Iqtisod haqida fikrlar...  ( 33450 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

The_Alchemist  01 Fevral 2009, 11:20:13

Assalomu Alaykum hurmatli forumdoshlar.
Forumda Uzbekistonning aqlli yoshlarini uchratish mumkinligiga guvoh bulishimiz mumkin, ayniqsa diniy masalarning ancha ilmli vakillarini.
Islom dinimizning talablaridan biri bu dunyoviy ilmlarni huddi diniy bilimlar kabi chuqur uzlashtirishimizdir. Iqtisod alohida ilm va soha ekanligini isbot qilishim shart emas zero islomda savdo alohida soha va bilim ekanligi ancha yillar avval isbot qilib bulingan. Shundan kelib chiqib urtaga bir mavzuni tashlamoqchiman. Hozirgi kunda Uzbekistonni iqtisodiy jihatdan qanday qilib yanayam tezroq rivojlantirish mumkin? Jahonni qaysi mamlakatlarining iqtisodiy tajribalaridan foydalanishimiz oqil bular edi? Mavzuga fikr bildirganizda Uzbekistonning geografik joylashuvini, tabiiy resurslari va qazilma boyliklarini, umuman olganda mamlakatning iqtisodiy salohiyatini hisobga olishingizni surardim.
Mavzuga fikr bildirganingizda bemalol boshqa mamlakatlar iqtisodiy muaffaqiyatlarini yoki kamchiliklarini misol tariqasida keltirishingiz mumkin.

The Alchemist

Qayd etilgan

Abdullоh  01 Fevral 2009, 11:32:38

Assalomu alaykum! Hammaga ma'lumki BMT ning qoshida BMT TD (ya'ni UNDP) tashkil etilgan. Bu tashkilotning asosiy maqsadi har taraflama mamlakatlarning rivojlanishiga yordam berishdir. Agar bu haqda kimga ma'lumot kerak bo'lsa www.undp.uz saytiga kirib topishi mumkin. Sayt o'zbek, rus va ingliz tillarida bo'lib, juda ko'plab ma'lumotlar bor. Asosan Manbalar bo'limida nashr etilgan kitoblar va boshqa narsalar bor.

Qayd etilgan

T.Yusupov  10 Fevral 2009, 02:51:03

Assalomu Alaykum hurmatli forumdoshlar.
Forumda Uzbekistonning aqlli yoshlarini uchratish mumkinligiga guvoh bulishimiz mumkin, ayniqsa diniy masalarning ancha ilmli vakillarini.
Islom dinimizning talablaridan biri bu dunyoviy ilmlarni huddi diniy bilimlar kabi chuqur uzlashtirishimizdir. Iqtisod alohida ilm va soha ekanligini isbot qilishim shart emas zero islomda savdo alohida soha va bilim ekanligi ancha yillar avval isbot qilib bulingan. Shundan kelib chiqib urtaga bir mavzuni tashlamoqchiman. Hozirgi kunda Uzbekistonni iqtisodiy jihatdan qanday qilib yanayam tezroq rivojlantirish mumkin? Jahonni qaysi mamlakatlarining iqtisodiy tajribalaridan foydalanishimiz oqil bular edi? Mavzuga fikr bildirganizda Uzbekistonning geografik joylashuvini, tabiiy resurslari va qazilma boyliklarini, umuman olganda mamlakatning iqtisodiy salohiyatini hisobga olishingizni surardim.
Mavzuga fikr bildirganingizda bemalol boshqa mamlakatlar iqtisodiy muaffaqiyatlarini yoki kamchiliklarini misol tariqasida keltirishingiz mumkin.

The Alchemist

Bir "ikkichi" iqtisodchi sifatida fikrimni bayon etsam:

O'zbekistonimizni iqtisodiy rivojlantirish uchun quyidagilar qilinsa, maqsadga muvofiq bo'lur edi:
 - Paxtani xususiylashtirish, ya'ni fermerlarning o'zlari ekishib, o'zlari sotish huquqiga ega bo'lishlari kerak. Bu birinchidan, fermerlarning o'z mulkiga egalik hissi uyg'onib, yana yaxshiroq mahsulot olishga intilishlarini kuchaytiradi. Ikkinchidan, paxtani o'zi sotgan fermerda pul bo'ladi. Farzandlarini o'qitadi, sharoitini yaxshilaydi, texnikasini kuchaytiradi, yana yaxshi mahsulot olish niyatida agro buyicha mutaxassislarni chet ellarda o'qitib keladi. Uchinchidan, puli bor odam sekin daladan chiqib, o'zini o'rniga texnikani ishlata boshlaydi. Sekin qishloqlarni ahvoli yaxshilanadi, yo'llar quriladi, sovuq suv, gaz yetkaziladi. Endi odamlar shaharlarga emas, qishloqlarga kela boshlashadi.
 - Ishlab chiqarishning deyarli hamma turlarini yo'lga qo'yish; Lekin bu yerda gigant zavodlarni nazarda tutmayapman, UzDaewooni oladigan bo'lsak, uni foydasidan ko'ra zarari ko'proq (!). Kichik-kichik, bozor qiyinchiliklariga chiday oladigan elastik korxonalar paydo qilish kerak. Masalan, kiyim-kechaklar, anjomlar, ro'zg'or buyumlari kabi narsalarni o'zimizda ishlab chiqarish kerak. Tashqariga o'lib-netib yiqqan dollarimizni chiqarmasligimiz kerak ko'pini.
 - Hamma yerni kompyuterlashtirish kerak. Kompyuter saboqlari bog'chadan tortib, qariyalar uyigacha o'rgatiladigan bo'lishi kerak. To'g'ri, bu narsa boshida iqtisodiyot uchun harajat bo'lishi mumkin. Lekin tez orada o'z natijasini bera boshlaydi. Ya'ni kompyuterlashtirish, axborotlashtirish sohalari ham juda katta foyda beruvchi sanoat hisoblanadi. Birinchidan, insonlarni ongi, tafakkuri yuksaladi. Birgina o'zingizdan misol, internetingiz, kompyuteringiz sizga qancha ma'lumotni axborotni beryapti, siz esa shu orqali boshqa boshqa sohalarga qo'l uryapsiz. Ikkinchidan, kompyuterlashtirish ba'zan insoh mehnatiga ketadigan harajatdan ko'ra arzonga tushadi. Va yana bir qancha yaxshi tomonlari bor. Hammasini yozsam, tadqiqot ishi bo'lib ketadi.

