Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga fikringiz.  ( 18752 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdullоh  26 Fevral 2009, 17:12:29

Ayollar mashina minishiga tarafdorlarga bir savolim bor. Aytinglarchi, mashina qayerda miniladi, albatta ko'chada. Bu degani ayol ko'p vaqtini ko'chada o'tkazadi, bu esa bizning shariatga ziq. Chunki shariat ko'rsatmasi bo'yicha ayollar zarur hollarda ko'chaga chiqish joiz deyilgan, ishini bitirib tezda uyga qaytgan ma'qul. Bu degani ayollar umuman ko'chaga chiqmasligi kerak demoqchi emasman. Faqat ko'chaga chiqqanda ham shariat ko'rsatmasiga muvofiq kiyinib chiqishi lozim. Chunki ko'chada ming-minglab nomahramlar unga yomon ko'z bilan qarashi mumkin. Bu esa o'z vaqtida ko'z zinosiga olib keladi.
postizzi boshi b-n oxirida umuman bog'liqlik yo'q..sizgayam bitta savolim bor: ayol kishi mashina minishi/haydashi deganda, sizzi ko'z oldizga taksis ayol kishilar gavdalanadimi? yoki dalniyga qatnaydigan ayollarmi? endi zarur hollarda degan gapizga kelsak.....misol uchun bir kishini ayoli maktabda o'qituvchi,endi o'sha ayol maktabga moshinasini haydab borsayu,maktabga yetgandan keyin "vuy endi qaytmasam bo'lmaydi,darsni o'zila o'tib qo'yurila o'quvchila" deb qaytmaydiku...axir plan,grafik,norma degan narsalar bor...ish soati 8 dan 6 gacha bo'lsa bu yerda tezda uyga qaytish degan narsa bo'lmaydi....endi kiyim haqidagi gaplariz esa umuman boshqa mavzu bo'pti....bizayam mashina minadigan ayol kishi yalang'och yoki yarim yalang'och bo'ladi demayapmiz :)


Assalomu alaykum. Agar bu postim birovning jahlini chiqargan bo'lsa avvalambor uzr so'rayman. Qolaversa mening o'zimni oqlaydigan gaplarim ham bor. Siz aytganday ayol kishining maktabda ishlashi haqida gapirsam, bu juda yaxshi va savobli ish, bolalarga ilm o'rgatish katta savob hisoblanadi. Keyin esa maktab ko'cha emas. Men bu postni qilayotganimda huda-behuda ko'chada mashina minib yuradiganlarni nazarda tutgan edim. Mening fikrimcha er iloji boricha ayolni uning ish joyiga o'zi mashinasida yoki jamoat transportida bo'lsa ham birga olib borgani ma'qulroq(Erning imkoniga qarab). Siz aytganday ishiga mashinada borib ishdan keyin tezda uyiga qaytadigan ayollar haqida esa hech qanday nomaqbul gap aytmoqchi emasman, hatto bunga haqqim ham yo'q.

Qayd etilgan


ibnUyayna  27 Fevral 2009, 07:42:35

  Assalamu alaykum wr wb!
  Man bu haqda fikr bildirishga ojizman.Chunki har bir ishda shariatga amal qilgan holda ish yuritish kerak.Bu masala bo`yicha ulamolar fatvolari bor.Endi fatvolar turganda mani fikrim shunaqa deyishim ayni johillik bo`ladi.
 Manimcha savolni  shariatda ayol kishining avtomobil boshqarishini hukmi nima berilsa to`g`riroq bo`lardi.Vallohu a`lam.
  Assalamu alaykum wr wb!

Qayd etilgan


zuhrahon  27 Iyul 2009, 22:42:44

Assalomu  alaykum.Ayollar  jamiyatning  eng  kata  bo'lagi  bir  ayol  kishi  uchun  Markab  boshqarish  va  unda  Hojatini  chiqarish  yomon  ish  emas  lekin !Markabi  bor  ayol  go  goda   sayir  qilgisi  dugonallari  bilan  Markabda  ul  bul  joyga borishni  istaydi  Hamamiz  bilamizki  ayollar  birga  bo'lishsa  har  hil  sho'xlikllar  boshlanadi.Erkak  markab  sohibllarini  qiziqishini  uyg'otishadi  yani ko'pgina  fitnallarga  sabab  bo'lishadi.Allbatda  bu  mening  fikrim. ;)

Qayd etilgan


Abdurahmon-Solih  28 Iyul 2009, 18:49:43

 :as:ayol   ojizadir!!!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  29 Iyul 2009, 16:53:04

Assalomu aleykum!!!

