Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73060 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:41:40

439-FATVO
Oyat va hadislarga ko‘ra, sehr-jodu qadimdan bor narsa. Uni yomon niyatda o‘rganish, o‘rgatish va shug‘ullanish, Allohningxohishisiz ham ta’sir etadi, deb e’tiqod qilish kabira gunohlardan hisoblanadi. Mohiyagini bilib olish uchun o‘rganib qo‘yish, odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida undan to‘g‘ri foydalanishga Imom Buxoriy, Imom Shofiiy kabi mujtahid olimlar ruxsat berganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yahudiy Labid ibn al-A’sam tomonilan sehrlanganlari to‘g‘risida ulamolar ixtilof qilganlar. Bu xususda qat’iy hukm chiqarilmagani ma’qul.
«Bayon lin-nos», «Tafsiri Roziy»

440-FATVO
Duoxonlik, azoimxonlik, dam solish kabi odatlar qadimdan hamma xalqda mavjud. Bu narsalar ichida shar’an ruxsat etilgan va etilmaganlari bor. Islom ta’limoti bu ishlardan shariatga zidlarini taqiqlagan, mos keladiganlarini aniqlab bergan. Masalan, duoxon yoki azoimxon bemorga yoki boshiga biror tashvish tushgan kishiga oyatlardan o‘qib, dam solsa, hadislarda kelgan duolardan o‘qib, shifo tilasa, joiz, balki, sunnat. Ammo kufrona so‘zlar, ma’nosiz to‘qima duolar o‘qib dam solish taqiqlanadi. Ibn Hajar al-Asqaloniy so‘ziga ko‘ra, ulamolar ijmo’ qilganlarki, dam solishning uch sharti bor:
1. Allohning kalomidan, ism va sifatlaridan o‘qish;
2. Arab tilida yoki boshqa tilda bo‘lsa ham ma’nosi shar’iy bo‘lishi;
3. Duo va dam solish mustaqil ravishda ta’sir qilmasligi, balki, Allohning izni va taqdiri bilan ta’sir qiladi, deb e’tiqod qilish.
«Bayon lin-nos»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:42:02

441-FATVO
Oyatlar, Allohning ism va sifatlari yozilgan tumorlarni taqish hanafiy, molikiy, shofiiy va xanbaliy mazhablari ulamolari nazdida joiz sanalgan. Bu to‘g‘rida taqiq kelgan hadis shirk yozilgan tumorlarga oid, deb ta’vil qilganlar. Ezib-ichki to‘g‘risida, agar oyatlardan bo‘lib, uni yozgach, suv bilan yuvib, ichilsa yoki yuvinilsa joizligi ta’kidlangan. Ibn Abbos (rz.) tug‘ishga qiynalgan ayolga shunday qilishga buyurganlari naql qilingan.
«Bayon lin-nos», «al-Mavsua al-fiqhiyya»

442-FATVO
Kasallikning sog‘ odamga yuqishi mumkinligi hadisi sharifdan ma’lum. Unda «Biror yerda vabo kasali tarqalgani haqida eshitib qolsangiz, u yerga bormang. O’zingiz yashayotgan joyda vabo tarqalsa, undan qochib chiqib ketmang» deyilgan. Boshqa bir hadisda: «Kasal yuqishi yo‘q narsa...», — deyilgan. Lekin bu hadisda Allohning izni va taqdirisiz yuqish yo‘q, degan ma’noni nazarda tutganlar, deb ta’vil qilinadi.
«Bayon lin-nos», «Zodul-maod»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:42:19

443-FATVO
Xatmi Qur’on, xudoyi yoki ehson nomi bilan qori va mullolarni uyiga taklif etib, amri ma’ruf, nahyi munkar, tilovat qilingach, mehmonlarni kuzatish asnosida qori va mullolarga mezbon tomonidan berilgan pul yoki boshqa narsalarni olish joizmi, degan masalada mutaaxxirin ulamolar, jumladan, Imom Saraxsiy, Mavlono Abdulhay (rh.)lar agar oldindan shu narsalarni berish sharti bilan kelgan bo‘lsalar joiz emas. Ammo hech qanday shartsiz, mezbon o‘zi ko‘nglidan chiqarib, hadya tariqasida bersa olish joiz, deb fatvo bergan ekanlar.
«Aynul-ilm», «Komiliya»

444-FATVO
Dafn etilgan mayyit shar’iy uzr bilan ochilib, boshqa joyga ko‘chirib, dafn etilishi mumkin. Masalan, egasidan ruxsat olinmagan birovningeriga dafn etilgan bo‘lib, yer egasi norozilik bildirib turgan bo‘lsa, qabr ostini namlik yoki suv egallagan bo‘lsa yoki g‘ayridinlar yurtiga dafn etilgan bo‘lsa. Hanafiy mazhabida bo‘lgan Malika Shohsuvor (oxirgi Usmoniy xalifa Sulton Abdulmajid-P ning xotini) Frandiya qabristonidan olib kelinib, Misrga dafn etilgani tarixdan ma’lum.
«Dorul-ifto», Misr, «Sahihi Buxoriy», «Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:44:29

445-FATVO
Mayyitning qornini yorish masalasida, shar’iy uzr bilan bo‘lsa, joiz deyilgan. Masalan, mayyit zaharlanib o‘lgan bo‘lsa, uni aniqlash, gumon qilingan odamni tuhmatdan xalos qilish kabi sabablar bilan ichki a’zolari ochib tekshirib ko‘rilishi joiz.
«Dorul-ifto», Misr

