Forumdoshlarning osh - majlisi  ( 41726 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:05:32

Assalomu alaykum!

Uchrashuvimiz juda ajoyib o'tdi. hamma uylariga xursand bo'lib tarqadi, deb o'ylayman.

Osh-anjumanida jami 13 kishi yig'ildik. (kim birinchi kelgani bo'yicha tartiblandi):

1. Musannif Adham
2. AbdulAziz
3. Abdulloh90
4. Usmon
5. Ikbaljhon
6. T.Yusupov
7. Abror aka
8. Usmus
9. Akbar
10. Orif
11. Huseyn
12. AbdurRahmon
13. Foniy


Oldin ko'rmaganlarimdan Usmonni dastavval tanidim (bilmadim, ko'zimga issiq ko'rindi, shu Usmon bo'lsa kerak deb, Usmonmisiz desam, ha dedilar).

Usmusni tanish biroz mushkul kechdi. Farhodman, dedilar. Maxcmd misiz desam, yo'q, Uzmusman dedilar. Men yoshroq bola deb yurarkanman. Ko'pni ko'rgan ekanlar : )

Miriqib suhbatlashib o'tirdik. Tanimaganlar bir-birlari bilan tanishib, "ha, siz o'shamisiz?" degan jumlalar ko'p bo'ldi. Devziradan damlangan farg'onacha oshimiz ham juda mazali bo'ldi. Lekin bu forumdoshlarni ichidan ashaddiy oshxo'rlar yo'q ekan. Tezda to'yib qolishdi : )

Akbarning uyatchanligi ma'lum edi.
Lekin Usmon ham biroz tortinarkanlar, lekin ular ham tezda kirishib ketdilar.
Kenjatoyimiz Abdulloh90 akalarini oldida biroz gapirishga istihola qildilar, lekin iqtisodchilar bilan fikrlari bir joydan chiqdi.
Ikbaljhon akani hamma off-topchi deb biladi, lekin hayotda ancha jiddiy, mulohazakor ekanligiga ko'pchgilik guvoh bo'ldi.
Musannif Adham bilan Abror aka chiqishib qoldilar.
T.Yusupov programistmasmi, o'sha yerda ham Linuxini maqtadi. : )
Uzmus akamiz ancha oqil, mulohazakor, bilimli ekanliklari gap-so'zlaridan bilindi.
Foniy bilan Akbar zemlyak chiqib qolishdi.

Kelganlar orasida buxorolik (Orif, Abdurahmon, Huseyn), toshkentliklar (Musannif Adham, Usmon, Abror aka) va farg'onaliklar (AbdulAziz, Ikbaljon, Uzmus), yetakchilik qilishdi. Shunigdek Qashqadaryo (Akbar, Foniy), Samarqand (T.Yusupov), Andijon (Abdulloh90) dan vakillar qatnashdi.

Kasb yo'nalishlari bo'yicha eng ko'pi iqtiqodchil va moliyachilar ekan (Abror aka, Usmon, Abdulloh90, Foniy, Akbar, Abdurahmon). Uchta jurnalist (Huseyn, AbdulAziz, Orif), shunigdek programmistlar (T.Yusupov, Uzmus), tarixchi (Musannif Adham), logistika sohasi xodimi (Ikbaljon) ham majlisimiz mehmoni bo'lishdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:15:42

Uchrashuvdan rasmlar:



Qani olinglar. Osh bo'lsin!



Anjuman qatnashchilari.
(ba'zi birodarlarimiz vaqtliroq ketib qolgan edilar.)

Qayd etilgan


ZUBAIR  08 Fevral 2009, 02:12:18

Uchrashuvdan rasmlar:



Anjuman qatnashchilari.
(ba'zi birodarlarimiz vaqtliroq ketib qolgan edilar.)

E MashaAlloh, rosa Musannif Adham bilan Abdulloh90ni ko'rgim kelayotgandi.  Uchrashuv zo'r o'tgani bilinib turibdi.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  08 Fevral 2009, 05:14:22

Alloh rozi bo'lsin.
Yana rasmlardan bo'lsa ko'rar edik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:36:21

Diydor va osh bilan ovora bo'lib rasmga tushirish ham esdan chiqib qolay dedi. Shunga rasmlar ozroq.
Ha, aytgancha rasmlarni Orif tushirgan.

Salmon aka, Zubayr, inshaalloh Vatanga qaytganlaringda eslatsangiz, yana bir uchrashuv tashkil etamiz.



