Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari  ( 62058 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:18:25

MUHAMMAD ZOHID QO’TQU
IBN IBROHIM AL-BURSAVIY
           
   
MO’MINNING
SIFATLARI


Nashrga tayyorlovchilar:
NODIRXON HASAN,
ABDULAZIZ MUBORAK

Mas’ul muharrir:
Sayfiddin  SAYFULLOH

Toshkent - 2004

MUNDARIJA

So‘z boshi
Mo‘min hammaning ishonchli kishisi
Mol va jon omonati
Oz yeyish
Mo‘min mo‘minning ko‘zgusi
Mo‘minlarning hamjihatligi
O’lim vaqtida mo‘minning holati
Mo‘min barcha bilan ulfatdir
Rashk – mo‘minning sifati
Mo‘min aldangandek ko‘rinar
Mo‘min hamisha yaxshilik ustida
Mo‘min tanadagi bosh kabidir
Mo‘minning og‘irligi birovga tushmaydi
Mo‘min xalq orasida Haq bilan birgadir
Komil mo‘min ba’zi farishtalardan afzal
Mo‘min nasihatga quloq tutadi
Eng zaif mo‘min ham kofirdan afzal
Omi mo‘min ham aqli salim egasidir
Mo‘min sodda va muloyimdir
Mo‘minning tavbasi ko‘p
Mo‘minning har qanday holi foydadir
Mo‘min shiddatli va hiddatli emas
Mo‘min vazifasini bekamu ko‘st bajaradi
Kuchli mo‘min zaif mo‘mindan yaxshiroq
Mo‘min o‘tmish va kelajakdan qo‘rquvdadir
Mo‘minda yolg‘on va xiyonat bo‘lmaydi
Mo‘minning mo‘minga bag‘ri keng
Mo‘min qachon farishtalardan afzal bo‘ladi?
Mo‘min dunyoda g‘aribday
Mo‘min Allohning suyuklisi
Mo‘min do‘stini o‘zidan afzal ko‘radi
Mo‘min oilaparvardir
Mo‘min Allohning nuri bilan qaraydi
Mo‘min va jamiyat
Mo‘min mo‘minlarga ozorsiz
Mo‘minning iltijosi maqbuldir
Mo‘min mo‘minning birodari
Mo‘minlarga yordam bergan kishi
Mo‘min mo‘mindan ibrat oladi
Mo‘min murosago‘ydir
Afzallik Allohdan qo‘rqishda

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:19:20

MUQADDIMA

   Bugungi kunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa muhaddislar tartib bergan hadis kitoblari tarjima qilinib, xalqimiz qo‘liga yetib bordi va ularni ma’naviy bahramand etmoqda. 

Ma’lumki, hadisi shariflar kishilarni dunyoda va oxirat hayotida baxtli-saodatli bo‘lishlari uchun yo‘l ko‘rsatuvchi chiroq hukmidadir.

O’tmish tariximizga nazar tashlasak, Qur’on oyatlari va hadisi shariflar ma’naviy hayotimizning barcha qatlamlariga — madaniyat, san’at va adabiyotga chuqur ta’sir ko‘rsatganligini ko‘ramiz. Zero, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy kabi qadimgi davr adabiyoti vakillari ham, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Furqat singari tasavvuf va mumtoz adabiyot namoyandalari ham o‘z ijodlarida hadisi shariflarning talqini, izoh va sharhlariga keng o‘rin ajratganlar.

Demak, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan xabardor bo‘lish ma’nosida ham hadisi shariflarni o‘qib-o‘rganmoq, unda darj etilgan mavzu va masalalarni anglab, idrok aylamoq hamda ularni hayotga tadbiq etmoq bir ehtiyojdir.

Xuddi shuning uchun ham hadisi shariflarni turli shakllarda bayon qilish, xususan qirqta hadisni sharhlash va she’riy yo‘l bilan xalqqa yetkazish Sharqda an’ana bo‘lib kelgan. Hazrati Abdurahmon Jomiy va hazrati Alisher Navoiylar ham bu an’anaga sodiq qolganlar.

