohlasa hammasiga bir niyat bilan bir marta o‘qiydi. Mayyitlar imomning ro‘parasidan boshlab, dastlab katta yoshli erkaklar, ularning ortidan norasida o‘g‘il bolalar, so‘ngra ayollar qo‘yiladi. Agar hammasi bir jinsdan bo‘lsa, yoshi ulug‘rog‘i yoki ilmlirog‘idan boshlab qo‘yiladi.
«Olamgiriya», «Me’roj», «Fathul-Qadir»

408-FATVO
Agar mayyit janozasiz yoki yuvilmay ko‘mib qo‘yilgan bo‘lsa, ba’zi ulamolar uch kungacha, deganlar, lekin necha kun o‘tgan bo‘lishining ahamiyati yo‘q, balki murda aynib, titilishga o‘tmaganiga umid bo‘lsa, qabr ochilib, mayyit chiqariladi va yuvilmagan bo‘lsa yuvib, janozasi o‘qiladi va qayta dafn qilinadi.
«Olamgiriya», «Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:35:31

409-FATVO
Mayyitni dafn qilish ham farzi kifoyadir. Qabr lahad shaklida kavlanishi sunnatdir. Ya’ni, ikki metr atrofida chuqur kavlab tushilgandan keyin qibla tomondan mayyit uchun alohida joy tayyorlanadi. Uning chuqurligi ko‘krak barobari bo‘lishi kerak. Agar undan ham chuqur bo‘lsa, yanada yaxshi. Eni yarim qomat, ya’ni, bir metrga yaqin bo‘lishi lozim.
«Olamgiriya», «Muhit», «Javhara», «Muzmarot»

410-FATVO
Agar qabrni lahad shaklida kavlashga yerning yumshoqligi yoki qumli tuproq bo‘lgani bois imkon bo‘lmasa, «shaqq» shaklida, ya’ni, yerma go‘r kavlab, dafn etish ham mumkin. Bunda ariq qazigandek yer ochiladi va ikki yoni xom g‘ishtlar bilan urib chiqiladi. Mayyit qo‘yilgach, ustiga tegmaydigan qilib yog‘och, taxta yoki shox-shabbalardan «ship» yasab, ustidan tuproqtortiladi.
«Olamgiriya», «Me’roj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:36:14

411-FATVO
Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Fazl (rh.)ning bergan fatvosiga ko‘ra, ba’zi yumshoq tuproqli yerlarimizda lahad yoki yorma qabr kavlashning imkoni bo‘lmagani uchun nimadan bo‘lsa ham tobut (quti, sandiq) yasab, mayyitni unga solib ko‘mish mumkin. Agar temirdan yasalsa, uning ichiga birinchi tuproq to‘shaladi, ustki qismi yorma qabr usti kabi yopib, loy bilan suvab qo‘yiladi. Mayyitning o‘ng va chap tomonlariga xom g‘isht teriladi. Shunday qilinsa, lahadga o‘xshatilgan bo‘ladi. Lahadga pishiq g‘isht ishlatish makruhdir.
«Olamgiriya», «Qozixon»

412-FATVO
Ayol kishi murdasini lahadga qo‘yishga hammadan ko‘ra uning mahramlari haqliroq va yaxshiroqdir. Agarda ulardan keyin mahram bo‘lmagan qarindoshlari avlodir. Ulardan hech kim bo‘lmasa yoki qo‘yishni uddalay olmasa, begonalar qo‘yishi joiz bo‘ladi. Ayollar qabrga tushirilmaydi.
«Olamgiriya», «al-Bahr», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:36:45

413-FATVO
Qabr yerdan bir qarich baland qilib ko‘tarilib qo‘yiladi. Ustki qismi nam o‘tkazmaydigan qurilish vositalari bilan berkitilmasligi tavsiya etiladi. Qabr ustiga imorat qurish, ustida o‘tirish, uxlash, bosib yurish, tahorat ushatish, ko‘karib turgan giyohlarni yulish yoki chorva mollarini o‘tlatish makruh ishlardan sanaladi. Qabr toshi o‘rnatish va mayyit to‘g‘risida ba’zi muhim ma’lumotlarni yozib qo‘yishga ayrim ulamolar joiz deb fatvo berganlar.
«Qozixon», «Olamgiriya»

Izoh:
Maqbara shiklash, qabr toish qo‘yib, unga yozuvlar bitish masalasidagi ulamolarning ixtilofi asosan oddiy musulmonlarning qabrlari to‘g‘risida bo‘lgan. Ammo mashhur aziz-avlielar, dunyoga tanilgan olimu-ulamolarning qabrlari esa, ziyoratchilar ruhiy taassurot olsin, keyingi avlod uchun ularning mozorlari ibrat manbai bo‘lsin, degan ezgu maqsadda o‘zlari vasiyat qilmagan va xohlamagan bo‘lsalar-da, boshqalar tomonidan tiklansa, obod qilinsa, buning zarari yo‘q, balki ko‘p manfaatli jihatlari borligi uchun ruxsat berilgan.

414-FATVO
Tiriklik vaqtida o‘zi uchun qabr kavlatib qo‘yishning zarari yo‘q, aksincha, bu savobli ishdir.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:37:07

415-FATVO
Dafndan keyin darhol tarqab ketmay, biroz vaqt duo, tilovati Qur’on bilan o‘tirish mustahab ishlardandir. Imom Muhammad (rh.) qabristonda Qur’on tilovat qilishning karohati yo‘q, deb fatvo bergan. Mashoyixlarimiz buning mayyitlarga foydasi bo‘lgani uchun shu fatvoni qabul qilganlar.
«Olamgiriya», «Muzmarot», «Javhara»

416-FATVO
Zarurat yuzasidan bir qabrga ikki-uch kishining jasadi dafn etilishi mumkin. Agar ular turli jinsdan bo‘lsalar, qibla tomonga katta yoshdagi erkak, undan keyin norasida o‘g‘il bola, uidan keyin ayol kishi qo‘yiladi va oralarini ajratib turish uchun tuproq tashlanadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:37:30

417-FATVO
Qabrdagi mayyit chirib, tuproqqa aylangani ma’lum bo‘lsa, shu qabrga boshqa mayyitning qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, bu kabi qabrlar o‘rnida dehqonchilik qilish va imorat solib, foydalanish joizdir.
«Olamgiriya», «Tabyin»

418-FATVO
Mayyit qiblaga qarab yotqizilmagan yoki chap yoni bilan yotqizilgan yoxud boshi oyoq tomonga qilib qo‘yilgani ma’lum bo‘lsa, qaraladi — agar lahadning og‘zi g‘isht bilan berkitilgan bo‘lsa-yu, tuproq tortilmagan bo‘lsa, ochib sunnat bo‘yicha o‘zgartirib chiqiladi. Ammo tuproq tortilgandan keyin bilinsa, qabr ochilmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan