Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73059 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:53:14

481-FATVO
Tilla va kumush boshqa metallar bilan aralashgan bo‘lsa, aniqlab ko‘riladi; agar tilla va kumush 50 foizdan ortig‘ini tashkil etsa, sof oltin yoki sof kumushdek e’tibor qilinadi. Kam kelsa, soxta hisoblanadi. Barobar kelsa, ehtiyot jihatidan zakot berish tavsiya etiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon»

482-FATVO
Tilla bilan kumush aralash bo‘lsa, qaysi birining vazni nisobga yetsa, o‘shanisidan zakot berilaveradi. Kumushi oz, tillasi ko‘p bo‘lsa, hammasi tilla deb baholanadi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:53:33

483-FATVO
Sariq mis chaqalar qancha ko‘p bo‘lsa ham zakot berilmaydi. Ammo ularni tijoratga ishlatish niyatida saklayotgan bo‘lsa-yu, miqdori nisobga yetsa, shundagina zakot beradi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Sharhi Viqoya»

484-FATVO
Tilla bilan kumushning miqdori bir nisobga yetgach, ikkinchi nisobga yetgunga qadar har qirq dirhamidan bir dirham, to‘rt misqolidan ikki qiyrot qo‘shimcha zakot ajratadi. Bu Abu Hanifa (rh.) so‘zlari. Ikki imom va Shofiiy (rh.)lar nazdida nisobdan ortig‘idan ham qirqdan bir hisobida zakot qo‘shib berilaveradi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:54:15

485-FATVO
Tilla bilan kumushning nisoblari komil bo‘lishi uchun boshqa tijorat buyumlarining qiymati ham qo‘shib hisoblanadi. Kumushning nisobini to‘ldirish uchun tilla unga qo‘shib hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Muxtasar»

486-FATVO
Uy jihozlari, ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalardan faqat tijorat uchun saqlanayotganlarining umumiy qiymati nisobga yetsa, ulardan zakot beriladi. Ular qaysi joyda bo‘lsa, o‘sha joydagi narx-navo bilan hisoblab chiqiladi.
«Olamgiriya», «Javhara»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:55:58

487-FATVO
Dur, yoqut, gavhar kabi qimmatbaho toshlar uchun zakot berilmaydi. Ammo ular tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsa, zakot beriladi. Tilla va kumush taqinchoqsifatida ishlatilayotgan bo‘lsa ham nisobga yetadigan bo‘lsa, zakot berilaveradi.
«Olamgiriya», «Javhara»

488-FATVO
Zakot bergan-bermagani haqida shak-shubha qilgan kishi, bermagan bo‘lishim kerak, deb jazm qilib, zakotni qaytadan beradi.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «al-Bahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:02:13

489-FATVO
Tijorat mollarini bir xil jinsda ushlab turmasdan bir necha bor boshqa jinsdagi mollarga almashtirib turishning zakot nisobiga ta’siri yo‘q. Ya’ni yangidan yil hisobini boshlamaydi, balki, bir xildagi mol nisobidek hisob qilinaveradi. Shuningdek, nisobga bir yil to‘lishi bilan uni qarzga berib yuborishi ham zakotni soqit qilmaydi.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

490-FATVO
Tuyalardan zakot berilganda erkagidan emas, urg‘ochisidan beriladi. Qo‘ylardan berilganda esa, erkak-urg‘ochisining farqi yo‘q.
«Olamgiriya», «Tuhfa», «as-Siroj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:03:27

491-FATVO
Zakot, kafforat, fitr sadaqasi, ushr, nazr kabi to‘lovlarda beriladigan narsa yoki hayvon o‘rniga ularning qiymati miqdorida pul bilan to‘lash ham mumkin.
«Olamgiriya», «Hidoya»

492-FATVO
Boyligi zakot nisobiga yetmaydigan kambag‘al odam zakot berishni havas qilib, birovdan qarzga pul olib, zakotni ado etgach, harakat qilib qarzini uzishga aqli yetsa, shunday qilgani afzal. Shu niyat bilan qarz olib, zakot bergandan keyin qarzni qaytarmay turib vafot etsa, oxiratda Alloh taolo unga qarz bergan kishini rozi qilib, qarzdan ozod qilishining umidi bor. Ammo qarzni qaytarishga kuchi yetmasligini bila turib, qarz olishi durust emas.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:04:18

493-FATVO
Bir kishi ikkinchi kishiga zakot nisobiga yetadigan pulni hiba tariqasida bergach, bir yil to‘lishi bilan bergan hibasini qaytarib olsa, har ikki tomon ham shu yil uchun zakot bermaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

494-FATVO
Bir kishi zakot berish vaqti kirganiga qaramay, zakot bermay yurgan vaqtida bir kambag‘al uning boyligidan ruxsatsiz zakot niyatida olishi mumkin emas. Agar olsa, molning egasi undan qaytarib olishga haqqi bor. Bordi-yu, kambag‘al ishlatib yuborgan bo‘lsa ham baribir zomin bo‘ladi. Ya’ni zimmasiga tushadi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:09:28

495-FATVO
Podshohlik tomonidan olingan turli yig‘imlar hamda musodara etilgan mollarni zakot hisobiga o‘gkazish joiz yoki nojoiz ekani to‘g‘risida ulamolar ixtilof kilishgan. Durust gap shuki, mol egasi zakot deb niyat qilsa o‘tadi.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

496-FATVO
Zakot pulini ajratib, qo‘lida ushlab turgan paytida kambag‘allar kelib, so‘rab o‘tirmay talab ketishsa, shuningdek, beraman deb turgan zakot puli qo‘lidan yerga tushib ketishi bilan bir kambag‘al kelib uni olsa va bunga boy rozi bo‘lsa, har ikki misolda ham zakot bergan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:12:05

497-FATVO
Boy bir kishiga pul berib, nafl sadaqa sifatida tarqatib yuborishni buyurgach, o‘sha pulni zakot deb niyat qilsa va shundan keyin boyagi kishi pulni sadaqa qilib yuborsa, zakotga o‘tadi.
«Sirojiya»

498-FATVO
Bir boy o‘z hisobidan boshqa bir boyning nomidan zakot berib yuborgach, u bilib ijozat bersa, faqirga bergan bo‘lishi sharti bilan durust bo‘ladi.
«Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:13:18

499-FATVO
Boyning kambag‘alda bir nisob miqdorida qarzga bergan puli bor. Unga zakot niyati bilan qirqdan bir miqdorda pul berib, qolgan qarzini undirib olsa joiz emas.
«Sirojiya»

500-FATVO
Boydan zakot puli (qirqdan bir) miqdorida qarzi bor kambag‘alga o‘sha pulni zakot niyati bilan hadya qilib yuborsa, zakotga o‘tmaydi. Qarzini undirib olishning shar’iy hiylasi quyidagicha: unga zakot niyati bilan pul berib, so‘ngra qarzini undirib oladi.
«Sirojiya»

Qayd etilgan