446-FATVO
Tirik insonning biror a’zosini shu a’zoga muhtoj bemorning hayotini saqlab qolish uchun tibbiy amaliyot bilan ko‘chirib o‘tkazish joiz. Lekin shu shart bilanki, a’zo beruvchining hayotiga zarar yetmasa, majburan emas, ixtiyoriy ravishda bersa, shundan boshqa muolaja mumkin bo‘lmasa va amaliyot har ikki tomon uchun muvaffaqiyatli chiqishi odatda bo‘lib turgan bo‘lsa.
Islom fiqhi akademiyasi yig‘ilishining qarori.
Makka, 1985

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:45:13

447-FATVO
O’lik insonning biror a’zosini shu a’zoga muhtoj bemorning hayotini saqlab qolish uchun tibbiy amaliyot bilan ko‘chirib o‘tkazish joiz, balki avlodir. Faqat a’zosi olinuvchi mayyit tirikligida ruxsat bergan bo‘lishi shart.
Islom fiqhi akademiyasi yig‘ilishining qarori.
Makka, 1985


448-FATVO
Tirik inson organizmining biror qismini o‘zining boshqa bir joyiga ko‘chirib olib o‘tkazish zarurat yuzasidan joiz. Masalan, terisi, suyagidan olib boshqa-joyiga ulash, yamash mumkin.
Islom fiqhi akademiyasi majlisining qarori.
Makka, 1985


449-FATVO
Bemorningjismoniy sog‘lig‘ini tiklash maqsadida sun’iy suyaklar o‘rnatish, yurak, o‘pka, jigar kabi ichki a’zolarga tutqichlar yasab qo‘ydirish joiz.
Islom fiqhi akademiyasi majlisining qarori.
Makka, 1985.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:45:36

ZAKOTGA DOIR FATVOLAR

450-FATVO

Boyligi shariat belgilab qo‘ygan ma’lum bir miqdorga, ya’ni, nisobga yetgan musulmon kishi bir yil o‘tishi bilan asliy hojatlaridan ortiqcha boyligining qirqdan bir qismini, ya’ni, 2,5 foizini shar’an belgilab qo‘yilgan joylarga berishi farzi ayndir. Nisob 84 gr. tilla qiymati bilan barobar mablag‘dir. Zakotni beuzr kechiktirib berish gunohdir. Zakotni ajratayotgan yoki berayotgan paytda niyat qilish shart. Demak, shu ajratgan yoki berayotgan narsam sadaqa yoki ehson emas, zakotdir, deb niyat qilinadi. Ammo yilning oxiriga kelib, shu bir yil mobaynida bergan sadaqalarimni zakot deb niyat qildim, desa, bu niyati o‘tmaydi. Butun boyligini sadaqa qilib yuborsa, niyat shart emas. Zakotga ham o‘taveradi.
«Olamgiriya», «Muxtasar»

451-FATVO
Faqir kishiga bergan qarzidan kechib yuborsa, o‘sha qarzda turgan boyligydan beradigan zakotidan qutiladi. Agar bir qismidan kechsa, o‘sha qismidan "beradigan zakoti soqit bo‘ladi. Agar boy kishidagi qarzini unga hadya qilib yuborsa, uning zakoti soqit bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

452-FATVO
Bir faqirga boy kishi falon kishiga bergan qarzimni borib, o‘zingga olgin, deb zakotni niyat qilsa joizdir.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:46:07

453-FATVO
Miskinga pul berib, tilida hiba (hadya) yoki qarz, deb aytib, dilida zakot, deb niyat qilsa, zakotga o‘tadi.
«Olamgiriya», «al-Bahr», «Qunya»

454-FATVO
To‘liq bir yil majnun (jin tekkan, ruhiy kasal-likka uchragan) bo‘lsa, zakot vojib emas. Ammo bir yil behush yotgan boyga zakot vojib. Yilning boshi va oxirida majnunligi ketgan bo‘lsa, zakot vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Javhara», «al-Kofiy», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:46:31

455-FATVO
Garovga qo‘ygan boyligi modomiki, garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish vojib emas.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

456-FATVO
Yashabturgan uylari, kiyib turadigan kiyimlari, uy jihozlari, minilib turgan ulov, oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar tilla, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa), olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo‘yoqchining idishdagi bo‘yoqlari, teri oshlovchining idishdagi yog‘laridan zakot beriladi. Kirchiningsovunlaridan zakot berilmaydi.
«Olamgiriya», «Javhara», «Kifoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:47:01

457-FATVO
Fiqh ilmi bilan shug‘ullanadigan olimning uyidagi kitoblari juda katta mablag‘ga teng bo‘lsa ham agar ulardan foydalanib turishga muhtoj bo‘lsa, bu kitoblardan zakot berishi vojib emas. Lekin zarur bo‘lmaydigan kitoblarining qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot berishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Mabsut»

458-FATVO
Odamlardan qarzdor odam agar boyligidan qarziga beradigan bo‘lsa, nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Masalan, birovdan bir nisob miqdorida qarz olgan, lekin qo‘lida besh nisob miqdorida boyligi bor. U to‘rt nisob hisobidan zakot beradi. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni, mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo‘lsa ham zakot beraveradi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:47:33

459-FATVO
Bo‘yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi hujjati yo‘q odam bir necha yildan keyin hujjatga ega bo‘lib qolsa va qarzni undirib olsa, o‘tgan yillar uchun zakot vojib emas.
«Olamgiriya», «Tabyin»

460-FATVO
Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi - agar qarz bergan odam uni topib kelishga-qodir bo‘la turib, harakat qilmasa, zakot soqit bo‘lmaydi. Topib kelishga imkoniyati bo‘lmasa, undagi puldan zakot bermaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan