TASIX.PSD.UZ - TASIX saytlaridan izlovchi google!  ( 10026 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muslim-2  10 Sentyabr 2010, 08:23:23

Assalomu alaykum birodarlar. HAYYIT ayyomingiz muborak bo'lsin.

yaqinda yangi sayt tashkil qildik, bu sayt google.com saytining bir bo'lakchasi bo'lib, u faqatgina tas-ix saytlari bo'ylab qidiruvni amalga oshiradi.

Agar kimda kim faqatgina tas-ix saytlaridan ma'lumot izlashni istasa saytimizga marhamat

                                     http://tasix.psd.uz


P.S. Sayt boyagina ochildi, hali sayt ustida ishlayapmiz....
Bunaqa saytni o'zim ham birinchi marta qilishim hali to'liq texnik tavsifi haqida, kamchiligu afzalliklari haqida to'liq ma'lumotga ega emasman.
Foydalanish jarayonida, biror muammoga duch kelsangiz yoki biror savol yoki taklif bo'lsa hech tortinmasdan ushbu mavzuda yoki meni e-mailimga yozishingiz mumkin: mulsim-2[at]inbox.uz

Qayd etilgan


Muslim-2  10 Sentyabr 2010, 22:32:50

TAS-IXdagi saytlar ro'yxatini ham kiritib qo'ydim

http://tasix.psd.uz/?action=sites

agar birorta sayt ro'yxatda yo'qligini bilsangiz iltimos, sayt kiritish formasi yordamida kiritib qo'ying.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2010, 10:19:47

Taklif va mulohazalar:

http://tasix.psd.uz/?action=sites da:

1. O'zi atigi 122 ta sayt kiritilgan ekan. Uni alfavit tartibida alohida qilmasdan, yaxslit bir sahifalik ro'yxat qilsa yaxshi bo'ladi.

2. Saytlarga to'g'ridan-to'g'ri link orqali kiradigan qilish kerak.

3. Yuqoridagi qidiruvda sayt nomini to'liq yozmasa topolmas ekan. Masalan, bank deb yozsangiz, tarkibida bank so'zi bor sayt nomlarini topmas ekan. Faqatgina bank.uz deb yozsangiz topar ekan.

4. islom.uz - TAS-IXda emas.

Qayd etilgan


Muslim-2  16 Sentyabr 2010, 17:28:31

E'tiborli bo'lganingiz uchun tashakkur.
Sayt scripti to'liq tayyor emas, kunsayin yangi imkoniyatlar qo'shish, mavjudlarini sifatini oshirish ustida ishlayapman.

Siz aytib o'tgan kamchiliklarni baholi qudrat tog'irladim:

1. "Все сайтс‹" linkini qo'shib qo'ydim;

2. Sayt domenlari link shaklida va bosishlar sonini hisoblab, reyting qiladigan qilib qo'ydim;

3. "Лохожс‹й:" va "Домен:" shaklida izlaydigan qilib qo'ydim.

4. Islom.uz saytini tasixda ammo ba'zi providerlar uchun pullik deb eshitgan edim, shunga ikkilanib kiritib qo'ygandim, hoz optashadim.

Qayd etilgan


Muslim-2  16 Sentyabr 2010, 17:30:19

Muhtaram forumdoshlar, agar saytda yana biror kamchik topsangiz, yoki loyiha xususida biror taklifingiz bo'lsa, bajonidil eshitishga tayyorman

Qayd etilgan


Nоdirbek  15 Oktyabr 2010, 22:26:04

Yaxshi sayt bo'libdi. Qiziq, qanday qilib, qidirish sistemasi faqat tas-ix hostingidagi saytlarni  topib beradi?  shunaqa narsalarga hech aqlim yetmaydida...

Qayd etilgan


_Otabek_  17 Noyabr 2010, 19:56:17

Agarda sayt TAS-IX da bo'lmasa, o'sha tarmoqdagi saytlardagi eslatmalar chiqib kelyapti natijalarda.. Agar tarmoqda bo'lsa, qidirilgan saytning nomi yashil bilan chiqib turadi. Birinchi holatda foydalanuvchining o'zi tushunb olishiga to'g'ri kelyapti sayt tarmoqdami yoki yo'q.. Biron-bir ko'zga ko'rinarli joyda xabar berb qo'yilsa yaxshi bo'lradi. Masalan, "Siz izlagan www.sayt-nomi.uz TAS-IX da emas" deb..

Qayd etilgan