Iqtisodiy yangiliklar  ( 34152 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


T.Yusupov  10 Fevral 2009, 03:07:23

Yangi tandirdan uzilgan yangiliklarni ko'rmayapman. Iloji bo'lsa, shu bo'limni moderatori asosan yangiliklarga e'tibor qaratsa, faqatgina bitta manbadan emas, ko'plab reytingi yuqori economic news saytlaridan maqolalarni tarjima qilib tashlab tursa . . .

Bu ham bir taklifde . . .

Qayd etilgan


Musannif Adham  10 Fevral 2009, 17:11:02

Yangi tandirdan uzilgan yangiliklarni ko'rmayapman. Iloji bo'lsa, shu bo'limni moderatori asosan yangiliklarga e'tibor qaratsa, faqatgina bitta manbadan emas, ko'plab reytingi yuqori economic news saytlaridan maqolalarni tarjima qilib tashlab tursa . . .

Bu ham bir taklifde . . .

To'lqin aka, bunga ajablanmasangiz ham bo'ladi. Kecha bo'lim ochilib, AbdulAziz akam "Siz ham yangi bo'limga u-bu suyunchi bering" deb qoldilar. Borini "to'kdik".

Lekin uzrim bor, aka. Mana ishonmasangiz:

Assalomu Alaykum.

Ushbu mavzuda Jahon va O'zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan yangiliklar qayd qilib boriladi. Maqsad - o'quvchilarni bu sohadagi eng so'nggi ma'lumotlar bilan tanishtirish.

Hozircha biroz eskirgan bo'lsa-da 2008 yil ikkinchi yarmidagi eng muhim iqtisodiy xabarlarni e'lon qilamiz.


Men Yangiliklarning ham-moderatoriman(yangi "atama"). Endi bu bo'lim moderatoridan men ham Siz kabi "hali sovumagan" yangiliklarni kutib qolaman. 

Qayd etilgan


T.Yusupov  10 Fevral 2009, 19:50:15

Men yangiliklarni faqat ingliz va rus tilida o'qiyman, tarjima qilishga kelganda, vaqt degan jonivor "dod"lavoryapti. Shunga hayronman, boshqa tildagi yangiliklarni ham qo'yib boring desanglar, man tayyor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 08:46:12

«Davos forumi»

Dunyo biznes-rahbarlarining eng katta yig‘ini ham moliyaviy inqirozni bartaraf etishga yetarli bo‘lmadi



Shveysariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan Butunjahon iqtisodiy forumi qariyb 40 yillik faoliyati davomida bugungiday doirasi keng, mavzusi dolzarb bo‘lmagan. Forum 2008 yilda vujudga kelgan va tobora kuchayib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi paytiga to‘g‘ri kelgani uning ahamiyati va nufuzini yana bir karra oshirdi.

O'tgan yilning o‘rtalaridan bo‘y ko‘rsata boshlagan inqiroz AQShda katta miqdordagi ipoteka kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilmasligi oqibatida kelib chiqqandi. Uy-joy kreditlari berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bozorni to‘la o‘rganmay, iqtisodiy talablarni yetti o‘lchab bir kesmagani ulkan miqdorda kamomad yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda inqiroz AQSh, Yevropa, Osiyodagi ko‘plab "beli baquvvat" banklarni «ishdan chiqardi», uning real sektorga ta'sir qilishi esa aholi daromadining kamayishiga olib keldi.

davomi...

Qayd etilgan


Abdullоh  22 Fevral 2009, 11:09:51

General Motors хориждан маблағ изламоқда

Американинг йирик автомобил ишлаб чиқарувчи ширкати General Motors Британис, Олмонис, Швеяис, Канада ва Таиланд ҳукуматлари билан 6 миллиард доллардан зиёд қарз олиш мақсадида музокаралар стказмоқда.

General Motors жами 47 минг иш срнини қисқартиришни мслжаллаган

Ширкатдан маълум қилишларича, бу маблағ General Motorsнинг хориждаги корхоналарини қутқариш учун зарурдир.

General Motors АҚШ ҳукуматидан 16,6 миллиард долларлик қарз ссраш нистида, ширкат бунгача 13,4 миллиард доллар олган.

Американинг автогиганти қутқариш режасини сълон қилган, бу режага биноан, 47 минг иш срнини қисқартириш, бир неча заводларни ёпиш мслжалланмоқда.

Илгари General Motors дунёдаги заводлари сонини 47 дан 38 тагача қисқартирмоқчи сканини маълум қилган, бироқ снди сна бешта корхонаси ёпилиши мумкинлиги айтилмоқда.

