Kim kimni, qayerda uchratdi?  ( 65134 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


MSJON  14 Oktyabr 2009, 14:36:12

Iqtibos: Fatima
Man shu bolani hech ko`rmagan ekanman :)
O'zi shunaqaman ko'rinmasgina....

Qayd etilgan


_NOSTRA_  27 Oktyabr 2009, 11:29:47

Assalomu alaykum!
Kecha men AbdulAziz aka bilan ko'rishdim. Allohga shukrlar bo'lsin, va nihoyat bu orzuimga erishdim. Anchadan beri ziyouz.com day ajoyib saytning administratori bilan uchrashish niyatim bor edi. U kishi menga juda yoqdi. AbdulAziz aka sizning sovg'angiz uchun ham katta rahmat. Alloh nasib qilsa, qolgan userlar bilan ham tanishish niyatim bor. Ayniqsa, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T bilan.
Assalomu alaykum,
Birodar man hali hech kim bilan uchrashmadim lekin, imzoingizda so'zlar ancha odamni o'ylashga majbur qilyapti.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  09 Noyabr 2009, 13:04:03

Ассаламу алайкум! Бу водий томонларда сна учрашув булади десётган сдинглар. Айтаверинглар, снги куёв булсак хам мезбонлик килаверамиз.  :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2009, 13:52:00

Marg'ilonda kichikroq uchrashuv qildik. Diydor shirinda qo'qonliklarga strelka beruvdik, sado chiqmadi. Oxiri uch kishi marg'iloncha oshni paqqos tushirdik. Lekin mehmonlar yaxshi yeyishmadi. Unda uch kishi ishtirok etdi: men, Yurist va ziyouzcom ishqibozi bo'lishga harakat qilayotgan Shuhratbek degan bola. Marg'ilonga qachon kelsalaringiz osh tayyor :)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Noyabr 2009, 14:00:26

Hech kim aytmadiyu bizi Marg'ilonga eshitmadim ham bu haqda

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2009, 14:03:32

Hech kim aytmadiyu bizi Marg'ilonga eshitmadim ham bu haqda

Diydor shirin mavzusidan:

Ana Toshkentda uchrasholmagan Jamshidjon ham Farg'onaga qo'qonlik userlarni boshlab kelsalar, bitta marg'iloncha osh bizdan-da : )

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Noyabr 2009, 14:09:52

Hech kim aytmadiyu bizi Marg'ilonga eshitmadim ham bu haqda

Diydor shirin mavzusidan:

Ana Toshkentda uchrasholmagan Jamshidjon ham Farg'onaga qo'qonlik userlarni boshlab kelsalar, bitta marg'iloncha osh bizdan-da : )

Ko'rmi qolibmanda bumasam borardim bir qadam ediya

Qayd etilgan


Abdullоh  09 Noyabr 2009, 18:26:54

Marg'ilonda kichikroq uchrashuv qildik. Diydor shirinda qo'qonliklarga strelka beruvdik, sado chiqmadi. Oxiri uch kishi marg'iloncha oshni paqqos tushirdik. Lekin mehmonlar yaxshi yeyishmadi. Unda uch kishi ishtirok etdi: men, Yurist va ziyouzcom ishqibozi bo'lishga harakat qilayotgan Shuhratbek degan bola. Marg'ilonga qachon kelsalaringiz osh tayyor :)

O'sha oshni Toshkentga jo'natishning iloji yo'qmi. Soraganimning boisi, anchadan beri yotoqxonada yaxshiroq osh qila olmayapmiz. O'tgan hafta bir o'rtog'im osh qilgan edi, bilmadim shavla bo'ldimi yoki boshqa narsa. O'zim boplab anjoncha osh qilib beray deyman, lekin (osh qilishni bilmaymanda) Lekin, makaron, dimlama, tuxum qovurma, lag'mon, karam sho'rva, oddiy sho'rva, ... hammasini boplab tayyorlayman (ko'p hollarda)

Qayd etilgan


Chustiy  09 Noyabr 2009, 20:53:41

Ассаламу алайкум! Бу водий томонларда сна учрашув булади десётган сдинглар. Айтаверинглар, снги куёв булсак хам мезбонлик килаверамиз.  :)

Shu haftani ohirog'ida,vodiyga to'yga o'tish ehtimolimiz bor, agar borib qolsak inshaAlloh albatta bir uchrashuv tashkillashtiramiz. Farg'onagayam o'tib kelarmiz, kelasi haftaga agar Sirdaryoga taklif qilishandi, Sirdaryo viloyatidan kiradigan userlar bormi?  ::)

O'zimizcha bir haftali, bir oylik, bir yillik rejalarni tuzib qo'ymoqdamizu, kecha kimningdir oldiga kelgan Malakul Mawt shu bugun bizning ham huzurimizga tashrif buyurib qolishi mumkinku?!  :'(

Qayd etilgan


Mr.Twister  15 Noyabr 2009, 18:45:04

Xo`sh endi biz boshlasak:

Robiya - Buxoroda o`tgan uchrashuvning planini tuzish niyatida uchrashgandik, shundan keyin rosa ko`p ko`rishib qoldik. Ajoyib user opalardan.

Fatima - U kishi bilan ham Buxorodagi uchrashuvda ishtirok etganlarida ko`rishuvdik. Sho`x va intiluvchan userkalardan.

Azza binti Bahrom - Bor bo`lsin shu uchrashuv u kishini ham shu yerda uchratdim. Oldin rosa qidirdim. Sariq kiyimli kishilarni orqasidan yuriyverib axiyri topib oldim o`sha kuni u kishi sariq kiyimda hammadan oldin kelgan ekanlar, man qidirib topish maqsadida Robiyadan kiyimlarining rangini so`ragandim

Orif aka - Bir kuni darsada o`tirsam tel jiringlab qoldi, qarasam Orif akam, litseyimning oldida turgan ekanlar, bir chashka kofe ustida maroqli suhbat bo`ldi. (Orif aka o`sha kuni sal xijolat bo`ldim, mehmon qilolmaganimga, uzr. nasib qilsa Buxoroga o`ting bir aka-uka o`tiramiz)

Y_U_R_I_S_T - "Kelajak ovozi - 2008" tanlovining finalida ko`rishuvdik. Mulohazali userlardan.

Muhammad Amin - Uchrashuvda ko`rishdik, qarashlarining o`zida ko`p narsani tushunib olish mumkin.

Abdulaziz aka - Uchrashuvda ko`rishdik, juda mulohazali va juda ham dunyoqarashi keng inson. Eng xursand qilgan tomonlari boshqa sayt adminlari kabi o`zini oladigan emaslar... Alloh rozi bo`lsin

Abdulloh - Ziyouzning bo`lajak diplomatlaridan. Fudbolda hamda uchrashuvda uchrashdik

Uzmus aka - Islom uchun har narsaga tayyor userlardan, Alloh roziligida bo`ling.

AbduRohman - SHu akamiz bilan rosa uchrashamiz deb hech udalay olmayotgandik. Nasibi ro`z aylagan ekan, uchrashuvda ko`rishdik. JUda - juda hazilkashlar.

Chustiy - Nasib qilsa bir oshxonayizga o`tamiz... Alloh rozi bo`lsin!

Ziyovuddin - Juda bosiq va jiddiy userlardan, uchrashuvda ko`rishdik.

Mr.Twister - endi bu bolani har kuni oynada ko`raman, uni duolaringizda esadan chiqarmanglar iltimos.

Qayd etilgan