Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73066 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:47:51

461-FATVO
Zakotda yil hijriy sana hisobi bilan o‘lchanadi (354 kun). Yilning boshi va oxirida zakot nisobi mavjud bo‘lib, o‘rtasida nisobdan kamayib turishi zakotni soqit qilmaydi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

462-FATVO
Yil davomida tijorat mollarining jinslari o‘zgartirib turilishi zakot beriladigan yilning ham o‘zgarib, yangilanib turishiga sabab bo‘lmaydi. Ammo chorva mollari yil davomida almashtirib turilsa, yil hisobi oxirgisidan boshlab e’tiborga olinadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:48:30

463-FATVO
Nisob egasining boyligiga yil davomida qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, foyda qo‘shilib borsa, hammasi umumiy boyligiga qo‘shilib, zakot ajratilaveradi. Masalan, tijoratdan tushgan foyda, meros, hadya yo‘li bilan tushgan mablag‘lar kabi. Ammo qo‘y, echki, tuya kabi boshqa jinsdan qo‘shilgan narsalar qo‘shilmaydi. Yil to‘lishi bilan tushgan mablag‘ va foydalar yangi yil hisobidagi nisobga qo‘shib hisoblab boriladi. Ya’ni, bir yil to‘lmagunchaulardan zakot berilishi vojib emas. Lekin to‘lmagan yil va keyingi bir necha yil hisobidan bir nisob egasi bo‘lgan odam oldindan zakotlarini berib qo‘yishi mumkin.
«Olamgiriya», «Javhara», «Muxtasar», «Qozixon»

464-FATVO
Yil davomidagi foyda va qo‘shimcha daromadlar nisobga yetgan boyligiga qo‘shiladi. Nisobga yetmagan boyligiga qo‘shib hisoblanmaydi. Agar nisobga yetmagan moliga yangi daromadni qo‘shganida nisobga yetadigan bo‘lsa, qo‘shib shu kundan boshlab iil o‘tishini kutadi.
«Olamgiriya», «Badoe»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:49:06

465-FATVO
Nisobga yetgan chorva mollariga yil to‘lishi bilan zakotini berib bo‘lgach, mollarni sotib yuborsa, yarim yil to‘lgan mavjud pulni nisobga qo‘shib hisob-laydimi yoki yo‘qmi, degan masalada Abu Hanifa (rh.) nazdida qo‘shib hisoblamaydi, balki, unga yangidan yil hisobini boshlaydi. Ammo Abu Yusuf bilan Imom Muhammad (rh.)lar nazdida mollarning pulini ham mavjud nisobga qo‘shib, ikki nisobga zakot beradi. Bu ixtilof chorva mollari alohida nisobga yetgan taqdirda e’tiborga olinadi. Bordi-yu, nisobga yetmagan bo‘lsa, hammalarining nazdida ham nisobga qo‘shib hisoblanaveradi.
«Olamgiriya», «Javhara»

466-FATVO
Yerining xarojini (zakotini) to‘lab bo‘lgach, sotib yuborsa, pulini asliy nisobga qo‘shib hisoblab, zakot ajratadi.
«Olamgiriya», «Badoe»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:49:27

467-FATVO
Pul mablag‘i nisobga yetgach, zakotini berib, qolgan pulga chorva mollarini sotib olsa, mulkidagi boshqa chorva mollariga-qo‘shib hisoblamaydi. Zero, u zakoti berilgan moldir. Bu Abu Hanifa (rh.) so‘zlaridir.
«Olamgiriya»

468-FATVO
Tijorat niyati bilan boqayotgan qo‘ylarining qiymati nisobga yetar edi. Lekin ular yil to‘lmay turib o‘lib qoldi. Ularning terilarini shilib, oshlab, qiymatini hisoblasa, nisobga yetayapti. Yil to‘lishi bilan undan zakot beradi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:50:42

469-FATVO
Tijorat niyati bilan saqlanayotgan meva sharbati bir yil o‘tmasdan mayga, so‘ngra sirkaga aylangach, qiymati nisobga yetsa ham yil oxirida undan zakot berilmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

[b[470-FATVO[/b]
Ikki nisob egasi pulini yaxshi hisoblab ko‘rmay ikki yarim nisob hisobidan zakot berib bo‘lganidan keyin bilib qolsa, ikki nisobdan ortig‘ini keyingi yil hisobiga o‘tkazib qo‘yaveradi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:51:07

471-FATVO
Turli nav chorva mollari nisobga yetgan odam ularning bir-ikki navidan zakot berganidan keyin shu zakoti berilgan mollar o‘lib qolsa, bergan zakoti qolgan mollarining zakotiga o‘tmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