26 минг киши компаниснинг АҚШдан ташқаридаги корхоналаридан ишдан бсшатилади.

GM 12 турдаги автомобил русумларини ишлаб чиқаришни тсхтатиш нистида.

2012 йилгача бслган муддатни сз ичига олган режа доирасида фақат тсрт - "Шевроле", Буик", "Кадиллак" ва GMC русумларидаги машиналарни ишлаб чиқариш сақланиб қолади.

General Motors, шунингдек, Швеяисдаги Saab заводини сотишни режалаган.

Ширкатдан айтишларича, улар 2 йилдан кейин ишлаб чиқариш даромад келтиришига умид қиласптилар, қутқарув режалари кснгилдагидек амалга оширилса, 2017 йилга бориб қарзларидан тсла узилишлари мумкин.

17 феврал куни General Motors ва Chrysler ширкатлари АҚШ ҳукуматидан сна қсшимча жами 21,6 миллиард доллар миқдорида қарз ссрамоқчи сканликларини сълон қилдилар.

Manba

Qayd etilgan


Abdullоh  08 Mart 2009, 12:51:15

Хитой 'снг машаққатли йилни бошидан кечирмоқда'

Сснгги снгиланиш: 05 Март, 2009 - Published 10:59 GMT

Ҳукумат мамлакатда ижтимоий беқарорлик вужудга келиши сҳтимолидан хавотирда

Хитой Бош вазири Вен Жиабаонинг айтишича, глобал иқтисодий инқироз туфайли жорий йил мамлакат учун 21- асрдаги снг машаққатли йил бслади.

Мамлакат парламентига ссзлаган нутқида жаноб Вен Хитой иқтисодини рағбарлантириш учун 585 миллиард долларлик сармос дастури йслга қсйилишини сна бир такрорлаган.

Шунга қарамай, Бош вазир 2009 йил иқтисодий ссиш суръатини 8 фоизга етказиш ҳамда истеъмол ва харидор талабини кстариш ксзланаётганини айтган.

Вен жаноблари сз нутқи билан Халқ Миллий Конгрессининг йиллик йиғинини очиб берган.

Лекиндан Би-би-си мухбири Жеймс А ейнолдснинг хабар қилишича, Коммунистик партис иқтисодий ссиш суръати 8 фоиздан пастга тушиб кетадиган бслса, мамлакатда ижтимоий беқарорлик вужудга келади деган қсрқувда.

Мухбирга ксра, агар одамлар ишсизликка дуч келар скан, Коммунистик партис бошқаруви савол остига олиниши мумкин ва мана шу боис партис учун иқтисодни рағбарлантиришга қаратилган дастур ста муҳимдир.

Бош вазир шаҳарларда 9 миллионта иш срини сратилишига ва маҳаллий ҳукуматларнинг бюджет сарф-харажатлари қарийб 25 фоизга оширилишига умид билдирган.

"Хитойда-1.3 миллион аҳоли истиқомад қилувчи ривожланаётган мамлакатда иқтисод ссиш суръатини маълум даражада ушлаб туриш шаҳар ва қишлоқ фуқароларига иш сринларини кенгайтириш, одамларнинг даромадларини ошириш ва ижтимоий барқарорликни таъминлаш учун зарурдир",-деб айтган Вен Жиабао.

Жаноб Вен Хитойнинг глобал молисвий инқироздан азист чекаётганини сширмади ва мамлакатдаги ижтимоий ҳимос ва соғлиқни сақлаш тизимлари талабга мос смаслигини тан олди.

Мухбиримизга ксра, иш сринлари қанчалик ксп йсқотилган сари ижтимоий ҳимос тармоғидаги муаммолар снада кспроқ ксзга ташланмоқда.

Manba

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Mart 2009, 12:18:34

Ko‘rgazmalar ish boshladi



"œO‘zekspomarkaz"da 10 mart kuni "œQurilish va interyer, isitish va ventilatsiya — UzBuild-2009" va "œMebel, ishlab chiqarish texnologiyalari, interyer va dizayn — MebelExpo Uzbekistan-2009" xalqaro ko‘rgazmalari ochildi.

Tadbirlar "œITE Uzbekistan" va "œI.T.E. Exhibition & Conferences Ltd" (Buyuk Britaniya) xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, "œO‘zqurilishmateriallari" aksionerlik kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda "œFayz" xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ko‘rgazmalarning ochilishida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan qurilish va mebelsozlik sohalarini izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, yurtimizda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama yanada kengaytirishda, zamonaviy texnologiyalar va kommunikatsiya vositalarini keng jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Istiqlol yillarida yurtimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Milliy va xalqaro me’morlik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan muhtasham inshootlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, ravon yo‘l va ko‘priklar, turar- joy binolari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, madaniyat va ta’lim muassasalari qad rostlamoqda, bog‘ va xiyobonlar ko‘paymoqda. Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati korxonalarini sifatli, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlash orqali modernizatsiya qilishni jadallashtirishga, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashni ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotir. Bunda davlatimiz rahbarining 2007 yil 1 iyunda qabul qilingan "œ2007-2011 yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida"œgi qarori muhim omil bo‘lmoqda.

