Forumdoshlarning osh - majlisi  ( 41721 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Y_U_R_I_S_T  28 Yanvar 2009, 18:13:38

Assalomu alaykum!
Alloh nasib qilsa, qolgan userlar bilan ham tanishish niyatim bor. Ayniqsa, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T bilan.

Alloh nasib qilsa, uchrashamiz albatta.

O'zi bir Forumdoshlar yig'ilsak yomon bo'lmasdi. Qo'lbola osh qilib bir o'tirarmidik. Osh qilishni Ulugbek-Uz o'z zimmalariga olsa kerak. Axir tajribalari katta-ku. :-)

Qayd etilgan


The_Alchemist  28 Yanvar 2009, 18:48:36

Forumdoshla uchrashuviga hamma taklif qilinadimi? viloyatdan bulganlar masalan? yoki forumda unchalik mashxur bulmaganla ham?

The Alchemist

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Yanvar 2009, 20:57:38

Alloh nasib qilsa, uchrashamiz albatta.

O'zi bir Forumdoshlar yig'ilsak yomon bo'lmasdi. Qo'lbola osh qilib bir o'tirarmidik. Osh qilishni Ulugbek-Uz o'z zimmalariga olsa kerak. Axir tajribalari katta-ku. :-)

Ha, yaxshi taklif. Bahonada tanish bo'lmagan birodarlar tanishib olardik.

Bolalar yig'ilishiga qarab, inshaalloh, vaqti, kuni va manzilini tayin qilamiz.

Ungacha takliflar qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Yanvar 2009, 20:58:36

Forumdoshla uchrashuviga hamma taklif qilinadimi? viloyatdan bulganlar masalan? yoki forumda unchalik mashxur bulmaganla ham?

The Alchemist

Ha, hammani taklif etamiz.
Qayerdanligi, qancha post qilganligi ahamiyatsiz.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Yanvar 2009, 08:42:31

Assalamu Alaykum.
Zo'r ish bo'lgan bo'lardi lekin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Yanvar 2009, 08:53:30

Assalamu Alaykum.
Zo'r ish bo'lgan bo'lardi lekin.

Va alaykum assalom!
Siz Toshkentdamisiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  29 Yanvar 2009, 09:35:44

Assalomu alaykum!
Bu taklifga men ham 100 % qo'shilaman. Alloh xohlasa yangi tanishlar orttiramiz...

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Yanvar 2009, 21:21:30

Assalamu Alaykum.
Zo'r ish bo'lgan bo'lardi lekin.

Va alaykum assalom!
Siz Toshkentdamisiz?

Yo'q. Tosh.da emasman afsus....

Qayd etilgan


ORIF  30 Yanvar 2009, 02:31:59

Bugun yana Abdulloh90 bilan uchrashdik. Bu bola juda chaqqon chiqib qoldi. Bergan kitobimni bir kundayoq tahrir qilib, bugun internetga kiritishga ham ulguribdi. Bu "chaqqonligi" jazosiga unga yana 3 ta kitobni berdim. Inshaalloh, mana shu shijoati aslo susaymasin!

Kechroq bir matbuot konferensiyasiga borgan edim. Ne ko'z bilan ko'rayki, Orif ham o'sha yerda hoziru nozir ekanlar. Press-reliz olish bahonasida asta oldinga yurib, Orifning oldidan o'tar ekanman, bir turtib qo'ydim. -Iye, taqsir o'zlarimi deya tiqinda so'rashib ham oldik :) Matbuot anjumanidan so'nggi bir piyola choy ustidagi suhbatlar ham har doimgidek maroqli bo'ldi. Orif aka ham Toshkentda bo'lgan birodarlarning osh marosimini qo'llab-quvvatladilar. Agar mohir oshpazlarimiz biron choyxonada o'z qo'llari bilan osh damlab bersalar, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Men u-bu ishlarga qarashib turaman : )

Ha endi, "Toshkent judaaaayam kichkina shahrda". Men ham hayron qildim to`g`risi va quvondim.

Oshga kelsak men ikki, yo`g`e uch marotaba za man. Menimcha, bir necha bor kuydiriv, yondirib osh qilishni o`rganib olgan va bugunga kelib "mana endi forumdoshlarimga bir mahoratimni ko`rsataman" deb turganlar ham bor oramiz. A-labey?!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Yanvar 2009, 17:02:18

Bu gap, gap bilan bo'lib, osh tagiga oladiku. Aniq takliflar bo'lsa aytinglar iltimos, qornim ochqab ketdiku!!!!!!!!

Qayd etilgan