Imom A’zam mazhabining zukko bilimdoni, naqshbandiya tariqatining murshidi komili, shayx Muhammad Zohid Qo‘tqu hazratlari ham bu yo‘ldan borib, mo‘min-musulmonning dinu diyonati, axloq-atvori, halol-pokizaligi bilan bog‘liq qirqta hadisni sharhlab, "œMo‘minning sifatlari" nomi ostida kitob chop ettirganlar.

Bu asar mo‘min-musulmonlarni halollikka, poklikka da’vat etishi bilan alohida e’tiborga molik. Unda har bir iymon sohibining ega bo‘lmog‘i lozim bo‘lgan sifatlar, xislat va fazilatlar xususida atroflicha fikr-qarashlar bayon etilgan.

Bugungi kun ehtiyojidan kelib chiqib nashrga tayyorlangan bu kitob xalqimiz va vatanimiz farovonligi yo‘lida qo‘shilgan bir ulush deyish mumkin. Uni o‘qib, baholash esa o‘quvchilar hukmiga havola.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:20:26

-1-
MO’MIN HAMMANING ISHONCHLI KISHISI


"Mo‘min barcha insonlarning ishonchli kishisidir. Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi haqiqiy musulmondir. Yomonliklarni tark etgan kishi asl muhojirdir. Nafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatga kirmaydi". ("œRamuz al-ahodis" hadislar kitobi, 230\3.)

Hadisning bosh qismida mo‘minning ishonchli kishi ekanligi, undan boshqalarga ham moddiy, ham ma’naviy zarar etishi gunoh ekanligi uqdirilmoqda. Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilgan yuqoridagi hadisga binoan  o‘zimizni taftish qilsak, iymonimizning darajasi ma’lum bo‘ladi.

Hadisning ikkinchi qismida aytilishicha, muhojir faqat vatanini tashlab, dushmandan qochgan odam emas, balki yomonliklarini tark etgan kishidir. Chunki insonning yashash joyi o‘zgargani bilan axloqi, tabiati o‘zgarmaydi. Shuning uchun bir joyda yashab turib, yomon xulqlarni tark etishlik muhojirlik bilan tenglashtirilmoqda.

Hadisning so‘nggi qismida esa Payg‘ambarimiz qasam ichib: "œNafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatga kirmaydi" deb ta’kidlayotirlar. Demak, jannatga noil bo‘lmoq shartlaridan biri qo‘shniga biror jihatdan zarar yetkazmaslikdir. Zarar etkazadigan kishi esa  jannatga — Allohning buyuk ehsoniga musharraf bo‘lmaydi. Alloh barchamizni bunday baxtsizlikdan asrasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:21:04

-2-
MOL VA JON OMONATI


Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki, "œInsonlar mollari va jonlarini ishonib topshiradigan kishi haqiqiy mo‘mindir. Muhojir xato va gunohlardan yiroq bo‘lgan kishidir". ("œJomi as-sag‘ir" hadislar to‘plami, 2\157, hazrati Fazola ibn Ubayd al-Ansoriy raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

Mo‘min kishida shunday sifat bo‘lishi kerakki, insonlar unga mollari-yu jonlarini bemalol ishonib topshirsinlar. Zero, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni "Muhammad al-amin" ¬- "Ishonchli, omonatga xiyonat qilmaydigan Muhammad" deb atashgan. Demak, bizlarni ham atrofdagilar ishonchli kishi deb bilishlari kerak ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:22:20

-3-
OZ YEYISH


"Mo‘min kishi bir ichagi to‘lguncha ovqat yeydi, kofir yetti ichagi to‘lguncha yeydi". (“Ramuz al-ahodis” 4\230, Hazrati Ibn Umar va Anas ibn Molik raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Bu hadisi sharif hasan hadis bo‘lib, uning yuzaga kelishiga ko‘p ovqat yeyishi bilan shuhrat qozongan bir kishi sabab bo‘lgan deb rivoyat qiladilar. U vaqti kelib musulmon bo‘lgach, oz yemak bilan kifoyalanadigan bo‘lgan ekan.

