Assalomu alaykum!
Samira, Kamilla ismlarining ma'nosi nima?
Mukkarram ismining fazilati bormi?
Va alaykum assalom!
Samira - arabchada:
1. Ko'ngilni xush qiluvchi.
2. Tong saxar nafasi, hidi.
3. Go'zal suhbatdosh.
Hindchada - Tonggi sabo ma'nolarida keladi.
Kamilla - asli lotincha ism (Camilla) bo'lib, mifologiyaga ko'ra, sarkarda ayol bo'lgan. Ism ma'nosi cherkovda xizmat qiluvchi yosh qiz.
Bu ismining
Komila shaklidagi arabcha ma'nosi - komil, mukammal, nuqsonlardan holi degan ma'noni anglatadi.
Mukarram - islomiy ism bo'lib, hurmatlangan, hurmatga sazovor, muhtaram degan ma'nolarni anglatadi.