Assalomu alaykum!
Uchrashuvimiz juda ajoyib o'tdi. hamma uylariga xursand bo'lib tarqadi, deb o'ylayman.
Osh-anjumanida jami 13 kishi yig'ildik. (kim birinchi kelgani bo'yicha tartiblandi):
1. Musannif Adham
2. AbdulAziz
3. Abdulloh90
4. Usmon
5. Ikbaljhon
6. T.Yusupov
7. Abror aka
8. Usmus
9. Akbar
10. Orif
11. Huseyn
12. AbdurRahmon
13. FoniyOldin ko'rmaganlarimdan
Usmonni dastavval tanidim (bilmadim, ko'zimga issiq ko'rindi, shu Usmon bo'lsa kerak deb, Usmonmisiz desam, ha dedilar).
Usmusni tanish biroz mushkul kechdi. Farhodman, dedilar. Maxcmd misiz desam, yo'q,
Uzmusman dedilar. Men yoshroq bola deb yurarkanman. Ko'pni ko'rgan ekanlar
Miriqib suhbatlashib o'tirdik. Tanimaganlar bir-birlari bilan tanishib, "ha, siz o'shamisiz?" degan jumlalar ko'p bo'ldi. Devziradan damlangan farg'onacha oshimiz ham juda mazali bo'ldi. Lekin bu forumdoshlarni ichidan ashaddiy oshxo'rlar yo'q ekan. Tezda to'yib qolishdi
Akbarning uyatchanligi ma'lum edi.
Lekin
Usmon ham biroz tortinarkanlar, lekin ular ham tezda kirishib ketdilar.
Kenjatoyimiz
Abdulloh90 akalarini oldida biroz gapirishga istihola qildilar, lekin iqtisodchilar bilan fikrlari bir joydan chiqdi.
Ikbaljhon akani hamma off-topchi deb biladi, lekin hayotda ancha jiddiy, mulohazakor ekanligiga ko'pchgilik guvoh bo'ldi.
Musannif Adham bilan
Abror aka chiqishib qoldilar.
T.Yusupov programistmasmi, o'sha yerda ham Linuxini maqtadi.
Uzmus akamiz ancha oqil, mulohazakor, bilimli ekanliklari gap-so'zlaridan bilindi.
Foniy bilan
Akbar zemlyak chiqib qolishdi.
Kelganlar orasida buxorolik (Orif, Abdurahmon, Huseyn), toshkentliklar (Musannif Adham, Usmon, Abror aka) va farg'onaliklar (AbdulAziz, Ikbaljon, Uzmus), yetakchilik qilishdi. Shunigdek Qashqadaryo (Akbar, Foniy), Samarqand (T.Yusupov), Andijon (Abdulloh90) dan vakillar qatnashdi.
Kasb yo'nalishlari bo'yicha eng ko'pi iqtiqodchil va moliyachilar ekan (Abror aka, Usmon, Abdulloh90, Foniy, Akbar, Abdurahmon). Uchta jurnalist (Huseyn, AbdulAziz, Orif), shunigdek programmistlar (T.Yusupov, Uzmus), tarixchi (Musannif Adham), logistika sohasi xodimi (Ikbaljon) ham majlisimiz mehmoni bo'lishdi.