"œUzBuild-2009" ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Ukraina, Germaniya, Avstriya, Daniya, Italiya, Shvetsiya, Polsha, Belarus, Lyuksemburg, Turkiya, Isroil va Eron kabi yigirmaga yaqin mamlakatdan "œArt Dizayn Plast" (O‘zbekiston), "œBautek" (Polsha), "œFaravand Aziya" (Eron), "œXes Grup" (Germaniya), "œMorando" (Italiya) singari yuzdan ziyod firma va kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Ular qurilish materiallari ishlab chiqarish, xomashyo va butlovchi qismlar yetkazib berish, qo‘shimcha turdosh tovarlar savdosi bilan shug‘ullanadi.

— Kompaniyamiz qurilish materiallari, jumladan, pol va devorlar uchun mo‘ljallangan qoplama plitalar — bezaktoshlar, tom yopish jihozlari hamda ularni tayyorlashda zarur bo‘ladigan uskunalar savdosi bilan shug‘ullanadi, — deydi Xitoyning "œDobest" kompaniyasi direktori Van Jibao. — Mazkur ko‘rgazmada o‘tgan yilgi ishtirokimiz samarali bo‘lgani bois bu gal ham qatnashyapmiz. O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda. Garchi, ayni vaqtda aksariyat mamlakatlar moliyaviy inqirozdan aziyat chekayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda ishbilarmonlar faolligi oshib borayotgani va iqtisodiyot yuksalayotganining guvohi bo‘ldik. Bu esa yurtingizda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat samarasidir. Shu bois ko‘plab hamyurtlarim mamlakatingiz ishbilarmonlari bilan hamkorlik qilishga oshiqadi. Ushbu ko‘rgazma o‘zbekistonlik sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, yangi shartnomalar tuzish imkonini berayotganidan mamnunmiz.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan qurilish materiallari va taklif etilayotgan xizmatlar xilma-xilligi bilan avvalgilaridan ajralib turadi. Qurilish materiallari va uskunalari, isitish va ventilatsiya tizimlari, eshik-rom, lok-bo‘yoq, tom yopish materiallari, pol qoplamalari, sopol va pardozlash toshlari, elektronika va yoritish texnikasi singari mahsulotlar e’tiborni tortmoqda.

Qurilish sanoatida erishilgan yutuq va natijalarni sarhisob etish, bu borada soha mutaxassislari bilan fikr va tajriba almashish, o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolashda mamlakatimizda o‘ninchi marta o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazma katta ahamiyat kasb etadi.

"œMebelExpo Uzbekistan 2009" ko‘rgazmasida turli davlatlardan "œAlterna Grup" (O‘zbekiston), "œGamma" (Italiya), "œSkif" (Rossiya), "œYutor" (Xitoy) kabi qariyb yigirmata firma va kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan turli dizayn va hajmdagi mebel jihozlari yuqori sifati, raqobatbardoshligi va chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular xorijning dongdor firmalari mahsulotlaridan aslo qolishmaydi. Shu bois yurtimizda mebel importi keskin pasayib, eksporti tobora oshmoqda. Ichki va tashqi bozorda O‘zbekistonda tayyorlangan mebelga talab oshib borayotgani mamlakatimizda mazkur soha izchil ravnaq topayotganidan yana bir dalolatdir.

— Korxonamiz mebel jihozlari ishlab chiqarish barobarida boshqa mahalliy firmalarga xorijdan zarur butlovchi qismlar yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi, — deydi "œEman" O‘zbekiston-Litva qo‘shma korxonasi direktori Rustam Nuriddinov. — Mahsulotlarimiz xalqaro talablarga mosligi, raqobatbardoshligi va xaridorgirligi bilan mijozlar e’tiborini qozonmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlarning faol ish yuritishi uchun yaxshi sharoit, soliq va bojxona imtiyozlari hamda ko‘plab boshqa qulayliklar yaratilgan. Bu ishbilarmonlik yanada ravnaq topishida muhim omil bo‘layotir.

Oltinchi bor tashkil etilgan "œMebelExpo Uzbekistan 2009" ko‘rgazmasi mebelsozlik va yog‘ochga ishlov berish sanoatining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Ko‘rgazmada ofis mebeli, mebel garniturasi va furniturasi, ularni ishlab chiqarish va yog‘ochga ishlov berish uskunalari, interyer va dizayn, me’morlik hamda loyihalashga oid mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Manba: www.uza.uz

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Mart 2009, 12:35:50

Миллиардерларнинг бугунги ҳоли ҳавас қилишга арзигуликми?


Forbes журналининг снги рейтингига мувофиқ дунёда миллиардерларнинг сони камайган ва улар бойликларининг ҳам чсғи озайган.

Журнал скспертларининг ҳисоб-китобларига ксра, А оссисда ҳозир бор-йсғи 32 та миллиардер қолган. Бу стган йил билан солиштирганда 3 бараварга камдир.

2008 йилда жаҳондаги миллиардерларнинг сони 1125 тани ташкил стган бслса, жорий йилга келиб бу рақамлар 793 тага тушиб қолган.

Бу йил журнал рейтингига тушганлар тсқсон фоизга сқинининг чснтаги анча бсшаб қолган. Ўтган йили сайёранинг снг бадавлат инсонлари бойликларининг 23 фоизини йсқотишган.

Бу йилги снг бадавлат инсонлар рсйхатини Microsoft ширкати асосчиси Билл Гейтс бошлаб берган. Билл Гейтс стган йили 18 миллиард доллар йсқотишга учраган сса-да, қолган пулининг сзи ҳам 40 миллиард долларни ташкил стган.

Бироқ глобал иқтисодий инқирозга қарамай, рсйхатда қирққа сқин снги номни ҳам учратишингиз мумкин. Ўтган йили снг ксп пул ишлаган 20 та инсоннинг тсққизтасини чакана савдо ёки нархи арзонлаштирилган дсконлар билан боғлиқ тижоратда банд бслганлар ташкил стишган.

А­ҳ, Дерипаска, Дерипаска...

А оссиснинг снг бадавлат кишиси бслган Олег Дерипаска стган йили сз бойлигининг 88 фоизини қслдан бой берган.

Forbes журналининг 2008 йилги ҳисоб-китобларида унинг бойлиги 28 миллиард долларни ташкил стган бслса, бу йил мазкур маблағ 3,5 миллиард долларга тушиб қолган.

Дерипаска жаноблари жуда жиддий йсқотишга учраган

Бу йил журналнинг рейтинги бсйича Михаил Лрохоров А оссиснинг снг бой кишиси, деб топилган. У глобал иқтисодий инқироз сабаб бойлигининг срмидан кспроғини йсқотган сса-да, 9,5 миллиард доллар билан журнал рсйхатида 40-сринни сгаллаган.

Яна бир йсқотиш

Forbes журнали рсйхатидаги 74 та инсон истиқомат қилгани учун Москва стган йили миллиардерлар шаҳри номига ҳам муносиб топилганди. Журнал скспертларининг айтишларича, ҳозир уларнинг сони бор-йсғи 27 тани ташкил стади, холос.

Москва бу йил миллиардерлар шаҳри номини ҳам йсқотган

Бадавлат инсонлар пойтахти мақоми сса, Аью Йоркка қайтган. Бу ерда ҳам уларнинг сони 71 дан 55 тага камайган сса-да, қолганлари ҳам унинг шундай номга лойиқ топилиши учун етарли бслган.

Глобал иқтисодий инқироз асосан А оссис ва Осиё давлатларидаги бадавлат инсонларга қаттиқ таъсир қилган. Шу сабабдан ҳам журналнинг бу йилги рейтингида америкаликлар илғорлик қилишган.
 
Manba

Qayd etilgan


Abdullоh  13 Mart 2009, 18:20:33

Toshkentda "œBankExpo-2009" ko‘rgazmasi ish boshladi

11.03.2009 12:39
Toshkentda "œBANKEXPO-2009" bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston, bir qator MDH mamlakatlarining yetakchi bank, moliya va investitsiya kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi xabar berdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimi ishonchliligini ta’minlashga doir vazifalar g‘oyat muhim bo‘lib, shu boisdan ham mazkur tadbirni o‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ko‘rgazmada keng jamoatchilik e’tiboriga O‘zbekiston bank-moliya sektoridagi eng yangi texnologiyalar va xizmatlar taqdim etildi. Ular banklar, moliya tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari, E-banking, mobil tizimlar, pul o‘tkazish va videokuzatuv tizimlari, xavfsizlikni ta’minlash uskuna va tizimlari, bank va moliya muassasalari uchun axborot texnologiyalari, plastik kartalar dizayni va ularni ishlab chiqarish, plastik kartalar bilan ishlash uchun dasturiy-apparat vositalari kabi bo‘limlarda namoyish etilmoqda.

