Yaxshi mavzu.
O'ylaymanki yuqorida keltirilgan ma'lumotlar kelajak avlod uchun dars buladi...
Xozirgi kunda mustaqillikka erishganimizga mingdan ming shukronalar aytishimiz kerak. Chunki bu kunlarga etib kelganlar bor etib kelmaganlar. Endi o'zimizga o'zimiz ho'jayinmiza, o'z kelajagimizni o'zimiz aniqlay olamiz. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida bo'lib o'tgan voqealarning, xalqimizning 100 yilga yaqin vaqt azob-uqubat, kamsitish va chorasizlikda yashashiga asosiy sababchilar yuqori lavozimdagi xon, amirlarning, bek va mayda boylarning ochko'zliklaridadir. O'sha paytlari dunyodagi barcha mamlakatlar 2 turga ajralar edi:
1. Kolonizatorlar;
2. Koloniyalar;
O'sha davrlarda hokimiyat tepasida turgan shaxslarning tor fikirlashi, faqat o'zini o'ylashi oqibatida bizning xalq 2 chi turdagi mamlakatlar qatoriga kirgan. Misol uchun huddi o'sha paytda Angliya Imperiyasi Afg'on shoxlarini enga olamaganku, nega? Chunki ular birdam bo'gan!!! Biznikilarning esa har tarafdan ko'rpani o'ziga tortgan. Agar birlashganda Afg'on shoxlaridan ham kattaroq kuchga ega bo'lardik va Rus Imperiyasi Turkistonni bosib olish masalasini bir necha bor o'ylab ko'rishiga va bu narsani orqaroqqa surishiga to'g'ri kelardi.
Yana bitta savol tug'iladi, nega butun halq ko'tarilmagan? Menimcha haqiqatda o'sha davrda aholining savodsizligi, dunyo qarashi torligi sababchi. Bunga ham bevosita hokimiyat tepasida turganlar aybdor deb o'ylayman.
Bulardan hulosa shuki, xozir biz o'zligimizga erishdik, o'z davlatimiz bor, hech kimga tobe emasmiz, kelajagimiz o'zimizga bog'liq.
Xozirgi kunda eng asosiysi Ilm-Fan, shu sohada hech kimdan ortda qolmasligimiz kerak, qoloqlik bu qaramlik degani. (Qoloqlik sababli biz Rus Imperiyasiga koloniya bo'lib 100 yilga yaqin vaqt hizmat qildik!!!!)
Bilimi kuchli, dunyo qarashi keng va eng asosiysi
VATANPARVAR avlodlarni tarbiyalab etishtirish yurtimizning kelajagi porloq bo'lishining kafolatidir.
Mening fikrim shuki, biz bunga erishamiz negaki bizning qonimizda oqayotgan qon, genlarimizda buyuk daholar qoni oqadi, bu odamlar boshqa halqlarni uyqudan uyg'otishgan o'z vaqtida, qoloqlikdan olib chiqishgan, lekin Chor imperiyasi 100 yil mobaynida bizning halqqa "Yovvoyilardey", "Qoloqlardey" munosabat qilib aqlimizga singdirishgan. Mani ishonchim komil, genlarimiz o'z kuchini ko'rsatadi, bizning davlat
BUYUK bo'ladi!!!