Mo‘min kishining sifatlaridan yana biri uning qanoatkorligi va oz yemak bilan to‘yishidir. Chunki u ovqat yeyishni “Bismilloh” bilan ¬– Alloh taoloning ismini aytish bilan boshlaydi. Iymon sohiblari me’dalarini to‘ldirmaydilar, ko‘p yeyishga hirs ham qo‘ymaydilar. Faqatgina toat-ibodatlarini bajarishga quvvat oladigan darajada ovqatlanadilar, xolos. Turfa xil yemishlar va sharbatlarga iltifot etmaydilar. Zotan, mo‘min kishiga yarashadigan ish ham shudir. Kofir esa, hirsining shiddatidan yeb to‘ymaydi, to‘ysa-da qo‘ymaydi. Chunki u nafsiga asir.

Hadisdagi yetti raqami ko‘plikni bildiradi. Mo‘min kishi ehtiyoj yuzasidan, toat-ibodatga quvvat bo‘lishi uchun yeb-ichadi. Munkir esa shahvatining asiri bo‘lib yeydi-yu to‘ymaydi. Mo‘min kishi yemakka hirsi yo‘qligidan va tanavvulni ‘’Bismilloh’’ bilan boshlaganidan, taom barokatli bo‘ladi, unga baraka kiradi va u oz luqma bilan qanoatlanadi. Hadisdagi yetti raqami orqali tama’korlik, tab’i bad, hasad, semirish, ovqatdan lazzatlanish, nafs, ko‘z, og‘iz hirslari va shahvat kabi hayvoniy sifatlar nazarda tutilganligi ehtimoldir.

Islomdan boshqa e’tiqod yoki tuzumlarda ham ko‘p ovqat yeyishlik qoralanadi. Chunki ko‘p ovqat yeyishlik insonga xos fazilat emas, balki hayvonga xos xususiyatdir. Sayyidimiz bo‘lmish hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam oz ovqat bilan qanoatlanish borasida bunday o‘git berganlar: "Me’daning uchdan birini ovqat, uchdan birini suv, qolgan uchdan birini nafas olish uchun bo‘sh qoldir".

Mo‘minlardan ba’zan ko‘p yeydiganlar topilgani kabi, kofirlar orasida ham oz yeyishga harakat qiladiganlar uchrab turadi. Ammo kufr ahli hech vaqt e’tiqod uchun kam yemaydilar, ularning bu ishlari kasallik tufayli yo semirib ketishdan saqlanish, go‘zalliklarini saqlash yoki shunchaki bashariy miqyosdagi madaniy o‘lchovlarga rioya qilish uchundir. Qalbida iymoning halovatini topaman, degan kishi esa har bir masalada andozani kitob va sunnatdan olib, Allohning rizosi uchun amal qiladi. Alloh hammamizga hazrati Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ko‘rsatgan yo‘ldan yurishni nasib etsin. Omin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:24:05

-4-
MO’MIN MO’MINNING KO’ZGUSI


 "œMo‘min mo‘minning ko‘zgusidir". ( "œRamuz al-ahodis" 230\7; Buxoriy, Adab-ul mufrad, 1\252, 253\238)

   Inson o‘z aybini, noqisligini oynada qanday ko‘rsa, mo‘min mo‘min birodari uchun ham shunday. Oynaga qaramasdan kishi yuzidagi aybini ko‘rolmaganidek, mo‘minlar ham o‘zaro munosabatlar qurmasalar, bir-birlaridan xabardor bo‘lolmaydilar. Islomiyat jamiyat hayoti bilan barhayot, shuning uchun "œdin nasihatdir" hukmi barqarordir.

Mo‘min ishi g‘oyat sof va jozibali bir ko‘zgu kabi bo‘lishi kerakki, shoyad unga qaragan boshqa mo‘minlar o‘z aybu qusurlarini ko‘rib, o‘zlarini tuzatsinlar. Bu ham mo‘min kishining kamolotiga bog‘liqdir. Ma’nan barkamol bo‘lmagan johil, xulqi buzuq kimsalar bunday sof ko‘zgu bo‘lolmaydilar. Mo‘minar ulardan ham saboq olib, kamolot kasb etishlari lozim. Luqmoni Hakimdan: "œAdabni qaerdan o‘rganding?" deb so‘raganlarida: "œAdabsizdan" deb javob bergan ekan.

Bayt:       
Bu olam bir ko‘zgudir, har narsa Haq-la qoim,
Muhammad ko‘zgusidin Alloh ko‘rinur doim.