Tadbir ishtirokchilarining fikricha, jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etadi va bugun iqtisodiyot bank sektorining ahvoli, uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish nihoyatda muhimdir. Kredit berish shartlari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, mamlakatimiz banklarining moliya va boshqa resurs turlari bilan ta’minlanganini namoyish etish, shubhasiz, mamlakatimiz banklariga bo‘lgan ishonchni oshiradi va pirovard natijada, ularning faoliyati samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Masalan, mamlakatimizdagi "œTexSistemaServis" (TSS) kompaniyasi sakkiz yil davomida bank muassasalarining barqaror va professional hamkori ekanini isbotladi. Kompaniya banklarga jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning banknot hisoblagichlar, valuta detektorlari, depozit yacheykalar, banknot va tangalarni saralagich hamda qadoqlagichlar, bankomatlar, tarmoq uskunalari kabi bank va telekommunikatsiya uskunalarini taklif etmoqda.

Ko‘plab banklar axborot do‘konlari deb ataladigan ommaviy foydalaniladigan elektron axborot-to‘lov terminallarini faol joriy etmoqda. Ular aholidan avtomatlashtirilgan On-line tartibida plastik kartochkalardan foydalangan holda turli kommunal hamda boshqa to‘lovlarni qabul qilmoqda. Bunday axborot do‘konlari poytaxtimizdagi yirik supermarketlar, biznes-markazlar, muassasalar, servis obyektlarida o‘rnatildi. Respublikamiz hududlarida ham bunday keng tarmoqni bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilmoqda.

"œBaraka" universal lizing kompaniyasi tijorat banklariga ko‘p kanalli moliyalashni ko‘zda tutadigan yirik lizing loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishni taklif etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik obyektlariga import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulot ishlab chiqarish maqsadida uskunalar sotib olishda lizing operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydali shartlar taqdim etilmoqda.

Ko‘rgazma dasturi keng qamrovli va xilma-xil bo‘lib, ko‘plab ta’lim seminarlari, mahorat darslari va taqdimotlarni o‘z ichiga oladi. "œBo‘sh o‘rinlar yarmarka"si tadbirlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Unda bank-moliya sohasiga ishga joylashish uchun talabgorlar suhbatdan o‘tishi mumkin.

Manba

Qayd etilgan


Abdullоh  13 Mart 2009, 18:22:30

O'zbekistonga investisiya kiritishga tayyormiz

09.03.2009 19:52

Bahodir Mamajonov, "œJahon" AA, Seul -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida MDH mamlakatlarida birinchi bo'lgan "œNavoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilmoqda. 

Erkin industrial-iqtisodiy zonaning muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim jihatlardan biri — bu uning yonida joylashgan transkontinental intermodal xab bo'lib, u 2009 yil yanvaridan buyon yuk tashish bo'yicha dunyoda yetakchi sanalgan "œKorean Eyr" kompaniyasi tomonidan boshqarilmoqda.

2009 yil 5 mart kuni Seulda "œNavoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona — koreyalik sheriklar uchun O'zbekistondagi yangi investision imkoniyatlar" mavzuida konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi eng istiqbolli loyihalardan birining hayotga tatbiq etilishi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyadan ko'zlangan asosiy maqsad — Koreya Respublikasidagi ishbilarmon doiralar vakillarini Navoiyda tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona, xorijlik investorlarga taklif etilayotgan imtiyozlar bilan keng tanishtirish edi.

Seuldagi "œLotto" mehmonxonasining 1200 kishiga mo'ljallangan konferensiyalar zali ishtirokchilar bilan to'ldi, mavzuga qiziqish shu qadar kuchli ediki, anjuman ishini ko'pchilik hatto tik turib eshitishiga to'g'ri keldi.

Yurtimiz ishbilarmon doirlari vakillarining delegasiyasiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qildi. Delegasiya tarkibidan shuningdek, mamlakatimizning turli vazirlik va idoralari rahbarlari, nufuzli tadbirkorlar o'rin oldi.

Konferensiyani Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Sin Su tabrik so'zi bilan ochib bergani Koreya hukumati mazkur anjumanga katta e'tibor berganini yaqqol tasdig'i bo'ldi. U, jumladan, Koreya bilan O'zbekiston o'rtasida  mustahkam savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalar yo'lga qo'yilganini ta'kidlab, o'zaro hamkorlik kudan-kun kengayib, yanada mustahkamlanib borayotganini e'tirof etdi va Navoiyda tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona buning dalili bo'lib xizmat qilishini qayd etdi.

Konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning anjuman ishtirokchilariga yo'llagan tabrik xati o'qib eshittirildi. Unda ta'kidlanishicha, «bizning Koreya Respublikasi bilan bo'lgan jadal sur'atdagi hamkorligimiz 2006 yilda o'rnatilgan strategik sheriklik asosida rivojlanib, bu, o'z navbatida, neft, gaz, uran, qimmatbaho va noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash, to'qimachilik, mashinasozlik va avtomobilsozlik sohalaridagi muhim loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratib berdi».

Avtomobil, temir va havo  yo'llarining eng muhim chorrahasida  joylashgan Navoiy shahri aeroporti Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Yevropa qit'asi mamlakatlari bilan bog'laydi. Yaqin vaqt ichida Navoiy shahri aeoporti havo qatnovi orqali Osiyo va Yevropaning Singapur, Dehli, Bangkok, Frankfurt hamda Milan kabi yirik shaharlari bilan bog'lanadi.

Taqdimot marosimida ta'kidlanganidek, erkin industrial-iqtisodiy zona hududida maxsus soliq, bojxona hamda valyuta rejimlari, rezident bo'lmaganlar uchun kirish va chiqish, ishlash uchun ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bundan tashqari, yer solig'i, mulk solig'i, daromad solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig'i, yagona soliq to'lovidan ozod qilish kabi choralar ko'zda tutilgan.

Anjumanda bir necha yildan buyon O'zbekistonda muvaffaqiyatli  faoliyat yuritib kelayotgan koreyalik biznesmenlarning chiqishlari katta qiziqish uyg'otdi. So'zga chiqqanlar Navoiydagi erkin industrial-iqtisodiy zonaning tashkil etilishi beradigan yangi imkoniyatlar to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Konferensiya davomida umumiy qiymati 500 million AQSh dollaridan oshuvchi 35 ta investision loyiha va bitimlar imzolangani anjuman naqadar muvaffaqiyatli o'tganidan dalolat berib turibdi.

Uchrashuv doirasida, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan tematik davra suhbatlari o'tkazilib, ularda neft va neft-gaz, gaz va gaz-kimyo, to'qimachilik, elektrotexnika sanoati, axborot texnologiyalari, telekommunikasiyalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, turizm sohalaridagi aniq investision loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

O'zbekiston bilan Koreya o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar sur'ati kundan-kun yuksalib bormoqda. Birgina 2008 yilda O'zbekistonga Koreya ishbilarmon doiralarining 80 dan ziyod delegasiyasi tashrif buyurdi. Navoiy shahrida erkin industrial-iqtisodiy zonaning tashkil etilishi bilan O'zbekistonga bo'lgan qiziqish ortib, tahlilchilarning fikriga ko'ra, bu nafaqat Koreya kompaniyalari, balki boshqa mamlakatlar ishbilarmonlarining faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Anjumanda Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari O'zbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi ahvoli va Navoiy shahrida tashkil etilgan erkin industrial-iqtisodiy zonaning istiqbollari haqida fikr almashdilar.

Koreya Respublikasi yer, transport va suv resurslari vaziri Chun Chjon Xvan:

— Koreya bilan O'zbekiston ko'p jihatdan bir biriga o'xshaydi. Koreyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, mamlakat urushdan keyingi bir necha o'n yil ichida iqtisodiyotning jadal o'sishini ta'minlab, iqtisodiyot va sanoat hajmi bo'yicha dunyodagi o'n birinchi mamlakatga aylanganini ko'rishimiz mumkin. Yurtimizning bunday jadal sur'atdagi o'sishiga faqatgina xalqimizning taraqqiyotga bo'lgan intilishi, fidokorona mehnati evaziga erishildi.

Agar mamlakatimizni O'zbekiston bilan solishtiradigan bo'lsak, o'zbek xalqi ham taraqqiyot va farovonlikka erishish uchun astoydil harakat qilayotganini ta'kidlash joiz bo'ladi. Lekin shu bilan birga O'zbekistonda bizda bo'lmagan tabiiy boyliklar ham mavjud. Mamlakatingiz o'z sanoat-ishlab chiqarish bazasini oqilona shakllantirsa, logistika infratuzilmasini rivojlantirsa, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi oqilona siyosatini takomillashtirsa — O'zbekistonning muvaffaqiyati ta'minlanishiga ishonchim komil.