Musannif Adham bilan Huseynni o'rtasida o'tirgan Akbar bo'ladilar. Hamma oshga qo'l cho'zgan-u, ular uyalib turibdilar : )

Qayd etilgan


The_Alchemist  08 Fevral 2009, 08:04:49

Olloh rozi bulsin barchangizdan,

Judayam chiroyli utirish bulibdi, mana buni endi judayam ahil forum desa buladi. Qoyilman, forumdoshlar oshxurligini tashkil qilganlarga ming bora rahmat.

The Alchemist

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:24:37

Forumdoshlardan Murod_bek hammaga salom yo'llagan edilar. O'zlari ishlari bilan bo'lib kela olmasliklarini aytagndilar. "Особый" salomlari "off-topchi" Ikbaljhonga bo'ldi.

Taklifni berishga berib Y_U_R_I_S_Tning ishlari chiqib qoldi. Ko'pchilik kutgan edi.

Ulugbek-Uzni ham ko'pchilik so'radi. Ular ham ba'zi yumushlar bilan kela olmadilar.

Escape o'tgan safargi uchrashuvimizga kelgan edilar. Bu safar imkon topa olmadilar shekilli.

Gayrat17 bilan diydor ko'rishish ko'pchilikning orzusida edi. Kiraverishda hammaning cho'ntagidagi toshlarini olib qo'ygan edim. Kelaversangiz bo'laverardi : )

Jasonnur arbuzchilar futbolida charchab qoldilar shekilli, kela olmadilar. Tabriklaymiz, ikki gol muallifi bo'libdilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  08 Fevral 2009, 11:19:50

Assalomu alaykum!
Osh majlisi juda yaxshi o'tdi. Userlar bilan tanishish juda ajoyib bo'ldi. AbdulAziz aka va Abror akalar bolalarni juda yaxshi boshqarishdi. Musannif Adhamni ko'rganimdan juda xursandman. Qolaversa, Huseyn, T.Yusupov bilan yangi rejalar haqida gaplashdik. Majlisda eng kichigi men edim. Ammo Usmon ham mendan atigi 3 yosh katta ekanlar. Ular bilan rosa miriqib suhbatlashdim. Ikbaljhon menga internetda yangi narsalarni o'rgatdi. AbdurRahmon juda kirishimli bola ekanlar. Orif akani ko'pchilik qayerdadir ko'rishganini aytishdi. Uzmus, Foniy bilan esa yoshlari ulug'roq ekan, ular bilan ozroq suhbatda bo'ldim. Alloh hammalaringizni ishlaringizning rivojini bersin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Fevral 2009, 11:51:09

Assalamu alaykum!!!

Uchrashuv men uchun ham ajoyib o'tdi. Lekin afsus ozgina ishim bo'lganligi sababli ertaroq ketishga majbur bo'ldim. Yig'ilganlarni hammasi ziyoli insonlar ekan. Musannif Adham haqiqatdan tarixchiligi ko'rinib turibdi. Iqboljon akani men sho'x inson bo'lsalar kerak deb o'ylagandim, lekin aslida juda ham jiddiy inson ekanlar.  Orif aka anacha sho'x inson ekanlar. Usmon bilan Abdulloh90 ham yosh bo'lishlariga qaramay juda ham bilimli bolalar ekan. Abror aka juda ham ziyoli inson ekanliklari yuzlaridan bilinib turibdi. Abdulaziz aka meni uyalchang deyapdilar, lekin aslida unday emas. Abdurrahmon ham ancha sho'x, kirishimli inson. Usmus aka ham bilimli inson ekan. Huseyn va Foniy akalar ham ilmli insonlar ekan. T.Yusupovni pragrammist ekanliklari shundoq ko'rinib turibdi.

Xullas Uchrashuv juda ham ajoyib bo'ldi. Kelmaganlar bekor klemabman desalar juda to'g'ri o'lashgan bo'ladi.

Qayd etilgan


ikbaljohn  08 Fevral 2009, 12:34:47

Salom hammaga,o'tirish ko'ngildagiday o'tdi.sizlar bilan tanishganimdan xursandman.Oshga gap yo'q,faxriy mehmonimiz Abror akagayam vaqtlarini ayamay kelganliklari uchun katta raxmat.Tashkilotchi AbdulAzizga ham alohida raxmat.Keyingi uchrashuvlarni intizoprlik bilan kutib qolamiz,kelmagan forumdoshlar keyingi safar kelinglar.Murod_bek,agentga yozib turing :D
PS: Nickimni to'g'ri yozinglar,baraka topkurlar  ;D

Qayd etilgan