Forumni upgrate qilish  ( 117011 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 19 B


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2009, 09:14:02

Rahmat
Yuborish ---- ??

Qani knopkasi?

Sabr qilib turasizlar, ozgina texnik ishlari qolgan...

Ha, menda rahmat chiqdi! Ilk rahmatni berdim.
Lekin nega hamma mavzularda bor emas.

Keyin negadir Tezkor javobda muammo bo'lmoqda. Ya'ni uzun postlar bo'lsa, yaxshi ishlamay qolmoqda. Postni boshidan oxiriga o'tsam, o'sha matn qotib turibdi. Bu mening internet tezligimga bog'liqmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 09:28:40

Ha, menda rahmat chiqdi! Ilk rahmatni berdim.
Lekin nega hamma mavzularda bor emas.

Keyin negadir Tezkor javobda muammo bo'lmoqda. Ya'ni uzun postlar bo'lsa, yaxshi ishlamay qolmoqda. Postni boshidan oxiriga o'tsam, o'sha matn qotib turibdi. Bu mening internet tezligimga bog'liqmi?

Ha, hozircha Umumiy bo'limda Rahmat berish mumkin. Inshaalloh, boshqa bo'limlarga ham tatbiq etamiz.

Tezkor javobdagi muammo - internet tezligidan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2009, 10:10:41

Nega Tezkor javob yo'qolib qolayapti?

Keyin mana bu so'z noto'g'ri emasmi:

Shu xabar uchun, 2 foydalanuvchilar Rahmat berish!

Oxiridagi berish so'zi noto'g'ri emasmi?

Endigina nega Rahmat yuborish, berilgan so'zi nima u demoqchi edim, qarasam Rahmat aytdi, Rahmat oldi deb to'g'irlanib qo'yilgan ekan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2009, 10:16:32

Yana bir narsa.
Profilni ko'rayotganda pastda Ko'rsatish foydalanuvchining xabari degan so'z bor. Shu ham grammatik xato menimcha.

Keyin qaysi postlarga rahmat olingani ko'rsa bo'ladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 10:21:23

Yana bir narsa.
Profilni ko'rayotganda pastda Ko'rsatish foydalanuvchining xabari degan so'z bor. Shu ham grammatik xato menimcha.

Keyin qaysi postlarga rahmat olingani ko'rsa bo'ladimi?

Yuqoridagisini to'g'rilab qo'ydim.

Hushnudbek, yana qarab shunaqa xatolarni ko'proq toping.  : )

Inshaalloh birato'la to'g'rilab qo'yaman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  17 Fevral 2009, 10:45:24

Bu xabar uchun 1 foydalanuvchi rahmat berdimas , aytdi bolsa yaxshi bolardi.

Yoki Tashakkurnoma berdi, oldi  :) (Sertifikati bilan :)))

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  17 Fevral 2009, 10:54:38

Forum bosh sahifasidagi mavzular ikonkalarini ziyouz ikonkasiga aylantirishni iloji bormi? Yoki har qalay Syt va forum ruhiyatiga yaqinroq belgiga... va kichkinaroq qilish kerak...


Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 14:49:14

Forum bosh sahifasidagi mavzular ikonkalarini ziyouz ikonkasiga aylantirishni iloji bormi? Yoki har qalay Syt va forum ruhiyatiga yaqinroq belgiga... va kichkinaroq qilish kerak...

Agar bo'limlar ikonkalarini nazarda tutayotgan bo'lsangiz, uni quyidagicha o'zgartirganman:


Boshqa chiroyliroq variantlar bo'lsa mamnuniyat bilan qabul qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 14:56:21

Profilni ko'rayotganda pastda Ko'rsatish foydalanuvchining xabari degan so'z bor. Shu ham grammatik xato menimcha.

Tahrirlandi:
Foydalanuvchining barcha postlarini ko'rsatish.

Bu xabar uchun 1 foydalanuvchi rahmat berdimas , aytdi bolsa yaxshi bolardi.

Yoki Tashakkurnoma berdi, oldi  :) (Sertifikati bilan :)))

Tahrirlandi:
Quyidagi foydalanuvchilar sizga rahmat aytishdi:
Bu xabar uchun 1 foydalanuvchi rahmat aytdi.


Iqtibos
Keyin qaysi postlarga rahmat olingani ko'rsa bo'ladimi?

Buni profildan ko'rasiz. (Chap tomonda Rahmat olingan postlar degan menyuni tanlaysiz.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 16:37:57

kim rahmat berganini postni tagidan ko'rsatilib tursa yaxshi bo'larmidi...?? (arbuz dagidek)

Ko'rsatib turibdi-ku:

Quyidagi foydalanuvchilar sizga rahmat aytishdi:

AbdulAziz

Qayd etilgan