O'zbekistonning dengizga chiqadigan yo'li yo'q. Lekin Navoiydagi logistik xab loyihasini amalga oshirish orqali mazkur kamchilikni yengib o'tish mumkin. Bu yerda avtomobil va temir yo'llari havo yo'llari bilan uo'g'unlashadi. Bu esa O'zbekistonga iqtisodiy taraqqiyot borasida jiddiy siljishga erishish imkonini beradi. Koreya kompaniyalari Navoiy zonasidagi faoliyatini jadallashtirishiga ishonchimiz komil va ular O'zbekiston hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga umid qilamiz. O'z navbatida, Koreya hukumati O'zbekiston bozoriga chiqadigan koreyalik biznesmenlarni faol qo'llab-quvvatlaydi.

Bugungi taqdimot Koreya kompaniyalarining O'zbekistondagi investision faoliyatini jadallashtirishga xizmat qilib, Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona ularning dunyo bozorlariga chiqishidagi o'ziga xos plasdarm bo'lishiga umid qilaman.

Havo orqali yuk tashish bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblangan "œKorean Eyr" kompaniyasi vise-prezidenti Chang-Xun Chi:

— Ilgari Koreyada ham eksportga yo'naltirilgan tuzilmalar faoliyat yuritgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilish jarayoni yodimda. Bu — mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga kuchli turtki berdi. Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona ko'plab xorijiy firma va kompaniyalarni jalb qilib, O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Mamlakatingiz yuqori malakali inson resurslari, yer osti tabiiy boyliklari hamda Markaziy Osiyodagi qulay jo'g'rofiy joylashuvga ega. Navoiy sarmoyadorlar uchun eng jozibali joyga aylanishiga ishonchim komil.

Koreya respublikasi yangi texnologiyalarga ega, O'zbekiston esa ularni hayotga tadbiq etish istagida. Agar biz mana shu ikki jihatni birlashtira olsak, bundan ikki tomon ham yutadi.

Mamlakatlarimiz prezidentlari — Islom Karimov va Li Myon Bak tashabbusi mahsuli bo'lgan Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona loyihasi yaqin kelajakda o'z ijobiy natijasini berishiga ishonaman.

"œDEU Interneshnl" ko'p profilli (mineral resurslarni qazib olish, moliyalashtirish, energetikani rivojlantirish, rangli metallar, gaz va neft qazib olish, savdo, to'qimachilik) kompaniyasi prezidenti Kim Chje Yeng:

— O'zbekiston Respublikasi mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda, muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun qator qulayliklarga ega. Yuqori malakali injener-texnik kadrlar, takomillashgan qonunchilik bazasi, arzon narxdagi muhandislik-energetika kommunikasiyalari Koreya kompaniyalarini mazkur bozorga jalb qiluvchi omillar hisoblanadi. Boshqa ijobiy jihatlar shundaki, O'zbekiston MDH mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi va ularning hududiga o'z tayyor mahsulotlarini bojxona to'lovlarisiz eksport qilish imkoniga ega. O'zbekiston boy mineral resurslarga ega bo'lib, aminmanki, siyosiy barqarorlik sharoitida investisiyalarni jalb etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarishning turli sohalariga eng yangi texnologiyalarni tadbiq qilish jarayoni ham davom etadi. Bularning bari yaqin kelajakda O'zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur'atdagi o'sishini ta'minlaydi.

Mamlakatimiz O'zbekiston bozoriga 1993 yilda kirib bordi. Kompaniya avtomobilsozlik, moliya, savdo, butlovchi qismlar ishlab chiqarish, mobil aloqa, elektronika, to'qimachilik sohalarida faoliyat yurita boshladi.

O'zbekistondagi uchta to'qimachilik fabrikamizga eng zamonaviy uskunalar o'rnatganmiz. Bu kabi keng miqyosli ishlab chiqarishni nafaqat O'zbekiston, balki Koreyada ham uchratish mushkul. Mazkur korxonalarda  ip gazlama mahsulotlari ishlab chiqarilib, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSh bozorlariga yetkazib beriladi. Ayni paytga qadar qiymati 470 million AQSh dollariga teng mahsulot eksport qilindi. Joriy yilda mazkur ko'rsatkich 500 million dollardan oshadi degan niyatdamiz.

Shu orqali biz DEUning O'zbekiston bilan aloqalarini kengaytirdik. 1997 yilgi moliyaviy inqirozni yengib o'tib, "œDEU Interneshnl"ga aylangan DEU O'zbekiston iqtisodiyotiga investisiyalar kiritishda davom etmoqda.

O'zbekiston bozoridagi faoliyatimiz davomida bu yerdagi sheriklarimiz ishonchli ekaniga amin bo'ldik. O'zbekiston bilan aloqalarimizni davom ettirishga tayyormiz. Navoiy shahrida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona esa mazkur o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatdir.