Mir’oti Muhammad - nuri Muhammad alayhissalom demakdir. Demak, ul zotning izdoshlari Payg‘ambarimizning xulqlari bilan axloqlanishi kerak. Axloqi Muhammadiyga erishmagan qabih tabiatli, hirsga berilgan, hasadgo‘y, jahldor, mutakabbir, xudbin, dunyoparast kimsalarning Rasulullohning noiblari bo‘lishga hech qanday haqlari yo‘q. Bu muborak maqomni nohaq suiiste’mol qilganlar o‘zlarini uning xalifasi deb e’lon qilib, o‘zlarini ham, boshqalarni ham aldaydilar. Mavlo taolo jumlamizning mu’inimiz — ne’mat ato etuvchi madadkorimiz bo‘lsin va bunday soxta hollardan o‘z panohida asrasin.

 "œMo‘min mo‘minning ko‘zgusidir. Va mo‘min mo‘minni orqasidan ham himoya qiladigan va uni qo‘llab quvvatlaydigan birodaridir" . ("œRamuz al-ahodis" 230\8, roviy hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu.)

Sen birodaring uchun bir oyna ekaningni unutma! U ham sen uchun oynadir. Sen o‘zingni unda ko‘rasan. Birodarining siymosida ko‘rgan narsasi (yaxshilik va yomonlik) mo‘minga kifoyadir. Birodaringda xayr-yaxshilik ko‘rsang, u xayr senikidir. Agar yaxshilikdan boshqa bir narsa ko‘rsang, u ham senikidir.

Mo‘min mo‘minning birodari ekanligi muborak Qur’oni karim oyati bilan sobit bo‘lgan. Islomiy birodarlik tug‘ishgan aka-uka bo‘lishdan ham qiymatliroqdir. Zinhor birodaring sha’niga yomon so‘z aytma. Xato-yu kamchiliklari tufayli unga qora chaplama. O’z aka-ukangni qanday himoya qilsang, dindosh birodaring sha’nini ham shunday asra, hurmat qil. Doim qo‘lidan tut. Yordamga muhtoj bo‘lganida holini senga arz qilishini kutib turmasdan yordam ber. Yo‘qsa katta xato qilgan bo‘lasan.

Mo‘min kishi birodariga qaerda duch kelsa, uning holini so‘raydi. Kezi kelganda, uning yaqinlarini himoya qiladi. Shu zaylda birodarining dunyosini himoya qilar ekan, ma’naviyatini ham muhofaza qiladi. Uning yomon joylarga borishiga yo‘l qo‘ymaydi, gunoh ishlar qilishiga aslo rozi bo‘lmaydi. Uni hech vaqt o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi. Doim uning saodati va omonligi uchun jon kuydiradi. U yo‘qligida uning bola-chaqasini himoya qiladi, ta’minlaydi.

Ana shu yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan kishigina haqiqiy va komil mo‘min bo‘la oladi. Ushbu xususlar orqali mo‘min kishining iymoni nechog‘li mustahkam ekani bilinadi. Har birimiz mazkur sifatlar bilan sifatlansak, komil mo‘min darajasiga yetgan bo‘lamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:25:28

-5-
MO’MINLARNING  HAMJIHATLIGI


"Mo‘minlar bir-biriga yopishgan imorat kabidir"  . (Ramuz al-ahodis 230\10; Buxoriy, "œKitobi salot", (88) 1\123; Adab (36).

Qara, hazrati Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qilgan bu hadisda bino devorlari bir-biriga mustahkam yopishgani kabi, mo‘minlar ham bir-birlariga mahkam bog‘lanmoqlari lozim ekanligi uqdirilmoqda. Binoni tashkil etgan unsurlar orasida tosh, temir kabi narsalar bo‘lganidek, qum va shisha kabi nozik narsalar ham mavjud. Lekin barchasi birgalikda binoni mahkam tutib turibdi. Insonlar, ana shu bino kabi jipslashgan, bir-birini suyagan bo‘lishlari kerak. Kuchlilari doim zaiflarni suyab turmog‘i, ular bilan yelkadosh, hamnafas bo‘lmog‘i lozim. Chunki mustahkam bo‘lmagan binoning yiqilishi muqarrar, bundan Allohning o‘zi asrasin.