Juda ko'p takliflarim bor, bu yerda iloji boricha soddaroq yozishga harakat qildim. Men diplom ishimni yozishda O'zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy globallashuv sharoitidagi holati haqidagi bo'limning xulosa va takliflariga shularni qo'shgan edim. 10 ta taklif berganman. 

Qayd etilgan

Abdullоh  10 Fevral 2009, 16:45:01

Assalomu alaykum!
T.Yusupov sizning fikrlaringizni hurmat qilaman va qo'llab quvvatlayman. Har bir narsada "Lekin"i bor. O'zingizga yaxshi ma'lumki, agar siz aytganday fermerlarga to'la huquqlar beriladigan bo'lsa ahvol yanada og'irlashib ketmaydimikin? Chunki bilasiz, hozirgi O'zbekistonning ahvolida texnologiya muammosi iqtisodiyotning rivojlanishida katta to'siq bo'lib turibdi. Shuning uchun oddiygina misol, chet eldan yerga ishlov beruvchi traktorlarni ham naqd pulga sotib olish imkoni yo'qligi sababli lizingga olishmoqda. Hamma yuk fermerning uztiga tushsa texnologiya tanqisligi davrida u juda qiynalib qolishi mumkin, va hakozo.
Mening fikrimcha hozirgi ahvolda, balkim yaqin 10 yil ichida bu kabi sohalarda davlatning aralashuvini cheklab bo'lmaydi. Buni asta sekinliok bilan amalga oshirib, yildan yilga aralashuvni kamaytirish mumkin deb o'ylayman.

Qayd etilgan

T.Yusupov  10 Fevral 2009, 19:47:57

Nega og'irlasharkan? Fermer bilan bir gaplashib ko'ring, ularga nimalar to'sqinlik qilyaptiyu, qanday imkoniyatlar berilyapti ekan? Hech ham og'irlashmaydi ahvoli, aksincha o'zlari paxtani sotib, puliga texnikani o'zlari olishadi, bu yerda hozirgiday davlatni qo'liga tilanchiga o'xshab qarab qolmaydi. Eee shunaqa ko'p noqulaychiliklari bu davlat nazoratini, "dod" deydi har kuni fermerlar.

Afsuski, siz aytgan asta-sekinchilik yaxshilikka olib kelmayapti . . .

Qayd etilgan

Abdullоh  11 Fevral 2009, 18:49:49

Bir tarafdan sizning ham gapingiz to'g'ri. Tan olishim kerak siz mendan ko'proq narsani ko'rgansiz. Biz esa endi boshladik. Yuqoridagi fikrlarimga kelsa, darslardagi nazariyalarga tayangan edim. Siz aytganday haqiqiy hayot bilan ham habardor bo'lib turish kerak, nachora hozircha unchalik iloj yo'q...

Qayd etilgan

T.Yusupov  11 Fevral 2009, 23:08:48

Haqiqiy hayotdan xabardor bo'lishni vaqti ham keladi, lekin kutmasdan o'zingiz olib boryatgan ilmiy yunalishingiz buyicha kuproq praktikalarga chiqing, shunda haqiqiy hayotdan xabardor bulasiz. Albatta, bugun chiqqan qonun/qaror/farmonlarni bugun uqib, analiz qilib turishingiz kerak. Doim shunaqa hujjatlarni uqiganda real bilan solishtiring, iloji boricha betaraf holda baholasangiz, haqiqat ayon buladi ko'pincha . . .

Qayd etilgan

Abdullоh  12 Fevral 2009, 17:20:42

Assalomu alaykum!
Katta rahmat, o'zim ham shu narsalar haqida o'ylab yurardim. Hammada bor muammo bizda ham bor, shu vaqt yetmaydi-da...

Qayd etilgan

T.Yusupov  12 Fevral 2009, 17:25:43

Iya eng ko'p vaqt talabadayu? :) O'zimdan misolde, hoz o'ylab qolaman, eng ko'p vaqtim talabalik davrimda bo'lgan. Qolgan bekorchi narsalarga sarflab yuborgan ekanmiz, afsus. Kino, qushiq, diskoteka, bekorchi ishlarni qilmasdan yashasa bo'ladi, hayotimizning eng ilm oladigan davrida. Keyin uqishni bitirganingizdan keyin haqiqiy vaqt masalasi nimaligini bilasiz!

Qayd etilgan

Abdullоh  14 Fevral 2009, 16:28:05

Bo'lishi mumkin, ammo menda unday bo'lmayaptide. Har kuni ertalab soat 9 dan soat 15-16:00 gacha darslar. Undan so'ng kechki ovqat, uy vazifalari, o'z ustida ishlash, ZiyoUz forumina ham bir ko'rib qo'ymasak bo'lmaydi, qolaversa abiturient shogirdlar bor...

Qayd etilgan