"œKoreya Plennev" (qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri) raisi Xong Chang Xvan:

— Bugungi anjumanda ishtirok etib turganimdan nihoyatda mamnunman. O'zbekistonni men yaxshi bilaman, ajoyib mamlakatingizda faoliyat yuritganman. O'ylashimcha, Navoiy shahrida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zonaga bag'ishlangan bugungi konferensiya, mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar rivojiga hamda O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga kuchli turtki beradi. Prezident Islom Karimovning oqilona, uzoqni ko'zlovchi siyosati O'zbekistonga investisiyalarni jalb qilish uchun qo'lay sharoit yaratmoqda. Yurtingizdagi qonunchilik bazasi hamda biznes tizimi nixoyatda yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, xorijiy investorlar uchun ayniqsa jozibador. Shu bois men koreyalik sheriklarimga investisiyalarni hech ikkilanmay O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritish kerak ekanini aytib kelaman.

"œBlyustar enerdji" energetika kompaniyasi prezidenti Shin Su Yun:

— Bir necha yillardan buyon Koreya bilan O'zbekiston do'stona hamkorlik o'rnatib, barcha sohalardagi  hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.

Aminmanki, mamlakatlarimiz tomonidan boshlanayotgan yangi loyiha samarali bo'lib mamlakatlarimizga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Mazkur loyihaning tez orada hayotga tatbiq etilishiga umid qilaman. O'zbekistonda nafaqat poytaxt, balki viloyatlarni rivojlantirishga ham birdek e'tibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Sobiq sovet ittifoqining Markaziy Osiyodagi barcha respublikalari rivojlanishning taxminan bir xil darajasida edi. Ularning ko'pchiligining rahbarlari iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va buning uchun xorijiy texnologiyalar va investisiyalarni jalb qilish niyatida ekanini ta'kidlar, lekin gap gapligicha qolib ketdi. O'zbekiston bu rejalarni amalga oshirayotgan mintaqadagi yagona mamlakat bo'lib, yangi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish uchun xorijiy investisiyalarni jalb qilishga tayyor ekanini amalda isbotlamoqda.

Bugungi taqdimot O'zbekistonda Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etish uchun katta miqyosdagi ishlar amalga oshirilganini namoyon etdi.

Hozir davom etayotgan jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida Koreyaning ko'plab kompaniyalari turli loyihalar doirasidagi investision faoliyatini biroz susaytirdi. Ammo Navoiy shahrida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona koreyalik ishbilarmonlarga inqirozdan yaxshi natijalar bilan chiqish imkonini beradi, bunga ishonchim komil. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo'ldan boy berish mumkin emas.

Gaz quyish stansiyalarini yetkazib beruvchi "œBlitiks" kompaniyasi vise-prezidenti Li Chan Sik:

— Mazkur anjumanda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Ilgari O'zbekistonning iqlimi, koreys xalqinikiga o'xshab ketadigan hayot tarzi, ayrim urf-odatlari haqida tasavvurga ega edim. Menimcha, aynan mana shu o'xshashlik osonlik bilan til topishishimiz va bugunga qadar rivojlanib kelayotgan do'stona munosabatlarnng o'rnatilishiga xizmat qildi. O'zbekistonda koreyalik ishbilarmonlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlardan mamnunmiz. Shu bois biz ishonchli hamkorlarga aylandik.

Bugungi konferensiyada Navoiy shahrida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zonadagi imtiyozlar, ish sharoiti to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'ldik. O'zbekiston hukumati tomonidan Navoiydagi erkin industrial-iqtisodiy zonada faoliyat yuritadigan korxonalarga beriluvchi imtiyozlar o'zaro hamkorligimizning yorqin istiqboliga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Men O'zbekistondagi faoliyatimni ikki yil muqaddam boshlagan edim. Ayni paytda yurtingizga har oy bir-ikki marta borib turaman. Navoiydagi erkin industrial-iqtisodiy zonada biz gaz to'ldirish, kompressor stansiyalari hamda avtomobil gaz kolonkalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasidagi loyihani amalga oshirmoqdamiz.

Biz O'zbekiston hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlangan mazkur loyihaga 100 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritishni rejalashtirmoqdamiz. Mazkur loyihani amalga oshirish orqali O'zbekiston bilan Koreya xalqi va hukumatini mamnun qilamiz degan umiddaman.

Tashrif doirasida delegasiya vakillari Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Sin Su bilan uchrashdi. Shuningdek, turli vazirlik va idoralar, qator kompaniyalarda ham muzokaralar o'tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Manba

Qayd etilgan