Birodarlar ayol kishi avtomobil minishi man uchun juda qo'rqinchli. 4,5 kunlar oldin tunda dukonimiz oldida bir ayol, bir bolakay yoshi tahminan 5, 6 larda bo'lsa kere urib yubordi, urgani yetmagandi ezib ham o'tib ketdi, hamma kuchada tupalin dar xol IIB bo'limi hodimlari kelishdi ayoldi na bir hujjati bor, na moshinasini documenti bor. Naxotki hech qanday hujjatsiz moshina minib kuchaga chiqsa, Bola usha zahoti bu yorug' olam bilan hayrlashdi. Keyin nima bo'ldi bilmiman, hamma tarqaldi gayi hodimlari moshina bilan ayoldi olib ketishdi, ayol juda ham boy ekan, o'ziz o'ylab kurin hozirgi kunda bir odamdi o'ldirib pora berib qutilib ketishyabdi, usha ayol ham ertaga gayi hodimlarini qo'lidan chiqsa yana kelib moshina minmasligiga kim kafolat beradi. Mani fikrim shundan iboratki Agar haqiqiy musulmon e'tiqodli mo'min er bo'lsa, ayolini hech qachon kuchaga na ishga, moshina minish naryag'da tursin kuchadagi moshinaga ham chiqarmidi. Insholloh man ayolimni moshina mindirmagan bo'lardim. CHunki moshina minish faqat erkaklar uchun ayollardi vazifasi uyda o'tirish moshinada yurish emas.

Qayd etilgan


roziyaa  29 Iyul 2009, 21:48:16

Assalomu alaykum. Jamshit aka man sizni fikrizga qoshilaman ayol kishiga chiqarilmagan. Erin oldida o'tirgani maqul dib o'yliman. Chunki ayollani shaton tez yoldan adashtiradi. moshina minib kochada yurishsa kibr havoga o'tib ketishadi.Mnai fikirimcha ayol kishi moshina haydamaslik kere dib o'yliman.

Qayd etilgan


Мубина  30 Iyul 2009, 21:13:03

Roziyaa, Jamshidjon, man fikrilaga qushilmiman.
Qancha erkaklar ichvolib, odamni urib-uldirib, tuhtami utib ketishadi. Bitta ayolni hatosi bilan, hamma ayollar tugrisida yozish notugri. Wallohu a'lam.
Ayolni oldida eri yuq bulsachi? Akasi, adasi yuq bulsachi? Nima qilish kerak? Bozor qilib, avtobusda, tramvayda qiynalib yurish kerakmi? Taksida ham yurish mumkin emas, chunki haydovchi nomahram.
Kibr haqida yozilibdi... erkaklarda kibr bumidimi? Erkaklarni shayton yuldan urmidimi? Gap ayol yoki erkak haqida emas...Gap odam qanaqaligida. Wallohu a'lam.
Uzr qattiq gapirgan bulsa, lekin qaysi forumga qarama, hammasida  ayol kishi haqida har-hil gapla yozilgan.
Yonida eri,akasi,adasi yuq ayollarni urniga uzilani quyib kurila, nima qilgan bulardiz? Yoki setka setka narsa, bitta qulida bola, bozor qilishi tugrimikin....

Qayd etilgan


Afruza  30 Iyul 2009, 21:56:43

Mavzu yaxshi tanlangan. Mani shaxsiy fikrimcha, ayollarni mashina boshqarishini yomon tarafi yo'q. Avtomobil hozirgi kunda oddiy kundalik ehtiyojga aylangan. Shu kundalik ehtiyojdan erkaklar qatori ayollar ham foydalansa buni manimcha qo'rqinchli joyi yo'q. Yo'llarda nomahram ko'zi tushadi dedingiz. To'g'ri, lekin zaruriyat yuzasidan jamoat transportlaridan foydalangandachi? (ayniqsa, tiqilichda)
Masalan, mani o'zim nasib qilsa, turmush o'rtog'imning ruhsatlari bilan kerak paytda avtomobilimda qaynonam,  farzandlarimni  biror joyga olib borishni xoxlayman. Ayol kishi hamma ishni eplay olishi kerak deb hisoblayman.

Qayd etilgan


IXLOS  30 Iyul 2009, 22:16:58

Uzr qattiq gapirgan bulsa, lekin qaysi forumga qarama, hammasida  ayol kishi haqida har-hil gapla yozilgan.
Yonida eri,akasi,adasi yuq ayollarni urniga uzilani quyib kurila, nima qilgan bulardiz?
Assalomu aleykum va raxmatullohi va barakatuhu!
Barchangizni tuningiz xayrli o'tsin ilohim!
Manimcha siz Mubina opa bo'lsangiz kerak adashgan bo'lsam uzr so'rayman. Mubina opa siz unday
deb xafa bo'lyapsizmi, xech xam xafa bo'lmang bu yerda faqat fikr bildirilyapti xolos siz ayollar
to'g'ringizda yomon narsa aytimayapti bu qarshi gaplarni xammasi xam sizlarni foydangiz uchun
gapirilyapti siz buni noto'g'ri tushunmang iltimos.
Meni bunga fikrim Ayol kishini avtomobilni boshqarishiga qarshiman,chunki biz ayollarga javobgarmiz.
Lekin Mubina opa aytgan xolat bo'lsa o'qishi yoki boshqa ishlari uzoqrog'da bo'lsa ko'chadagi avtomobilda
yurgandan ko'ra
shaxsiy avtomobilda yurgan maqul.

