Assalamu alaykum!
AbdulAziz aka, ajoyib mavzu uchun tashakkur!
Men ham qaysi forumdoshlarim bilan uchrashganimni yozsam a:
1. AbdurRohman, birinchi bora, Odila ikkalamiz uchrashgandik, biroz suhbatlashgandik. Fikrlashlari yoqdi, juda ma'noli gapiradila, samimiy inson.
2. Toshkentda o'tgan yili muslimalar uchrashuvi bo'lgandi, forumning gigant userkalari - Muniraxonim, Muslima opajonim, NOZA, Lolo, Fazilat, Mubina opajonlar bilan uchrashib, mazza qilib iymonlashgandik o'tirib. Ehh... yana qaytib kelsaydi o'sha damlar
2. Fatima - mani asal singiljonim. Navoiylik 2 faol userkaning bittasi. Judayam hazilkash. Buxorodagi uchrashuvga kelgandila,maza qilgandim.
3. NafisaBonu - navoiylik yana bir userka. Juda quvnoq,samimiy qiz. Kelganlarida va men Navoiyga borganimda ham kayfiyatimni ko'tarib, gaplashgandik.
4. Mr.Twister - Erkin, forumning jonkuyar, qiziquvchan userlaridan, oyda bir marta, duch kjelib qolsak haftada ham ko'rishib qolamiz, ba'zan
Juda yaxshi inson, tirishqoq, talabchan.
5. Azza binti Baxrom - kogonlik userkalarning eng sho'x, quvno'gi. Aziza, dugonam, juda yaxshi, samimiy qizlar. U kishi bilan deyarli har kun uchrashamiz, telefonda ham gaplashib, iymonlasahib turamiz.
6. Muslimaa - meni asalim, Alloh yo'lidagi dugonam, maslahatgo'yim. U kishi bilan qurbon hayitiga kelganlarida uchrashgandik. Menga juda yoqadilar. Har vaqtda agentda gaplashib, iymonlashib turamiz. Insha Allah, yaqin kunlarda yana uchrashib qolsak kerak
7. Dilsora - mani asssal singiljonim, opajonlarining sevimli suyanchlari, shu jumladan meni ham. Juda beg'ubor, ajoyib qiz. Asalim mani, yaqin kunlarda yana diydorlashamiz, xo'p?
Hozircha mana shu forumdfoshlarim bilan uchrashish nasib etgan.
Alloh nasaib etsa, qolganlar bilan ham diydorlasharmiz...
Assalamu alaykum!