Ushbu hadis mo‘minlarni jamoa bo‘lib yashashga, o‘zaro hamjihatlikda umr kechirishga tashviq etmoqda. Zero, inson yolg‘iz hayot kechirishi imkonsiz. Masalan, bir burda nonni tayyorlash, pishirish uchun naqadar ko‘p asbob-uskuna va mehnatga ehtiyoj sezilishi barchaga ayon. Demak, insonlar zarar emas, foyda keltiruvchi, xom emas, pishgan bo‘lishi, noqis emas, komil bo‘lishi lozimdirki, Islom jamiyati kundan-kunga rivojlansin va yuksalsin. Aksincha, har kim o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib, zaifu miskinlarga nisbatan mehr-muhabbat bo‘lmasa, Haq taolo undan aslo rozi bo‘lmaydi. Ana shu vaqtda qiyomat qo‘padi, faryodu fig‘onlar boshlanadi. Isyonlar, norozilik chiqishlari, qo‘zg‘olonlar va boshqa falokatlar ro‘y berishining sababchilari musulmonlikni da’vo qiluvchi, aslida Islomdan bexabar bo‘lgan sho‘rlik guruhlardirki, ular ahli Islomning boshiga balo bo‘lurlar. Musulmonlarning tanazzuliga eng katta sabab - musulmonlarning haqiqiy musulmon bo‘lmay, ilm va davlatlariga mag‘rurlanib, faqirlaru zaiflarning haqlariga rioya qilmasdan, ularga islomiy va insoniy muomalada bo‘lmasliklaridir. Shu boisdan ham ular oxirat saodatlaridan mahrum bo‘lgaylar. Agar ular molu dunyolariga bu qadar hirs qo‘ymasdan, boy-kambag‘alligiga e’tibor bermay, hammalari qo‘lni qo‘lga berib, birlashsalar edi, bugun musulmonlarning qo‘lini bukishga hech kim botinolmas edi. Parvardigor hammamizni haqiqiy musulmonlardan qilsin, omin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:25:52

-6-
O’LIM VAQTIDA MO‘MINNING HOLATI


"O’lim oldidan mo‘minning peshonasi terlaydi". ("œJomi as-sag‘ir" 6\9145; Termiziy, "œKitobi janoiz" (10) 3\301\982.)

Abdulloh ibn Buraydo otalaridan rivoyat qilgan bu hadisi sharifda aytilishicha, mo‘min kishining o‘lar vaqtida peshonasi terlasa, bu iymonining nishonasidir. Zero, qilgan gunoh va xatolari bo‘la turib, unga jannatning xushxabari kelsa, uyalganidan xijolat tortib, peshonasi terlaydi. Bu uning komil e’tiqod sohibi ekaniga dalolatdir. O’sha onda ko‘zlarining yoshlanishi va peshonasining terlashi unga xushxabar va rahmat belgisidir. Aksincha, cho‘kayotgan odamga o‘xshab bo‘g‘ilishi durust emas, deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:26:12

- 7 -
MO’MIN BARCHA BILAN ULFATDIR


"œMo‘min kishi do‘st bo‘ladi va do‘st tutiladi. Do‘stlasha olmaydigan va do‘st tutilmaydigan kishida xayr-yaxshilik yo‘qdir. Insonlarning xayrlisi insonlarga foydasi tegadiganidir" . ("œRamuz al-ahodis" 230\9.)

Mo‘min kishi do‘st bo‘ladi va do‘st tutiladi. Yomon odam do‘st bo‘lmaydi va do‘st ham tutilmaydi. Odamlarning yaxshisi odamlarga foydasi ko‘proq tegadiganidir.