472-FATVO
Yil to‘lmay oldindan berilgan zakotni qabul qilgan faqir yil-oxiriga yetmay boy bo‘lib qolsa, yo o‘lib qolsa yoki dindan qaytib murtad bo‘lsa, berilgan zakot o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
«Olamgiriya», «as-Siroj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:51:30

473-FATVO
Zakot farz bo‘lgan odam uni ado etmay turib vafot topsa, zakot soqit bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit»

474-FATVO
Chorva mollarining erkagu urg‘ochisidan nisobga yetgach, zakot beriladi. Lekin sharti yarim yildan ortiq dalada, o‘tloqda boqilgan bo‘lishi va maqsadi sutidan foydalanish, naslini ko‘paytirish, semirtirish, bahosini oshirish bo‘lishi belgilangan. Hayvonlarni boqishdan maqsadi ularda yuk tashish, minish bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:51:49

475-FATVO
Chorva mollarini sotib foydalanish, ya’ni, tijorat niyati bilan boqayotgan bo‘lsa, ularning qiymatini pulga hisoblab, zakot chiqaradi, necha bosh ekaniga qarab emas.
«Olamgiriya», «Badoe»

476-FATVO
Chorva mollarini tijorat niyati bilan sotib olib, keyinroq sotish niyatidan qaytib, boqishni niyat qilsa, shu keyingi niyat qilgan kunidan e’tiboran yil hisobini boshlaydi. Ya’ni nisobga yetgan bo‘lsa, ularning qiymatiga emas, necha bosh ekaniga qarab zakot ajratadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:52:32

477-FATVO
Chorva mollarining turiga va adadiga qarab zakot belgilanadi. Masalan, har beshta tuyaga beshtadan qo‘y. 25 ta tuyaga bitta bir yoshdan ikkinchi yoshga qadam qo‘ygan bo‘taloq. 36 ta tuyaga ikki yoshdan o‘tib, uchinchi yoshga qadam qo‘ygan bo‘taloq beriladi va hokazo. Qo‘y va echkining 40 tasiga bir yoshlik bitta qo‘y, 120 taga yetgach, ikkita qo‘y va hokazo. Sigir 30 taga yetgach, bir yoshlik buzoq, 40 taga yetgach, ikki yoshdan uch yoshga qadam qo‘ygan g‘unajin va hokazo. Har bir urg‘ochi otdan bir dinor yoki nisobga yetadigan qiymatining 40 dan bir foizi beriladi. Otlar erkak-urg‘ochi aralash bo‘lsa, ulardan zakot beriladi. Ammo faqat erkak otlar bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Lekin tijorat uchun boqayotgan bo‘lsa zakot beradi.
«Olamgiriya», «Muxtasar», «Kofiy»

Izoh:
Chorva mollarining adadiga qarab zakot berish to‘g‘risida batafsil to‘xtalmadik. Chunki bu to‘grida tarjima qilingan fiqh kitoblarida keng mamumot berilgan.

478-FATVO
Eshak, xachir, qoplon, o‘rgatilgan itlardan tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsagina zakot beriladi. Tuya, sigir, qo‘y, echkilarning bir yoshga to‘lmagan bolalari alohida boqilayotgan bo‘lsa, ulardan zakot berilmaydi. Ammo ularga bitta katta yoshlisi qo‘shilsa ham hammasi unga tobe bo‘lib qoladi va nisob uchun hisobga olinadi. Masalan, 39 ta qo‘zi bilan bitta uch yoshga qadam qo‘ygani bo‘lsa, bir qo‘y zakotga ajratiladi.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:52:57

479-FATVO
Tilla bilan kumush xoh ishlov berilgan, taqinchoq yoki buyum holatiga keltirilgan, xoh yombi holida, xoh tabiiy qazilma holatida bo‘lsin, nisobga yetsa, zakot berilaveradi. Tillaning nisobi - 20 misqol, ya’ni, 84 gr. Kumushning nisobi - 200 dirham. Bir dirhamning vazni - 3,17 gr. Demak, 84 gr tilla narxi zakot berish vaqtida necha so‘mga to‘g‘ri kelsa, nisob o‘sha miqdorda belgilanadi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «al-Fiqh al-islomiy»

480-FATVO
Tilla bilan kumushda qiymati emas, vazni e’tibor qilinadi. Masalan, kumushdan yasalgan ko‘zaning og‘irligi 150 dirham, qiymati 200 dirham bo‘lsa, zakot vojib bo‘lmaydi. Tillada ham misqollar vazni e’tiborga olinadi.
«Olamgiriya», «Sharhi Kanz»

Qayd etilgan