Forumni upgrate qilish  ( 100657 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Mo'min Mirzo  21 Dekabr 2012, 23:27:55

Yangi dizayn yoqdi. Rangni yaxshi tanlabsiz, ko'zni charchatmas ekan.
PROFIL, SHAXSIY XABARLAR va boshqa joylardan kichik bo'limlarga kirish uchun tugmani bosish shart emaskan, shundoq sichqonchani keltirsak ro'yhati chiqib turibdi, baraka toping.

Shikoyatlar:
"Tezkor javob"da avvalgiday smayliklar, iqtibos olish, harflarni to'q, qiyshiq va hokazo... qiladigan qo'shimcha tugmalarini ham kiritasizmi?

Biz dehqon bolalari uchun WAP versiyasi bor edi, qayoqqa g'oyib bo'ldi? birinchi o'shani tiklang baraka topgur, traffik shamolday uchyapti bizda...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Dekabr 2012, 23:49:52

Shikoyatlar:
"Tezkor javob"da avvalgiday smayliklar, iqtibos olish, harflarni to'q, qiyshiq va hokazo... qiladigan qo'shimcha tugmalarini ham kiritasizmi?

Biz dehqon bolalari uchun WAP versiyasi bor edi, qayoqqa g'oyib bo'ldi? birinchi o'shani tiklang baraka topgur, traffik shamolday uchyapti bizda...

Tezkor javobda avvalgidek smayliklar, tahrir funksiyalari hammasi ishlayapti. Oldingisidan farqli o'laroq ushbu formada ishlash Worddagi kabi.

[More]ni bossangiz, yana qo'shimcha smayliklarni qo'ya olasiz.

Wap versiyani eng ostda Mobil varianti deb berib qo'yibmiz-ku.

Qayd etilgan


Muhtoj  22 Dekabr 2012, 02:43:06

Har bir sahifada ilgarigidek mavzuning birinchi posti ko'rinib tursa yaxshi edi. Ha keyin menda Opera mobile browser'da "tezkor javob" funksiyasi ishlamayapti

Qayd etilgan


Sadulla  22 Dekabr 2012, 11:14:51

 :as:

Forum dizayni yangilandan so'ng boshida forumga kirolmadim,lekin Adminimizning yordamlari bilan kirishga muvofaq bo'ldim  :)

Yangi dizayn menga yoqdi,shu ish ustida ishlagan barchaga rahmat!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Dekabr 2012, 11:22:16



Forum dizayni yangilandan so'ng boshida forumga kirolmadim.

Shunday holat ko'pchilikda kuzatilmoqda.
Yangi forumning xavfsizlik tizimi yaxshi ishlamoqda (avvalgi forum hakka uchragandan so'ng, ko'p xatoliklar berardi).
Aynan xavfsizlik yuzasidan, bu forum talabchan chiqib qoldi.
Oldinlari kichik harflar bilan nikingizni yozsangiz ham kirib ketaverardi. Hozirda forumdan qaysi nom bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, faqatgina o'sha nom bilan ki8ra olasiz.

Masalan, forumda AbdulAziz deb ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, abdulaziz, Abdulaziz, abdulAziz, ABDULAZIZ variantlarini forum qabul qilmaydi. Faqatgina AbdulAzizni qabul qiladi. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Dekabr 2012, 14:03:37

Har bir sahifada ilgarigidek mavzuning birinchi posti ko'rinib tursa yaxshi edi.

Forumning yangi versiyasi uchun ushbu package hali chiqmabdi. Chiqishi bilan o'rnataman, inshaalloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Dekabr 2012, 15:51:02

SMF forumiga kirib ko'ring, balki script bordir. Yoki Googledan qidirish kerak.

Balli, siz aytgan usullarni qo'llab bo'lgach, yuqoridagi postni yozgandim.

Qayd etilgan


Musannif Adham  22 Dekabr 2012, 23:15:59

Assalomu Alaykum.

Dizayn yomon emas. Baribir qachondir yangilash kerak edi. Yangi kiyimlar muborak  :)

Qayd etilgan


azizbek_mx  23 Dekabr 2012, 08:25:53

Assalomu alaykum!

Shaxsiy maktublar ketmayaptiku. Yozilsa bunday foydalanuvchi yo'q diydi. Online tursayam unday foydalanuvchi!!!
menda shaxsiy maktublar ham, boshqasi ham binoyidek

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Dekabr 2012, 10:32:10

Sadida deb yozing.

Qayd etilgan