Hazrati Sahl ibn Ra’d raziyallohu anhu rivoyat qilgan mazkur hadisi sharifda, mo‘min kishi hamma bilan suhbatdosh bo‘lishi, har toifaning vakillari bilan yaxshi muomala qilishi, boshqalarning ham u bilan do‘stlik qilishiga imkon yaratishi zarurligi uqtiriladi. Chunki mo‘min tabiatan kirishimli va go‘zal axloq egasi bo‘lib, halimdir, yaxshilar bilan ulfatdir. Iymoni tufayli boshqalar ham u bilan yaqin-ulfat bo‘ladi. Mashaqqatlarga, jafolarga sabr etadi, darrov qarshilik qilmaydi, avf etadi, kechiradi. Shuning uchun u bilan chiqishish juda osondir. Iymonining zaifligi, axloqining yomonligi, tabiatining ham og‘irligi tufayli chiqishish-kelishish imkoni bo‘lmagan, o‘zi ham boshqalar bilan chiqisha olmaydigan insonlarda xayr, yaxshilik yo‘q, deb aytilgan. Chunki musulmonlik do‘stlik-yaqinlik dinidir. Ehson hasadsiz bo‘lmaydi. Har ne’mat egasining hasadchilari bo‘lganidek, jamiyatda o‘ziga ozor bergan kishilarga chiday olmaydigan janjalkash, shovqin-suronni xush ko‘radigan kishilar ham borki, ularda yaxshilik yo‘qdir; insonga xos kamolotga erishmoq uchun ma’naviyatni qattiq tutib, janobi payg‘ambarimiz sallallohi alayhi vasallamning yo‘lidan yurmoq lozim.

Bu yo‘lda hasadgo‘ylar ham, dushmanlar ham tez orada do‘stlashib qoladi, mashaqqatli onlari g‘oyat latif huzur-halovatga aylanib, insonlarning dunyosi ham, oxirati ham jannat bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:27:39

-8-
RASHK - MO’MINNING SIFATI


"œMo‘min kishi g‘ayratli-rashkli bo‘ladi. Alloh taolo esa eng g‘ayratli-rashklidir". ("œRamuz al-ahodis" 230-12, rivoyat hiluvchi hazrati Abu Hurayra, Jobir ibn Abdulloh, Sahl ibn Sa’d, Ibn Mas’ud raziyallohu anhumo.)

Mo‘min kishi, insonlarning eng sharaflisi va eng a’losidir. Himmat va g‘ayrati, hamiyat va rashki ham shu nisbatda kuchlidir.

Mo‘min kishi g‘ayrat mahalida g‘ayratlidir. G’ayrati Haqning g‘ayrat sifatiga muvofiqligi tufayli mo‘minning bu sifati Allohga va uning rahmatiga yaqinlashtirur. Bu yaqinlikka ilm (varosat) maqomi deyiladi. Bu g‘ayratga erishgan ulug‘lar orasida mazkur maqom bilan bog‘liq ko‘plab voqealar sodir bo‘lgan. Shu sababdan, erkaklarning ayollariga va mahramlariga bo‘lgan rashki, Islom qoidalariga muvofiqdir.

Islomning har bir amri, behisob hikmatlarga asoslangan. Ushbu hikmatlarni bilmasligimiz sababli, dinimizning ko‘pgina amrlariga rioya qila olmayapmiz. Holbuki, ularning har biri, bizning foydamiz uchundir. Ko‘rmaysizmi, boshqalarning dalalariga ekin ekkanlar bilan mol egalari orasida qanday katta janjallar, to‘polonlar bo‘ladi, mahkama-qamoqqacha boradilar, bir qancha jinoyatlarga ham sabab bo‘ladilar. Iffat, albatta, bu bilan qiyoslanmaydi. Zino sodir etilganda ulug‘lardan biri qattiq darg‘azab bo‘lib, zinokorlarning darhol jazolanishini talab qilgan ekan. Bu g‘ayratning darajasini ko‘rsatadi. Zero, g‘ayrat din va iymondandir.

Hazrati Umar-ul Foruq raziyallohu anhu davrlarida Iskandariya qamal qilinganida, hech g‘alaba muyassar bo‘lmadi, natijada ahvolni hazrati Umarga arz qilishadi, ul hazrat tekshirib, taftish qilib, lashkarning misvok ishlatmayotganligini aniqlaydilar va darhol tuyalarga misvok yuklatib, ularga yuboradilar. Askarlar misvok ishlatgach, darhol hujumga o‘tishadi, misrliklar ham qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lishadi. Sunnati saniyyani tark etish g‘alabani kechiktirgan bo‘lsa, sunnati saniyyaga mahkam amal qilish natijasida Islom lashkari tezda zafar qozongan. Janobi Haq butun ummati Muhammadni ilohiy amrlarga qat’iy amal qiladigan va Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sunnatlarini mahkam tutadigan bandalaridan qilsin!

Qayd etilgan