Qodir egam biz gunoxkor qullarini to'g'ri yo'ldan adashtirmasin

Qayd etilgan


lolo  30 Iyul 2009, 22:27:38

Assalamu alaykum.
Avvalambor Alloh iymonli ayollarga uylarida o’tirishlarini, hijob kiyishlarini, o'z go'zalliklarini begona erkaklarga ko’rsatmaslikni buyurgandir.

Islomda ayollarning o'rni juda ham kattadir va Islom ayollarga nisbatan ularning sofligini yo'qotish uchun qilinadigan barcha narsalarni harom qildi. Shuning uchun ham ba'zi ulamolar ayollarning mashina haydashlari mana shu yomon narsaga olib boradigan holat deb hisoblashadi.

Bu yerda shu o’rinda 2 ta usulni aytib o’tish joizdir:
1. Haromga yetaklaydigan narsaning, ishning o'zi haromdir.
2. Yomonlikdan qaytarish yaxshilikka chaqirishdan ustun turadi.

Mana shu 2 usulni e'tiborga olsak, ayollarning mashina haydashi quyidagi yomonliklarni olib keladi:

1. Mashina haydayotgan ayolning niqobini olishga to’g’ri kelib qoladi. Ayol kishinig go'zalligi asosan yuziga qarab bilinadi. Agar bir kishi aytsaki ayol niqobi bilan mashina hayday oladi, masalan ko’ziga qora ochki taqib, keyin yuzlarini o'rab hayday oladi desa, bunga javob shuki ayol mashina haydayotganda ko’p hollarda bunaqa bo’lib chiqmaydi. Agar qilishsa ham, u narsa ko’pga yetib bormaydi.
Ko’p hollarda boshida yaxshi boshlashadiyu keyin yomonlashib ketishadi.

2. Yana yomon tomonlaridan biri shuki ayol hayosini yo'qotadi. Hayo bu iymondandir deb payg'ambarimiz sahih hadisda aytganlar. Hayo ayol kishining go'zal hislatlaridan biri va u ularni fitnalardan saqlaydi. Ayolning hayosi yo'qoldimi keyin u haqda so’ramanglar deyishadi.

3. Mashina haydash ayol kishini uyidan juda ko’p marta chiqishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagi oyatlarda ko’rdikki ayol kishi uchun uy eng yaxshi joy. Mashina haydashni yaxshi ko'ruvchilar haydash bilan rosa maza qilishadi, shu sabab ularning u yer bu yerda sababsiz mashina bilan maza qilish uchun haydab yurganlarini ko’rasiz.

4. Eridan ajralgan ayollarning mashina bilan xohlagan joyiga xohlagan vaqtlarda borganlarini ko’rasiz, kechasimi yoki kunduzi. Juda ham kechgacha tashqarida bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Bu narsa esa yaxshi emas ayol kishi uchun.

5. Mashina haydash ayollarning oilasi va eriga qarshi chiqishiga sabab bo’ladi, ya'ni uylaridan mashina haydab biror joyda tinchlik olish uchun chiqib ketishlariga sabab bo’ladi. Ya'ni oddiy biror tushunmovchilik bo’lganda yoki biror shunga o’xshash sabab qidirib "tinch olib kelay" deb chiqib ketishadi.

6. Mashina haydash masalan svetoforda to’xtaganda, yoki benzin olish uchun to’xtaganda, yoki militsiya xodimlari tomonidan to’xtatilganda yoki umuman mashina buzilib to’xtaganda kattaroq fitnalarga sabab bo’ladi. Tasavvur qiling ayolning holati nima bo’ladi shu hollarda? Ko'chadagi erkaklarning hammasi ham yaxshi, insofi bor deb kim garantiya bera oladi? Shu sabab masalan, o’sha erkak kishi yomon niyatda bo’lsa ayolga yordam berish orqali boshqa yomon ishlarga qolini olib borishi mumkin.

7. Ayol kishi mashina haydagandan keyin yoshlarning ham ko’chada ayol kishi bilan "Musobaqa" qilaman degan bo'lib mashina bilan chiqishlariga sabab bo’ladi, shu sabab ham ko’chada mashinalar gavjum. Ayniqsa ko’pchilik yoshlar mashina bilan chiqishsa o’ynashadi va h.k...

8. Mashina haydash ayol kishini go’zalligini ko’rsatishga sabab bo’ladi, ya'ni masalan, aytaylik yangi moda paydo bo'ldi, ko’pincha ayollar eski kiyimlarini tashlab mana shu yangi modadagi kiyimlarni kiyib olishadi va hokazolar.

Bu yuqoridagi mulohazalar arab mamlakatlaridagi ulamolarning nima uchun ayollar mashina haydashi mumkin emas, degan savolga javoblaridan olingan.

Qayd etilgan